101
yuzaga keldi. Birinchidan, davlatlararo munosabatlar tizimidagi muvozanat buzildi.
Jahonda siyosiy-iqtisodiy bo`linish ro`y berdi.
Ikkinchidan, jahon mamlakatlari o`rtasida ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik va
ziddiyatlar yanada o`sdi.
Uchinchidan, jahonning ko`pgina mamlakatlarida ijtimoiy osoyishtalikka qarshi
xavf-xatarlar o`sib boryapti. Boy va kambag`allar o`rtasida
mulkiy tafovutning
kuchayishi, ishsizlikning, qashshoqlikning avj olishi, bir qator mintaqalarda milliy-etnik
va diniy nizolarning kelib chiqishi ekstremizm va fundamentalizm kabi illatlarning
kuchayishi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka putur yetkazuvchi omillar hisoblanadi.
To`rtinchidan, yadro urushi xavfi ancha kamaygan bo`lsa ham hali ommaviy
qirg`in qurolining ko`p miqdorda saqlanayotganligi va bunday qurolga ega bo`layotgan
davlatlar safining ortib borishi, shuningdek, ekologik muammolarning kuchayishi ham
jahon taraqqiyotiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.
O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga munosib o`rin egallashi uchun asosiy
shart-sharoitlar bu uning jug`rofiy-siyosiy jahatdan qulay mintaqada ekanligidir.
Birinchidan,
O`zbekiston markaziy
Osiyo mantaqasining transport, boy hamda
mustaqil energetika omillari markazida joylashgan.
Ikkinchidan,
O`zbekiston qulay
tabiiy-iqlim sharoitiga ega. Bizda qadimiy dehqonchilik madaniyati va boy mineral-
xomashyo resurslari bor.
Uchinchidan
, davlatimiz nafaqat o`zini o`zi ta`minlaydigan,
balki chetga chiqarishga iqtisodiyotning asosi bo`lmish muhim tarmoqlarga ega.
To`rtinchidan
, O`zbekistonning insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o`rni bor. Yurtimiz
ma`naviy merosga boy.
Shu bilan birga, O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo`shilib
mustaqil
rivojlanishida salbiy ta`sir ko`rsatuvchi qator qiyinchiliklar ham mavjud. Bular
quyidagilar:
birinchidan, jug`rofiy-strategik tarafdan olib qarasak, Markaziy Osiyoda
kommunikatsiyalar nomaqbul rivoj topgani va uning tarmoqlari ancha buzilganligini
ko`ramiz;
ikkinchidan, Markaziy Osiyoda suv resurslari cheklangan va Orol dengizi bilan
bog`liq ekologik falokat ta`siri seziladi;
uchinchidan, mintaqada xavfsizlik tizimi alohida e`tiborni taqozo etadi. Bu yerda
atrofdagi kuchli davlatlar va siyosiy kuchlar markazlarining bir-biriga mos kelmaydigan
ta`sir etish istaklari borligini ham hisobga olmasdan bo`lmaydi. O`zbekiston
mustaqillikka erishgandan keyingi yutuqlardan muhimi, uning jahon hamjamiyatidan
munosib o`rin olganidir.
102
1991- yil 31-avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan Mustaqillik
haqidagi bayonotda O`zbekistonning tashqi siyosatdagi yo`li aniq qilib belgilangan edi.
Jumladan unda: Xalqaro hamjamiyatning to`la huquqli a`zosi bo`lgan O`zbekiston
Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq subyekti sifatida
qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o`z xududini qurol
yarog`lardan
xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg`in qurollarini
yo`qotish, suveren davlatlar o`rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish
va tazyiqqa yo`l qo`ymaslikdan iborat deb qayd qilindi. Birinchi Prezident I.Karimov
o`zining “O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqiyot yo`li” kitobida mamlakatimizning
mustaqil tashqi siyosatini nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi. O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida mamlakatimiz tashqi siyosatining
qoidalari qonunlashtirildi.
1992-yil 2-martda O`zbekiston Respublikasi o`z tarixida birinchi bor xalqaro
hamjamiyatning teng huquqli subyekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti a`zoligiga
qabul qilindi. 1993-yil fevral oyida Toshkentda BMT vakolatxonasi ta`sis etilib, ish
boshladi. Bugungi kunda BTM ning O`zbekistondagi vakolatxonasi respublikada BTM
ning taraqqiyot dasturi, Sanoat taraqqiyoti dasturi. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti,
narkotiklarni nazorat qilish bo`yicha dastur, Bolalar jamg`armasi singari ixtisoslashgan
muassalarni o`z tarkibiga birlashtirishga muvaffaq bo`ldi. O`zbekiston 1992-yil fevral
oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo`yicha
katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot — Yevropa Xavfsizlik
va Hamkorlik Tashkilotiga (EXHT) a`zo bo`lib kirdi. O`zbekiston Respublikasi bir
qator ixtisoslashgan
nufuzli xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnika va madaniy tashkilotlar
Jahon iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Jahon Banki, Xalqaro valyuta jamg`armasi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki,
Xalqaro mehnat tashkiloti, xalqaro pochta
ittifoqi, Jahon sog`liqni saqlash. tashkiloti,Xalqaro Olimpiya Qo`mitasi, Osiyo va Tinch
okean havzasi bo`yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiya, Markaziy Osiyo mamlakatlari
iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Bojxonalar hamkorligi Kengashi, BTMning ta`lim, fan va
madaniyat bo`yicha Qo`mitasi (YuNESKO) va boshqa tashkilotlar a`zosidir.
O`zbekiston o`z taraqqiyotida, shuningdek tashqi siyosiy aloqalarida Amerika Qo`shma
Shtatlari bilan hamkorlikka katta e`tibor bermoqda.
1992-yilda Toshkent va Vashingtonda elchixonalar ochildi.
Do'stlaringiz bilan baham: