O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti


Tasviriy san’at darslarida didaktik prinsiplar



Download 35,97 Kb.
bet3/5
Sana01.02.2022
Hajmi35,97 Kb.
#421872
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5319276563273880213

2. Tasviriy san’at darslarida didaktik prinsiplar.

1-sinf oʻkuvchisiga tasviriy sanʼat oddiy chiziq nimadan iborat, uni qanday chizish kerak, shakl nima, uni kanday tasvirlanadi, shaklni naturadan olib, daftar yuzasiga qanday tushiriladi, barg, oʻsimlik, daraxtlar, qush va hayvonlar, ularni tuzilishi va ranglari haqida dastlabki ilmiy maʼlumotlarni beradi. Predmetlarni koʻrishni narsalar shaklidagi oʻxshashliklar, farqlar, ularni shakllanishi va rivojlanishi, ranglari, ranglardagi oʻxshashliklar kabi xali bola bilmaydigan narsa va voqealar haqida, ularni paydo boʻlishi va rivojlanishi boʻyicha maʼlumot oladilar. Bu jarayon II-III va nihoyat IV sinflarda oʻsib, takomillashib, rivojlanib boradi. Boshlangʻich sinflardagi tasviriy sanʼat dasturi narsani oʻziga qarab rasm chizish, tematik kompozitsiyalar ustida ishlash, badiiy-amaliy sanʼat, haykaltaroshlik, sanʼat asarlarini idrok etish kabi turlarini oʻz ichiga oladi. Ammo dasturda I-II sinflar uchun sanʼat asarlarini oʻrganish uchun alohida dars soati berilmagan. Bu juda toʻgʻri, sabab boshlangʻich sinfdagi asosiy vazifa narsalar rasmini qalamda va boʻyoqda ishlash malakasini oshirishdan iborat boʻladi.


Yangi dasturda:
1. Suhbat.
2. Rangtasvir.
3. Grafika (qalamtasvir)
4. Haykaltaroshlik.
5. Meʼmorchilik.
6. Amaliy va dizayndan iborat boʻlgan 6 ta yoʻnalishda bilim malakalar berish koʻzda tutiladi. Bu yunalishlarning oʻquv-tarbiya vazifasi:
1. Sanʼatshunoslik asoslar (faoliyatidan)
2. Tasviriy faoliyat (naturaga qarab rasm chizish va tasavvurlar asosida rasm ishlashdan).
3. Kompozitsiya faoliyati (mavzuli va bezakli kompozitsiya) dan iborat boʻladi.
Bu vazifalarni bajarilishi rangtasvir, qalamtasvir, (grafik), xaykaltaroshlik mashgʻulotlari mazmunida oʻz ifodasini topadi.
Boshlangʻich sinfni I-II sinflarida sanʼat asarlarini oʻrganish boʻyicha alohida dars soati berilmagan boʻlsada, rasm chizish mashgʻulotlarida bir necha sanʼat asarlari oʻziga xos talabda tahlil qilinadi. III sinfda 2 soat suhbat beriladi. Bunda “Sanʼatda rang, rang turlari, sovuq va issiq ranglar”, “Sanʼatda turmush voqealarini tasvirlanishi” temalari oʻrganiladi. Bu mashgʻulotlarda oʻqituvchi bolalar bilimiga, yoshiga koʻra sanʼat asarlari tanlanadi. Unda atoqli rassomlarni manzara, portret, turmush janrida yaratilgan asarlari tahlil qilinadi.
Suhbatda tabiatda rang, ularni turlanishi, issiq va sovuq ranglar, ularni sanʼat asarini yaratilishida tutgan oʻrni, shuningdek sanʼat asarlarini janrlarga, turlarga boʻlinishi va turmush janrida yaratilgan asarlarni tuzilishi, undagi ranglarni ishlatilishi haqida maʼlumotlar beriladi.

2. I-IV sinflarda tasviriy sanʼat va badiiy mehnat darslari, ularni oʻqitish metodikasi.


Taʼlim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish munosabati bilan xalq taʼlimining barcha jabhalarida, shu jumladan tasviriy sanʼat taʼlimining jahon pedagogikasi tajribalari asosida qayta qurishni bugungi kun talab qilmoqda.
Shunga koʻra, Oʻzbekistonda tasviriy sanʼatni oʻqitilishini qayta qurish samaradorligini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston xalq taʼlimi vazirligining 1996 yil 18 iyul № 01-282 sonli buyrugʻiga asosan Tasviriy sanʼat va badiiy mehnat nomi bilan yagona integrativ oʻkuv predmeti tuziladi.
Bu oʻquv predmetida oʻquv rejalarda 2 soatdan vaqt ajratilib, bu fan “Tasviriy sanʼat” va “Mehnat” darslari oʻrnida oʻqitiladi. Bu fanni faqat tasviriy sanʼat, amaliy sanʼat rassomlari va pedagogik rassomlar oʻkitadilar. Bu oʻquv predmeti mazmuniga boshlangʻich sinflardagi tasviriy sanʼat darslari va mehnat darslarini badiiylashtirilgan xarakterdagi materiallari kiritiladi. Bu oʻkuv predmetining yillik mashgʻulotlari uchun har bir sinfga 66 soatdan vaqt ajratilgan boʻlib, ularni muvaffaqiyatli oʻqitish uchun maktab tasviriy sanʼat oʻqituvchisi zimmasiga kattagina masʼuliyat tushadi.
Bu oʻquv predmeti dasturi boʻyicha oʻquv materiallari viloyat malaka oshirish instituti, Namangan Davlat Universiteti “Tasviriy sanʼat” kafedrasi, Oʻzbekiston PFITI ning “Badiiy taʼlim va tarbiya” sektori birgalikda taxminan rejalashtirish ishlab chiqildi. Bu dastur va rejalashtirishlar oʻquvchilarga zamon talabi darajasida grafik bilim va malaka berishning va oʻkuvchilarni har tomonlama kamol topishini, yuksak estetik tarbiyasini amalga oshiradi. Yana yuksak maʼnaviy madaniyatga ega boʻlgan shaxsni kamol topishiga toʻla javob beradi.
Shularga koʻra mazkur dastur va rejalashtirish I-IV sinf oʻkuvchilariga quyidagicha bilim va malakalar berishni amalga oshiradi:
1. Borliqni chiroyli, goʻzal shaklini, tuzilishini va rang holatlarini koʻra bilishni va ularni ifoda eta olish malakalarini berishi;
2. Natura va obyektlarni qalamtasvir va rangtasvirini yarata olish malakalarini yetkazish;
3. Unchalik murakkab boʻlmagan narsalarni, predmetlarni va mexanik buyumlarni qogʻozda, kartonda, yogʻochda, loy va plastinda ishlash koʻnikmalarini berish;
4. Tasviriy sanʼat asarlarini, boshlangʻich taxlilini oʻtkaza olish, tasviriy sanʼat boʻyicha boshlangʻich soʻz va atamalarni oʻrgatish kabi asosiy taʼlimiy vazifalarni bajara oladi. Uzluksiz taʼlim amalga oshirish va kadrlar tayyorlashni milliy dasturini faoliyatga kiritilishi munosabati bilan boshka oʻquv fanlari qatori tasviriy sanʼat dasturlari ham ancha murakkablashib borayotganligi sababli ham, uni oʻqitilishida bir qator talabalar qoʻyiladi. Ularda eng birinchi va asosiy talab maktabda tasviriy sanʼat kabinetini tashkil etish va uni zaruriy oʻquv didaktik materiallari bilan taʼminlash. Kabinetda fanga boʻlgan oʻquvchilar qiziqishini oshirish uchun zaruriy barcha didaktik shart-sharoitni yaratilishi lozim.
Shuningdek, maktab mutaxassis tasviriy sanʼat oʻqituvchisi bilan taʼminlash zarur.
Maktab tasviriy sanʼat oʻqituvchisi tasviriy sanʼat oʻquv predmetiga, har bir darsga boʻlgan oʻquvchilar qiziqishini oshirib borish tadbirlarini ishlab chiqadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni muntazam holda amalga oshiradi.
I-IV sinflarda tasviriy sanʼat darslarini oʻtkazish metodikasi va didaktikasining pedagogik asoslariga tayanadi. Shunga koʻra oʻqituvchi I-IV sinfni har bir sinfida oʻquvchilarni bilim-malakasi, qiziqishi va yosh xususiyatiga koʻra dars materialini tanlaydi.
Maʼlumki, I-III sinflarda hajmsiz predmetlar rasmi chiziladi. Bu mashgʻulotlarni samarali boʻlishi uchun oʻqituvchi koʻproq amaliy ishlarga eʼtibor berib, rasm chizishni ilmiy asoslari bilan oʻquvchilarni tanishtirib boradi. Darsda tasvirlash mashqlari uzluksiz - didaktikaning “sistemalilik” prinsipi asosida amalga oshiriladi.
I-III sinflarda “narsani oʻzigʻa qarab”, “tema asosida” rasm chizish, “badiiy-amaliy sanʼat” va “haykaltaroshlik” kabi amaliy ishlar mazmunida mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Bu sinflarda sanʼat asarlarini oʻrganish uchun alohida vaqt ajratilmagan boʻlsada, har bir mashgʻulotda dars mavzusi boʻyicha 1-2 dona asarlar oʻrganib boriladi. Bu mashgʻulotlar yangi dasturda qalamtasvir, rangtasvir, amaliy va dizayn sanʼati, meʼmorchilik, haykoltaroshlik va suhbat mazmunida beriladi. Bu mashgʻulotlar asosida oʻquvchilarga boshlangʻich sinfdanoq tasviriy sanʼat haqida maʼlumotlar beriladi. Shuningdek boshlangʻich sinflarda chiziq, kompozitsiya, shakl, hajm, fazo, natura haqida boshlangʻich maʼlumotlar berish koʻzda tutiladi.

I-VII sinflarda tasviriy sanʼatni oʻqitish metodikasi.


Pedagogika nazariyasi va tarixida maʼlumki har bir dars metodikasi jahon pedagogikasi tajribalariga suyanadi. Dars metodikasining toʻgʻri tanlash eng avvalo pedagogika nazariyasiga tayangan holda amalga oshiriladi. Har bir oʻqituvchi oʻzi dars metodikasini belgilashda oʻkitishning didaktik prinsiplaridan kelib chiqqan xolda dars materialini oson, qisqa, ilmiy asosda oʻquvchiga yetkazadigan eng samarali metodini tanlaydi.
Tasviriy sanʼatni oʻkitishda ogʻzaki bayon etish, savol-javob va amaliy ishlarni tashkil etish va koʻrgazmalilik metodlaridan foydalaniladi. Maktab tasviriy sanʼati kursini oʻziga xos xususiyatlari boʻlib, dars jarayonida oʻqituvchi rasm chiziladigan narsa, obyekt voqea-hodisalar yoki oʻrgatilayotgan asar haqida oʻquvchilarga ogʻzaki maʼlumotlar beradi. Bu ogʻzaki bayon etish metodida talqin etilib, oʻqituvchi darsning maqsadi va vazifasidan kelib chiqqan holda dars mazmunini ogʻzaki bayon etish uslubida amalga oshiradi.
Tasviriy sanʼat darsi oʻz xarakteriga koʻra har bir dars materialini koʻrgazmalar vositasida, koʻrgazmali oʻqitish uslubiyotida amalga oshiradi. Oʻqituvchining koʻrgazmalilik uslubida amalga oshirgan darsi oʻquvchilarga puxta bilim berish imkonini beradi. Tasviriy sanʼat darslarining barchasida amaliy ishlar bajariladi. Shu boisdan oʻqituvchilar amaliy ishlar metodidan ham foydalanadi.
I-VII sinflarning tasviriy sanʼat darslarini barchasida pedagogikaning barcha turdagi dars oʻtish metodlaridan foydalaniladi. Unda hatto savol-javob metodidan ham foydalaniladi.
I-VII sinflarda rasm chiziladigan natura va natyurmortlarda rasmini chizish yoki tematik kompozitsiyalar yaratishning ish mazmuni ancha murakkablashib boradi. Bular oʻqituvchidan dars jarayonida qoʻllanilayotgan uslublarini oʻzgartirib goh bir, goh ikkinchi - boshqa uslublardan foydalanishni taqazo etadi. Ammo har bir darsda ogʻzaki bayon etish va savol-javob metodidan keng foydalanadi.
Tasviriy sanʼat darslarini tashkil etishda turli uslublarni qoʻllanishidan qatʼiy nazar oʻkitish didaktikasini tarbiyaviylik, ilmiylik, izchillik, ketma-ketlik, koʻrgazmalilik, nazariyot bilan amaliyotni birligi kabi prinsiplarga doimo asoslanadi. Chunki, dars uslublarini barchasi oʻqitish didaktikasi asosida amalga oshiradi. Didaktika sinf - dars sistemasini ilmiy asosi boʻlib, didaktika talabiga javob bermaydigan dars oʻz maqsadiga erisha olmay va oldiga quygan vazifani bajarmaydi. Shuningdek, tasviriy sanʼatning har bir dars mashgʻuloti predmetlararo bogʻlanishi prinsipi asosida ishlaydi.
Predmetlararo bogʻlanish darsni ilmiyligini, izchilligini, amaliyot bilan bogʻliqligini taʼminlaydi. Predmetlararo bogʻlanish darsini va uning oʻquv materiallarini boshka oʻquv fanlari bilan bogʻlaydi. Oʻquvchilarni boshqa fanlardan olgan bilim va malakalaridan tasviriy sanʼat darslarida foydalanishga oʻrgatadi. Ular bu bogʻlanish asosida dars materialini osonroq oʻzlashtirib oladilar.
Oʻqituvchining dars uslubini toʻgʻri tanlashi va undan unumli foydalanishi oʻziga osonroq sharoit yaratadi, oʻquv materialini oson, kiska, ilmiy va tushunarli kilib oʻquvchiga yetkazadi.
Yangi dastur boʻyicha I-VII sinflarda tasviriy sanʼat oʻquv fani mashgʻulotlari: suhbat, rangtasvir, grafika (qalamtasvir), haykaltaroshlik, meʼmorchilik, amaliy va dizayn sanʼati yoʻnalishlarida olib boriladi. Bu sinflarda ham oʻquvchilar tasviriy sanʼat, amaliy sanʼat, badiiy loyihalar, dizayn sanʼati, haykaltaroshlik (hajmli tasvirlash) ni va sanʼat asarlari tahlilini oʻrganadilar. Shuningdek, ular qalamtasvir, rangtasvir, grafika, janrlar, mavzu, kompozitsiya, hajm, fazo (perepektiva), chiziq, yorugʻ soyalar, rang, rang uygʻunligi, dogʻ, mazmun, shakl, gʻoya kabilar haqida maʼlumot oladilar.


Download 35,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish