6. Grechixa donining qobig’ini ajratish.
Donni qobig’ini ajratish va qobiq ajratishda hosil bo`lgan mahsulotlarni
saralash har qaysi fraktsiya uchun alohida bajariladi. Texnologik jarayon
parallel oltita donni qobig’ini ajratish va qobiq ajratishda hosil bo`lgan
mahsulotlarni saralash sxemasidan tashkil topgan.
Har qaysi fraktsiyaning donlarini qobig’i valli-dekali dastgohda ajratiladi.
Valli-dekali dastgohning ishchi organi val va deka tabiiy toshdan yoki
abraziv materialdan tayyorlangan bo`ladi. Vallarning aylanish tezliklari
quyidagicha bo`ladi:
I va II fraktsiya uchun - 14...15 m/s, III va IV fraktsiya uchun - 12...14 m/s,
V va VI fraktsiya uchun - 10...12 m/s.
105
Do'stlaringiz bilan baham: |