77
o’yinlardan foydalanadi. Har kuni 2-4 bolaning nutqini yakkama-yakka
holda tekshiradi. Tekshirish hisobga olib borish jadvaliga yozib boriladi
va necha foiz balalar talaffuz normasidan ortda qolayotgani aniqlanadi.
Nutqida kamchiliklari bo’lgan bolalar ro’yxati mudiraga taqdim etiladi.
O’quv yili mobaynida (yanvar, may) qo’shimcha tekshirish o’tkaziladi.
Bu tekshirish o’quv yilining boshida nutqida tovush madaniyati
bo’yicha kamchiligi bo’lgan bolalar bilan o’tkaziladi. Olingan natijalar
yana daftarga yoki nutqning tovush madaniyati
holatini aks ettiruvchi
jadvalga belgilanadi. Mudira yoki katta tarbiyachi (usuliyotchi) olingan
natijalarni ilgarigi tekshirish natijalari bilan taqqoslaydi.
Bolalar nutqidagi kamichiliklar aks ettirilgan ma'lumotnoma
jadvali maktabgacha tarbiya uslubiyot xonasiga (shahar yoki tuman
usuliyot xonasiga) beriladi. Shahar yoki tuman usuliyotchisi hamma
bolalar bog’chasidagi bolalar tovush talaffuzining ahvoli to’g’risida
to’liq ma'lumotga ega bo’ladi. Ayniqsa, maktabga tayyorlov guruhidagi
bolalar nutqining holatlari jiddiy tahlil qilinadi. Bolalar nutqining
tovush madaniyati ahvoli to’g’risidagi ma'lumotlardan maktabgacha
tarbiya sohasida ishlovchilarning anjumanlarida foydalaniladi.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash
. Bola, eng avvalo.
tilning tovush tomonini egallashi kerak, ya'ni tovushlarni to’g’ri talaffuz
etishi lozim. Nutqning tovush tomoni ustida ishlash o’zbek tilining
fonetikasi va orfoepiyasiga asoslanadi. Bola kattalarga taqlid qlib,
so’zlarda urg’uni tg’tri ishlatishga o’rganib oladi, ona tilining
intonatsion tomonini o’zlashtiradi hamda so’zlarni turli talaffuz qilishga
odatlanadi. Ayniqsa, bola atrofdagilar bilan nutqdy muloqotda
bo’layotganda
samimiy ohangda, burro va aniq, gapirishga o’rgatiladi.
Har bir bolada nutqning bunday sifatlarini tarbiyalash, kelgusi hayotida,
ya'ni maktabda, o’quv yurtlarida ta'lim olishda, mustaqil mehnat
faoliyatiida jamoa, jamiyat o’rtasida o’z fikrlarini to’liq, va tushunarli
qilib bayon etishda muhim ahamiyatga egadir.
Agarda
tarbiyachi bola nutqidagi, tovush talaffuzidagi nuqsonlar,
ohang va tempga, diksiyasiga (aniq, burro gapirish), nutqining
mazmundorligi va ifodaliligiga e'tibor bermasa, bunday nuqsonlar bilan
maktabga borgan bola bilimni o’zlashtira olmaydi va bu uning
kelajakdagi mustaqil hayotida ham o’zining salbiy ta'sirini ko’rsatadi,
ya'ni nutqdda nuqsoni bo’lgan bolaning nutqi
boshqalarga tushunarsiz
bo’ladi,
o’z
fikrini
ifodalashda
qiynaladi,
uyaladi,
natijada
gapirmaslikka harakat qilib, indamas, jizzaki bo’lib qoladi. Bolalarning
hammasi uning ruhiy rivojlanishiga ham ta'sir etadi.
78
Bolalar nutqini rivojlantirishda ularning yosh xususiyatlarini
hisobga olib, nutqning tovush madaniyatini shakllantirishni asosan
3 bosqichga ajratish mumkin:
1-bosqich: 1 yosh-u 6 oylikdan 3 yoshgacha (yilning ikkinchi
yarmidan ilk yoshdagi bolalarning 2-guruhi va 1-kichik guruhi). Bu
bosqichda bolaning faol lug’ati tez rivojlanadi, nutqi yuzaga keltiruvchi
artikulyatsiya apparati a'zolalarining harakati takomillashadi, ya'ni
ancha
harakatchan, mustahkam bo’ladi. Taqlid qilish qobiliyati
rivojlanadi, buning natijasida tarbiyachi bola nutqining tovush
madaniyatini rivojlantirishga ta'sir etuvchi imkoniyatga ega bo’ladi.
Ushbu guruhda tovush madaniyatini tarbiyalash ishlari turli tovushlarga
taqlid qilishdan iboratdir. 1 yoshu 6 oylikdan 3 yoshgacha bo’lgan
bolalar bilan olib boriladigan ishlar darajasi ancha o’sadi. Ushbu
yoshdagi bolalar bilan tashkil etiladigan ishlar uncha ko’p bo’lmagan
bolalar guruhi bilan (5-6) olib boriladi.
2-bosqich: 3 yoshdan 5 yoshgacha (2-kichik va o’rta guruh). Bu
yoshda so’zlarning fonetik va morfologik tarkibi shakllana boshlaydi.
Ancha murakkab artikulyatsiya harakatlari takomillashib boradi. Bu
bolaga afrikat (qorishiq), sonor va oraliq tovushlarni talaffuz etish
imkonini beradi. Bu bosqichdagi ishlar so’zlarning
tovush tomoniga
ongli munosabatga asoslanadi va ona tilidagi hamma tovushlarni
ketma-ket va to’g’ri talaffuz etilishi nazarda tutiladi.
3-bosqich: 5 yoshdan 7 yoshgacha (katta va maktabga tayyorlov
guruhi). Bu bosqich nutqning tovush tomonini shakllantirish ishlarining
yakunlovchi davri hisoblanadi. Bu bosqichning boshida ancha
murakkab, artikulyatsiyasi jihatidan yaqin bo’lgan tovushlarni (s-sh, z-j
va hokazolar) aniq farqlashga o’rgatiladi. O’xshash tovushlarni
farqlashni takomillashtirish bo’yicha tashkil
etilgan ishlar kelgusida
fonematik eshituvni rivojlantirishga yordam beradi. Nutqning tovush
madaniyatiga doir vazifalarni ( tovush talaffuzi, tempi, ravshan gapirish,
ma'nodorligi, ovoz sifati va hokazolar) hal etishda ishlarning umum
shaklidan foydalaniladi. Ular xilma-xildir. Asosiy mashg’ulotlar
tarkibiga har xil mazmundagi mashqlar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: