O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti


Maktablarda tasviriy san’at fan to’garaklarini tashkil yetish



Download 35,97 Kb.
bet4/5
Sana01.02.2022
Hajmi35,97 Kb.
#421872
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5319276563273880213

3. Maktablarda tasviriy san’at fan to’garaklarini tashkil yetish

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar.

Oʻquvchilarni tasviriy sanʼatga boʻlgan qiziqishini oshirishda, oʻzlashtirmovchilarni yaxshilar qatoriga qushishda, tasviriy sanʼat va rassomchilik kasbiga boʻlgan qiziqishini oshirishda, dars va mashgʻulotlarda oʻkuvchilarni aktivligini va ijodkorligini koʻtarishda sinfdan va maktabdan tashqari ishlar aloxida samara beruvchi vositadir.

Tasviriy sanʼat boʻyicha sinfdan va maktabdan tashkari ishlar maktabdagi tadbirlarni eng koʻp turini tashkil etish mumkin. Bu fan boʻyicha darsdan tashqari ishlarning 40 dan ortiq turi mavjud.

Ulardan eng asosiylari:

1. Toʻgaraklar.

2. Konsultatsiyalar (qoʻshimcha darslar)

3. Suhbat, leksiya, dokladlar.

4. Ekskursiya, poxodlar.

5. Koʻrgazma va konkurs (koʻrik) lar.

6. Badiiy - sanʼat kechalar.

7. Matbuot ishlari.

8. Stend, albom, indivudal koʻrgazmalar.

9. Kinofilm telekoʻrsatuvlarni koʻrish.

10. Rassomlar ijodi boʻyicha konferensiya, uchrashuv, yubiley tantanalarni oʻtkazish kabilar.
Toʻgaraklar. Maktab sharoitini nazarda tutilgan holda “rasm chizish” (yosh rassom), “grafika”, “naqkoshlik”, “kulolchilik”, “sanʼat tarixini oʻrganish”, “yogʻoch, ganch oʻymakorligi”, “haykaltaroshlik” kabi toʻgaraklar tashkil etiladi. Toʻgarakka ixtiyoriy, qiziquvchi, eng yaxshi rasm chizuvchilardan 2-3 tagacha guruhlar tashkil etiladi. Guruhlarga 10-12 oʻquvchi olinib, haftada 2-3 mashgʻulot rejalashtiriladi. Mashgʻulotlar 2-3 soatgacha davom etadi.
Qoʻshimcha darslar (konsultatsiyalar). Oʻzlashtirmovchi va fanga kiziquvchi oʻquvchilar uchun umumiy va individual mashgʻulotlar tashkil etiladi. Konsultatsiyalar kam vaqt ajratilgan temalar yoki oʻquvchilarni talabiga koʻra biror boʻlim, kurs boʻyicha uyushtiriladi. Bunday mashgʻulotlar uchun haftani maʼlum 1 yoki 2 kuni belgilanadi.

Suhbat, leksiya, dokladlar. Bunday mashgʻulotlar taniqli rassom, sanʼat ustalari yoki rassom-pedagoglarni ijodi boʻyicha amalga oshiriladi.

Bu mashgʻulotlar suhbat, savol-javob, mushoira, konfrensiya shakllarda tashkil etiladi.

Ekskursiyalar. Sanʼat muzeylariga, koʻrgazma zallariga, studiya, rassom uylariga va oliy oʻquv yurtlariga, ochiq muzeylarga, klassik va zamonaviy obidalarga, togʻ-toshlarga, bogʻlarga tashkil etiladi. Ekskursiya natijalari samarali boʻlishi uchun ular ekskursiyadan qaytgach insho yozish rejalashtiriladi.

Badiiy - sanʼat kechalari. Atoqli rassomlarning tugʻilgan kuniga, yubileyiga, biror bir tantanali kunlar munosabati bilan badiiy-ijodiy kechalar oʻtkaziladi. Sanʼat kechalari 2 qismdan iborat boʻladi.

1-qismda kecha kuniga bagʻishlanib doklad, muzokara va badiiy chiqishlar boʻladi.

2-qism - badiiy qism boʻlib, unda viktorina, mushoira, savol-javoblar, kino, konsert, teatrlashtirilgan, hatto ekranlashtirilgan chiqishlar, kitob savdosi oʻtkaziladi.

Koʻrgazma va konkurs. Atoqli rassomlar yoki ijodkor oʻquvchilarni yaratgan asarlari boʻyicha koʻrgazma va konkurslar uyushtiriladi. Bu yerda oʻquvchilar ishi boʻyicha uyushtiriladigan koʻrgazma va konkurslar gʻoyat katta ahamiyatli boʻladi. Uni tashkil etish bir oy avval afisha (eʼlon) chikazish bilan boshlanadi. Bu afishada konkurs va koʻrgazmani kuni, ochilishi, mazmuni shartlari, taqdirlashlari haqida maʼlumot beriladi. Soʻngra tashkiliy qumita va jyuri tuziladi. Ishlar bir oy yigʻilib, soʻngra namoyish etiladi. Koʻrgazmani ochilishi va yopilishi tantanali holda tashkil etiladi.

Matbuot ishlari. Maktab matbuoti asosan devoriy gazeta, bir qator maktablarda radio va videolardan ham foydalaniladi. Maktabda tasviriy sanʼat boʻyicha devoriy gazetalarda odatdagidek bosh maqola, fanni oʻkitilishi, dam olish - yumoristik xarakteridagi rubrikalar beriladi. Gazetani nomi “Nafosat”, “Rassomchilik”, “Yosh qalamkash”, “Sanʼatshunoslik” kabi sanʼatga oid mavzularda beriladi. Soʻnggi yillarda matbuotda radio, telekoʻrsatuvlardan ham ilgor tasviriy sanʼat oʻkituvchilari foydalanib kelmoqdalar.

Rassomlar ijodi boʻyicha konferensiyalar. Tasviriy sanʼatga boʻlgan oʻquvchilar qiziqishini oshirishda, yana sinfdan tashqari tadbirlardan biri atoqli rassomlarni ijodi, sanʼatga bagʻishlangan umrlari boʻyicha konfirensiya oʻtkazishdir. Bu tadbirlar asosida kelajak sanʼatshunoslari tayyorlanadi. Chunki, bu oʻrinda dokladchilar maktabni yukori sinfidagi tasviriy sanʼat toʻgaragi aʼzolaridan boʻladi. Shuningdek tasviriy sanʼat boʻyicha ijodkor oʻquvchilarni shaxsiy albomlari, ularga atab stendlar, indivudal koʻrgazmalar tashkil etiladi. Yana kinofilmlar va telekoʻrsatuvlarni kollektiv boʻlib koʻrish gʻoyat samarali tadbirlar boʻladi.

Ammo sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish ham maktabda tasviriy sanʼat kabinetini tashkil etilishi bilan amalga oshiriladi.

Mamlakatimizda tasviriy sanʼat boʻyicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha katta tajriba toʻplangan.

Shu boisdan tasviriy sanʼat boʻyicha darsdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy tadbirlarni dars va mashgʻulotlar samaradorligini oshirishdagi roli, oʻrni va ahamiyatiga katta eʼtibor beriladi. Shuningdek, uni koʻplab maktablardagi ish tajribalari matbuot saxifalarida keng yoritilgan. Bunday maktablarga Toshkent shahridagi № 26/2, 90, 16, Namangan shahridagi №26, 29, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi №8, 29, shuningdek, Andijon, Qashqadaryo, Xorazm,
Fargʻona viloyatlarini koʻplab maktablarini bu sohada ish tajribalari umumlashtirilib, ommalashtrilgan.

“Pedagogika tarixidan maʼlumki, oʻkituvchi - kishi ruhining injeneridir” - deydi Ya.O.Kamenskiy.1

Bas shunday ekan oʻkituvchi kim boʻlishi, uni oʻzi qanday xarakterda boʻlishi hakida oʻylab koʻrish kerak. Shu boisdan “oʻqituvchi shaxsi onadan oʻqituvchi boʻlib tugʻilmogʻi kerak” - degan iborani ham qullash lozim. Chunki, oʻqituvchi eng avvalo saxiy qalb egasi, ochiq koʻngil, toʻgʻri soʻzli, pok, halol, insoniyatning barcha yaxshi fazilatlarini oʻzida mujassam eta olgan shaxs boʻlishi lozim.

- Oʻqituvchi keng tafakkurga ega boʻlgan, buning uchun u gʻoyat aqlli, dono, farosatli, ilmli, juda koʻp oʻz fanidan tashqari ilmlarni, tabiat va jamiyatni rivojlanishi qonuniyatlarini bilishi zarur

- Oʻqituvchi ham taʼlim beruvchi, ham tarbiya beruvchi shaxs boʻlishi kerak. Shu boisdan u taʼlim va tarbiya nazariyasini yaxshi bilishi, oʻqitish didaktikasini va metodikasini juda kuchli egallagan boʻlishi kerak.

- Oʻqituvchi oʻz fanini “aʼlo” darajada bilishi, unga tegishli boʻlgan barcha sohalarni oʻzlashtirgan va oʻz ustida - ijodiy ishlay olishi lozim.

- Oʻqituvchi - bola shaxsini yaxshi tushunishi, ular bilan ishlash texnologiyasini juda kuchli bilishi shart.

- Oʻqituvchi fiziologik va morfiologik jixatdan baquvvat, qaddi-qomati kelishgan, chiroyli va yoqimli husnga ega boʻlishi, ayniqsa, koʻz qarashlar va mimikasi kuchli, suyungani ham, gʻazablanganini ham koʻz qarashlari, mimikasida ifoda eta oladigan, qattiqqoʻl, prinsipli, haqiqatgoʻy va oʻkuvchilarga mehribon boʻlishi kerak.

Shuningdek, u oʻkishni, yozishni, gapirishni, chiza olishni yuksak darajada egallagan, ijodkor, har bir harakatini oʻzi yuksak tarbiya talabida bajara olishi va oʻzini juda kuchli boshqara olishi lozim.

- Oʻqituvchi siyosiy jihatdan yetuk, materialistik tushunchada, jamiyatni, Vatanni, xalqni yuksak darajada - ongli - ilmiy asosda tushunishi zarur. Oʻqituvchining bu xislatlarini hammasi aynan maktab tasviriy sanʼat oʻkituvchisida mujassamlashgan boʻlishi shart. Maktab tasviriy sanʼat oʻqituvchisiga yana qushimcha holda gʻoyat pokiza, goʻzallikni qadrlovchi, chiroyli, hush-chaqchaq, yoqimli, felu-atvorli, yuksak ahloqiy poklik, maʼnaviy jihatdan gʻoyat boy shaxs boʻlishi lozim.

Chunki, maktab tasviriy sanʼati oʻkituvchisiga koʻp kishi yalinadi, undan najot kutadi, yordamiga muhtoj boʻladi, oʻquvchilarni koʻpchiligi uni ortidan ergashadi. Chunki maktab tasviriy sanʼat oʻkituvchisi odamlarni, oʻquvchilarni koʻz oldida moʻjizalar yaratadi. U xech kimni koʻlidan kelmaydigan ishlarni bunyod etadi, u yangilik yaratuvchi, ijodkor shaxsdir.

Maktab tasviriy sanʼat oʻqituvchisi eng avvalo oʻz fanidan oʻkuvchilarga umumtaʼlim xarakteridagi fan sifatida taʼlim va tarbiya berish vazifasini bajaradi. Shuningdek maktab tasviriy sanʼat oʻkituvchisi oʻquvchilarni mazkur oʻquv fanini oʻqitish asosida narsalarni eʼtibor bilan koʻrishga, predmetlar shakli, rangi va mohiyatini tahlil qilishga oʻrgatadi.

- Tasviriy sanʼat oʻkituvchisi oʻkuvchilarga kuzatishni, idrok etishni, narsa va voqealarga diqqat bilan eʼtibor berishni oʻrgatadi.
Maktab tasviriy sanʼat oʻqituvchisi tasviriy sanʼat darsi va mashgʻulotlarni tashkil etadi. Bu mashgʻulotlarni tashkil etish shunchalik murakkabki har bir dars uchun kabinetda 20-25 oʻkuvchi uchun toʻla oʻquv qurollari, didaktik materiallarni tayyorlashi lozim. Turli mazmunda koʻrgazmali qurollarni hozirlash kerak. Chunki tasviriy sanʼat oʻkuv fanini mazmuniga koʻra oʻquvchi idrok qilgan, koʻrgan narsasini rasmini chizishi zarur. Yana shuni aytish joizkim, maktab tasviriy sanʼat darsi 5 turda, 5 xilda, 5 xarakterda tashkil etiladi. Bunday xilma-xil darslarni tashkil etish va oʻtkazish ancha qiyinchiliklar yaratadi. Uni ishi juda koʻp. Shu boisdan dars materiallarni murakkabligi darslarga oʻqituvchini puxta tayyorgarlik koʻrishini talab etadi. Tajribakor oʻqituvchi hamma ishlarga vaqt topadi. Oʻqituvchi darsni tashkil qilishdan boshlab, uni oxirigacha oʻz aktivligi bilan amalga oshiradi. Oʻqituvchi darsga tayyorgarlikdan boshlab uni oʻkuvchilarga oson, qisqa, asosli yetkazishga harakat qiladi. Oʻqituvchi dars jarayonida har bir oʻquvchi bilan indivudal ish olib borishi lozim. Oʻqituvchi yaxshi rasm chizishi uni sinf doskasida yoki uyda tayyorlagan bosqichli rasmlarida ifodalab berish koʻrsatishi lozim. Oʻqituvchi darsni tashkil etishda barcha narsalarga eʼtibor berib, hamma kamchiliklarni darsni boshlanishidanoq toʻgʻrilab olish kerak. Darsni olib borishda har bir etapiga toʻgʻri amal qilishi zarur. Ajratilgan har bir minutlardan unumli foydalanish lozim. Oʻquvchilar bilimini tekshirishdan boshlab, uyga vazifa berishgacha boʻlgan davrdagi hamma oʻquv-tarbiya ishlarini erishmay amalga oshirish zarur.

Xullas, maktab tasviriy sanʼat oʻqituvchisining bosh vazifasi bolalarda endi shakllanib kelayotgan tasvirlash qobiliyatini oʻstirishdan iborat boʻlib, ularga qalamni ushlashdan boshlab, rasm chizadigan daftarni parta yuzasiga qoʻyishni, rasmi chiziladigan narsa va voqeani kuzatishni, olingan taassurotlarni qogʻoz yuzasiga tushirishni oʻrgatishda oʻrgatuvchi birinchi shaxs, oʻquvchini yordamchisidir.

Shuningdek, oʻkuvchini rasm chizishda mustaqil ishlashga, undan tashabbusga va undan ijodkorlikka boshlovchi pedagogdir. Oʻqituvchi rasm chizishga oʻrgatish bilan birga oʻquvchilarga goʻzallik-estetik tarbiya beradi. Mehnatga, ijodga, oʻz oʻlkasiga, Vataniga, xalqiga muhabbatli boʻlishiga oʻrgatadi. Tasviriy sanʼat oʻkituvchisi bolalarga halol, pok, iymonli, toʻgʻri soʻzli, eʼtiqodli boʻlish his-tuygʻularini singdirib, ularni Buyuk maʼnaviyat sari boshlaydi. Bularni bajarish va amalga oshirishda oʻkituvchi shaxsiy tashabbusi bilan faoliyat kursatadi.

Darsni mavzusi. Kubni oʻziga qarab rasm chizish.

Darsni maqsadi. Oʻquvchilarga hajm haqida maʼlumot berish va hajmli predmetlar rasmini chizishga oʻrgatish. Kub va prizmatik predmetlar rasmini chizish, perspektiva haqida maʼlumot, shtrixlar asosidagi yorugʻ-soyalarni tushuntirish.

Darsni jihozlari: Kub, prizma va shular tasvirlangan rasmlar. Kub rasmini chizish boʻyicha rasm-tablitsa. IV-sinf tasviriy sanʼat darsligi (30-32 betlar) dagi rasmlar.


Darsni bogʻlanishi. Dars IV-sinf matematika oʻquv predmetini “hajm haqida maʼlumot” darsi va Chizmachilik fanini “aksanometrik proyeksiya” darslari bilan bogʻlanadi.

Darsning rejasi. Tashkiliy davr.
Uy vazifasini tekshirish.
Yangi tema bayon etish.
Oʻquvchilarni mustaqil ishlarini tashkil etish.
Sinf ishini tahlili.
Uyga vazifa berish.
Darsning yakunlash.
Darsni borishi.

Tashkiliy davr: Kabinetni darsga hozirlash. Oʻquvchilarni darsga tayyorgarligini nazoratdan oʻtkazish.

Uy vazifani koʻrish va baholash:
4-6 oʻquvchini uy ishi taxlil qilinadi va baholanadi.

Tahlil uchun taxminiy savollar:


1. Bu ishni kim bajargan?
2. Ish uyga berilgan vazifa asosida bajarilganmi?
3. Bu ish sizlarga yoqadimi?
4. Rasm yaxshi ishlanganmi?
5. Rasmda qanday kamchiliklar bor?
6. Rasmni qaysi oʻrinlari yaxshi ishlangan?
7. Rasmni kanday baholaymiz? kabilar.

Yangi temani bayon etish:

Yangi mavzu: Kubni oʻziga qarab rasmini chizish (qalamtasvir).
Kub bir-biriga teng 6 ta tomon, 12 ta qirraga ega boʻlgan geometrik shakldir. Kub hajm birligi sifatida qabul qilingan. Kub shaklidagi buyumlar turmushimizda koʻplab uchraydi.
Akvarium, quticha, yashiq va boshqalar. Agar siz kub rasmini chizishni bilib olsangiz, shunga oʻxshash narsalarning rasmini bemalol chiza olasiz. Mana bu kub, uni yaxshilab kuzating, uning tomonlari, qirralarini koʻring, ular bir-biriga teng. Uni rasmini chizishda daftaringizdan kubni rasmini sigʻadigan joyni belgilang.
Doimo hajmli predmetlarni chizishda kontur chiziqlardan foydalaning. Yaʼni kubni umumiy balandligi va enini topib oling. Soʻngra tik qirralarini topib belgilang.
Soʻngra kubni tik qirralarini balandligini koʻz bilan chamalab, belgilangan, nuqtalarni qushib chiqing. Ana kubni umumiy tasviri chiqdi. Soʻngra chiziqlarni egri-bugri joylarini toʻgʻrilab chiqing.
Shu yerda sizga yaqin turgan kirralarni biroz uzunligini sezyapsizmi? Doskadagi rasmlarni kuzating. Kubni shakli toʻgʻri topilgan boʻlsa kontur chiziqlaringizni oʻchirib tashlaysiz. Shundan keyin kubni koʻrinib turgan uchta tomonini qalam shtrixlari bilan boʻyab chiqing. Tomonlarni boʻyaganingizda tomonlar bir-biridan oq-qoraligi boʻyicha farq qilsin. Tablitsadagi kub rasmini yaxshilab kuzating. Undagi qaysi qirralar sizga uzunroq, qaysilari qisqaroq koʻrinyapti. Siz doskadagi tablitsada kubni chiziqlarini qiskarishini koʻrib chiqing, yaqindagi narsadan uzoqdagi narsa kichik koʻrinishini eslang. Shuning uchun kub qirralarida ham shu kichrayish - perspektiva hodisasi sodir boʻladi, uni rasmda tasvirlaysiz. Soʻngra qalamda boʻyashga kirishasiz.

Oʻquvchilarni mustaqil ishlarini tashkil etish.


Darsni tushuntirib boʻlingach, oʻquvchilar qarshisidagi barcha rasmlar, tablitsalar olib quyiladi, doskadagi rasmlar ham oʻchirib tashlanadi. Oʻqituvchi oʻquvchilar oralab yurib qiynalayotgan bolalarga individual yordam berib boradi. Oʻquvchilarni naturaga qarab, uni qanday koʻrinsa shunday tasvirlashga harakat qilishi tushuntiriladi. Agar koʻpchilik oʻquvchilar biror oʻrinda toʻxtab qolsalar, oʻsha oʻrinni chiza olmasalar, barcha oʻquvchilarni ishdan tutatib, 1-2 minutli konsultatsiya - koʻrsatmalar beriladi. Ayrim oʻquvchilarni ishidan naʼmunalar olib oʻquvchilarga koʻrsatib ham turiladi.

Sinf ishini tahlili.


Darsni tugashiga 6-8 minutlar chamasi qolganda oʻqituvchi “aʼlo”, “yaxshi”, “oʻrta” va “yomon” bajarilgan ishlardan 4-6 dona (taxminan) olib oʻquvchilar ishtirokida tahlil qilinadi.

Tahlil savollari:


1. Qarang, kub rasmi chiqiptimi?
2. Rasm yaxshi chizilganmi?
3. Rasm nima uchun yaxshi chizilgan?
4. Rasmda ayrim kamchiliklar ham bormi?
5. Kamchiliklarni tuzatish mumkinmi?
6. Rasmni chizgan oʻquvchimiz kim?
7. U nega rasmni yaxshi chizadi?

Uyga vazifa berish.


Uyga vazifa: Kub shaklidagi predmetlardan topib, uni rasmini qalamda chizib kelish.

Yodda tuting! Rasm chizishingizda albatta kontur chiziqlardan foydalaning. Naturangizni shunday quyingki uni uchta tomoni albatta sizga koʻrinsin. Uydagilaringiz vazifangizni chizib berishmasin, ular zarur boʻlsa, kub rasmini chizishni va boʻyashni oʻrgatib qoʻyishsin. Uyda rasmni 2-3 marotaba qayta-kayta chizishingiz xam mumkin.

Darsni yakunlash.
Dars tugashiga 1-2 minut qolganda, xona tozaligini oʻrindiqlar tozaligi kuzatuvdan oʻtkazilib, daftar, qalam, rezina, oʻchirgʻichlarni sumkaga solib, darsni tugaganini eʼlon qilinadi.

Kub rasmini chizish.


Dars turi: sanʼat haqida suhbat.
VI-sinf.
Darsning mavzusi: sharq miniatyura sanʼati.
Darsning maqsadi:
Oʻquvchilarni miniatyura sanʼati bilan tanishtirish. K.Behzod, M.Muzaxxab, A.Buxoriy, M.Samarqandiy, Ch.Axmarov, T.Muxammedovlar ijodi haqida maʼlumot berish. Miniatyura sanʼatiga oʻquvchilar qiziqishini oshirish.

Dars jixozi: Miniatyura sanʼati asarlari reproduksiyalari, K.Behzod, Muzaxxab, Buxoriy, Samarkandiy, Ch.Axmarov, T.Muxammedov asarlaridan namunalar.


Dars rejasi: Tashkiliy davr.
Uy vazifasini kurish.
Yangi temani bayon etish.
Asarlar taxlili (mustakil ishlash)
Uyga vazifa berish.

Darsni bogʻlanishi. Dars adabiyot, tarix, meʼmorchilik fanlari bilan bogʻlanadi.

Darsni borishi.
Tashkiliy davr: Kabinetni darsga hozirlash. Didaktik va koʻrgazma materiallarni darsga tayyorlash. Oʻquvchilarni darsga hozirlash.

Uyga berilgan vazifani tekshirish va baholash.


4-6 oʻquvchini (ishini) uyda “oʻrta asrlarda jahon sanʼati”ga oid yigʻilgan reproduksiya va yozilgan insholar boʻyicha savol-javob oʻtkazilib, ularni ishi baholanadi.
Oʻrta asrlardagi jahon sanʼati yutuqlari boʻyicha savollari:
1. Oʻrta asrlar sanʼatiga qaysi davrlar sanʼati kiradi?
2. Oʻrta asrlarda qaysi xalqlar sanʼati yaxshi rivoj topdi?
3. Oʻrta asrlarda uygʻonish davri Osiyoda, jumladan Oʻrta - Markaziy Osiyoda qachon boʻlgan?
4. Oʻrta asrlar uygʻonish davri Italiyada qachon boshlandi?
5. Uygʻonish (Italiya) davrida qanday rassomlar ijod qildilar?
6. Italiya uygʻonish davrida rassomlar qanday janrlarda ijod qildilar?
7. XIV-XVI asrlarda Oʻrta Osiyo sanʼati qanday rivojlanadi?
8. K.Behzod, A.Buxoriy, M.Samarqandiy, M.Muzaxxab haqida nima bilasiz?
9. Umuman Oʻrta asrlarda katta ijod qilgan rassomlarni nomlarini bilasizmi?
10. Oʻrta asrda meʼmorchilik qanday rivojlanadi? kabilar.

Yangi temani bayon etish.

Yangi tema mazmuni: sharq miniatyura sanʼati.
Jahon sanʼati tarixida miniatyura sanʼati, ayniqsa Sharq miniatyura sanʼati juda katta oʻrin tutadi.
Sharq miniatyura sanʼatiga Arab, Eron, Turk, Ozarbayjon, Hind va Oʻrta Osiyo miniatyura sanʼati kiradi. Ular orasida Mavoraunnahr (Oʻzbekiston) miniatyura sanʼati oʻziga xos alohida oʻrin tutadi. Chunki oʻrta asrlar miniatyura sanʼatida Temuriylar davri sanʼat, yaʼni Sharq miniatyura sanʼatini qayta tiklab, uni navatorligi asosida rivoj topgan. K.Behzod, M.Muzaxxab, A.Buxoriy, M.Samarqandiy va Sharqning Bogʻdod, Qobul, Sheroz, Tehron, Istambul, Xuroson, Dehli, Bengal, Agra kabi shaharlaridagi Behzod uslubi sharq miniatyura sanʼatini yangicha talqin etishga olib keladi.
Kamoliddin Behzod - (1455-1537) Xirotda tugʻilib ijod etgan. U juda yoshligidanoq yetim qoladi va togʻasi Mirak Naqqosh qulida tarbiya topadi. Mirak Naqkosh Navoiyning zamondoshi katta rassom edi. Mirak Naqqoshni “Nigoriston” badiiy Akademiyasi boʻlib, Behzod shu yerda moʻyqalam sirlarini oʻrganadi. Soʻngra Husayn Boyqaro saroyida ijod uslublarini davom ettiradi.
Behzod Navoiy, Jomiy, Mashxadiylar zamondoshi sifatida ularni koʻplab suhbatlarida boʻlgan. 1487 yili Behzod Husayn Boyqaroning Xirotdagi kutubxonasini mudiri etib tayinlanadi.
1492 yili Jomiy, 1501 yil Navoiy, 1506 yil Husayn Boyqaro vafot etdilar, temuriylar saltanati inqirozga yuz tutadi.
1507 yili Shayboniyxon Xirotni egallaydi. K.Behzod 3 yil Shayboniyxon saroyida ishladi. 1510 yili Eron shohi Safaviylar tomonidan Shayboniyxon tor-mor keltirilib, Xirot ismoil Safaviy qoʻliga oʻtadi. Ismoil Behzodga yaxshi sharoit yaratib beradi. Soʻngra uni oʻgʻli (1524 y) Ismoil Toʻxmas qoʻlida ishladi. 1506 yildan tabrizda ijod kiladi. 1537 yilda jiyani shogirdi Rustam Ali vafot etgan yili vafot etadi.
Behzod Xirotda vafot etadi. Xoki Kuxi muxtor togʻi etagidagi Hazrati shayx Buxoviddin qabristoniga, Rustam Alining qabri yoniga qoʻyilgan.

Asarlar tahlili (mustaqil ishlar).


Mustaqil ishlash davrida Behzodning “Alisher Navoiy” portretni tahlilini oʻqituvchi qilib beradi.
Soʻngra, K.Behzodning “Bir choʻpon tasviri”, “Bino qurilishi”, “Chavgʻon uyini”, “Boy va dehqon”, “Suvoriylar koʻrigi” (qushinlar paradi) “Mast qozi”, “Masjiddagi vaz”, “Iltijo”, “Uxlayotgan darvesh”, “Meʼroj”, “Iltijo”, “Otboqar tulpor yonida”, “Rasmiy qabul” kabi miniatyura asarlar tahlil qilinadi.

Tahlil uchun savollar.


1. Bu asarni avvallari koʻrganmisiz?
2. Uni qayerda, qachon koʻrgansiz?
3. Asar muallifini bilasizmi?
4. Muallif (rassom) haqida nima bilasiz?
5. Bu asar qachon va qaysi davrda ishlangan?
6. Asarni temasi nima?
7. Asardagi syujet - nimadan iborat?
8. Asardagi gʻoya, rassomni fikri-tuygʻulari?
9. Asardagi badiiy uslub qaysi “maktab” uslubi?
10. Asar hozir qayerda, qanday saqlanadi? va hokazolar.
6-8 oʻquvchi mustaqil ish davrida baholanadi.
Uyga vazifa berish: Dars tugashiga 2-3 minut qolganda uy vazifasi beriladi.
Miniatyura asarlari reproduksiyalar yigʻish va 2 ta miniatyura asariga tahlil yozish.
Tahlil yuqoridagi savollar asosida yozilishi ham mumkin. Qoʻngʻirok chalinishiga 1 minut qolganda oʻquvchilarni hamma oʻquv qurollari papkalariga solishiga ruxsat beriladi. Oʻqituvchi darsni tugaganini eʼlon qiladi.

XULOSA

Maʼlumki, bugungi kunda maktab oʻkuv-texnika vositalari asosan epidoskop, kodoskop, LETI, filmoskop, televizor, vidiomagnitafon kabilardan iboratdir.


Tasviriy sanʼatni oʻqitishda malbert, taglik, reflektr kabi qoʻshimcha texnik jihozlar ham qoʻllaniladi. Bu narsalar naturani oʻkuvchini koʻrish gorizontiga moslashtirib olishida qoʻllanadigan buyumlar boʻlib, ular yarim mexanik uslubda ishlatiladi.

Reflektr - naturaga tushayotgan yorugʻ-soyalarni normal boʻlishi uchun qoʻllaniladi. Malbertlar oʻkuvchilarni rasm chizish uchun moslamalar boʻlib, uni darsda va darsdan tashqari rasm chizishda ishlatiladi. Tasviriy sanʼati oʻkitishda koʻproq EPIDIASKOP qoʻllaniladi.

Epidaskop - tasvirlarni kattalashtirish uchun zarur boʻladi. Bu sanʼat asarlarini tahlili davrida juda ahamiyatlidir. Diapozitivlardan foydalanishi uchun LETI - apparatidan foydalaniladi. Tasviriy sanʼat darslarida va hozirda yaxshi ishlayotgan texnik vositalardan yana biri filmoskopdir. Unda diafilmlarni namoyish etiladi. Tasviriy sanʼatdan bugungi kunda koʻplab diafilmlar mavjud. Ayniqsa, sanʼat asarlarini tahlili davrida ancha samara beradi. Darsda texnika vositalaridan foydalanishi ham meʼyoriy boʻlib, 2-3-4 minutga boradi.

FaQat suhbat darslaridagina kuproq ishlatiladi. Agar biror filmni toʻla namoyish etiladigan boʻlsa, uni darsdan tashqari vaqtda amalga oshiriladi. Texnika vositalaridan foydalanish oʻkuvchilarni dars materialiga boʻlgan qiziqishini oshiradi, dars samaradorligini koʻtaradi.



Download 35,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish