O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/43
Sana03.01.2022
Hajmi2,32 Mb.
#316319
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43
Bog'liq
orta osiyo allomalarining ilmiy merosi

«Bahr al-kalom» 
1998 yili ham ikki buyuk allomamiz – imom al-Bu-xoriyning 1225 
yilligi,  Ahmad  al-Farg`oniyning  1200  yilligi  dunyo  miqyosida  keng 
nishonlandi. Shu munosabat bilan ko‘plab tashkiliy, ma‘rifiy tadbirlar 
amalga  oshirildi.  Buyuk  allomalarimizning  merosi,  shaxsiyatlari 
haqidagi 
ma‘lumotlarni 
to‘plash, 
asarlari 
qo‘lyozmalaridan 
fotonusxalar,  mikrofilmlar  olish,  ijodlarini  o‘rganuvchi  xorijiy 
olimlaru  tadqiqotchilar  bilan  muloqotda  bo‘lib,  ilmiy  hamkorlik 
o‘rnatish maqsadida, respublika tavallud sanalarni nishonlash tashkiliy 


163 
qo‘mitasining  qaroriga  binoan,  bir  guruh  olimlar  Turkiya,  Suriya, 
Iordaniya  va  Misr  kabi  mamlakatlarda  ilmiy  safarda  bo‘lib,  yuzga 
yaqin 
nomdagi 
turli-tuman 
risolalar, 
kitoblar, 
buyuk 
allomalarimizning  ayrim  qo‘lyozma  asarlaridan  mikrofilmlar  olib 
qaytdilar.  Ayni  chog`da  diyorimizdan  chiqqan  boshqa  olimlar 
haqidagi  ma‘lumotlarni  to‘plashni  ham  e‘tibordan  chetda 
qoldirmadilar.  Masalaga  shu  nuqtai  nazardan  qaraganda,  suriyalik 
tanikdi  olim  doktor  Valiyuddin  Muhammad  Solih  al-Farfur  janoblari 
bilan muloqot g`oyatda foydali bo‘lgan. Doktor Solih al-Farfur asosan 
o‘rta  asrlarda  yashagan  movarounnahrlik  olimlarning  hayoti  va 
asarlarini  o‘rganar  ekan.  Suhbat  chog`ida  bundan  atigi  bir  necha  oy 
muqaddam kalom ilmining yirik namoyandasi, nasaflik mashhur olim 
Abu-l-Mu‘in  an-Nasafiyning  «Bah-ru-l-kalom»  («Kalom  (ilmi)da 
dengiz») nomli  asarining  tanqidiy  nashrini tayyorlab  chop  ettirganini 
aytib, ushbu kitobdan ilmiy safar a‘zolariga hadya qilgan. 
Islom  dini  falsafasining  tarkibiy  qismini  tashkil  qilgan  kalom 
ilmining  darg`alaridan  biri  bo‘lmish  vatandoshimiz  Abu-l-Mu‘in  an-
Nasafiy  merosi  haqida  biz  hozirgacha  hech  qanday  ma‘lumotga  ega 
emasdik. Shu bois doktor Solih al-Farfur tadqiqotiga  tayangan holda, 
Abu  Mu‘in  an-Nasafiy  va  uning  «Bahr  ul-kalom»  asari  haqida  ba‘zi 
ma‘lumotlarni qayd etib o‘tishni lozim topdik. 
Allomaning  «Bahr  al-kalom»  asari  alohida  ahamiyatlidir.  Shu 
o‘rinda  asardagi  ayrim  ma‘lumotlar  haqida  fikr  yuritamiz.  «Bahr  al-
kalom»ning  oltinchi  bobidagi  birinchi  fasl  (bo‘lim)  to‘rt  banddan 
iborat  bo‘lib,  ulardan  birinchisi  «Al-Imomat»  (Imomlikka  oid)  deb 
atalgan.  Mana  shu  bandda  keltirilgan  Payg`ambar  (s.a.v.)-ning  ikki 
hadisi katta ilmiy ahamiyatga ega. 
Birinchisi: «Iqtadu bi-l-laziyna min ba‘diy Abu Bakr va Umar» (bu 
hadislarni Imom at-Termiziy, imom ibn Moja, Ahmad ibn  Hanbal va 
boshqa  bir  qancha  muhaddislar  o‘z  asarlarida  rivoyat  qilganlar). 
«Mendan  keyin  Abu  Bakr  va  Umarga  iqtido  qilinglar»,  –  degan 
bo‘lishiga qaramay, xalifalik ustida ikki kun bahs bo‘lgan. 
Ikkinchi  hadis:  «Mendan  keyin  xalifalik  o‘ttiz  yil,  undan  keyin 
amirlik,  podshoxdik  va  hokazolar bo‘la-di»,  –  degan  fikrlari  naqadar 
rostligi,  dalillanganini  alohida  qayd  qilish  zarur.  Chindan  ham  bu 
muddat  (ya‘ni,  o‘ttiz  yil)  choryorlar  paytida  tugagan.  Hozirgi  vaqtda 
«xalifalik»ni  orzu  qilib  yurgan  ba‘zi  kimsalar  uchun  ham 
Payg`ambarimizning bu hadislari asosli javobdir. Bu kitob kalom ilmi 


164 
bo‘yicha  al-moturidiya  maktabining  asosiy  manbalaridan  biri 
hisoblanadi. Chunonchi, bu asar ash-shayx Abu Mansur al-Moturidiy 
asos  solgan  islomiy  aqidaning  eng  bosh  manbalaridan  sanaladi. 
Ayniqsa, 
islom 
dinida 
turli-tuman 
oqimlar  va  ta‘limotlar 
yaratilayotgan  hozirgi  paytda  mazkur  asarning  ilmiy  va  amaliy 
ahamiyati beqiyos kattadir. 
Abu-l-Mu‘in  an-Nasafiy  o‘z  kitobini  yaratishda  quyidagi  asosiy 
manbalardan foydalangan: 
Imom Abu Mansur al-Moturidiyning «At-Tavhiyd» kitobi. 
Imom Abu-l-Hasan al-Ash‘ariyning «Al-Lam‘a» ki-tobi. 
Imom Abu-l-Hasan al-Ash‘ariyning «Maqolot al-islomiyyin» asari. 
Imom  Al-Haramayn,  Imom  Abu  al-Maoliy  Abdulmalik  al-
Juvayniyning «Al-Irshod» nomli asari. 
«Bahr  al-kalom  fi  ilm  al-kalom»  asari  alloma  ijodining  gultoji 
hisoblanadi.  U  islom  dini  falsafasini  tashkil  qilgan  kalom  ilmi 
bo‘yicha  eng  kimmatli  manbalardandir.  Asarni  ilmiy  asosda  har 
tomonlama  chuqur o‘rganish va  o‘zbek tiliga  tarjima  qilish  olimlari-
miz  oldida  turgan  vazifalardan  biri.  «Bahr  al-kalom»ning  bir  qancha 
qo‘lyozma  va  kitobiy  nashrlarining  mavjudligi  ham  uning  muhim 
manbalardan  biri  ekanligadan  dalolat  beradi.  Uning  qimmatli 
qo‘lyozmalaridan biri Dubaydagi Jum‘a al-Mojid nomli madaniyat va 
meros  markazida  (766-raqamdagi  bu  qo‘lyozma  1167  hij-riy  yidda 
ko‘chirilgan),  ikkinchisi  Damashqdagi  az-Zohiriya  kutubxonasining 
qo‘lyozmalar bo‘limida (4970-ra-qam ostida), uchinchisi Bag`doddagi 
«Maktabat  al-avqof-da»da  (4365-raqamda),  to‘rtinchisi  Qohiradagi 
mashhur «Doru-l-kutub»ning (113-raqamida) qo‘lyozmalar bo‘limida 
saqlanadi.  Ushbu  qo‘lyozmaning  950  hijriy  yilda  oddiy  xat  bilan 
ko‘chirilgan boshqa bir nusxasi Iskandariyaning (Misr) «Maktabat al-
baladiyya» nomli kutubxonasida saqlanmoqda. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish