O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot



Download 1,59 Mb.
bet7/7
Sana31.05.2022
Hajmi1,59 Mb.
#621193
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
makroiqtisodiyot

tashqi savdo dinamikida ijobiy o‘zgarishlarga erishildi. Tashqi savdo aylanmasi hajmi 16%ga o‘sib, 42,1 mlrd. doll. tashkil etdi va 2019 yildagi ko‘rsatkichdan (41,8 mlrd. doll.) o‘zib ketdi. Eksport 10%ga 16,6 mlrd. doll.gacha, import 20%ga 25,5 mlrd. doll.gacha oshdi. Savdo balansining salbiy saldosi 8,9 mlrd. doll.ni tashkil qildi.

Eksportning ortishi, asosan, xorijga yetkazib berish bo‘yicha to‘qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechakning 1,5 baravar (2,9 mlrd.doll.), rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlarning 1,6 baravar (1,5 mlrd.doll.), mashina va uskunalarning 1,6 baravar (0,7 mlrd.doll.), kimyoviy mahsulotlarning 1,4 baravar (1,2 mlrd. doll.), xizmat ko‘rsatishning 1,3 baravar (2,5 mlrd.doll.) ortgani bilan bog‘liq. Oltin eksporti 2020 yilga nisbatan qariyb 30%ga qisqarib, uning umumiy eksport hajmidagi ulushi esa 38,4%dan 28,7%ga kamaydi.


Importda yetkazib berish bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarining 35% (2,9 mlrd.doll.), kimyoviy mahsulotlarning 24% (4,3 mlrd.doll.), qora metallar va ulardan tayyorlangan buyumlarning 35% (2 mlrd.doll.), energiya tashuvchi va neft mahsulotlarining 39% (1,5 mlrd.doll.), xizmat ko‘rsatishning 42% (1,7 mlrd. doll.) sezilarli o‘sishi qayd etildi.

Shu tariqa, 2021 yil O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun o‘ta ijobiy kechdi. Bu davrda nafaqat 2020 yilda boy berilgan natijalarning o‘rnini to‘ldirish, balki rekord darajadagi o‘sish sur’atlariga ham erishildi. Mamlakatda keng ko‘lamli iqtisodiy tarkibiy islohotlar davom ettirilib, o‘tgan yillardagi o‘zgarishlar samarasi iqtisodiyot tarmoqlarida yanada yaqqol namoyon bo‘ldi. Pandemiya bilan bog‘liq saqlanib qolgan xavflarga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda barqarorlikni namoyon etdi va jadal rivojlanish yo‘nalishiga qaytdi.


Kelgusi 5 yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy rejalar ma’lum qilindi


O‘zbekistonning 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unda bir qancha ustuvor maqsadlar qatoridan — 5 yil ichida aholi jon boshiga YAIMni 1,6 baravarga oshirish, inflyatsiya darajasini 9,9 foizdan 5 foizgacha pasaytirish, davlat budjeti taqchilligi 3 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash, davlat qarzini yiliga $4,5 mlrddan oshirmaslik, eksport hajmini $30 mlrdga yetkazish o‘rin olgan.

Adliya vazirligi 2017−2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish muddati tugaganligi munosabati bilan «Yangi O‘zbekistonning 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi prezident farmoni loyihasini ishlab chiqdi.


Taklif etilayotgan Taraqqiyot strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishi — Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlashda kelgusi 5 yilda amalga oshirish rejalashtirilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar qayd etilgan.

Kelgusi besh yilda aholi jon boshiga YAIMni — 1,6 baravarga — taxminan 3 ming AQSh dollaridan ko‘proqqa oshirish maqsad qilingan. 2021 yil yakunlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich taxminan 1,9 ming dollarga teng.


Shu bilan birga, 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar» qatoriga kirish uchun zamin yaratish ko‘zlangan.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va yillik inflyatsiya darajasini 2023 yilgacha bosqichma-bosqich 5 foizgacha pasaytirish reja qilingan. Hozirda 9,98 foizga teng.

Qolaversa, Davlat budjeti тақчиллиgiни 2023 yildan YAIMga nisbatan 3 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash maqsad qilingan, hozirda u 6 foiz atrofida.


Davlat qarzini boshqarishda yiliga yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 mlrd dollardan oshib ketmasligini ta’minlash ham rejada bor. Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, bu yerda faqat davlat qarzi nazarda tutilmoqda, davlat va davlat nazorati ostidagi korporatsiyalraning qarziga chegaralar qo‘yilmagan.
2026 yilga qadar eksport hajmlarini 30 mlrd dollarga yetkazish ko‘zlangan, hozirda ushbu ko‘rsatkich 16 mlrd dollar atrofida.

Bundan tashqari, kelgusi 5 yillikda ishsizlik darajasini kamida 2 baravar qisqartirish (hozir 9,5% atrofida), kambag‘allikni kamida 2 baravarga qisqartirish (hozir taxminan 15 foiz), soliq yuklamasini yalpi ichki mahsulotning 25 foizi darajasiga kamaytirish (hozir 30%) maqsad qilingan.


Нравится
Telegram
Начало формы

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O’zbekiston, 2001. 39b.(o’zgartirish va qo’shimchalar bilan)


2.“Budjeti tizimi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni. 14.12.2000y.(o’zgartirish va qo’shimchalar bilan)
3. “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida”»gi O’zbekiston
Respublikasi Qonuni. 26.08.2004. (o’zgartirish va qo’shimchalar bilan)
4. Malikov T.S., Haydarov N.X. Budjet daromadlari va xarajatlari. -
Tashkent: "IQTISOD-MOLIYA", 2007 y. 22. Malikov T.S., Haydarov N.X. Davlat budjeti.- Toshkent: "IQTISOD-MOLIYA", 2007y.
5. Z.Srojiddinova. O’zbekiston Respublikasi budjet tizimi.
«infoCOM.UZ». Toshkent-2015y.
6. Z.Srojiddinova. Budjetlararo munosabatlar. «infoCOM.UZ».
Toshkent-2010 y.
7. Qosimova G., Shoakramov K. Mahalliy budjetlar. O’quv qo’llanma.
– T.: “Moliya”, 2017.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi Farmoni 2017-yil 5-fevral


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish