sevgini fojiaga aylantirgan mustabid Xusrav o‟shanday
xudbin va munofiqlar
to‟dasining boshlig‟i. Insoniy fazilatlardan begona “oshiq” Xusrav Farhod boshiga
“tuganmas hajr shomin solib”, “balo toshlari”ni yog‟diradi. Adib tun epizodi orqali
bir tomondan, go‟zal va bokira Shirin vasliga mushtoq oshiqning, ikkinchi
tomondan davrning qattolligi va davr ahlining zulmu-sitamlaridan to‟ygan
Farhodning
alam-iztiroblari, hasratlarini mohirona tasvirlaydi. Alisher Navoiy bu
o‟rinda real manzaraga fantastik majoziy mohiyat yuklaydi. Lavhada jonlantirish
usulini qo‟llaydi. Tabiat go‟yo o‟zligidan mahrum, go‟yo tabiat g‟ayritabiiy
holatda. Fantaziya, romantika qahramonlarning ruhiy dunyosini ochishga to‟la
muvofiqlashtirilgan. Tazod boshqa ma‟naviy va lafziy san‟atlar bilan uyg‟unlikda
ana shu maqsadlarga xizmat qildirilgan. Zamona kimsasiz Salosil g‟orida
zanjirband etilib, goh hushida va goh behush yotgan Farhod uchun “aza tutgan”,
motam libosini “kiyib olgan” :
Azo tutmoq uchun aylab bahona
Uzorin chun qaro aylab zamona
(III, 36, 71).
Sokin tabiat mungli bir ko‟rinishda og‟ir iztirob
bilan allalab yotgan
Farhodga “hamdardlik” qiladi. Tunda hamma narsa go‟yo aql va hisga kirgan
ko‟kda na oy bor-u, na biror nurdan nishona. Kimsasiz oshiq holiga motam
tutayotgan borliq haddan tashqari qorong‟i, mahobatli. Demak, bularning barchasi
Farhodning ayni paytdagi ahvoli – ruhiyatiga mutanosib.
Tun tasvirida kishini
hayrat va dahshatga soluvchi xususiyatlar, ko‟rinishlar kichik unsurlarigacha nafis
va yorqin bo‟yoqlarda aks ettirilgan. Bunday o‟rinlarda dostonlardagi tabiat tasviri
hikoya qilinayotgan voqea uchun fon, oddiy bezak emas, balki ana shu voqeaning
uzviy bir bo‟lagi, qahramonning ruhiy dunyosini yorituvchi birdan bir vosita bo‟lib
qoladi, hikoyaning mantiqiy muqaddimasi va yoxud xotimasiga aylanadi.
Satrlardagi ma‟naviy va lafziy san‟atlar tun manzarasining, u bilan bog‟liq oshiq
kechinmalarining, demakki, badiiy hikoyaning ma‟no va mohiyatini orttirish uchun
uchun xizmat qilmoqda.
Farhod diyoridan, ota-ona va do‟stlaridan
yiroqda dushmanning makr,
tuzog‟ida halok bo‟lgan… Mehinbonu, Shirin, Shopur va butun arman eli
motamda. Hasrat va armon bilan qolgan Shirin tunu-kun Farhodning xayoli-yodi
bilan
yashaydi, ga‟m-alam chekadi. Uning o‟sha paytdagi ahvoli-ruhiyati haqida
so‟zlagan shoir, tabiatning tun kun bilan, oy yil bilan bog‟liq qonuniyatlarini
hamda poetik san‟atlarni ishga soladi. Tabiat va poetika
imkoniyatlaridan ijodiy
foydalangan holda ayriliq musibatlarini chekayotgan ma‟shuqaning ruhiy olamini
zamirlarigacha ochib beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: