Uyga vazifa:
1-mashq.
Berilgan gaplardagi frazeologik birliklarni topib, ma’nosini izohlang.
1.
Rais yo‘lini juda tor oladigan odam ekan. 2. Rangimga ham bir boqing
andak; shu kunlarda qochgandir mazam. 3. Kampir din bobida birga o‘n
qo‘shadigan, so‘zga qo‘sha-qo‘sha to‘n kiygizadigan, qilni qirqqa yoradigan
ayollardan. 4. Xalq bilan bamaslahat ish qilamiz, xalq qilaman desa, tog‘ni
talqon qiladi. 5. Qachongacha boshimizga ta’na toshi yog‘adi? 6. Bir iloj
top, six ham kuymasin, kabob ham. 7. Bular qachongacha nonimizni tuya
qilib berishadi? 8. Qordan qutulib, yomg‘irga tutildik, mulla Abdurahmon!
2-mashq.
“O‘zbek tilining imlo lug‘ati” (2020) da asir, asr; ahil, ahl; adib, adip;
borlik, borliq; bob, bop; oxir, oxur; juda, judo; suymoq, so‘ymoq; uchmoq,
o‘chmoq; davo. da’vo; qullik, qulluq; qiymat, qimmat so‘zlarining yozilishiga
diqqat qiling. Bu so‘zlarni alfavit tartibida ko‘chiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |