Bitiruv malakaviy ishning yangiligi:
Ishning nazariy yangiligi shundan
iboratki, "Xamsa" tarkibidagi "Farhod va Shirin dostoni chuqur tahlil qilinadi.
Unda muallifning salohiyati, ijodiy serqirraligi chuqur mushohada etiladi.
Asarning badiiy qurilishiga alohida e'tibor qaratiladi. Hazrat Navoiyning sevgi,
sadoqat, mehnatsevarlik, ijodkorlik, do'stlik, vatanparvarlik va qahramonlik
haqidagi fikr o'ylari va orzu-intilishlari shu dostondan keltirilgan ibratli dalillar
orqali ifodalanadi. Ishda Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostoni komil
inson qiyofasi manzaralarini yoritish nuqtai-nazaridan tahlil etiladi. Obrazlar
jozibadorligini ta'min etishga qaratilgan Hazrat Alisher Navoiy badiiy mahorati
qirralari baholi qudrat tadqiq etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |