O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi Buxoro davlat universiteti


Imom Abu Mansur al-Moturidiyning ta’limoti



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/43
Sana03.01.2022
Hajmi2,32 Mb.
#316319
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43
Bog'liq
orta osiyo allomalarining ilmiy merosi

Imom Abu Mansur al-Moturidiyning ta’limoti 
haqida 
Imom  Abu  Mansur  al-Moturidiyning  hayoti  va  ilmiy  faoliyati 
haqida yozgan tarixchilar, afsuski, o‘z asarlarida uning hayoti haqida 
juda  kam  ma‘lumotlarni  keltirganlar.  Allomaning  hayoti  haqida 
hozircha  yuqorida  bayon  etilgan  ma‘lumotlargagina  egamiz.  Ayni 
vaqtda  uning  ta‘limoti  haqida  keyingi  asrlarda  yashagan  olimu 
ulamolar tomonidan ko‘plab ma‘lumotlar yozib qoldirilganligini katta 
mamnuniyat bilan qayd etish lozim. 
Buyuk  vatandoshimiz,  eng  avvalo,  kalom  ilmi  sohasida  tom 
ma‘noda tarixiy ishlar qilgan bo‘lib, o‘ziga xos maktab yaratgan va bu 
maktab uning tabarruk nomi bilan moturidiya maktabi (yo‘nalishi) deb 
ataladi. 
Kalom ilmiga ta‘rif beradigan bo‘lsak, bu ilm diniy aqidalar va 
ularniig  usullarini  aqliy  dalillar  va  isbotlar  asosida  talqin  qilib, 
ulardagi  har  qanday  shubhali,  bir  tomonlama  qarashlarga  barham 
beradigan ilm hisoblanadi. Kalom ilmi bilan shug`ullanadigan olimlar 
esa mutakallimlar deyiladi. 
Avval  qayd  etganimizdek,  Imom  Abu  Mansur  al-Mo-turidiy 
yashagan  davrda  islomiy  ilmlar  va  goyalar  gurkirab  taraqqiy  qilgan 
bo‘lib, bu ilm tarkibiy qismlaridan birini tashkil qiladigan kalom ilmi 
ham  o‘z  taraqqiyot  bosqichining  ayni  gullagan  davriga  kirgan  edi. 
Ayni  vaqtda  barcha  ilmlar  qatori  islomiy  ilmlarda  ham  hurfikrlilik 
keng  yoyilib,  o‘z  nuqtai  nazari  va  qarashlarini  dalil  va  isbotlarga 
tayanib  emin  erkin  ifoda  qilish  tendsnstiyasi  kuchayadi.  Bu  hol,  o‘z 
navbatida, jahmiylar, qaromitlar, rofiziylar, murjiiylar, karromiylar va 
boshqa  hidoyat  yo‘lidan  adashgan  oqim  va  guruhlarning  paydo 
bo‘lishiga  ham  olib  kelgandi.  Ayniqsa,  bundan  ancha  oldin  paydo 
bo‘lib,  ko‘pchilik  o‘lkalar  kabi  Movarounnahrni  ham  qamrab  olgan 
mu‘tazila  oqimining  xato  qarashlari  jamiyat  a‘zolari  o‘rtasida  xilma-
xil ziddiyatlar va ixtiloflarga sabab bo‘lardi. 
Imom  al-Moturidiy  ilgari  surgan  kalom  ilmini  kuzatar 
ekanmiz,u,asosan,  ikkita  asosiy  manbaga:aql  va  naqlga  tayanib,ish 
tutganini,agar fikrimizni aniqroq aytadigan bo`lsak u o`z nazariyasini 
mana 
shuikki 
manba 
o`rtaligida[tavassut] 
yaratganini 
ko`ramiz.Binobarin,muborak  islom  dinimiz  ta`limotida  ham  diniy  va 
dunyoviy  ishlarda  o`rtacha  bo`lish  g`oyasi  ilgari  surilgan.Uning  bu 


104 
g`oyalari  bizgacha  yetib  kelgan  ikki  yirik  asari  –‗‘Kitob  at-
Tavhid‘‘va‘‘Ta`vilot ahli as sunna‘‘da batafsil bayon qilingan. 
Imom  al-Moturidiy  faoliyatida  muborak  islom  dinining 
hayotbaxsh g`oyalari sofligi uchun fidoiylik, e`tiqodiy masalalarni bir 
tomonlama va xato talqin qilishga,zalolatga botgan har xil toifalar va 
oqimlarga  qarshi  kurash,Qur`oni  karimva  hadisi  sharifga  tayangan 
holda  asosli  raddiyalar  berish  salmoqli  o`rinni  egallaydi.Shu 
boisdan,allomaning    o`lmas  ta`limoti  bugungi  kun  uchun  ham  katta 
amaliy ahamiyatt kasb etib,hidoyatyo`lidan adashgan ba`zi buzg`unchi 
guruhlarni foshetishda asqotishi shubhasizdir. 
 
Savol va topshiriqlar. 
1.Abu Bakr Qaffol ash-Shoshiyning islom olamidagi mavqei. 
2.Qaffol ash-Shoshiyning ustoz va shogirdlari. 
3.‘‘Javome` al-Kalim‘‘asarining xususiyati. 
4.Moturidiya ta`limotining taraqqiy etishi. 
5.‘‘Qaffol  ash-Shoshiy-Hazrati  imom  ‗‘mavzusida  referat 
yozish. 
6.‘‘Abu  Mansur  al-Moturidiy  buyuk  kalom  imomi‘‘mavzusida 
jajji tadqiqot yaratish. 
Mavzu buyicha adabiyotlar ro`yxati. 
 
1.Karimov I. A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 
1 – jild. T.: O`zbekiston. 1996. 
2.Karimov  I.  A.  Bizdan  ozod  va  obod  vatan  qolsin.  2  –  jild  T.: 
O`zbekiston. 1996. 
3.Karimov I. A. Yuksak ma‘naviyat – engilmas kuch. T.: Ma‘naviyat 
2008. 
4.Uvatov U. Donolardan saboqlar. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq 
merosi nashriyoti. 1994. 
5.Ma‘naviyat  yulduzlari  T.:  Abdulla  Kodiriy  nomidagi  xalk  merosi 
nashriyoti  
6.O`zbekiston-Buyuk allomalar yurti. T.Ma‘naviyat.2010. 
7.Abduhalimov  B.  A.  O`rta  Osiyo  olimlari  Bogdodda.  //  O`zbekiston 
tarixi. 199
9.
 
8. M. Xayrullayev , D.Shoahmedov.Madaniyat va meros . T.,1973. 
9.Buyuk allomalar  1-2 jild .T, 1998-2000. 
 


105 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish