O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot



Download 1,59 Mb.
bet2/7
Sana31.05.2022
Hajmi1,59 Mb.
#621193
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
makroiqtisodiyot

Makroiqtisodiyot - bu mamlakat miqiyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy so‘zlarini bir butun qilib olingan milliy iqtisodiyotdir.
Milliy ho‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mexnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.

Makroiqtisodiyot o‘z ichiga xalq xo‘jaligining moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish, hamda hizmat ko‘rsatish sohalarini oladi.


Moddiy ishlab chiqarish sohalari o‘z navbatida xalq xo‘jaligining ko‘plab yirik tarmoqlaridan iborat bo‘ladi. Ular ishlab chiqarish vositalari va iste`mol buyumlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga (I va II bo‘linma) ajratiladi.
Milliy iqtisodiyot meyorida faoliyat qilish uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi.

Nomoddiy ishlab chiqarish milliy iqtisodiyotning ijtimoiy iste`molni qondirishga hizmat qiluvchi (soliqni saqlash, ta`lim, tarbiya) va millatning madaniy rivojlanishini belgilab beruvchi (fan, madaniyat, san`at, sport) sohalarini, hamda davlat boshqaruv va mudofaa tizimini o‘z ichiga oladi.


Xizmat ko‘rsatish sohalari uy-joy, kommunal xo‘jaligi va madaniy maishiy xarakterdagi xizmat ko‘rsatuvchi ko‘plab tizimlardan iborat bo‘ladi.


Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish hajmi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali, mikro va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Bu ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baxo beriladi va milliy iqtisodiyotning rivojlanish tamoyillari aniqlanadi.
Masalan, korxonalar faoliyatiga baxo berish uchun, ularning daromadlari va harajatlari hisoblab chiqiladi. Shu ma`lumotlarga asoslanib korxonaning foyda olishi eki zarar ko‘rishini bilish mumkin. Agar korxonaning ishi yaxshi bo‘lib, foida olsa, tegishli ma`lumotlaridan muvaffaqiyat sabablarini aniqlash uchun foydalaniladi.
Korxona zarar ko‘rgan taqdirda ham tegishli mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlaridan uning bevosita sabablari aniqlanadi.
Mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ham butun iqtisodiyot uchun huddi shunday vazifani bajaradi. Bu tizimga kiruvchi turli hil ko‘rsatkichlar, birinchidan, bizga
ma`lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishini bevosita ta`sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodii ko‘rsatkichlar tizimi, Yamm ni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya`ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi.
Hozirgi sharoitda mamlakatimiz ta’lim tizimida yuz berayotgan ozgarishlar tayyorlanayotgan yosh mutaxassislarni jahon talablariga javob beradigan darajada bolishini talab etmoqda. Ayniqsa, bu iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot sohasidagi mutaxassisliklarni
tayyorlashda oliy talim muassasalarida oqitiladigan iqtisodiy fanlar muhim orin tutadi.

Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yonalishlarda kozda tutilgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoshimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga otkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, printsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini ozlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish kabi vazifalar belgilangan bolib, bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish kop jihatdan mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining birlamchi bog’ini hisoblangan firmalar faoliyati, iste’molchilar hatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar bozorlari holatini alohida olingan tarzda tahlil qilish, ularni rivojlantirish omillaridan samarali foydalanish yollarini organish kabi jarayonlarni tadqiq qilishga bogliqdir.


Nixoyat mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini yaxshi tushunib olish uchun bozor ho‘jaligi sub`ektlari va bozor operasiyalari tarkibini (klassifikasiyasini) bilib olish zarur.


Bozor xo‘jalik sub`ektlarini quyidagicha tasniflash qabul qilingan.





Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish