O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti


Tasviriy sanʻat talimining maqsad va vazifalari



Download 35,97 Kb.
bet2/5
Sana01.02.2022
Hajmi35,97 Kb.
#421872
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5319276563273880213

1.Tasviriy sanʻat talimining maqsad va vazifalari.

Tasviriy sanʻat oʻquv fani umumiy oʻrta taʻlim fanlari ichida maʻnaviy sogʻlom avlod tarbiyasi masalasini ijobiy hal etishda keng imkoniyatlarga ega. Tasviriy sanʻat darslarida sanʻat va sanʻatkor olami, sanʻatning ijtimoiy vazifasi va oʻziga xos xususiyati, uning tasviriy ifodaviy vositalarini oʻrganib borish orqali oʻquvchilar atrof muhit, tasviriy, amaliy sanʻat va meʻmorchilikdagi goʻzalliklarni koʻra bilish, qadrlash va muhofaza qilishni oʻrganib boradilar. Oʻquv fanining bosh maqsadi oʻquvchilarda estetik madaniyatni va badiiy tafakkurni yuksaltirish hamda tasviriy savodxonlikni tarbiyalashdan iboratdir.

Estetik madaniyat sanʻat tarixi va undagi badiiy jarayonlarni toʻgʻri tushuna bilish, oʻz fikrini oʻzgalarga gapirib berish, badiiy tafakkur tushuniladi. Tasviriy savodxonlik esa tasviriy sanʻatning barcha turlaridan (rang tasvir, grafika va haykaltaroshlik), shuningdek, amaliy sanʻat, dizayn va meʻmorchilikning oʻziga xos tasviriy usullaridan, ifodaviy vositalardan amaliy-ijodiy faoliyatda toʻgʻri foydalana olishni nazarda tutiladi.

Tasviriy sanʻat taʻlimining vazifalari quyidagilardan iborat:


— tevarak-atrofdagi narsa va hodisalardagi goʻzalliklarni koʻra bilish va idrok etish hamda kuzatish asosida olingan taassurotlarni hayotga tatbiq etishga oʻrgatish;
— oʻquvchilarda badiiy-ijodiy qobiliyatlarni oʻstirish;
— oʻquvchilarning tasviriy-ijodiy malakalarini shakllantirish;
— bolalarda koʻrish xotirasini, chamalash qobiliyatini, rang sezishni, kompozitsion madaniyatni, fazoviy fikrlash, obrazli tasavvur va kombinatsiyalash kabi xususiyatlarni rivojlantirish;
— xalq amaliy sanʻati, tasviriy sanʻat bilan tanishtirish orqali bolalarni badiiy-estetik didini oʻstirish;
— oʻquvchilarni tasviriy va amaliy- bezak sanʻati bilan tanishtira borib, ularda ushbu sanʻat turlarining oʻziga xos xususiyatlarini idrok etishga oʻrgatish vositasida ularni badiiy fikr doirasini kengaytirish;
— oʻquvchilarda amaliy va tasviriy sanʻatga qiziqish va muhabbatni tarbiyalash;
— estetik va emotsional sezgirlikni oʻstirish.

Mazkur oʻquv fanidagi taʻlim va tarbiya asosan ikki boʻlimdan (amaliy va nazariy) tashkil topadi:


Amaliy ishlar 1- sinfdan 4- sinfgacha, asosan toʻrtta oʻquv masalalarini hal qilishga qaratiladi:
Kompozitsion faoliyat.
Rang va boʻyoqlar.
Shakl, proporsiya, konstruktsiya.
Boshlangʻich sinflarda oʻtiladigan amaliy mashgʻulotlar jarayonida bolalarda ijodkorlik, mustaqil fikr yuritish va ishlash qobiliyatlarini tarbiyalash yetakchi oʻrinni egallaydi.
1-4 sinflarda boʻyoq bilan ishlash mashgʻulotlarida ranglarning turli tus va och-toʻqligini farqlay bilishga, kerakli ranglarni tanlay olishga oʻrgatish asosiy vazifadir. Bu sinflarda koʻproq guash, akvarel boʻyogʻi va ularning aralashmalaridan foydalaniladi.
Borliqni idrok etish
Borliqni idrok etish mashgʻulotlarida kompozitsiyaga oid tegishli muhim obʻektlarni yaxshilab kuzatadilar.
Borliqni toʻlaqonli idrok etish, tevarak-atrofni, hayotdagi voqea va hodisalarni bevosita kuzatish asosida olingan taassurotlar, tushunchalar hamda atrof-muhitga nisbatan estetik munosabatda boʻlish bilan bogʻliqdir.
Boshlangʻich sinflarda oʻquvchilar oʻsimliklar, hayvonlar, qushlar, baliqlarni kuzatadilar, tabiatning turli fasllardagi koʻrinishlari, kayfiyati haqida tasavvurga ega boʻladilar va ularni tasvirlaydilar.
Sanʻatni idrok etish
Mazkur boʻlimning maqsadi oʻquvchilar tomonidan sanʻat asarlarini ongli idrok etish va baholash, uning jamiyat va odamlar hayotidagi ahamiyatini tushunishga yordam berishdan iborat.
Badiiy obrazni idrok etish malakalarini rivojlantirish-sanʻat asarlarini oʻrganishning asosidir. Oʻquvchilar asar haqida mulohaza yuritib, idrok etishni, uning mazmunini maxsus terminlarni qoʻllagan holda soʻzlab berishni bilishlari lozim.
Sanʻatni idrok etishga 1-4 sinflarda maxsus soatlar ajratilmaydi. U rangtasvir kompozitsiyasi, naturaga qarab tasvirlash mashgʻulotlarida amalga oshiriladi. 3-sinfdan boshlab esa sanʻatni idrok etish boʻyicha maxsus darslar tashkil etiladi.
Naturaga qarab tasvirlash
Naturaga qarab tasvirlash ikki turga boʻlinadi:
a) naturaga qarab rasm ishlash; b) naturaga qarab haykal ishlash.
a) Naturaga qarab rasm ishlash oʻquvchilarda narsa va hodisalarning hajmi va fazoda joylashuvi, ularning bir muncha tirik belgilari haqida tasavvurga ega boʻlish imkonini beradi, tasvirlash malakalarini oʻstiradi.
Naturaga qarab rasm chizish vazifalari 1-2 dars davomida va qisqa muddatli (5-15 daqiqa davomida bajaradigan lavha va chizgilar) boʻlishi mumkin. Xomaki ish va chizgilar darsning muayyan mavzusidan kelib chiqib, darsning boshlanish qismi, oʻrtasi yoki oxirida bajarilishi mumkin. Oʻquvchilarning koʻrib, eslab qolish qobiliyatini, makon haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish uchun ularga eslab va tasavvur qilib rasm chizish boʻyicha koʻproq vazifa berish kerak boʻladi.
b) Naturaga qarab haykal ishlash darslarida oʻquvchilar naturani koʻra bilish, uning shaklini, hajmini, tuzilishi va oʻlchov nisbatlarini toʻgʻri olishga oʻrgatadi. Haykallarni alohida-alohida va yaxlit loy boʻlaklaridan ishlash yoʻllarini ham oʻrganadilar. Bunday darslarda oʻquvchilar hajmi va relefli haykallar ishlaydilar.
Haykaltaroshlik ishlarida natura hajmdor qilib tasvirlanayotganligi tufayli ish jarayonida turli tomonlarga aylantirib turiladi. Dars oʻtkazilayotgan xonada naturaning shakli yaqqol koʻrinib turishi maqsadga muvofiqdir.
Kompozitsion faoliyat
Kompozitsion faoliyat boʻlimi quyidagi qismlardan tashkil topadi:
a) rangtasvir kompozitsiyasi;
b) dekorativ kompozitsiya;
v) haykaltaroshlik kompozitsiyasi.
a) Rangtasvir kompozitsiyasi mavzu asosida, xotira va tasavvurdan rasmlar ishlash tarzida tashkil etiladi. Bunda tanlangan mavzuga koʻra, uning elementlari qogʻoz yuzasida bir-biriga bogʻliq holda joylashib, yaxlit kompozitsiyani hosil qiladi.
Kompozitsiyada asar yaratishning muayyan qoidasini simmetriya, nosimmetriya, muvozanat, detallarning oʻlchovi, shakli, rangi kabilarga rioya qilinadi.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashgʻulotlari asosan tevarak-atrofdagi hayotni aks ettiruvchi mavzularda rasm ishlashga asoslanadi. Oʻquvchilar mashgʻulotning bu turida rasmni naturadan emas, balki xayoldan va tasavvurdan ishlaydilar.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashgʻulotlarining asosiy vazifalari oʻquvchilarga narsalarning shakli, rangi, ularning tuzilishi haqidagi tushunchalar berish, eng qiziq mavzu tanlay olish, qogʻozda rasmini toʻgʻri joylashtirishga oʻrgatish kabilardan iboratdir.
Kompozitsiya qonuniyatlarini oʻquvchilar ongiga yetkazishda tasviriy sanʻat asarlarining reproduksiyalaridan foydalanish va ularni tahlil qilishning ahamiyati katta.
Adabiy asarlarga illustrasiyalar ishlash esa oʻquvchilarning eng qiziqarli mashgʻulotlaridan boʻlib, unda bolalar ertak, hikoya, masaldagi qahramonlarning obrazlarini oʻz rasmlarida ifodalashga harakat qiladilar.
Zamonaviy mavzulardagi asarlarga yoki dostonlarga hamda ertaklarga kompozitsiya ishlash uchun avvalo, bolalar mavzuga oid odam, hayvon rasmlari va baʻzi bir narsalarning oʻziga qarab rasmini chizib oladilar.
b) Dekorativ kompozitsiya turli shakldagi naqshlarning namunasidan koʻchirish, mustaqil ijodiy naqsh ishlash hamda dekorativ-bezak ishlarini qamrab oladi.
1-4 sinflarda dekorativ tarzda qayta ishlangan tabiiy va geometrik shakllarga asoslangan yoʻlsimon, kvadrat, doira, toʻrtburchak shaklllardagi naqshlar chizdiriladi.
Rangshunoslik boʻyicha oʻquvchilar 2 sinfda “Asosiy va hosila ranglar” bilan tanishadilar. Boʻyoqlarni oʻzaro aralashtirish orqali yangi rang tuslarini hosil qilish bilan amaliy ravishda shugʻullanadilar. Asosiy (qizil, sariq va koʻk) ranglar va ularning oʻzaro aralashuvidan hosil boʻlgan hosila (yashil, binafsha va zargʻaldoq) ranglardan oʻz ish faoliyatlarida toʻgʻri foydalana olishni oʻrganadilar. Oʻquvchilar 2 sinfda “Iliq va sovuq ranglar”,»Rang tuslari va ularning nomlari» kabi mavzularda nazariy bilimlarni ham egallab boradilar. Oʻquvchilar “Ranglar halqasi” bilan yaqindan tanishadilar va tevarak-atrofdan ana shunday rang tuslarini topishni oʻrganadilar.
Oʻquvchilarda atrof-muhitdagi, borliqdagi rang tuslarning boyligi va xilma-xilligi haqida tushuncha hosil qilish uchun “Tabiatda rang” mavzusi kiritilgan. Oʻquvchilar sayohat paytida darsda oʻrgangan ranglarni va ularning tuslarini tabiat qoʻynidan topishga harakat qiladilar.
v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi real haykaltaroshlik va dekorativ haykaltaroshliklarga boʻlinadi.
Real haykaltaroshlikda oʻquvchilar oʻqituvchi tomonidan tavsiya etilgan mavzularda haykallarni asliga oʻxshatib ishlaydilar. Bunda oʻquvchilar tasviriy sanʻat mashgʻulotlarining boshqa turlarida orttirgan bilim, koʻnikma va malakalarga tayanadilar.
Dekorativ haykaltaroshlik — haykaltaroshlikning turlaridan biri boʻlib, u oʻquvchilarda turli dekorativ bezakli releflar va oʻyinchoqlar ishlash orqali maxsus bilim hamda malakalar hosil qiladi.
Amaliy va tasviriy sanʻat darslari koʻrgazmali qurollar va zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlanishi kerak. Oʻqituvchi oʻquvchilarning ish joyini mashgʻulotga tayyorlash va ish tugagach, uni yigʻishtirib qoʻyishga, ish jarayonida sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilishga odatlantirib borishi lozim.
Dastur tuzilishiga koʻra 5-7 sinflarda mujassamlashtirilgan olti yoʻnalishdan iborat.
Bu yoʻnalishlarning oʻquv-tarbiya vazifalari quyidagi faoliyat turlarida amalga oshiriladi:
— tasviriy sanʻat vositasida oʻquvchilarning atrof — muhitdagi, sanʻatdagi goʻzalliklarni koʻra bilishga va ularga estetik munosabat bildirishga, sanʻatning ijtimoiy mohiyatini va ahamiyatini teran anglagan holda meʻmoriy yodgorliklarni, tasviriy, amaliy va dizayn sanʻati asarlarini milliy iftixor, qadriyat sifatida eʻtirof etish va muhofaza qilishga oʻrgatish;
-oʻquvchilarni tasviriy, amaliy va dizayn sanʻati, meʻmorchilikning tasviriy vositalari, ifodaviy-obrazli vositalari bilan tanishtira borib, ulardagi tasviriy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, sanʻat bilan muntazam shugʻullanish ehtiyojini tarkib toptirish;
— oʻquvchilarni sanʻat bilan muloqot jarayonida olgan taassurotlarini tasviriy va amaliy sanʻat, dizayn sanʻatining (rangtasvir, qalamtasvir, haykaltaroshlik, amaliy sanʻat, badiiy loyihalashtirish va b.) turlarida ularga xos tasviriy-ifodaviy vositalar, qonuniyatlar asosida oʻzlarining ijodiy faoliyatlarida qoʻllay bilishga oʻrgatish;
— tasviriy sanʻatning nazariy va amaliy asoslarini oʻrganish jarayonini oʻquvchilarda estetik did, estetik ong, badiiy tasavvur va tafakkurni tarkib toptirish hamda rivojlantirishga yoʻnaltirish orqali maʻnaviy barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish;
— ijodiy-tasviriy faoliyatga moilligi bor oʻquvchilarning badiiy isteʻdodlarini takomillashtirish, ularni badiiy kasb va hunarlarga yoʻllash.
Sanʻatshunoslik asoslari (faoliyati).
Tasviriy faoliyat (naturaga qarab tasvirlash).
Kompozitsion faoliyat (mavzuli va bezak kompozitsiyasi).
Rangtasvir yoʻnalishi dasturdagi eng salmoqli qism boʻlib, unda oʻquvchilar tasviriy faoliyatning oddiy koʻrinishlari (nuqtaga qarab tasvirlash)dan tortib, murakkab shakllari (eskizlar asosida tematik kartina, dastgoh rangtasviri namunasini yaratish)da oʻzlarini sinab koʻradilar; manzara va portret janrlarida rang orqali kayfiyatni ifodalash, miniatyura usulida illyustrativ kompozitsiyalar ishlashni amalda bajaradilar; turli oqim yoʻnalishida ishlangan asarlarning talqinini oʻrganadilar va amaliy mashqlar bajaradilar; rangshunoslik va uning texnologik jarayonlariga oid nazariy va amaliy bilimlarini boyitadilar.
Grafika (qalamtasvir) yoʻnalishidagi mashgʻulotlar ham keng qamrovli materiallarni oʻqitishni nazarda tutadi. Eng muhimi, oʻquvchilarda qalamtasvir badiiy ijodning barcha turlarining asosi ekanligini amaliy-tasviriy faoliyatda his etishga imkon yaratadi.
Haykaltaroshlik mashgʻulotlarining salmogʻi boshlangʻich sinfdagiga nisbatan kamaygan boʻlsada, uning mazmuni, shakl va kompozitsion “yuklamalari” ancha murakkablashganligi bois oʻqituvchidan har bir darsga puhta tayyorgarlik koʻrishni talab etadi.
Dasturda haykaltaroshlik mashgʻulotlari mavzularining umumiyligi (rangtasvirda portret, qalamtasvirda portret, haykaltaroshlikda portret), oʻzaro bogʻliqligi bilan bir qatorda xususiyligi (haykaltaroshlikda lirizm va dramatizm), uning oʻziga xos turlari (dastgoh, monument, xiyobonlar uchun ishlanadigan dekorativ haykallar, hajmli haykaltaroshlik, yarim qabariq ((relef) haykaltaroshlik), haykaltaroshlikning ifodaviy vositalari kabi komponentlariga alohida eʻtibor berish lozim.
Meʻmorlik sanʻatiga oid materiallarni oʻtishda ham kompleks yondashuv talab etiladi. 5-sinfda asosan meʻmorlik tarixiga oid materiallar, 6-7-sinflarda meʻmoriy koʻrinishlar aks ettirilgan manzara, meʻmoriy mavzuda tarixiy xarakter kasb etuvchi kompozitsiyalar va nihoyat, meʻmorlik obidalarining elementlarini yasash va ularni yaxlit kompozitsion ansamblga yigʻish.
Amaliy va dizayn sanʻati oʻz mazmuni, mohiyatiga koʻra bir yoʻnalishga birlashtirildi. Boisi, dizayn sanʻati boʻyicha dasturda berilgan mavzu va topshiriqlarda (milliy zamonaviy libos eskizi, interer eskizi) amaliy sanʻat elementlaridan foydalanish koʻzda tutilgan.
Dizayn sanʻati nisbatan yangi sanʻat turi. Shuning uchun oʻziga xos terminologiyasini oʻquvchilarga tushuntirib berish lozim. Zero, dizayn turmushning barcha jabhalarida mavjud. Shu jihatdan dizayn sanʻati boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻquvchilarda yuksak madaniyatni shakllantirib boradi.
Sanʻatshunoslik asoslari boʻyicha faoliyat turi sanʻat tarixi va nazariyasining oddiydan murakkabga oʻtish tamoyiliga asosan quriladi. Bu faoliyat turi oʻquvchilarning nazariy jihatdan tasviriy va kompozitsion faoliyatga, shuningdek, badiiy obrazlarni umumlashtirish, professional sanʻat asarlaridagi obrazlar yechimini sharhlay bilish malakalarini hosil qila borib, ularga badiiy tanqidchilik asoslaridan elementar bilimlar beradi. Shu tariqa oʻquvchilar bu faoliyat turlarida tasviriy, amaliy sanʻatninig badiiy-ifodaviy vositalari va qonuniyatlarining (rang, mazmun, shakl, faktura, nisbat, perspektiva, kompozitsion markaz, muvozanat, tasvirlash texnikasi, texnologiyasi va h.k.) mavzu va mazmunga monand tarzda qoʻllay bilish, unda eskizlardan foydalanish kabi vazifalarni hal etishni oʻzlashtira boradilar.
Dasturda milliy va umuminsoniy badiiy qadriyatlarni hamohang tarzda oʻrgatishga alohida eʻtibor qaratilgan. Milliy sanʻatga oid oʻquv materiallari doirasida Sharq va Gʻarb sanʻati tarixi, miniatyurachi rassomlarning hayoti va ijodini oʻrganish, sanʻat turining tasviriy talqini (qutichaga naqsh va rasm ishlash, Sharq va oʻzbek xalq ertaklariga miniatyura usulida illyustrasiya ishlash va h.k.) ham oʻquv vazifasi sifatida tavsiya etiladi.
1 – sinf
Borliqni idrok etish (3 soat)
Borliqni idrok etish mashgʻulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat: Oʻquvchilar eʻtiborini borliqdagi ajoyib narsa, koʻrinish va hodisalarga qaratish orqali (shuningdek, shakllar, ranglar va boshqalar) ularda borliqqa nisbatan qiziqish uygʻotish, ularda chizish istagini hosil qilish va rivojlantirish, tabiatning turli fasllaridagi oʻziga xos goʻzalligini koʻra bilishga oʻrgatish;
tabiat goʻzalligini idrok etishda asosiy tasavvurlar va fantaziyani qoʻllashga oʻrgatish (daraxt, shox-shabbalarda, qor uyumlarida turli shakllarni koʻrish va boshqalar);
oʻquvchilarni tabiatdagi, hayotdagi, ijtimoiy hodisalardagi (mahallalardagi, shaharlardagi va qishloq maydonlarining badiiy bezagidagi) goʻzallikni koʻra bilishga va idrok etishga oʻrgatish;
oʻquvchilarda tasviriy sanʻatning hayot bilan, atrof-muhit bilan bogʻliqligi haqida tushuncha berish.
Borliqni idrok etish darslarida bolalar tabiat quchogʻiga sayrga olib chiqiladi va u yerda kuzatish bilan birga turli daraxtlarning shoxlari, ildizlari, barglari hamda boshqa tabiiy materiallar toʻplab boriladi.
Borliqni idrok etish mashgʻulotlarida sinfda mavzu bilan bogʻliq boʻlgan filmlar, slaydlar, sanʻat asarlarining reproduktsiyalari namoyish etiladi. Musiqa asarlari tinglanadi, sheʻrlar oʻqiladi. Shuningdek, badiiy materiallar, oʻquv asboblari, rassomlarning faoliyatlari bilan ham tanishtiriladi.



Download 35,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish