Fondni tashkil etuvchi
- faoliyati jarayonida hujjatli jamgʻarmani tashkil
etadigan tashkilot yoki shaхs.
Fondlashtirish
- arxiv hujjatlarining fondlarga tegishliligini va arxiv
fondlarining davriy chegaralarini aniqlash boʻyicha ishlar majmui.
Foydalanish fondi
- elektron ma’lumotlar bazasidan elektron koʻrinishda
berilgan negativ mikrofilmdan tayyorlangan pozitiv mikrofilm.
237
Xalqaro muzeylar kengashi (IKOM )
- 1946-yilda Amerika muzeylari
assosiatsiyasi prezidenti Chonsi Xemlin tashabbusi bilan Parijda asosan IKOM
(International Council of Museums) nomi bilan mashhur boʻlgan Xalqaro muzeylar
tashkiloti tuzildi. Oʻzbekiston ushbu tashkilotga 1993 -yilda a’zo boʻldi.
Xalqaro muzeylar kuni
- 1977-yil 18-maydan buyon har yili Xalqaro
muzeylar kuni nishonlanib, shu kuni butun jahonda muzey va galereyalarga kirish
bepul boʻladi.
Hisobga olish
- muzey ashyolari va kolleksiyalarini hisobga olishning
asosiy huquqiy hujjatlari - eksponatlarni qabul qilib olish yoki berish
dalolatnomalari, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining kirim kitobi va
inventar (ilmiy roʻyxatdan oʻtkazish ) kitoblaridan iboratdir.
Hujjatlarni davlat saqloviga topshirish va ularni arxivlarga qabul qilish
- tashkilotlar hujjatlarini saqlanish muddatlari tugaganidan soʻng ekspert-tekshiruv
komissiyasi tasdiqlagan roʻyxatlarga muvofiq idoraviy arxivlardan davlat
arxivlariga rasmiy dalolatnomalar bilan oʻtkazilishi.
Hujjatlarni depozitga qoʻyish
- arxiv va hujjat egalari oʻrtasidagi bitimga
asosan MAF tarkibiga kirmaydigan yuridik va jismoniy shaxslar hujjat fondlariga
oid hujjatlar yoki alohida hujjatlarning arxivda saqlanishi.
Hujjatlar saqlanishini ta’minlash
- hujjatlarning yoʻqolib ketmasligi va
ularning talab etilgan jismoniy holatda boʻlishi uchun hujjatlar saqlanishiga
maqbul shart-sharoitlar yaratish, me’yorlarga rioya etish va hujjatlar saqlanishini
ta’minlash kabi tadbirlar majmuasi.
Ekspozitsiya
- (lot. expositio soʻzidan olingan boʻlib, exropo- tomosha
uchun koʻrsatmoq, terib qoʻyish, sitio - roʻyxatga olish, bayon etish ma’nolarini
anglatadi). Muzey ekspozitsiyasi - bu maqsadga yoʻnaltirilgan va ilmiy asoslangan
muzey eksponatlarining namoyishi boʻlib, ular kompozision tashkillashtirilib
sharhlar bilan toʻldirilgan, texnik va badiiy jihozlanib, umumiy muzeyning oʻziga
xos xususiyatini yaratuvchi ijtimoiy koʻrinishdir. Muzey ekspozitsiyasi ilmiy
xodimlar, rassomlar, dizaynerlar, muzey pedagoglari va muhandislar hamkorligida
yaratiladigan murakkab ilmiy-texnik jarayon hisoblanadi.
238
Do'stlaringiz bilan baham: |