II BOB. O’simliklarning chidamlilik xususiyatlari va turlari
2.1.Tuproq sho‘rlanishi va o‘simliklarning sho‘rga chidamliligi
O‘simliklarning rivojlanishiga sho‘rlikning ta’siri va sho‘rga chidamlilik muammolarini o‘rganish katta amaliy ahamiyatga ega. Chunki, yer sharidagi quruqlikning 25 foizi va O‘zbekiston tuproqlarining 70 foizga yaqini ma’lum miqdorda sho‘rlangan.
Sho‘rlangan tuproqlar iqlimi issiq va quruq bo‘lgan mintaqalarda ko‘proq bo‘lib, natriy, kalsiy, magniyning xloridli, sulfat va karbonatli tuzlari shaklida uchraydi. Sho‘r tuproqlar anionlarining nisbatiga ko‘ra xlorid - sulfatli, sulfat - xloridli, xloridli, sulfatli va karbonatli (sodali) bo‘lishi mumkin. Bunday tuproqlarda asosiy kationlar natriy va kalsiy bo‘lib, magniy - karbonatli va magniy xloridli tuzlar ham uchrab turadi. Bu tuzlarning natriy - karbonat va natriy gidrokarbonat o‘simliklarga ko‘proq zararli ta’sir etadi (6-jadval).
6-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |