Tarixiy (an’anaviy) yozuv
. So‘z va qo‘shimchalarning hozirgi o‘zbek adabiy
tili uchun me’yoriy bo‘lmagan, tarixiy variantlaridan yozma nutqda foydalanilishi
o‘zbek imlosining tarixiy-an’anaviy yozuv qoidasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Aniqrog‘i, so‘z va uning qismlarini hozirgi holaticha emas, tarixiy, an’ana tusiga
kirib qolgan shaklida yozish bugungi imlo nuqtayi nazaridan xato hisoblanmaydi:
chorizm (sarizm), pudratchi (podryadchik), buyruq (amr), nima uchun (nechun), u
(ul), uni (oni). Shuningdek, ko‘pgina qo‘shimchalarning yozilishida ham bu holatni
ko‘rishimiz mumkin:
-gin/gil borgil//borg‘il. …so‘zimni uch bora quloqqa ilgil… (A.Oripov)
-mi/mu qoldimu, keldimu. …sevgini o‘lchab bo‘lurmu toshu tarozu
bilan….(E.Vohidov)
Do'stlaringiz bilan baham: |