Oʼzbekiston respublikasi oliy va oʼrta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti «iqtisodiyot»



Download 0,65 Mb.
bet9/9
Sana11.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#339987
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Korxona Jo`rabek

Birinchidan, sanoat tarmog’ida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi xorijiy korxonalarni ko’paytirish hisobiga bir qator iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy samaralarga erishish mumkin. Bunda mazkur tarmoqda zamonaviy texnika va texnologiyalarning kirib kelishi ishlab chiqarish darajasini oshiradi, mehnatga layoqatli aholi ish o’rinlari bilan ta’minlanadi, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifati yaxshilanadi, boshqaruvning ilg’or usullari o’zlashtiriladi, soliqlar, ijara haqi va boshqa to’lovlar bilan bir qatorda davlat budjeti daromadlarining hamda mamlakat eksport salohiyati oshishi tufayli valyuta tushumining keskin ko’payishiga erishiladi.

Ikkinchidan, xorijiy va ichki investitsiyalarni sanoat tarmog’iga jalb etishni kengayishi qisqa vaqt ichida xususiy mulkchilikning turli shakllari rivojlanishiga ko’maklashadi, O’zbekistonning xalqaro bozorga yuqori sifatli, raqobatbardosh

sanoat korxonalari maxsulotlaini olib chiqishini va u yerda o’z o’rniga ega

bo’lishini ta`minlaydi. Oqibatda, sanoat tarmog’ining respublikamiz iqtisodiyoti barqaror o’sishiga qo’shayotgan ulushi oshib boradi.

Shu o’rinda shuni ta`kidlash joizki, investitsiyaning harakatidan kelib chiqib, zamon va makonining almashtirilishi va o’zga iqtisodiyotga kirib borishi namoyon bo’ladi. Respublikada sanoat tarmog’i korxonalari rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar va manbalar mavjud bo’lib, ularning asosiysi sifatida xom ashyo bazasining mavjudligi, elektr-energiya va yoqilg’i mahsulotlarining xarid narxining pastligi, arzon ishchi kuchlari, zamonaviy kommunikatsiya tizimi, to’liq o’zlashtirilmagan sanoatning ayrim tarmoq mahsulotlari bozori va boshqalarni ko’rsatish mumkin.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida esa narx va sifat orqali raqobat xosil qilinadi. Sanoat mahsulotlari tannarxidagi xarajatlarning asosiy qismini xom-ashyo va yordamchi materiallar tashkil etishi inobatga olinib, masalaga oydinlik kiritiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat tarmog’i korxonalarining barqaror rivojlanishi va mazkur sohada investitsiyalarni boshqarishni takomillashtirish uchun tarmoqni qaysi ko’rinishdagi mahalliy mablag’lar asosida moliyalashtirish mumkinligini aniqlashtirish talab etiladi. Sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini olib borishda investitsiya resurslarining tarkibi muhim ahamiyat kasb etadi. Investorlar investitsiya resurslarini o’z iqtisodiy va tadbirkorlik qobiliyati hamda imkoniyatidan kelib chiqib tanlaydilar.

Investitsiya resurslari shartli holatda to’rt guruhga bo’linadi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonunining 5-moddasida investitsiya resurslarining quyidagi guruhlari ko’rsatib berilgan:


  1. pul va boshqa moliyaviy mablag’lar, shu jumladan, kreditlar, paylar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar;

  2. ko’char va ko’chmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa moddiy boyliklar) hamda ularga doir huquqlar;

  3. intellektual mulk ob`ektlari, shu jumladan, texnikaviy hujjatlar tarzida tuzilgan texnika, texnologiya, tijoratga oid boshqa bilimlar majmui, u yoki bu turdagi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo’lgan bilimlar va ishlab chiqarish tajribasi, “nou-xau”;

  4. yerga va boshqa tabiiy resurslarga, binolar, inshootlar, uskunalarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi, shuningdek, mulk huquqidan kelib chiquvchi ashyoviy huquqlar hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa boyliklar.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalari investitsion faoliyatini moliyalashtirish manbalari shartli holda quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  • xo’jalik sub`ektlarining shaxsiy mablag’lari;

  • davlat budjet mablag’lari;

  • tijorat banklarining kredit resurslari;

  • aholi mablag’lari;

  • chet el investitsiyalari;

  • budjetdan tashqari jamg’arma mablag’lari.

Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda Davlat budjeti mablag’lari hisobiga investitsiya loyihalarini moliyalashtirish ko’lami keng bo’ladi, chunki alohida investorlarning dastlabki kapitallari kapitalga bo’lgan ehtiyojni to’liq qondira olmaydi. Respublikamizda ham markazlashgan mablag’lar yordamida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish salmog’i dastlabki yillarda katta edi. Biroq mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona iqtisodiy siyosat tufayli investitsiya jarayonlarida davlat budjeti mablag’lari asta-sekinlik bilan kamayib, boshqa moliyaviy manbalar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda.

Bugungi kunda sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda aholining ishtiroki hamon sezilarsiz bo’lib kelmoqda. Buning asosiy sababi aholi moliyaviy bozorning faol ishtirokchisi bo’la olmayapti.

Budjet mablag’lari asosida investitsiyalarning kamayishi ham ijobiy ko’rsatkich bo’lib, iqtisodiyotning modernizatsiyalashyotganligi bilan bir

qatorda, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kamayib borayotganligidan dalolat beradi. Xo’jalik sub`ektlari shaxsiy resurslarining investitsiya faoliyatidagi salmog’ining pasayib ketishiga asosiy sabab sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:



    1. Korxonalar ixtiyorida qolayotgan moliyaviy resurslarning kamligi.

    2. Korxonalarning reinvestitsiya jarayoniga e`tiborini sustligi.

Nima bo’lganda ham investitsiya faoliyatining shu holatda pasayib ketishini oqlab bo’lmaydi. Chunki, investitsiya faoliyatida korxonalarning shaxsiy mablag’lari ellik foizdan past bo’lishi korxonalarning o’zlari uchun katta qiyinchiliklar tug’diradi. Tijorat banklarining kredit resurslari investitsiyani moliyalashtirish manbasi sifatida pasayib ketishi banklarning investitsion bozorda mavqei pasayganidan dalolat beradi. Bu esa, o’z navbatida, korxonalar va aholi ortiqcha moliyaviy mablag’larini bank hisob-kitob raqamlarida depozitlar sifatida saqlashdan ko’ra, boshqa investitsiya ob`ektlarida investitsiya qilishni lozim ko’rayotganini bildirmoqda. Investitsiya faoliyatini aholining mablag’lari hisobidan moliyalashtirishni amalga oshirishdagi sustkashlikning asosiy sabablaridan biri, aholi ixtiyoridagi ortiqcha moliya resurslarini investitsiya qilishdan ko’ra, kundalik is’temolga sarflanayotganligi hisoblanadi. Bu asosan, kundalik ehtiyoj mollarini xarid qilish va uy-joy qurish bilan bog’liq bo’lgan sarf xarajatlardir.

Bizning fikrimizcha, moliyaviy manbalardan foydalanishda dastlab ustuvor manbalardan foydalanib, faqatgina zarurat tug’ilgandagina keyingi qo’shimcha manbalardan foydalanishni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.



Xorijiy investitsiyalar yordamida sanoat tarmog’ini rivojlantirish yo’llari muammolarini o’rganish asosida quyidagi ilmiy xulosalarni chiqarishimiz mumkin:

  • sanoat tarmog’dagi xo’jalik sub`ektlarini aksiyalashtirish, ya`ni aksiya va obligatsiyalarni muomalaga chiqarish, yetarlicha moliyaviy resurslarni jalb etish orqali korxonalarni investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda qo’shimcha

mablag’lar tarkibini kengaytirish lozim, ya’ni portfel invstitsiyalardan ham foydalanish zarur;

  • ma`lumki, investitsiya faoliyatidagi kapital qurilish va texnik qayta jihozlash tadbirlari uchun kreditlar kerak. Bu jarayonda respublikada investitsiya faoliyatini jadallashtirishda xalqaro moliya institutlari va banklari alohida o’rin tutadilar. Shu nuqtai nazardan, sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini rivojlantirish uchun xalqaro banklarining kreditlaridan ham foydalanish kerak.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish