Asosiy qism:
“Furqat yo`llarida” asarida Furqat timsoli
Professor Sharif Yusupov 1928-yilning 28 martida Toshkentda tug`ilgan. Maktab ta’limini olgach Nizomiy nomidagi Toshlent Davlat pedagogika institutida o`qiydi.
1944-yildan o`qituvchi sifatida faoliyat boshlaydi. 1946-yildan O`zbekiston radiosi musiqiy eshittirishlar taxririyatida ma’sul muharrir bo`lb ishlaydi. 50-yillardan olim ilmiy faoliyat bilan boshlanadi. Keyinchalik Sharif Yusupov “O`zbekiston madaniyati” gazetasida bir qancha lavozimlarda ishlaydi.1973-yildan Toshkent davlat universiteti Filologiya fakulteti dotsenti bo`lgan olim 1991-yilda professorlik lavozimiga ham erishadi.
Sharif Yusupov o`z ilmiy tadqiqotlarini milliy uyg`onish davrining yetuk namoyondasi Furqat hayoti va ijodini o`rganish masalalariga bag`ishlaydi. Xususan, 1984-yilda “Furqat yo`llarida” monografiyasi, 1983-yilda “do`stlik qaldirg`ochlari” risolasi, 1992-yilda “O`zbek ma’rifatparvarlik adabiyoti va Furqat” o`quv qo`llanmasi, “Xudoyorxon va Furqat” kitobi va o`nlab maqolalar shular jumlasidan. Bu tadqiqotlar yangi ma’lumot va xulosalarga boyligi, muhim nazariy va amaliy muammolarni o`rtaga qo`yganligi hamda hal etishga uringanligi bilan ajralib turadi. Olim faqat Furqat ijodini o`rganish bilan cheklanib qolmay uning zamondoshlariga ham qiziqish bildirgan.Tadqiqotchi “Muqimiy va Muhyi”, “Komil haqida yangi ma`lumotlar”, “Kamiy‒ma’rifatparvar shoir”, “Sattorning tarjimai hol asari”,”Isyonkor dodxox” (general Jo`rabek) singari salmoqli ishlari, Sharifxo`ja, Muhiddinxo`ja,Saidrasul Aziziy, Eshonxo`ja mudarris va boshqa ma’rifatparvarlar haqida yangi dalillarni kitobxonlar e’tiboriga havola etdi. Sharif
Yusupov tarix, adabiyot, san’atni hamohang o`rgandi. Olim “San’atkorlik‒fidokorlik”, “San’atkor va jamoatchilik”, “Nafosat ilmi zarur” kabi yirik umumlashma maqolalarida, yetuk san’at darg`alari haqida yozilgan adabiy portretlarda o`zining san’atga bo`lgan qiziqishini aks ettirgan.uning 1999-yilda uning 40 yillik mehnati samarasi bo`lgan “ San’at va hayrat” nomli kitobi nash etilgan . Bu kitobdan o`rin olgan “Muhrlangan lahzalar” maqolasida 1855-yilda Sharqiy Turkistonda kitobat qilingan Mo`jaz taxallusi bilan ijod qilgan Isnatulla Ne’matulla o`g`lining “Tavorixi musiqiyon” asari haqida ma’lumot beradi. Asar biz bilmagan juda ko`p yangiliklarni o`z ichiga olgan edi.
Sharif Yusupov R. Tagor , M. Gorkiy, Y. Fuchik, A. Chakovskiy asarlarini tarjima qilgan. Shuningdek, indonez adibiMarax Ruslining “Sevgi fojiasi”, niger yozuvchisi Chinu Achebening “Vayronalik shunday boshlanadi” romanlarini o`zbekchaga o`giradi. Olimning matbuotda e’lon qilgan bir qancha tadqiqotlari bir necha marta taqdirlangan. “G`urbatda Furqat” tadqiqoti uchun 1978-yilda “Guliston”, “Kuylar qanotida asrlar osha” maqolasi uchun 1983-yilda “O`zbekiston san’ati va adabiyoti” jurnallarining yillik mukofotlariga , “Tojimuhammad tujjor va birodari” tadqiqoti uchun “Savdogar” haftaligi tanlovining birinchi mukofotiga sazovor bo`ladi. Quyida Sharif Yusuovning Furqatg bag`ishlangan bir nechta asarlarini tahlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |