112
Hozirgi kunda bu xonada muzey-ekspozitsiyasi joylashgan. Shu xonaning
chap tomondagi 1-panoda Buxorolik ma’rifatparvar Sadriddin Ayniy oʻzi haqida
yozilgan kitobdan bir parchasi namoyish etilgan. Yozuvchi oʻsha davrda podshoga
qarshi maqola yozganligi va 1917-yil aprel namoyishida qatnashganligi hibsga
olinib, 75 darra bilan jazolangan va terisi shilib tushgan. Ogʻir ahvolda uni Kogon
vokzali yonidagi kasalxonaga olib borib, orqasini 25 marotaba operatsiya qilishadi.
Keyinchalik Ayniy Samarqandga borib oʻz ilmiy faoliyatini davom ettirgan.
Chap tomondagi devorda, 1-suratda Tojikistonda
joylashgan Baljuvon
qishlogʻi koʻrsatilgan. Oʻsha yillarda bu viloyat Buxoro amirligiga qarashli boʻlgan
(sharqiy Buxoro deb atashgan) va eng yirik qoʻzgʻolonlardan biri, Baljuvon
bekligida, 1885-yilda Vose qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtgan. Yaxshi tayyorgarlik
koʻrmagan dehqonlar armiyasi magʻlubiyatga uchraydi va qoʻzgʻolonchilarning
barchasini, jumladan, Vosening oʻzini ham qatl etiladi.
2-3-suratlarda esa rus fotografi Prokudin-Gorskiy tomonidan olingan
mahbuslar suratlari aks ettiriladi (1863-1944-yillar).
Oʻng tomondagi 1-rasm ham yogʻ-boʻyoqda ishlangan boʻlib, taniqli usta
naqqosh, Usto Shirin Murodovningportreti osilgan. Usta Shirin Murodov ham
amirlik davrida gʻayri din deb zindonga tashlanadi va keyinchalik ozod etiladi.
Oʻng tomondagi oxirgi panoda 2ta jinoyatchilarning rasmi koʻrsatilgan.
Bular-Saidov Rustam namoz oʻqimaganligi uchun orqasida 27 darra qamchin bilan
savalashgan va Soliev Sharif 1917-yili Ark oldidagi
namoyishga qatnashganligi
tufayli zindonga tashlangan. Shuningdek, shu panoda Qozi Burxoniddin muhri
(1882-yil) va Muzaffarxonmuhrlari (1861-1885-yillar) ham koʻrsatiladi.
Kiraverishda oʻng qoʻlda XIX asr oxiri XX asr boshlari Buxoroda Sud
jarayoni tasvirlangan rasm osilganligini koʻrish mumkin. Bu rasm 1980 -yilda
rassom Muhammadiev tomonidan yogʻ-boʻyoqda ishlangan.
3-xonaning roʻparasidagi hovlida XX asrning boshlariga qadar kichik
ayvoncha boʻlib, uning ostida Zindon boshligʻi “Mirgʻazab” oʻtirgan
va nazorat
ishlarini olib borgan.
113
4-xona “Oʻlim xonasi” boʻlib, ikkinchi nomi “Kanaxona” deb ham
aytilgan. Bu yerda oʻta xavfli jinoyatchilar, ya’ni odam oʻldirganlar, amir
siyosatiga qarshi chiqqanlar, qisqacha qilib aytganda, oʻlimga mahkum qilingan
mahbuslar jazo muddatini oʻtashgan. Bu xonaga kirib
borishda avval qorovullar
oʻtiradigan xona va ichkarida 20 kishiga moʻljallangan choh, ya’ni quduq shaklida
kovlangan chuqurlik boʻlib, uning chuqurligi 6,5 metrni va kengligi 5 metrni,
devor qalinligi ham 5 metrni tashkil etadi. Aslida bu chohning chuqurligi 11,5
metrni tashkil etgan. Bu choh ichiga arqon yordamida kirib chiqiladi. Hatto
mahbuslarga ovqat ham arqon yordamida berilgan. Bu chuqurlikning usti gumbaz
boʻlib, gumbazni oʻrtasi ochiq boʻlgan va yorugʻlik faqat tepadan tushgan.
Mahbuslarga kuniga 1 marta ovqat berilgan va 2 oyga bir marta tashqariga olib
chiqib, hovlini aylantirilgan.
1838 -yilda amir Nasrulloxon buyrugʻiga koʻra kapitanArtur Konolli va
podpolkovnik Charls Stoddart degan Buyuk Britaniyalik josuslar shu
“Kanaxona”ga tashlanadi va 1842-yilda Registon maydonida qatl qilinadi.
Hozirgi paytda qorovullar oʻtiradigan xonada muzey ekspozitsiyasi
joylashgan. Bu xonada bir nechta rasmlarni koʻrishimiz mumkin.
Masalan: Chap tomondagi 1-rasmda eski zindonning
surati aks etgan va
pastki koʻrgazmada, XVI-XVIII asrga mansub arxeologik sopol buyumlar
qoʻyilgan.
2-rasmda zindon oldida mahbuslar bilan uchrashuvni kutib oʻtirganlar
tasvirlanadi va pastki koʻrgazmada 1621-yilda Abu Ali al-Margʻiloniyning
“Hidoya-i-Sharif” qoʻlyozmasini koʻrishimiz mumkin. Bu qulyozma huquqqa oid
kitob boʻlib, unda asosan oila kodeksi haqidagi ma’lumotlar aks etadi.
3-rasmda zindondagi askarlar harbiy libosi va qurollari bilan tasvirlanadi.
Pastida Hindistonda, Laknaidada chop etilgan, huquqqa asoslangan kitob
qoʻyilgan. Oʻsha paytlarda Hindistonda kitob chop etish avj olgandi.
4-rasm-Panorama, ya’ni koʻrinish deb aytiladi. Bu yerda asosan eski zindon
atrofidagi uylar, koʻchalar va ark qoʻrgʻonining orqa qismi tasvirlangan.
114
Shu xonaning peshtoqida
esa qozikalonning liboslari, ya’ni yaktagi va
sallasi eksponat shaklida qo’yilgan. Yaktak-fors tilidan olingan boʻlib, bir qavatli
taglik degan ma’noni bildiradi. Salla musulmonlarning bosh kiyimi hisoblanib, 7
metrdan 21 metrgacha boʻlgan. Oxirgi oʻng tomondagi rasmda qozikalonlar rasmi
qoʻyilgan va pastgi koʻrgazmada qozilarning qogʻoz-hujjatlarda urilgan muhrlari
koʻrsatilgan.
Zindon hovlisining orqa qismida bir qabr joylashgan. Hikoya qilishlaricha,
Zindonda 40 yillik umrini bagʻishlagan, ya’ni jazo muddatini oʻtagan, Qoʻchqor
ota qabri joylashgan. U odamni Zindonning piri deb ham atashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: