O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 1,05 Mb.
bet12/56
Sana06.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#322587
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56
Bog'liq
Osimliklardagi turli omillarga chidamliligining eko-fiziologik usullari

Mezofitlar - bular ko‘pchilik hollarda o‘rta, ya’ni, namlik yetarli bo‘lgan sharoitlarda o‘sadi. Hujayra shirasi osmotik bosimi 1 - 1,5 MPa atrofida bo‘lib, suv yetishmasligi natijasida oson so‘liydi. Ularga yaylovlarda o‘suvchi boshoqli o‘simliklar va dukkakli o‘simliklar kiradi.

O‘simlik tanasida kechadigan barcha fiziologik jarayonlar suv yetarli bo‘lganda faollashadi. O‘simliklar tomonidan to‘planadigan vegetativ massaning miqdori ham ularni suv bilan ta’minlash darajasiga bog‘liq. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun barcha sharoitlar etarli bo‘lganda quruq moddaning hosil bo‘lishi uchun kam miqdorda suv sarflanadi.

Ko‘pchilik qishloq xo‘jalik o‘simliklari uchun tuproqning optimal namlik darajasi to‘liq nam sig‘imiga (t.n.s) nisbatan 60-70% hisoblanadi. Bug‘doy uchun bu ko‘rsatkich 70-80% bo‘lganda quruq modda miqdori oshadi. Tuproq namligi yuqoridagi ko‘rsatkichdan ham oshganda barcha sintetik jarayonlar sekinlashadi. Suv yetishmasligi natijasida o‘simliklardagi suv balansi, ya’ni, ildiz orqali kirayotgan suvga nisbatan sarflanadigan suv miqdori oshadi, hujayralarning suvsizlanishini va ularda suv tanqisligi ham oshadi. Osmotik, suv, va turgor potensiallari va boshqa ko‘rsatkichlar qiymatlari hujayraning tarkibidagi suvning miqdoriga uzviy bog‘liq.

O‘simliklarga suv yetishmasligi ta’siri natijasida o‘sish jarayonlari sekinlashadi, natijada o‘simlikning biologik va xo‘jalik hosili ham kamayadi. Qurg‘oqchilik ta’sirida yoki umuman noqulay omillar ta’sirida ba’zi bir fiziologik jarayonlar davom qiladi, lekin o‘sish sekinlashadi. O‘sish jarayonlarining sekinlashishi natijasida assimilyasiya qiluvchi barg sathi kichrayadi, assimilyatlar miqdori kamayadi. Bu esa qurg‘oqchilik sharoitida hosilning kamayishiga asosiy sababchi bo‘ladi.

Barglarning o‘sishi suv tanqisligi sharoitida ildizga nisbatan ancha sekin boradi. Suv tanqisligi natijasida nobud bo‘lgan asosiy ildizlar o‘rniga yon ildizlar hosil bo‘lib, tuproqdan suv va oziq moddani qabul qila boshlaydi. Suv yetishmasligi ildiz hujayralarining bo‘linish va cho‘zilish fazalariga salbiy ta’sir qiladi (2-rasm).

2-rasm. Barglarning o‘sishi va fotosintez jadalligining suv potensialiga bog‘liqligi.


Qurg‘oqchilik sharoitida fotosintez jadalligi sekinlashadi. Kuchsiz va qisqa vaqtli qurg‘oqchilik sharoitida fotosintez jadalligi biroz tezlashadi, bunday omilning kuchli va davomli ta’sirida fotosintez sekinlashadi. Demak, suv tanqisligi natijasida fotosintez jadalligining o‘zgarishi 2 fazadan iborat: dastlab uning jadalligi oshadi, keyinchalik sekinlashadi. Ko‘pchilik mezofit o‘simliklarda fiziologik jarayonlarning javob reaksiyasi ham 2 fazali xarakterga ega. Bunday fiziologik jarayonlarga oqsil va saxaroza biosintezi, ba’zi bir fermentlarning faolligi, assimilyatlarning tashilishi, nafas olish jadalligi, sitoplazmaning qovushqoqligi va boshqalar kiradi. Ko‘pchilik qishloq xo‘jalik o‘simliklarida nisbiy turgorlik 10-19% ga, suv potensiali 0,6-1,9 MPa ga kamayganda fotosintez jadalligi keskin kamayadi. Suv tanqisligining oshishi fotosintetik fosforlanishni sekinlashtiradi, keyinchalik ATF sintezi to‘xtaydi. Uglerodning fotosintetik metabolizmi buziladi, natijada CO2 akseptorining regeneratsiyasi sekinlashadi. CO2 ning barg orqali diffuziyalanishiga og‘izchalar qarshilik ko‘rsatadi (og‘izcha qarshiligi). Bunday qarshilikning qiymati og‘izcha teshiklarining eniga bog‘liq. O‘simliklar yetarli suv bilan ta’minlangan sharoitda og‘izchalarning eni kengayadi, CO2 diffuziyasiga og‘izchalar ko‘rsatadigan karshilik ham kamayadi.

3 -rasm. Kartoshka o‘simligida fotosintez jadalligining bargdagi suv tanqisligiga bog‘liqligi.(mg.CO2 dm-2s-1)




Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish