Paronim so‘zlar.
Birdan ortiq so‘zning shakliy o‘xshashligi
paronimiya
deyiladi. Talaffuzi bir-biriga juda yaqin, ammo yozilishi va ma’nosi har xil bo‘lgan
so‘zlar
paronim so‘zlar
deyiladi. Masalan,
asr
va
asir
,
afzal
va
abzal
,
sher
va
she’r
kabi so‘zlar talaffuzda bir xil aytisa-da, yozilishda farq qiladi. Ma’nosi ham
butkul boshqa-boshqa. Paronimni ikki xil yozilishga ega bo‘lgan, ammo ma’nosi
bir xil bo‘lgan dubletdan farqlash kerak:
arava
–
aroba
,
shabada
–
shabboda,
benihoya – benihoyat, gado – gadoy
kabilar paronim emas, dublet, variantdosh
so‘zlardir.
Paronimlar talaffuz jihatdan o‘xshash bo‘lganligi uchun undan qofiya sifatida
keng foydalaniladi.
Paronimning uslubiy xususiyati. Paronimni to‘g‘ri qo‘llamaslik oqibatida
xatolik yuz beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |