Oʼzbekiston respublikasi oliy va oʼrta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti «iqtisodiyot»



Download 0,65 Mb.
bet3/9
Sana11.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#339987
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Korxona Jo`rabek

birinchisi, alohida mamlakatdagi siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik. Mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab, mamlakatimizda birinchi Prezidentimiz I. Karimov rahnamoligida siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlikka katta e`tibor berib kelinmoqda. Siyosiy barqarorlikni belgilovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri, bu mamlakatda ko’p partiyaviylikning mavjudligi va ularning o’z dasturlari asosida mustaqil faoliyat yuritishi hisoblanadi.

Satistik raqamlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, investitsiyalarni jalb qilish sur’ati yildan-yilga doimiy o’sish sur`atiga ega bo’lmoqda. Bunga amin bo’lmoq uchun quyidagi 1-rasm ma`lumotlariga e`tibor qaratamiz.

Rasm ma`lumotlariga tayanib aytadigan bo’lsak, bizning milliy iqtisodiyotga jalb etilyotgan investitsiyalar hajmi yildan-yilga o’sib bormoqda. 2012-yilda investitsiyalar hajmi 2011-yilga nisbatan 14 % ga o’sgan.

ikkinchisi, iste`molchi bozorlarga nisbatan qulay geografik joylashuvi va optimal transport koridorlarining mavjudligi. Mazkur omil ham mavjud omillar ichida markaziy bo’g’inida turadi. Chunki, barchaga ma`lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan davlatlarda mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki ishlarni bajarish qiyin tadbir emas, biroq ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ortiqcha xarajatlarsiz iste’molchiga yetkazib berish va o’z vaqtida hamda to’liqligicha realizatsiya qilish eng og’ir tadbirlardan biri hisoblanadi. Odatda, iste`molchi bozorlarga qulay geografik joylashgan davlatlar okean va dengiz bandargohlariga tutash bo’ladi. Bizda bunda imkoniyat chegaralangan, albatta. Lekin olib borilayotgan odilona va oqilona investitsion siyosat zamirida mamlakatimizning Navoiy viloyati va Angeren shahrida Erkin industirial iqtisodiy zonani tashkil etilishi va bu orqali xorijiy iste`molchi bozorlarga chiqishning qulay yo’li tashkil etildi.


uchinchisi, investorlarga beriladigan soliq va bojxona to’lovlari bo’yicha imtiyoz va afzalliklar. Investitsion muhitni belgilovchi ushbu omil ham investitsiyalarni jalb etish, investitsion faoliyatni jadallashtirishga yaqindan hizmat ko’rsatuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bizning mamlakatda mazkur investitsion muhitni jahon andozalariga mos ravishda tashkil etish uchun qilingan harakatlar mustaqillikning ilk davrlariga taqaladi. Sababi, aynan bizning respublika MDH davlatlari ichida birinchilar qatori Soliq kodeksi qabul qildi va davr talabiga monand bo’lishini ta`minlash uchun, uni 2008-yilda qayta ishlab soliq to’lovchilar hukmiga havola etdi. Zotan dunyoning ayrim davlatlarida davlat budjeti keskin defitsitga uchragan bir sharoitda ham bizning soliq to’lovchi investorlarga imtiyoz va pereferensiyalar berish davom etdmoqda. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10- aprelda qabul qilingan “To`g`ridan-to`g`ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag`batlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 4434-Farmoni mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruktsiya qilish, respublikaning ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo`lgan mintaqalarida yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga to`g`ridan-to`g`ri xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek xorijiy investorlar uchun ishonchli huquqiy himoya va kafolatlarni ta`minlashga qaratilgan. Farmonda ko’rsatilganidek, “….. xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSH dollaridan kam bo’lmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan boshlab 10-yil mobaynida soliq qonunchiligida o’zgarishlar yuz bergan hollarda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i, qo’shilgan qiymat solig’i (tovarlar, ishlar, hizmatlarni realizatsiya qilish aylanmasi), mulk solig`i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig`i, yagona ijtimoiy to’lov, yagona soliq to`lovi to`lashdan, shuningdek Respublika yo`l jamg`armasiga hamda ta’lim va tibbiyot muassalarini rekonstruksiya qilish, mukkammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar to`lashning mazkur korxonalar davlat ro’yhatidan o’tish sanasida amal qilgan me’yorlari va qoidalarini qo’llashga haqlidirlar”.6

Investitsiya siyosati – bu iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, qo’llab – quvvatlash, markazlashgan investitsiyalash jarayonidan nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga o’tish, ustuvor investitsion loyihalarni qo’llab quvvatlashga qaratilgan mehanizm, uslublar yig’indisi hisoblanadi. Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ko’proq ustuvorlik kichik biznes sub`ektlari, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar tuzishga hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkorlik bilan hal qilish va shu asosda investitsiya ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga qaratilgan.

Investitsiya siyosatining ustuvor yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:



    • investitsiyalar, ularning harakatlanishi, investitsiya faoliyati ishtirokchilari munosabatlari, ularni tartibga solib turish bo’yicha qulay huquqiy bazani yaratish, amaldagi qonunchilikning huquqiy bazasini takomillashtirish;

    • iqtisodiy tub islohatlarni amalga oshirish, maqsadli investitsion siyosatni yurgizish;

    • investitsion jarayonni yaxshilash va barcha investitsion jarayon ishtirokchilarining faolligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish;

    • davlat boshqaruv organlari, hukumat tashkilotlarining nazorat etish funksiyalarini yanada takomillashtirish.

Hozirgi kunda O’zbekiston iqtisodiyotining barcha sohalarida o’zgarishlar, tarkibiy islohatlar olib borilmoqda. Bunday islohatlarning olib borilishi bevosita mamlakatdagi investitsion jarayon, Davlatning investitsion siyosati, uning ustuvor yo’nalishlari va mamlakatdagi korxonalar investitsion faolligiga bog’liq. Mustaqillikning qisqa davrida investitsion faoliyatni oshirish, uni kuchaytirish borasida qator amaliy chora – tadbirlar o’tkazildi, investitsion faoliyatni tartibga solib turuvchi qator qonun va qonun osti hujjatlari chiqarildi hamda hayotga tadbiq qilinmoqda.

Investorlar faoliyati ishlab chiqarish va mahsulotni ayirboshlash orqali foyda olishga qaratilgan. Shuning uchun investor o’z kapiatlini foyda olish qulay bo’lgan tarmoqqa safarbar etadi. Bunda iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha investitsiyalarni qo’yish uchun mezonlar juda muhim (2-jadval).

Sanoat va hizmat ko’rsatish tarmoqlari uchun ichki bozorning hajmi va o’sishi investorning qaror qabul qilishida asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari investitsiyalarni jalb qilishga turtki bo’ladigan mehanizmlardan foydalanish bilan bo’g’liq davlatning faoliyati (loyihalarninng davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi, investitsiya imtiyozlari, investorlarga kafolatlar va boshqalar) muhim hisoblanadi. Sanoatda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari ishchi kuchi qiymatiga sezuvchan bo’ladi.


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish