O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Savol va topshiriqlar: 
1.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-iyuldagi qarori 
qanday qaror edi? 
2.
Muzeylar haftaligi qachon o`tkazilishi belgilangan? 
 
GRAMMATIKA: SOHAVIY TERMINLAR VA ULARNING 
QO`LLANILISHI 
Reja: 
1.
Atamashunoslik — tilshunoslikning kichik bo`limi sifatida. 
2.
Terminologik leksika. 
3.
Sohaviy terminlar. 
Tayanch tushunchalar
: Atama (termin), terminologik leksika, ilmiy atama, 
terminologik tizim, kasb-hunar atamalari 
Ma'lum sohaga oid maxsus tushunchalarni mantiqan aniq ifodalash uchun 
qo`llanadigan so`z yoki so`z birkmalari yig`indisi terminologik (lot. terminus — 
“chegara”, logos - “fan” degani)
1
leksika deb ataladi. Terminologik leksikaning birligi 
termin (yoki atama) deb yuritiladi. Har qanday termin ma'lum bir terminlar tizimidagina 
termin hisoblanadi. Shu bilan u umumxalq leksikasiga mansub bo`lgan so`zdan farq 
qiladi. Terminlar quyidagi xususiyatlarga ega: 
1) biror sohaga oid maxsus tushunchani ifodalaydi. Masalan, leksikologiya 
termini tilshunoslik sohasiga tegishli bo`lib, tilning lug`at boyligini o`rganadigan bo`lim 
tushunchasini ifodalaydi. 
2) bitta terminologik tizimda har doim bir ma'noli bo`ladi. Masalan, ot so`zi 
atama sifatida faqat so`z turkumi tushunchasini bildiradi (bu so`z “ism”, “hayvon”, 
“otmoq”, “ichmoq” ma'nolaridagi so`zlar bilan omonim hisoblanadi).
3) ko`pincha tillararo xususiyatga ega bo`ladi. Masalan, lotin tilidan olingan 
respublika termini dunyodagi ko`pgina tillarda bir xil tushunchani ifodalaydi. 
4) bir so`z bittadan ortiq sohaga tegishli termin bo`lishi mumkin. Masalan, 
valentlik termini kimyo hamda tilshunoslik fanlarida ishlatiladi. 
5) asosan ot turkumiga tegishli bo`ladi, boshqa turkumga tegishli bo`lsa, otga 
ko`chgan bo`ladi: sintaksis (ot), ishlab chiqarish (harakat nomi otga ko`chgan). 
Atamalarni quyidagi me'zonlar bo`yicha tasnif qilish mumkin: 
1
А.А.Реформатский. Введение в языковедение. М., 1997, стр. 110. 


54 
1) qaysi sohaga oidligiga ko`ra: 
a) kasb-hunar atamalari ma'lum kasb yoki hunar egalari tomonidan ishlatiladigan 
atamalardir. Dunyoda qancha kasb yoki hunar bo`lsa, shularning har biriga xos bo`lgan 
atamalar mavjuddir. Ayrim kasblarga oid atamalarga misollar:
- o`qituvchilik: reyting, yillik baho, sinf jurnali, pedkengash, semestr, choraklik va h. 
- duradgorlik: randa, iskana, tesha, bolg`a va h. 
b) ilmiy atamalar ma'lum fan-texnika sohasiga mansub tushunchalarni ifodalaydigan 
atamalardir. Bunday atamalar tabiiy fanlar, texnika fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, 
matematik fanlarning barchasida mavjuddir. Masalan:
- kimyo: oksid, sulfat, reaksiya, valentlik, kislorod, vodorod va h. 
- matematika: sinus, kosinus, ayniyat, romb, parallelogram, teorema, aksioma va h.
- mantiq: predikat, subyekt, obyekt, hukm, tushuncha va h. 
- kibernetika (yoki komputer texnologiyasi): EHM, axborot, fayl, disk, internet va h. 
2) kelib chiqishiga ko`ra:
a) umumxalq leksikasidan olingan terminlar. Bunda tilning o`zida mavjud bo`lgan 
so`zlar termin sifatida maydonga chiqadi. Masalan, tilshunoslikka oid ot, sifat, son, fel, 
ravish, ko`makchi, bog`lovchi, yuklama, gap, so`z kabi, memorchilikka oid pardoz, 
davra, namoyon, o`ymakor, taqsim kabi
2
, temirchilikka oid pesh, tana, yelka, charxdor, 
dam kabi
3
atamalar bunga misol bo`la oladi. 
b) chet tillardan olingan terminlar. Bunda tilimizga hozirgi paytda aloqa vositasi 
hisoblangan chet tillardan olingan atamalar nazarda tutiladi. Masalan, yadro fizikasiga 
oid aktivator, barion, diproton, kvant;
4
botanikaga oid azaliya, valeriana, gortenziya, 
magnoliya;
5
logopediya faniga oid anamnez, giperkinez, distoniya, patogenez kabi
6

zargarlik kasbiga oid parma, bargak, peshxalta, dahanda kabi
7
atamalar shunga misol 
bo`la oladi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish