5-MAVZU.
SHO’RHOK YERLARDA YO’LLARNI LOYIHALASH
Reja:
1.Sho’rlangan xududlarning xususiyatlari.
2.Gruntlarni sho’rlanish darajasi bo’yicha tasniflanishi.
3.Sho’rlangan gruntlarni yo’l poyida ishlatish.
4.Yo’l poyini loyihalashning o’ziga xosligi.
Tayanch so’z va iboralar: Sho’rhok, sho’rlanish darajasi, sulfat xloridli, sulfat-sodali, tuzlar, sizot suvlari
Sho’rhok yerlarda avtomobil yo’llarini loyihalashning o’ziga xos hususiyatlari. Sirtqi qatlamlarida 1...2 m chuqurlikkacha erkin holatda 1% dan ortiq oson eriydigan tuzlar bo’lgan tuproqlar sho’rhoklar deb ataladi. Gruntlardagi suvda eriydigan tuzlarning miqdori ularning fizik-mexaniq xossalariga katta ta’sir qiladi. Sho’rlangan gruntlar namlanganida ularning tashqi kuchlarga qarshiligi keskin kamayadi, seryomg’ir davrlarda esa ko’tarma va o’yma qiyaliklari surilib tushishi mumkin. Gruntda mavjud bo’lgan tuzlar yo’l qoplamasiga agressiv ta’sir etishi mumkin. Magniy va natriy sulfatlar miqdori xatto 1% bo’lganida ham qoplamani ikki-uch mavsumda yemiradi. Gruntlarni sho’rlanish darajasi bo’yicha tavsifi (5.1-jadval).
5.1-jadval
Shurlanish
|
Tarkibidagi ionlar nisbati
|
|
|
Xloridli
|
>2,5
|
0,33
|
Sulfat-xloridli
|
2,5...1,5
|
-
|
Xlorid-sulfatli
|
1,5...1,0
|
-
|
Sulfatli
|
<1,0
|
-
|
Sodali
|
-
|
>0,33
|
Sho’rhok yerlarda yo’l poyini loyihalash. Sho’rlangan gruntlarda yo’l poyi va yo’l qoplamalari qurishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni hisobga olib, birinchi navbatda, tuzlar eng jadal to’planadigan uchastkalardan trassani aylanib o’tkazish imkoniyatlarini izlash lozim (5.2-jadval).
5.2-jadval
Gruntning sho’rlanish darajasi
|
Gruntning foydalaniladigan qatlamida tuzlarning o’rtacha miqdori, sho’rlangandagi massasi bo’yicha % hisobida
|
Yo’l qurilishida quyidagilarni ko’tarishda ishlatilishi mumkinligi
|
xloridli va sulfat-xloridli
|
sulfatli, xlorid-sulfatli va sodali
|
Yo’l poyi
|
Bog’lovchilar bilan mustahkamlangan gruntdan asoslar
|
Kuchsiz sho’rlangan
|
0,3.. .1
(0,5…2)
|
0,3...0,5
(0,5-1)
|
Yaroqli
|
O’rtacha sho’rlangan
|
. .5
(2-5)
|
0,5...2
(1-3)
|
Yaroqli
|
Yaroqli, biroq cheklangan
|
Kuchli sho’rlangan
|
5. . .8
(5. . .10)
|
2...5
(3. . .8)
|
Yaroqli, biroq
cheklangan
|
Yaroqsiz
|
Ortiqcha sho’rlangan
|
>8
(>10)
|
>5
(>8)
|
Maxsus tadbirlar bilan ularning salbiy xossalari neytrallashtiril-
ganidagina yaroqli
|
Yaroqsiz
|
Qoplamaning sizot suvlari yoki yuzaki suvlar satxidan ko’tarilib turishini kuchsiz va o’rtacha sho’rlangan gruntlarda normativdagidan 20% ga, qumoq tuproqlar uchun va loylar uchun 30% ga, kuchli sho’rlangan gruntlarda 40...60% ga oshirish zarur.
5.1-rasm Sho’rhok gruntlardagi yo’l poyining ko’ndalang profillari.
a-bir tomonida rezerv joylashgan ko’tarma; b-rezervli va bo’ylama novli ko’tarma; 1-ajratilgan joy tasmasi; 2-rezerv; 3-yo’l poyining yon tomonini mustahkamlash
Nazorat uchun savollar
Sho’rlangan gruntlar deb qanday grntlarga aytiladi?
Sho’rlangan gruntlar qanday tasniflanadi?
Sho’rlangan gruntlarda yo’l poyini balandligi qanday olinadi?
Sho’rlangan gruntlarda yo’l poyi ko’ndalang kesimini loyihalashda nimalarga e’tibor berish lozim?
Do'stlaringiz bilan baham: |