O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Savol va topshiriqlar: 
1. Vatanparvarlik nima? 
2. Vatan sog`inchi deganda deganda nimani tushunasiz.? 
3. Vatanparvarlik qanday tuyg`u deb o`ylaysiz? 
4. Muhammad Yusufning “Vatan” nomli she'rini ifodali o`qing. 
 
GRAMMATIKA: IJTIMOIY-SIYOSIY LEKSIKA 
Reja: 
1. Leksika haqida tushuncha. 
2. Leksika turlari. 
3. Ijtimoiy-siyosiy leksika mohiyati. 
Tayanch tushunchalar
: Leksika, ijtimoiy leksika, siyosiy leksika, leksik 
ma'no, grammatik ma'no. 


47 
Nutqimiz so`zlarning qo`shiluvidan hosil bo`ladi. So`zni talaffuz qilganimizda va 
qulog`imiz bilan eshitganimizda go`yo u faqat tovushlar ketma-ketligidan tashkil topgan 
butunlikdek tuyuladi. So`zni bunday tasavvur qilish bir yoqlamadir, chunki har qanday 
tovushlar birikmasi so`zni hosil qilavermaydi. Masalan, so`, ko`s singari tovush 
birikmalarini so`z deb bo`ladimi? Yo`q. So`z bo`lish uchun tovushlar birikmasining 
o`zigina kifoya qilmaydi. Ma'lum tovush va tovushlar birikmasi ma'no bilan 
bog`langandagina so`zga aylanadi. Yuqoridagi tovush birikmalarining tartibini 
o`zgartirsak, ular ma'lum ma'no bilan bog`lanadi. Masalan, o`s, so`k kabi. Demak, 
so`zning ikki tomoni: moddiy tomoni (tovush yoki harflar ketma-ketligi) va ma'no 
tomoni mavjud. 
Ma'lum ma'no bilan bog`langan va morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar 
birikmasi so`z sanaladi.
So`z ikki xil ma'no bildiradi. Bu ikki xil ma'noni opa so`zi misolida ko`rib 
chiqaylik. Opa so`zi aka, uka, singil singari so`zlar bilan qarindoshlik ma'nosi bilan bir 
guruhga birlashadi. Ayni paytda, bir guruhga mansub bo`lgan yuqoridagi so`zlar bir-
biriga zidlanganda, ma'lum ma'nolari bilan o`zaro farqlanadi. 
Xususan, opa so`zi o`gay opaga zidlanganda, qon-qorindoshlik (o`gay emaslik) 
ma'nosini bildirishi bilan; opa so`ziga zidlanganda, men bilan bir bo`g`inga mansublik 
ma'nosini bildirishi bilan; aka, uka so`zlariga zidlanganda, ayol jinsiga mansublik 
ma'nosi bilan; singil so`ziga zidlanganda esa opaning mendan kattalik, singilning esa 
kichiklik ma'nosiga egaligi bilan farq qiladi. 
Opa so`zining boshqa qarindoshlik bildiruvchi so`zlar bilan birlashtirib turadigan 
va ayni paytda, ularni bir-biridan farqmanolarining jami uning atash ma'nosi yoki leksik 
ma'nosi deyiladi. Opa so`zi yuqoridagi ma'nodan tashqari predmetlik, bosh kelishik, 
birlik ma'nolariga ham ega. Bu ma'nolar uning grammatik ma'nosi sanaladi. 
Ko`rinadiki, nutq jarayonida har bir so`z leksik va grammatik ma'nolar 
uyg`unligidan tashkil topadi. 
Odatda, leksik va grammatik ma'nolarning muayyan tovush yoki tovushlar 
birikmasi bilan barqaror munosabatidan tashkil topgan butunlikka nisbatan so`z 
atamasi qo`llaniladi. Grammatik ma'nosiz, faqat leksik ma'no bildiruvchi til birligi 
uchun leksema atamasi qo`llaniladi. 
Bunday vaqtda so`z morfologiya birligi sifatida, leksema esa leksikologiya 
birligi sifatida bir-biridan farqlanadi. 
Demak, tahlil jarayonida gap tarkibidan so`zlarni ajratamiz. So`zlar esa 
leksema va grammatik qo`shimchalarga bo`linadi. Тilning lug`aviy (leksik) ma'no 


48 
bildiruvchi birligi leksema sanaladi. Lug`atlarda bosh so`z sifatida leksemalar 
beriladi. 
Grammatika ikki qismdan: morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiya 
qismida so`z turkumlari va ularga xos bo`lgan shakllar haqida bahs yuritilsa, sintaksis 
qismida so`zlarning bir-biri bilan bog`lanib, gap, so`z birikmasi hosil qilishi tekshiriladi. 
Ko`rinadiki, grammatika ham leksikologiya singari so`zni o`rganadi. Ammo 
leksikologiya leksik so`zni — leksemani o`rgansa, grammatika grammatik so`zni — 
so`zning shaklini, so`z shaklini tekshiradi. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish