Oʼzbekiston respublikasi oliy va oʼrta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti «iqtisodiyot»


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalarida investitsion faoliyatini moliyalashtirish holati tahlili



Download 0,65 Mb.
bet6/9
Sana11.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#339987
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Korxona Jo`rabek

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalarida investitsion faoliyatini moliyalashtirish holati tahlili.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish masalasi doimo dolzarb hisoblanadi. Ushbu masalani yechish maqsadida mamamlakat investitsiya faoliyatini takomillashtirish muhim omilga aylanib bormoqda. Shuning uchun hozirgi kunda va kelajakda investitsiya jarayonini chuqur isloh qilish zaruriyatga aylanib qolmoqda.

Sanoat sohasining mamlakat ijtimoiy hayoti va iqtisodiy qudratini yuksaltirishdagi o’rnini nazarda tutsak, bu sohada iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish asosida iqtisodiyotni modernizatsiyalash dolzarb va ustuvor vazifa hisoblanishi, sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni rivojlantirish va ushbu tarmoq mahsulotlarini raqobatbardoshliligini oshirishdagi muammolarni hal etishda naqadar muhimligini anglaymiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mazkur masalani muhimligi haqida shunday deydilar: Yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirishni ta`minlaydigan kimyo, neft-gaz va neft-kimyo sanoatini, mashinasozlik, metallni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yengil, oziq-ovqat sanoatining yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlarini va boshqa sohalarni yuksak darajada rivojlantirish oldimizga qo’yilgan maqsadlarga erishishning asosiy manbai bo’lishi darkor ”.

Mustaqillik yillarida yurtimizda avtomobilsozlik, neft - gazkimyo sanoati, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish-materiallari sanoati, temir yo’l mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-ovqat sanoati va yengil sanoat kabi bir qator mutlaqo yangi sanoat tarmoqlari yaratildi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida avtomobilsozlik sanoati alohida o’rin egallamoqda. Bu tarmoq Asaka shahrida AQSHning “General Motors” kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan, Toshkent shahrida Germaniyaning dunyoga mashhur “Daimler Benz” va Samarqand shahrida Yaponiyaning “Isuzu” kompaniyalari bilan hamkorlikda avtobuslar ishlab chiqaradigan hamda Samarqand shahrida Germaniyaning “MAN” kompaniyasi bilan tashkil etilgan yuk avtomobillari ishlab chiqaradigan yangi zavodlarni o’z ichiga oladi. Ana shunday o’zgarishlar natijasida mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1990 – 2010 – yillarda 11,6 barobar o’sdi.

Faqat oxirgi 10 yilning o’zida yengil avtomobillar ishlab chiqarish 7,1 barobar, avtobuslar – 2,6 barobar va yuk avtomobillari tayyorlash – 12,9 barobar oshdi.

Neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoatining yaratilishi mamlakatimizning energetik xavfsizligini ta`minladi. Neft va gaz kondensati qazib olish 1990-yilga nisbatan 1,4 barobar o’sdi. Tabiiy gaz ishlab chiqarish sur`ati 1990 – 2010 - yillar davomida 1,6 barobar, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi esa 15,2 barobar ko’paydi.

Energetika mustaqilligini ta`minlash hamda neft va gazni qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish dasturi doirasida, istiqlol yillarida eng zamonaviy texnologiyalarga ega bo’lgan chet el kompaniyalari bilan hamkorlikda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (“Teknip”, Fransiya) va Sho’rtangazkimyo majmuasi (“ABB”) barpo etildi, Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi to’liq rekonstruksiya qilindi. Gaz-kimyo tarmog’ining tashkil etilishi tabiiy gazni qayta ishlashni chuqurlashtirish va turdosh tarmoqlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish imkonini yaratdi.

Qo’ng’irot soda zavodida 2006-yildan boshlab kalsiyli soda, Samarqand kimyo zavodida nitrokalsiyfosfat o’g’iti ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi, 2010- yilda mintaqamizda yagona bo’lgan Dehqonobod kaliyli o’g’itlar zavodi ishga tushirildi.

1990 – 2010 – yillar davomida yog’ochni qayta ishlash va sellyuloza - qog’oz sanoatida ishlab chiqarish hajmi 13,4 barobar, oziq-ovqat sanoatida – 5,7 barobar, yengil sanoatda – 3,8 barobar o’sdi.

1990-yilga nisbatan ip-kalava ishlab chiqarish 2,2 barobar ko’paydi. Gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2010-yilda 21 million kvadrat metrdan ziyod bo’ldi, bu esa 2000-yilda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbatan 13,6 barobar ko’pdir.

O’tish davrining murakkab sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash maqsadida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari, xususan, neft , gaz, oltin qazib olish, rangli metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoatini jadal rivojlantirish uchun davlat barcha shart-sharoitlarni yaratib berdi.

Natijada chuqur sifat o’zgarishlari ro’y berdi va O’zbekiston sanoatining tarmoq tarkibi ancha diversifikatsiya qilindi va mutanosiblashdi.

Hozirgi kunda sanoat korxonalaridagi mavjud muammolarni ijobiy hal etishning muhim omili va shart-sharoitlaridan biri – bu investitsion faollikni yanada kuchaytirish hisoblanadi. Sanoat korxonalari taraqqiyoti uchun investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, bu sohaga keng qamrovli investitsiyalarni olib kirish vazifasini hal etmasdan turib, mazkur yo’nalishdan ko’zlangan maqsadlarga erishib bo’lmaydi. Shu sababli investitsiyalarni sanoat sohasiga kengroq jalb etish va ushbu tarmoq korxonalari investitsiya faoliyatini rivojlantirishning qulay sharoitlar yaratish davlat tomonidan oshiriladigan investitsiya islohotini asosini tashkil etishi lozim.

Bu holat sanoat korxonalarida investitsiyalar samaradorligini oshishiga va natijada, tarmoqda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish ko’rsatkichlarining ham ortishiga olib keldi. Shu sababdan, iqtisodiy o’sishga erishish uchun asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiya qiymatini doimo oshirishga harakat qilish zarur.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida mamlakatimiz YaIMi va jalb qilingan investitsiyalar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, Respublikamizda YaIMni o’sishi yuqori darajadadir. 2012-yilda YaIM 43,6 millard AQSH dollarini tashkil etgan bo’lsa, bu 2011-yilga nisbatan 8,2 %ga o’sgan. Bunday natijaga erishishda, investitsiyalar oqimini ko’payishi muhim rol o’ynaydi, e’tibor qaratadigan bo’lsak, 2012-yilda mamlakatimizga 11,7 milliard AQSH dollarida investitsiya jalb etilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2002-yilga nisbatan salkam 8 barobar ko’pdir. Shunday ulkan natijaga erishishga mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsion muhit va iqtisodiyotni real sektorini asosini tashkil etuvchi sanoat korxonalarini ishlab chiqarish bazasini kengayyotgani hamda ularni investitsiya faoliyati imkon qadar yaxshi moliyalashtirilgani sabab bo’lgan.

O’zbekiston Respublikasida sanoat ishlab chiqarish korxonalaridagi investitsiya jarayonini muhim o’ziga xos masalasi og’irlik markazini budjet hisobidan moliyalashtirishdan, iqtisodiyot sub`ektlariniig o’z mablag’lari, maxsus fondlar, bank-kredit institutlari va mintaqalar resurslari hisobiga moliyalashtirishga ko’chirishdan iboratdir. Bunda, bizning fikrimizga ko’ra, investitsiyalarni moliyalashtirishning turli manbalar tuzilmasini optimallashtirish yo’li bilan ta`minlash, davlat sektorida tarmoqlararo proporsiyalarni nazorat qilish g’oyat muhim masaladir.

Sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda kredit resurslari hissasini ko’paytirish, bizning nazarimizda, moliyalashtirish natijalari uchun mas`uliyatni oshirishga yordam beradi, chunki ularning roli oshishi bilan bank va kredit tavakkalchiliklari darajasi ham o’sadi.

O’zbekiston Respublkasining 2009-2012-yillarga mo’ljallangan davlat investitsiyalar dasturida investitsiyalarning umumiy hajmi 4,3 trln. so’m qilib belgilangan. Ulardan 30 foizini sanoat sektorini, 25 foizini ta`lim sohasini rivojlantirishga, 23 foizga yaqinini uy-joy qurilishi va ijtimoiy sohaga, qolgan

23 foizini - transport, energetika, agrosanoat majmui va boshqa sektorlarni rivojlantirishga yo’naltirish mo’ljallangan. Raqamlardan ko’rinadiki, investitsiyalar dasturida sanoat sektoriga ajratiladigan hissaning ko’payganligini ijobiy omil sifatida baholash mumkin.

Sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirish tizimida yuz berayotgan o’zgarishlar turli xalqaro investitsiyalar ishtirokining kengayishi va moliyalashtirish tizimiga mamlakat rezidentlari va norezidentlarining qo’shilishi munosabati bilan turli tavakkalchiliklar, jumladan siyosiy, valyuta va boshqalar doirasini kengaytirmoqda. Sanoat korxonalarini investitsion faoliyatini moliyalashtirishda xalqaro lizingning rivojlanishi, chet el investitsiyalari hamda kredit liniyalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirish tizimida chet el investitsiyalari va qarzlariga xos qo’shimcha tavakkalchiliklarni ko’paytiradi.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalari investitsion faoliyatini moliyalashtirishda korxonalarga mablag’ qo’yuvchilar - banklar, boshqa yirik investitsiya institutlari va resurslarni qarzga beruvchilarning manfaatlarini korxona manfaatlari bilan o’zaro mos kelishini ta`minlashi lozim. Shuni ta`kidlash lozimki, sanoat korxonalariga investitsiyalarni budjet usulida moliyalashtirishda mablag’larni qaytarish majburiyati bo’lmaydi, bu esa qarz oluvchilarning o’z faoliyatini yanada samaraliroq amalga oshirishda manfaatdor qilmaydi. Ikkinchi tomondan, budjetdan moliyalashtirish qarz oluvchilarga faoliyat erkinligi va ijodiy tashabbus ko’rsatishni ta`minlamaydi, boqimandalik kayfiyatini uyg’otadi.

Ishlab chiqarish vositalari ko’rinishidagi kapitalning tarmoqdan-tarmoqqa o’tish imkoniyatlari juda cheklangan. Lekin iqtisodiyotda har doim iqtisodiy resurslarni, eng avvalo kapitalni tarmoqlar o’rtasida qayta taqsimlash zaruriyati mavjud bo’ladi. Bu vazifani eng oqilona tarzda kredit mehanizmi va uning tarkibiy qismi bo’lgan bank krediti bajaradi.

Bank krediti vositasida moliyaviy resurslar pul kapitali sifatida jamlanadi hamda tarmoqlar va sanoat korxonalar o’rtasida bozor me’zonlari asosida taqsimlanadi. Kreditni belgilangan muddat davomida qaytarish va kreditdan foydalanganlik uchun muayyan haq to’lash zarurligi kreditga olingan mablag’lardan yuqori samara bera oladigan faoliyat sohalarida foydalanishga majbur etadi. Kredit sanoat korxonalari faoliyati samaradorligi darajasini oshirishga hizmat qiladi.

Bank kreditining muhim vazifalaridan biri - bu ishlab turgan korxonalar aylanma mablag’lari aylanishining uzluksizligini ta`minlashdan iborat. Bu asosan qisqa muddatli kreditlash vositasida amalga oshiriladi. Qisqa muddatli kredit sanoat korxonasi ishlab chiqarish zahiralarini to’ldirishga, tovar-moddiy boyliklarini sotib olishga, ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish jarayonida vujudga kelgan mablag’larning vaqtincha yetishmovchiligini to’ldirishga va boshqa shu kabi maqsadlarga yo’naltiriladi.

Bank kreditlari sanoat korxonalarining faoliyati samaradorligini oshirishga hizmat qilishi tufayli xalq xo’jaligida foydaning kapitallashuvi jaroyonlarini tezlashtiradi. Bu bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish bosqichida, mamlakatda qo’shimcha ish joylarini yaratish nihoyatda zarur bo’lgan davrda juda muhim ahamiyatga ega. 3-ilovada “Mikrokreditbank” OATB tomonidan sanoat sohasini moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar to’g’risida ma’lumot berilgan.


Sanoat korxonalariga investitsiyalarni jalb etishga hududiy jihatdan yondashuv Respublikaning har bir hududining rivojlanishini ta'minlashga imkon beradi. Shuni ta'kidlash lozimki, mamlakatimiz hududlarining barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash respublikamizda yuritilayotgan iqtisodiy siyosatning muhim yo’nalishlaridan biri bo’lmoqda. Hududlarning ijtimoiyi-iqtisodiy jihatdan rivojlanishi, turmush sharoitlarining yahshilanishi ham bevosita ularning iqtisodiyotini rivojlanishi bilan bog’liq. Mamlakat iqtisodiyoti hududlardan tarkib topgan bir butun tizimni tashkil etgani sababli, uning har bir mintaqasidagi rivojlanishni ta'minlash mamlakatimizning uzluksiz taraqqiyotiga zamin yaratadi. Shunday ekan, hududlarda yangi sanoat korxonalari barpo etish, mavjudlari faoliyatini kengaytirish, ularga keng miqyosida investitsiyalarni, ayniqsa xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda mamlakat va uning mintaqalarida yaratilgan investitsion jozibadorlik va nisbiy afzalliklar muhim o’rin tutadi. Aynan ushbu omillarga investorlar tomonidan alohida e'tibor beriladi.

Hududlarda sanoat korxonalarini kamligiga asosiy sabablaridan biri bu elektr ta’minotini pastligidir. Bu muammolarni yechish uchun kerakli chora- tadbirlarni amalga oshirish zarur.

Sanoat tarmog’ida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi ham yildan- yilga oshib bormoqda. Bunga sabab, korxonalarning texnik bazasi yangilanayotganini, ishlab chiqarish quvvatlarini oshayotganini ko’rsatish mumkin (9-jadval).

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, mamlaktimizning barcha mintaqalarida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish yil-yilga o’sib bormoqda. 2010-yil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha eng katta o’sish Namangan viloyatida kuzatilgan. Namangan viloyatida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 2010- yilda 2009-yilga nisbatan 40,5 %ga o’sgan. Qashqadaryo viloyatida esa eng past o’sish kuzatilgan. Bu hududda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 2010-yilda 2009-yilga nisbatan 3,4 % o’sish kuzatilgan.

Investitsiyalar samaradorligini aniqlash ularni safarbar etishning istiqbollarini bashoratlashda muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, iqtisodiyot bo’yicha investitsiyalar taqsimotining to’g’ri yo’nalishlarini aniqlab olishga imkon beradi.

Sanoat korxonasi misolida investitsiya samaradorligini aniqlash - bu kelajak davrga korxonalarni asosiy faoliyatlarini rivojlantirish yo’llarini aniqlash, shu jumladan o’z mablag’lari hisobidan va boshqa investorlar hisobidan xarajatlarni qoplanish miqdorini aniqlash. Strategik rejada aktivlarga bo’lgan ehtiyoj va uni ta`minlash resurslari uzoq muddatga aniqlanadi.




Investitsion loyiha bu investitsiyani texnik-iqtisodiy asoslash bo’lib, u investitsion faoliyat ishtirokchilarini (mulkdor, tadbirkor, bankir, davlat va xalqaro tashkilotlar kabilar) iqtisodiy axborotnomasi, ularni o’zaro aloqalarini bog’laydi hamda tushuntiradi. Qisqa qilib aytganda, investitsiya loyihasi investitsiyadan foydalanish rejasini anglatadi.

Investitsiya loyihasini samaradorligini hisoblash - bu investitsiyadan keladigan samara ko’rsatkichlarini aniqlashni anglatadi.

Investitsiya loyihasini asosi bu kapital qo’yilmalarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashdan iborat. Shu sababli investitsiya loyihasi samaradorligi kapital qo’yilmalar samaradorligi orqali aniqlanadi.

Jamiyat miqyosida kapital qo’yilmalar samaradorligi koeffitsienti (Ks) milliy daromadning o’sish miqdorini (MD) kapital qo’yilmalar summasiga (Kq) nisbatan aniqlanadi. Ya`ni:



Ks=MD/Kq (1)

Korxona miqyosida investitsiya samaradorligi (kapital qo’yilma) koeffitsienti (Ki.s) quyidagicha hisoblanadi:




Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish