O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat


Sharif Yusupovning “Tarix va adab bo`stoni”



Download 77,73 Kb.
bet9/12
Sana17.04.2022
Hajmi77,73 Kb.
#558352
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Sharif Yusupovning mustamlakachilik davri ilk bosqichiga oid asarlar tahlili

Sharif Yusupovning “Tarix va adab bo`stoni”
kitobida Furqat haqida
Bir qancha tadqiqotlarida adabiyot va tarixni hamnafaslikda o`rgangan olim Sharif Yusupovning ushbu kitobi 2003-yilda nashr etilgan. Olim kitobning so`zboshini quyidagi so`zlar bilan boshlaydi:
Hozirgi davrning eng dolzarb vazifalaridan bo`lmish milliy mafkurani shakllantirishda boy tariximizni ilmiy halollik bilan, istiqlol bergan keng imkoniyat darajasida yoritish aryicha ahamiyat kasb etadi.” Shu sababli ham olim tarix yashirib kelgan bir qancha voqealarni o`rgangan edi. Kitob ikki bo`limdan iborat , birinchi bo`lim “Tarix mas’uliyati” deb nomlangan. Unda tarixiy shaxslarning bir qanchalari Jo`rabek Qalandarqori o`g`li , Sebzor dahasi qozisi bo`lgan Muhiddinxo`ja,Sheralixonning xotini, Xudoyorxonning onasi, tarixda “Hokim oyim” nomi bilan qolgan malika, yanigicha yo`nalishdagi o`zbek ma’rifatparvartligining ilk namoyondasi Sattorxon hayotlari yoritilgan. Ikkinchi bo`lim “Adab bo`stoni “ `deb nomlanib, undan birinchi yetuk ma’rifatparvar Zokirjon Furqatga oid yangi ma’lumotlar,uning matbuotdagi so`nggi asari, “toji ush-shuaro” Muhyi Ho`qandiy, Haziniy, Chustiy haqida olimning yangi mulohazalari o`rin olgan.
Sharif Yusupovning Zokirjon Furqat ijodiga yana bir bor murojat qilishdan maqsadi shoirning publistika sohasidagi xizmatlarini e’tirof etish, o`quvchilarga uning vatanjudolik yillarida iztiroblarini yaqqolroq ko`rsatish.Olim Furqat hayotini chuqurroq o`rganish kerak deb hisoblaydi . Zero,
Bu azamat ijodkor nomi “dahr ichra alam” bo`lgan Firdavsiy, Sa’diy, Hofiz, Nasimiy, Navoiy, Fuzuliy, Mashrab va boshqalardan olgan saboqlarini iftixor
Bila tasvirlagan, o`zbek xalqining eng ibratli udumlarini, marosimlarini ulug`lovchi “Gap xususida”, “Aza xususida”, “To`y xususida” singari ilmiy-ommabop asarlar yozgan, G`arbiy Yevropa va rus kompozitorlarining eng yaxshi musiqalarini tinglar ekan, ularda o`zbek maqomlari va klassik kuylariga botiniy hamohanglik mavjudligi uchun sevib qolgan, kelajak naslla ulardan bahramand bo`lajagini bashorat qilgan.” ‒deydi olim.
Furqatning hayoti sho`rolar davrida o`rganilar ekan, unga rus bosqinchilariga xizmat qilganligi haqida soxta ma`lumotlar singdiriladi. Sharif Yusupov esa bu zabardast so`z ustasiningf asarlarini o`qirekan hamisha uning botiniy mzmuniga ahamiyat bergan . Olimning fikricha, shoir xorijda yashar kan, bir tomondan “Turkiston viloyatining gazeti” muharriri N. Ostroumovning buyurtmasiga, ikkinchi tomondan yokentlik xo`jayin Komiljonboyninh farmoyishiga ko`ra rus-yapon urushi mavzusida bir nech she’rlar e’lon qildiradi. Aslida, chorizmning bosqinchilik siyosatini tanqid qilish Furqat asarlarinng zamiriga, botiniga singdirib yuborgan. Bu fikrga dalil sifatida shoirning “Qasida”ga yozgan so`zboshisi keltirilgan: “Arbobi nazardin umid ulkim,ushbu jaridag`a munsifona ko`ngul birla mutolaa va mulohaza aylagaylar. Mabodo xotirlarig`a qilmog`aykim, bu so`zlar xushomadgo`ylig`, yuzidin ado topqon bo`lg`ay deb. Chunki maqsudimiz asli boshqa yerga resh chekmakligi ko`nglumiz ganjinasida maktum va mazmirdir, vassalom” . Bu bilan shoir o`z asarlarining ichki mazmunini tushunib o`qishni iltijo qilgan. Sharif Yusupov “Rus askarlari ta’rifida” she’rining kirish qismi va boshqa asarlaridagi mazmunni shoir o`zi istagandek tahlil qiladi. Olim “Furqat kirish so`zidagina emas, balki asarlarning matnida ham rus-yapon urushining adolarsiz tabiatiga, begunoh yapon xalqi boshiga keltirgan so`ngsiz kulfatlarga ishora etadi” degan xulosa keladi. Yirik ma’rifatparvar shoir o`zining chorizm siyosatiga mohiyat e’tibori bilan zid kelgan qizg`in faoliyati uchun 1891-yildan to umrining oxirigacha vatanjudolikda yashashga majbur bo`lgan. Furqatning yor-u birodarlari bu vatanjudolikni “sayohat” o`ylaydilar , shoirga yo`llagan maktublarida ham buni aks ettiradilar. Sharif Yusupov shoirning barcha xabar va maqolalari o`qib tahlil qilgach “aslida bu sayohat emas, majburiy vatanjudolik ekanini , undan qutulish hayratafzo tilsimdan qutulishdek chorasiz ekanini” tushunib yetadi. Buni olim Furqat 1903-yilda marg`ilonlik do`sti Toshboltuga yo`llagan maktubi orqali dalillaydi:

Download 77,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish