1-jadval Tarmoqlar bo’yicha investitsiyalarni joylashtirishning eng muhim mezonlari
№
|
Daslabki sektor
|
Sanoat sektori
|
Hizmat ko’rsatish sektori
|
1
|
Tabiiy resurslar mavjudligii
|
Ichki bozor hajmi
|
bozor hajmi
|
2
|
Investitsiya muhitini barqarorligi
|
Ichki bozor o’sishi
|
bozor o’sishi
|
3
|
Investitsiyalash uchun turtki bo’ladigan mehanizmlar samaradorligi
|
Investitsiyalash uchun turtki bo’ladigan mehanizmlar
samaradorligi
|
Investitsiyalash uchun turtki bo’ladigan mehanizmlar
samaradorligi
|
4
|
Xalqaro/hududiy bozorlarga kirish
|
Mehnatning past qiymati
|
Xalqaro/hududiy bozorlarga kirish
|
Xo’jalik sub’ektlari darajasidagi investitsiya muhiti yaralishi investitsiya faolligini ko’rsatuvchi makroiqtisodiy omillardan biri sifatida tavsiflanadi. Investitsiyaning muhitining ushbu o’ziga xos ahamiyatini hisobga olib, uning boshqaruvini tashkil etishi zarur. Investitsiya siyosati investitsiya muhitiga boshqarish omillar orqali ta’sir etishi investitsiyalash shartlarining sifatini yaxshilashga turtki bo’ladi.
Qulay investitsiya muhiti shakllanishining asosiy iqtisodiy omillari bo’lib, iqtisodiy rivojlanishning barqaror sur`atlari va bozor institutlarining, eng avvalo, mustahkam xo’jalik qonunchiligi, rivojlangan kredit-bank tizimi mavjudligi hisoblanadi.
Investitsiyalashni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan chora- tadbirlar ham ma’lum ahamiyatga ega. Investitsiya muhitini yaxshilashning asosiy yo’nalishlari tahlili ko’rsatishicha, ularning ko’pi uzoq muddatli xarakterga ega ekan. Investitsiya qonunchiligini yaxshilash orqali investitsiya muhitini yanada jozibadorligini oshirish mumkin.
Investitsiya muhitini baholash jarayonida investor investitsiyalashning risk darajasini qanchalik ekanligini aniqlaydi. Investitsiya muhiti darajasi qanchalik yomon bo’lsa, investor o’z tadbirkorlik riskini shunchalik yuqori belgilaydi. Investitsiya muhitini makroiqtisodiy darajada quyidagi 2-rasmda ko’rinishida tasvirlash mumkin.
Investitsion jozibadorlik - mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan biror bir korxona investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsion risk darajasi nuqtai nazaridan baholanishidir. Investitsion jozibadorlik investitsion salohiyat va investitsion risk darajasini shakllantiradigan ikki guruh omillarning bir vaqtda ta`sir etishi orqali aniqlanadi. Bu kabi ko’rsatkichlarga baho berish orqali investitsiyalarning maqsadga muvofiqliligi hamda jozibadorligi, investitsion risk darajasini aniqlash mumkin. Investitsion risk darajasi investitsion muhitga bevosita, to’g’ridan – to’g’ri bog’liqdir.
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy jihatdan qulay investitsiya muhiti yaratilganligini quyidagi omillar amal qilishi orqali ko’rishimiz mumkin:
keng rag’batlantirish choralarining mavjudligi;
xususiy mulkchilikning tez rivojlanishining rag’batlantirilishi;
sanoatning ustuvor sohalarini jadal rivojlanayotganligi;
keng rag’batlantirish choralarining mavjudligi;
xususiy mulkchilikning tez rivojlanishining rag’batlantirilishi;
sanoatning ustuvor sohalarini jadal rivojlanayotganligi;
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab turgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va yangilarini barpo etishning qo’llab- quvvatlanayotganligi;
eksport salohiyati va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishning rag’batlantirilishi;
eksport qilinadigan tayyor mahsulotlar hissasi va hajmini ko’paytirishning qo’llab-quvvatlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |