O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/43
Sana03.01.2022
Hajmi2,32 Mb.
#316319
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
Bog'liq
orta osiyo allomalarining ilmiy merosi

Abu-l-Fath al-Hilmiy. 
Uning to‘liq ismi Ahmad ibn Muhammad 
ibn  Ahmad  Abu-l-Fath  al-Hilmiy  bo‘lib,  470/1078  yilda  tavallud 
topgan. U Buxoroda yashagan paytida fiqhdan saboq olib, qozi Abu-l-
Yusr  Muhammad  ibn  Muhammad  ibn  al-Husayn  al-Pazdaviy,  Abu-l-
Mu‘-in  Maymun  ibn  Muhammad  ibn  Muhammad  an-Nasafiy  va 
Sayyid Abu Ibrohim Ismoil ibn Muhammad Abu-l-Hasandan hadislar 
eshitib, ulardan hadislar ham yozib olgan edi. Taniqli olim Abu Saad 
as-Sam‘oniy  «Al-Ansob»  nomli  asarining  «Zayl»  qismida  u  haqida 
shunday  deb  yozgan:  «  Abu-l-Fath  al-Hilmiy  solih,  beozor  va  o‘ta 
xotirjam  yuradigan  kishi  bo‘lib,  ba‘zi  paytlarda  qozining  o‘rniga 
qozilik  vazifasini  ham  bajarar  edi.  Haj  ibodatini  ado  etish  uchun 
Makkaga  borayotib,  u  517/  1123  yilda  Bag`dodda  ham  to‘xtab, 
shahardagi  bir  kancha  taniqli  olimlardan  hadislar  ham  eshitgan  edi. 
Keyinchalik men uni Balxda uchratgandim. Shunda u menga ulkan bir 
kitobni  ko‘rsatgan  ediki,  unda  mashhur  allomalardan  eshitgan 
hadislardan o‘z qo‘li bilan yozganlari jamlangan edi». 
Abu-l-Fath al-Hilmiy hijriy 547 yil safar oyining yigirma birinchisi, 
chorshanba kuni (1157) da vafot etgan. 


157 
8. 
Abdurashid al-Valvolijiy. 
Uning to‘liq ismi Abdurashid ibn Abu 
Hanifa  No‘‘mon  ibn  Abd  ar-Roziq  ibn  Abdulloh  al-Valvolijiy  al-
Qoziy  Zahiriddin  Abu-l-Fath  bo‘lib,  u  hanafiya  mazhabining  etuk 
faqihlaridan  biri  edi.  U  hijriy  467  (1075)  sananing  jumodu-l-uvlo 
oyida  Valvolij  (Balx  Toharistonining  bir  shaharchasi)  degan 
shaharchada tavallud topgan. So‘ngra u Balxga borib, bir muddat Ati 
al-Burhon  degan  olimdan  fiqh  ilmini  o‘rgangan,  shundan  keyin, 
Samarqandga  kelib,  Abu  Muhammad  al-Qastavoniy  bilan  uchrashib, 
undan va shahardagi boshqa ko‘plab olimlardan hadislar yozib olgan. 
Shundan so‘ng Keshga borib, u erda bir muddat yasha-di, keyin yana 
Samarqandga  qaytib  keldi.  Abu-l-Muzaffar  Abdurahim  ibn  as-
Sam‘oniy:  «Men  Abdurashid  al-Valvolijiy  bilan  uchrashib,  undan 
hadislar  eshitgan  edim.  U  etuk  olim,  faqih,  fozil,  mazhabi  sahih, 
go‘zal siyratli inson edi», – deb yozgan. U Abu-l-Qosim al-Xaliliydan 
buyuk muhaddis Abu Iso at-Termiziy-ning «Ash-Shamoil Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam» asarini eshitgan edi. Samarqandda undan 
bu  asar  bo‘yicha  mashhur  tarixchi  as-Sam‘oniy  ta‘lim  olgan  edi. 
Abdurashid  al-Valvolijiy  540/1145  yilda  vafot  etgan.  Uning  fiqh 
ilmiga  oid  «Al-Amoliy»  nomli  asari  ham  bor.  Shuningdek,  unga 
hadislarni  o‘zida  mujassam  qil-gan  «Al-Valvolijiyya»  nomi  bilan 
mashhur bo‘lgan bir asar ham mansub qilinadi, lekin ba‘zi olimlar bu 
asar Abdurashid al-Valvolijiyniki bo‘lmay, boshqa  muallifga tegishli 
deb yozganlar. 
Yuqorida  zikri  o‘tgan  olimlar,  albatta,  Abu-l-Mu‘-in  an-Nasafiy 
shogirdlarining hammasi bo‘lmay, balki bir qismidir. Lekin mana shu 
shogirdlarining  nomlari  ham,  ularning  ilm-fanning  turli  sohalarida 
qanchalik yuksak darajaga erishganliklari ham ularning ustozi Abu-l-
Mu‘in an-Nasafiy hazratlari o‘z davrining mashhur allomalaridan biri 
bo‘lganligidan  dalolat  beradi.  Shu  boisdan  bo‘lsa  kerak,  allomaning 
taniqli 
shogirdlaridan 
biri 
Najmiddin 
Umar 
an-Nasa-fiy, 
eslatganimizdek,  o‘zining  «Al-qand  fi  zikri  ula-moi  Samarqand» 
(«Samarqand  olimlari  zikrida  qanddek  (shirin)  kitob»)  nomli  asarida 
o‘z ustozi Abu-l-Mu‘in an-Nasafiy haqida «Sharq va G`arb olimlari | 
uning bilimi dengizlari qa‘ridan turli ilmlarni ; olib, ularning nurlarini 
ko‘zlariga to‘tiyo qilib surtg`onlar»,– deb yozgan edi. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish