Tayanch iboralar:
Avtomatlashtirish vositalarini funktsional sxemalarda pozitsion ifodalash; komplektning pozitsion nomeri, pozitsion nomer indeksi; pozitsion indeks ketma-ketligi; aloqa chiziqlarining adres usuli; avariyaga qarshi himoya sistemasi; blokirovka qurilmasi.
Nazorat savollari:
Funktsional sxemalarda avtomatlashtirish vositalarini pozitsion ifodalash qoidalari haqida gapirib bering.
Texnologik jarayonning nazorat, rostlash, boshqarish nuqtalari qanday topiladi?
Funktsional sxemalarda parametrlarni signallash qaysi mezonlar asosilda tanlanadi?
Funktsional sxemalarda blokirovka sxemalari qaysi holatlarda qo`llaniladi?
Texnik vositalar kopleksini tanlash qoidalari nimadan iborat?
Grafik tasvirning suratiga harfiy belgilashlarning qoidalari hususida nimalarni bilasiz?
Funktsional sxemalarda pozitsiya zvenolarini belgilash tartibi qanday?
Funktsional sxemalarda adres usulini qo`llash qoidalari haqida ma`lumot bering.
Funktsional sxemalarni soddalashtirilgan usulda tasvirlash qoidalari nimalardan iborat?
Funktsional sxemalarni o`zlashtirish, tanishish tartiblarini gapirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |