237
Tarjimai hol yozish. Tavsifnoma yozish.
Reja:
1.Ma'lumot-axborot hujjatlarining vazifasi.
2.Ma'lumot-axborot hujjatlarining turlari.
3.Ma'lumot-axborot hujjatlarining leksik va stilistik xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar:
ma'lumot-axborot hujjatlari,
leksik xususiyat, stilistik
xususiyat, ma'lumotnoma,
tarjimayi hol, bildirgi,
tavsifnoma, nutqiy qolip, matn
tayyorlash.
Bir voqea yoki holat (shaxsning yashash joyi, vazifasi yoki muassasa faoliyati)
haqida axborot beruvchi hujjat ma'lumotnomadir.Mazmuni va xususiyatiga ko`ra xizmat
ma'lumotnomasi va shaxsiy ma'lumotnoma farqlanadi.
Xizmat ma'lumotnomalarida muassasa yoki xo`jalik faoliyatiga bog`liq bo`lgan
holat va voqea-hodisalar to`g`risida rahbarga yoki yuqori tashkilotga xabar beriladi.
Bunday ma'lumotlarga matn mazmunini ochuvchi sarlavha qo`yilishi lozim. Masalan:
«Litsey o`qituvchilarining soni haqida» kabi. Sarlavhadan so`ng (bazan uning tarkibida)
xabarga oid sana ko`rsatiladi. Masalan: «2010- yil 1-oktabrdagi holatga ko`ra» kabi.
Shaxsiy ma'lumotnomalar muassasa, idoralar tomonidan fuqarolarning oilaviy yoki
ish faoliyatidagi holatlarni tasdiqlovchi hujjat sanaladi. Xizmat ma'lumotnomalaridan
farqli ravishda shaxsiy ma'lumotnomalarda ular yo`llangan
idora yoki shaxs nomi
ko`rsatilmaydi. Buning o`rniga matn so`nggida ma'lumotnomaning qayerga berilganligi
yoziladi. Masalan: «Uy-joydan foydalanish boshqarmasiga taqdim etish uchun berildi»
kabi. Asosiy matnda shaxs haqida barcha ma'lumotlar aniq nisbatdagi hozirgi-kelasi
zamon fel shakli orqali ifodalanishi lozim (ishlaydi, yashaydi, o`qiydi kabi).
NAMUNA:
Litsey direktori
S. Sobirovga
Yotoqxonada yashovchi talabalardan
tushgan shikoyatlar haqida
MA'LUMOTNOMA
2010—2011- o`quv yilining ikkinchi yarmida litseyning ikkita yotoqxonasida
yashovchi 324 ta talabadan 56 ta ariza va shikoyat tushdi. Bulardan 34 tasi ariza va 12
tasi shikoyat hisoblanadi.
Arizalar moddiy ehtiyoj hisoblangan narsa va turli jihozlar berilishini so`rab
yozilgan bo`lib, bu ehtiyojlar o`z vaqtida qondirilgan. Shikoyatlardan 10 tasi ko`rib
238
chiqilgan, 2 tasi ko`rish jarayonidadir. Shikoyatlar
yotoqxona Nizomi qonun-
qoidalariga muvofiq tarzda ko`rib chiqilgan.
«Kamolot» yoshlar harakati sardori (imzo) N. Mahkamov.
Bildirish (bildirishnoma) muayyan idora, uning rahbariga biror voqea-hodisa yoki
xizmat faoliyatiga tegishli masalalar yuzasidan axborot berish maqsadida taqdim
etiladigan hujjatdir.
Bildirishnomalarni tayyorlashda faqat biror voqea, holat haqida xabar berish bilan
cheklanish yetarli emas, ularning sabablari tahlil qilinishi, xulosa chiqarilishi, takliflar
berilishi ham lozim. Shuning uchun bildirishnomalarda
xulosa va takliflar aniq va
ishonarli yozilishi talab qilinadi. Bunday hujjatlar matni ikki qismdan iborat bo`lib,
birinchisida, yozilishiga sabab bo`lgan voqea, dalillar berilsa, ikkinchisida, shunga oid
xulosa va aniq takliflar bayon qilinadi. Agar bayon qilinayotgan ma'lumotlar aniq sana
yoki vaqtga tegishli bo`lsa, bu sana yoki vaqt matn oldidan ko`rsatilishi lozim.
Masalan: 2010- yil 1- oktabrdagi holatga ko ra kabi
Do'stlaringiz bilan baham: