1.2. Karolinglar davri feodalizmining qaror topishi.
VII asrning oxiri — VIII asrning boshlarida Frank davlati butunlay parchalanib
ketdi. Pipin Geristalskiyning g‘alaba qozongan bo‘lishiga qaramay, Neystriya va
Burgundiya magnatlari hali ham o‘zlarini markaziy xokimiyatga u qadar qaram
emas, deb his qilar edilar. Akvitaniya qirollikdan tamoman ajraldi. Avstraziya
gersogi Akvitaniyaning hokimiyatini tan olmadi. Reynning narigi tomonidagi
qabilalar—allemanlar, frizlar, sakslar va bavarlar ham ajralib chiqdi. Janubi-
g‘arbda arablar xavf tug‘dira boshladilar, hatto VIII asrning 20-30-yillarida butun
Frank davlati arablar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosib olinish xavfi ostida qoldi.
Lekin yangi sulola ana shunday og‘ir bir sharoitda qirollikning harbiy kuchlarini
qaytadan tashkil etib, tashqi dushmanga zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Bu sulola
vakillari keyinchalik sulolaning eng mashhur qiroli Buyuk Karl nomi bilan
Karolinglar sulolasi deb atala boshlandi.
Karolinglar
hukmronligi
davrida
(751-987-yillar)
Yevropada
feodal
munosabatlar rasmiy tus oldi. Karl Martel mayordom (eshik o`g`aboshi)
hukmronligi davrida o`tkazilgan harbiy va siyosiy islohotlar feodalizmni hukumat
tomonidan qo`llab quvvatlanishini ta`minladi. Karl Martel (715-741-yillar)
mayordom arablar bilan bo`lgan (732-y) janglarda otliq qo`shindan foydalangani
uning muvaffaqqiyatini ta`minladi.
16
Ammo endi bu qo`shinni qaram dehqonlar
tarkibidan tuzishni imkoni yo`q edi. Shuningdek, bu islohot keyinchalik Yevropada
vujudga kelgan feodal iyerarxiyasini quyi vakillari bo`lgan ritsarlar tabaqasini
shakllanishini ta`minladi. Karl Martel islohotlarida Ritsarlar (ritsar nemischa ritter
- suvoriy, otliq) ni ta`minlash maqsadida ularga ma`lum miqdorda qirol yer
fondidan va cherkov yerlari hisobidan yer ajratilishi belgilangan. Bu davrdagi
15
Салимов Т.Ў. Жаҳон тарихи (Европа мамлакатлари V-XV асрларда). Тошкент “Университет”,2014. –Б.63.
16
Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973. -Б.47.
16
harbiy benifitsiylar hisoblanib keyin qo`shinning asosiy otliq qo`shinlar tashkil
etgan. Harbiy ishning islohot qilinishi munosabati bilan Karl Martell yer sohasida
alohida siyosat yurgizdi. Yaxshi qurollangan va moddiy jihatdan yaxshi
ta`minlangan otliq askarlar zarur bo`lganligi sababli, Karl Martell davlat fondiga
qarashli yerlardan (bu fond yangi istilolar va isyon ko`targan zodagonlarning
yerlarini musodara qilish natijasida kengayib ketgan edi) harbiy benefitsiylar deb
atalgan yer uchastkalari berishni keng suratda qo`lladi. Bu benefitsiylar harbiy
xizmatni o`tash sharti bilan umrbod foydalanish uchun beriladigan o`rtacha va
mayda pomestelar edi. Shu bilan keyinroq borib paydo bo`lgan mayda pomesteli
ritsarlarning vujudga kelishi uchun asos solindi, bu ritsarlar tashkil topayotgan
feodallar guruhining juda ko`pchiligini tashkil etgan quyi tabaqasi edi. Bu
pomestelardagi erksiz dehqonlar esa mehnat qilib, o`z xo`jayinlarini —
“urushuvchi odamlar”ni — ritsarlarni boqishga majbur edilar.
Harbiy xizmat o`tovchilarga davlat fondiga qarashli yerlardan uchastkalar berish
bilangina cheklanmasdan, Karl Martell shu maqsad uchun cherkov yerlaridan
qisman foydalandi. U o`ziga qarshi ko`tarilgan qo`zg`olonlarda dunyoviy
zodagonlar bilan birlikda qatnashgan yepiskop va abbatlarning pomestelarini
musodara qildi. Neystriyada va Akvitaniyada bunday ruhoniy yer egalari ko`p edi.
Ruhoniylardan musodara qilib olingan yerlar ham benefitsiylarga aylantirildi.
G`arbiy Yevropa tarixida bu narsa birinchi marta o`tkazilgan katta sekulyarizatsiya
edi, ya`ni cherkov mulkini tortib olib, dunyoviy kishilar qo`liga topshirish edi.
Lekin Karl Martell tomonidan qilingan sekulyarizatsiya to`la sekulirizatsiya emas
edi. Bu sekulyarizatsiya cherkov yerlarining faqat bir qismiga nisbatan qo`llanilgan
edi.
17
Keyinchalik Karl Martellning o`g`li Pipin Pakana musodara qilingan yerlarni
cherkovga qaytarib berishga majbur bo`ldi, lekin shu shart bilan qaytarib berdiki,
bu yerlar haqiqatda foydalanuvchilar, ya`ni ritsarlar qo`lida bo`lib, ritsarlar buning
17
Сказкина.С.Д. История средних веков. Т.1. М., “Высшая школа”, 1977. – С.64.
17
evaziga hosilning o`ndan bir qismini cherkovga alohida, qo`shimcha ravishda
to`lab turishi kerak edi.
18
Pipin III Pakana davrida (741-768-yy) karolinglar sulolasi rasman (751-987-yy)
hukmronlik qila boshlaydi. Pipin otasi yuritgan cherkov yerlarini musodara qilish
siyosatidan voz kechishga qaror qildi. Pipin III Pakana cherkov bilan yaqinlashish
siyosati yuritdi. Bunga sabab Meroving qirollarini taxtdan tushurib o`zi qirol
bo`lishi uchun papalar yordami kerakligida edi. Va nihoyat o`zining maqsadiga
erishdi. 751-yilda Suasson shahrida frank zodagonlari yig`ilishida Pipin frank
qiroli deb e`lon qilindi.
19
Oradan ko`p vaqt o`tmay, g`arbiy Germaniyadagi frank
missionerlarining ishiga boshchilik qilib turgan Mayns arxiyepiskopi Bonifatsiy
papaning buyrug`iga muvofiq Pipinni qirol deb tanish marosimini o`tkazdi.
Shunday qilib, yangi sulola cherkovdan o`ziga kerakli sanksiya(ruxsat) olishga
muyassar bo`ldi.
Pipin hukmronligi davridagi istilochilik yurishlari va bu yurishlarning cherkov
tomonidan qo`llab – quvvatlanishi feodalizmni yanada kuchayishini ta`minladi.
Karolinglar sulolasi davrida cherkov va yirik yer egalarining dehqonlarga zulm
o`tkazishi kuchaya bordi. VIII asr oxiri va IX asr boshlarida Frank davlatida yer
egaligi munosabatlarda yuz bergan inqilob to`liq feodal mulkchilikning
hukmronligini ta`minlagan edi. Dehqon yerlarni cherkov va katta yer egalari
tomonidan qo`lga olinishi bilan birgalikda qo`shimcha iqtisodiy majburlash
choralarining joriy etilishi dehqonlarni battar ezar, ularni feodallarga qaram bo`lib
qolishlariga olib kelardi.
Katta yer egalari tomonidan yerlarni o`zlashtirish ayniqsa IX asr boshlarida
avjiga olgan edi.
20
Karolinglar o`zga mamlakatlarni bosib olish siyosatidan kelib
chiqib, ozod dehqonlardan harbiy majburiyatlarni bajarishni talab qilgan, bu bilan
birga cherkov va davlat soliqlari, katta sud jarimalari dehqon xo`jaliklarni
xonavayron bo`lishiga olib kelardi. Cherkov siyosati dehqonlarni qaram bo`lishiga
18
Haydarali Muhammedov. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. II qism. Toshkent, 2005. –B.20.
19
Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973. -Б.49.
20
Сказкина.С.Д. История средних веков. Т.1. М., “Высшая школа”, 1977. – С.68.
18
va ularning yerdan ayrilishida katta ahamiyatga ega bo`lgan. Yerlarni o`zlashtirish
yo`lida cherkov ruhoniylari dehqonlarni nafaqat kuch ishlatish va zo`rlash yo`li
bilan, balki odamlarning diniy his tuyg`ularidan foydalanishgan. Sen-jermen
monastirining IX asrdagi poliptigida temirchilik, to`quvchilik va boshqa
hunarmandchilik yo`li bilan ishlab chiqarilgan buyumlarni monastirga berishi
majburiy deyiladi. Cherkov ruhoniylari xudoga ishonuvchi dehqonlarga ularning
gunohlarini kechirish va narigi dunyoda ularni kutayotgan huzur-halovat evaziga
ulardan cherkov foydasiga tortiq bermoqlikni talab qilardi. Cherkov boyliklarni
ko`paytirish yo`lida ham aldash ham zo`ravonlik choralarini ishlatgan. Bu yo`lda
cherkov ruhoniylari o`z foydasiga olingan yerlarning hujjatlarini qalbakilashtirish
yo`lidan ham foydalanardilar.
21
Eng katta yer egalari monastirlar edi. Parij monastirlaridan biri–avliyo German
monastirining IX asrda 100 mingdan ortiq qaram dehqoni bor edi. Shuningdek,
dehqonlar cherkovdan madad olish maqsadida yerlarni shu shaklda bo`lar edilarki,
cherkov dehqonlarga bir uchastka yerni ma’lum miqdorda obrok to`lab turishi yoki
barshchina o`tash sharti bilan umrbod foydalanishga beradi, bu yer uchastkasi
prekariy deb atalardi. VIII-IX asrlarda prekariy feodal munosobatlarni
mustahkamlovchi vositaga aylandi. Prekariy iltimosiga ko`ra berilgan yer
ma`nosini anglatadi. Prekariy katta yer egasi tomonidan kambag`al dehqonga
vaqtinchalik foydalanishga berilardi (ba`zan bir necha yil davomida, ba`zan
umrbod foydalanishga). Ushbu yerdan foydalanish evaziga odatda kambag`al
dehqonlar yer egasiga soliqlar to`lashi yoki uning foydasiga qo`l mehnatni talab
qiladigan obrok, barshchina majburiyatlarini bajarishlari kerak edi.
22
Prekarining bir necha xillari mavjud bo`lgan: ba`zan yer vaqtinchalik yeri
bo`lmagan dehqonlarga berilar edi. Bunday yerlar “predikariyadata” deyilgan.
Ba`zan kichik yer egasi o`zining yerini katta yer egalarining zug`umi ostida
cherkovga hadya qilardi keyin shu yerni muayyan vazifalarni bajarish sharti bilan
21
Сказкина.С.Д. История средних веков. Т.1. М., “Высшая школа”, 1977. – С.69.
22
Қурбангалиева.Р. Ўрта асрлар тарихи. Ўқув методик қўлланма. Т., “Ўқитувчи”,1980. –Б.47.
19
umrbodga qaytib olardi. Bunday yerlar esa “prekariyaoblata” deyilgan.
23
Bu
shartnomaga asosan ma`lum vaqt «prekarist» yerdan foydalanish huquqidan
maxrum bo`lardi. Ba`zan prekaristga qaytib nafaqat o`z yer maydonini shu bilan
birga qo`shimcha yer maydoni berilardi. Prekariyning bunday ko`rinishi
“rag`batlantiruvchi prekariy” deb atalardi va ulardan cherkov foydalanar edi. Bu
usulni cherkov ruhoniylari kichik yer foydalanuvchilarni yerlarini o`z yerlariga
qo`shib o`zlarining yer maydonlarini ko`paytirish maqsadida ishlatardi.
Qo`shimcha yerlar ishlatilmagan yerlarni tashkil qilardi va ularda dehqon
mehnatiga muhtoj edi. Dehqon yerdan tirikchilik qilgani uchun unga tobora
bog`lanib qolib oqibatda, hattoki o`z shaxsiy erkinligidan ham voz kechishga
to`g`ri kelardi. Prekarchilar bir nechta xilga bo`linar edi: katta prekarchilar
cherkovdan muayyan vazifalar evaziga yerlarni olgan bo`lsa-yu bajarolmasa, katta
miqdorda to`lovlarni yer egalariga to`lardilar va ba`zida ularning qullariga aylanar
edilar.
Ilk o`rta asrlarda G`arbiy Yevropada va karolinglar sulolasi hukmronligi
yillarida tuzilgan prekariy shartnomalarining ancha qismi bizgacha yetib kelgan.
Bunga misol qilib Sen-Gallen monastrining 838-yilgi yorlig`ini
24
keltirish mumkin.
Yorliqda shunday deyilgan: “Muqaddas Galla monastrining shavqatli abbati
Bernvik. Bizning birodarlarimiz va bizning Puaton fogtining roziligi bilan
Volvinga, biz, hadya sifatida keltirgan joyni prekariy sifatida qaytarib berishga
qaror qildik, nomlari keltirilgan joylar (yetti nom Veynfelden va boshqalar) bu
joylarda nimaiki bo`lsa; uylar, qurilishlar, ko`llar, o`rmonlar, jonli va jonsiz
hamma narsalar, ishlangan va ishlanmagan yerlar, uning hadya yorlig`ida nimaiki
bo`lsa hammasini, ya`ni mulklarini shunday shart bilan olsinki har yili chinsh – 2
denariy to`lasin. Uning qonuniy merosxo`ri ham agar xudodan uni olish imkoniga
ega bo`lsa, xuddi shunday qilsin.”
Shuningdek, R. Qurbongaliyeva tomonidan 1980-yilda chop etilgan “O`rta
asrlar tarixi” o`quv-metodik qo`llanmasida VIII asrga oid Burj formulasi prekariy
23
Сказкина.С.Д. История средних веков. Т.1. М., “Высшая школа”, 1977. – С.69.
24
Қурбангалиева.Р. Ўрта асрлар тарихи. Ўқув методик қўлланма. Т., “Ўқитувчи”,1980. –Б.53.
20
yorlig`idan namuna keltirilgan: “Hurmatli xo`jayin. Ma`lumki, bizga qarashli bu
yerni bizning otamiz egallab, sizga prekariy yorlig`ini yozgan, buni biz ham
takrorlaymiz, qo`limiz bilan tasdiqlaymiz va itoatkorona so`raymiz, sizning
diyonatingiz shu yerni bizga egallash uchun rozilik bersa. Bu yerni egallashimiz
esa, sizga ham, sizning merosxo`rlaringizga ham hech qanday zarar keltirmaydi,
biz bu prekariy yorlig`ini sizga topshirib, va`da beramizki, agar qachondir bir vaqt,
bu yorliqdagi shartga xilof ravishda, sizning tomondan aytilgan hamma
xizmatlaringizni
bajara
olmasak,
yoki
sizning
nomingizdan,
boshqaruvchilaringizning buyruqlarini, yoki bizning egallab turgan yer sizning
mulkingiz emas desak, u holda vijdonsiz bosqinchilar kabi qonunning hamma
qattiq talablari bo`yicha sizga jarima to`lashga majbur bo`lamiz va siz hech qanday
sudga murojaat qilmay, bizni u joydan haydab chiqarishda to`liq huquqqa ega
bo`lasiz.”
Birinchi prekariyda dehqondan avval o`zining yerini olib, so`ng esa qaytarib
berib, undan yerdan va shu yerda joylashgan barcha jonli va jonsiz narsalardan
foydalangani uchun chinsh–2 denariy miqdorda prekariy egasiga soliq to`lashi
lozimligi aytilgan.
Keltirilgan ikkinchi prekariyda esa bundan oldin bu yerdan foydalangan
dehqonning o`g`li ham otasidan keyin shu yerdan foydalanish uchun prekariy
egasidan ruxsat so`rayapti. Agarda xo`jayin buyruqlarini bajarmasa xo`jayinga
jarima to`lashga va bu yerdan ketishga roziligi ko`rsatilgan.
Shunday qilib, prekarium erkin shartnoma hisoblansa ham, aslida ular
to`g`ridan-to`g`ri zo`ravonlik orqali kambag`al dehqonlarni og`ir iqtisodiy
vaziyatga tushurish vositasi edi va ularni o`zlari egalik qilgan yerlarni katta yer
egalariga berishga majbur qilardi. Bu usul erkin dehqondan qaram dehqonga
aylangan oraliq ijtimoiy qatlam vujudga kelishiga olib keldi.
Karolinglar sulolasiga bag`ishlangan tarixiy adabiyotlarda sulola hukmronligi
davrida mamlakatda feodal tarqoqlik avj olganligini mualliflar qayd qilgan.
Hujjatlarning
ayrimlarida
qaram
frank
dehqonlarning
kommendatsiya
21
qaramligidagi
dehqonlar
deb
atalgan
turi
borligini
ham
izohlangan.
Kommendatsiya muayyan shartlar bilan “homiy” foydasiga turli xizmatlarni
bajarish va o`z yerini “homiy”ga berib, shartli ushlab turuvchi shaklida uni
qaytarib olish, dehqonlarning feodallar “homiy”ligi ostiga o`tish formalaridan biri
bo`lib, bu tartib VII-IX asrlardan boshlab Yevropada keng yoyilgan edi.
Kommendatsiya qaramligidagi dehqonlar borgan sayin shaxsiy erkinligini yo`qota
bordi.
25
Dehqonlarning asoratga solishning bu usuli ham feodal munosabatlarning
qaror topishiga imkon beradi.
VIII-IX asrlarda dehqonlar bilan birga prekariy munosobatlari qatoriga kichik
“votchinliklar” ham qo`shilar edi, bular kambag`al dehqonlar mehnatidan
foydalanardilar.
Karolinglar sulolasi hukmronligi davrida votchina-senorialchilik bir davlatni
eslatadi. Shu tarzda mulk hajmiga feodal iyerarxiya yoki vassallik tuzish
shakllandi. Qancha katta yer egalari qo`lida unga qaram bo`lgan prekariy bo`lsa
shuncha katta hokimiyatga ular ega bo`lardi. Qirol hokimiyati bu holatni faqat
kuzatib borardi va katta yer egalari siyosiy hokimiyatga ega bo`lishiga to`sqinlik
qila olmas edi, shu sababli ularni maxsus mukofotlar berib, ularni o`z ta`sir
doirasida tutib turardi. Mukofotlar Merovinglar davrida paydo bo`lgan, lekin
ularning keng tarqalganligi Karolinglar davriga ta`alluqlidir. Aslida bularning
mohiyati shundan iborat ediki katta yer egalariga qirol tomonidan beriladigan
imtiyozlar ularning yerlarida davlat amaldorlari tomonidan o`tkazilayotgan har
qanday fiskal va politsiya nazoratini ta`qiqlovchi kuchga ega hujjat edi . Bu
amaliyotlar o`tkazish huquqi yer egasiga topshirilar edi. Bunaqa mukofot
immunitet deb atalar edi. Immunitet yer egasini siyosiy huquq bilan ta`minlar edi.
Odatda katta yer egalariga beriladigan immunitet huquqlari quyidagicha edi: u
o`ziga mansub hududda sud hokimiyatiga ega bo`lar edi; hududidan avval qirol
25
Салимов Т.Ў. Жаҳон тарихи (Европа мамлакатлари V-XV асрларда). Тошкент “Университет”,2014. –Б.33.
22
foydasiga kelgan hamma tushumlarga egalik qilish; harbiy tuzumlariga ega
bo`lish.
26
Immunitetga ega bo`lgan shaxs o`zining yerida qaramga va ozod shaxslarning
fuqarolar da`volarini va sodir bo`lgan kichik jinoyatlarni ko`rishga haqli edi. Oliy
jinoyat sudi odatda graf qo`lida qolar edi, lekin ba`zi paytlarda immunitetga ega
bo`lgan shaxsga ham o`tar edi. Burjuaziya tarixshunosligida immunitet qirollik
mukofoti sifatida sof yuridik ifodasi tarqalgan, va uning egasi markaziy
hokimiyatning joylardagi agenti sifatida ko`rsatilgan. Shunday qilib, immun tizimi
go`yoki qatlamlar orasida tinchlikni va tartibni saqlashga yordam beruvchi ustuvor
tizim, xo`jalik ishlari va dehqonlarni ekspluatatsiyasi bilan bog`liq bo`lmagan
tashkilot sifatida tasvirlangan.
27
Bu tizimga ega bo`lgan feodallar sud-ma`muriy va fiskal vakolatlarini
su`istemol qilib odamlarni zo`rlashda ularni qaram ahvolga solish maqsadida
ishlatganlar. Immunitet g`ayri iqtisodiy yo`l bilan majbur qilishda va dehqonlarni
krepostnoylashtirishda o`ziga xos muhim vosita bo`lib xizmat qilgan. Quyida
Buyuk Karlning immunitet to`g`risidagi kapitulyariyasidan misol keltirilgan:
Immunitet.Buyuk Karlning kapitulyariyasidan 803-yil.
28
3-bob. Agar kimki, immunitet huquqiga qanday bo`lmasin zarar keltirsa, 600
solid hajmda jarima to`lashi shart. Agar kimki, immunitet huquqiga ega bo`lmagan
hududda o`g`rilik qilsa yoki odam o`ldirsa, yoki boshqa biror jinoyat qilsa, lekin
immunitet huquqiga ega bo`lgan hududda yashirinsa, graf, yepiskopdan, abbatdan
va ularning o`rinbosarlaridan unga jinoyatchini topshirishni talab qilsin. Agar u
jinoyatchini topshirishni istamasa unga qarshilik ko`rsatsa, birinchi marta 15 solid
jarimi to`lashga hukm qilinadi. Agar ikkinchi marta chaqirtirganda ham
topshirishni istamasa, 30 solid to`lashga majbur etiladi.Agar uchinchi chaqirishda
ham topshirishni istamasa unda immunitet huquqiga ega bo`lgan hududda uni
saqlab turgan va topshirishni istamagan shaxs jinoyatchining keltirilgan barcha
26
Сказкина.С.Д. История средних веков. Т.1. М., “Высшая школа”, 1977. – С.70.
27
Удальцова З.В. История крестянства Европы. Т.,1-3. М., “Наука”. 1985. –С.34.
28
Қурбангалиева.Р. Ўрта асрлар тарихи. Ўқув методик қўлланма. Т., “Ўқитувчи”,1980. –Б.56.
23
zararini to`lashi lozim. Bunday holda grafning o`zi immunitet hududida istagan
joyda jinoyatchini ta`qib qilish huquqiga ega. Agar grafga birinchi marta talab
qilishdayoq, jinoyatchining immunitet hududida bo`lganligi lekin qochib ketganligi
haqida javob berilsa, immunitet uning qochishiga yordam bermadim deb, qasam
ichsa unga bu ishda boshqa tanbeh bermaslik kerak. Agarda grafning kirib kelishi
bilan immunitet hududida birortasi unga qarshilik ko`rsatishga jazm qilsa, olomon
to`plansa, graf bu haqda qirolga xabar qilishi lozim… va bu yerda immunitet
huquqini buzgan kishiga ham olomon to`plab grafga qarshilik ko`rsatgan kishiga
ham 600 soliddan jarima to`lash belgilanadi.
Immun tizimi feodallarning markaziy hokimiyatdan mustaqil siyosiy erkinligiga
yo`l ochib berdi, va bu holat Karoling imperiyasi parchalanishiga olib keldi.
29
Bu davrda harbiy benifitsiylar (xayr, saxovat) tizimi ham avj olib bordi.
Benifitsiy yer in`om qilish bo`lib, VIII asrning birinchi yarmida franklar davlatida
keng tarqalgan. Benifitsiy shaklida beriladigan yer uchastkasi undagi qaram
dehqonlar bilan birga muayyan xizmatni, ko`pincha harbiy xizmatni bajarish sharti
bilan oluvchining umrbod foydalanishiga o`tar edi. In`om etuvchi yoki benifitsariy
o`z majburiyatini bajarmagan yoki xo`jalikni o`z holiga tashlab qo`ygan taqdirda
benifitsiy mulkdorga yoki uning vorisiga qaytarilishi kerak bo`lar edi va benifitsiy
munosabatlarini tiklash uchun qayta in`om etish kerak edi. Nafaqat qirol
hokimiyati, balki cherkov, shuningdek, yirik magnatlar ham yerlarni benifitsiy
tariqasida taqsimlaganlarini ko`rishimiz mumkin. Benifitsiy tizimi feodallar
sinfining shakllanishiga, dehqonlar ommasining asoratga tushib qolishiga, vassallik
munosabatlari va feodal iyerarxiyasining rivojlanishiga imkon bergan. 887-yilga
kelib Kersin kapitulyariysi yer benifitsiylarining nasldan-naslga meros bo`lib
qolishini qonunlashtirdi.
Benifitsiy tartibi Buyuk Karl davrida juda kuchaydi. Bu davrga kelib erkin
dehqonlarning zaiflashuvi va tushkunlikka uchrashi natijasida dehqonlar harbiy
xizmatni o`tashga tobora kamroq chaqirildi. Benifitsariylarning ko`pchiligi katta
29
Сказкина.С.Д. История средних веков. Т.1. М., “Высшая школа”, 1977. – С.71.
24
yer egalari–magnatlarga qaram edilar. Magnatlar urushga odatda sodiq kishilardan
butun-butun otryadlar olib kelar edilar.
30
Ayni zamonda vassallik ham keng joriy etilib bordi. Nisbatan yirik bo`lmagan
mulk egasi yirik yer egasidan o`zining qaram bo`lganligiga majburan iqror bo`lib,
uning “vassal”iga aylangan. Homiylik qilgan katta yer egasi esa, uning “senyori”
bo`lgan. Agar avval bunday vassallik tartibi butunlay iqtisodiy sharoit bilan bog`liq
bo`lib, xususiy huquq akti bo`lgan bo`lsa, zamon o`tishi bilan IX asrning ikkinchi
yarmidanoq vassallik zaruriy bo`lgan. 847-yilda Buyuk Karl nabirasi Karl
Yaltiroqbosh o`zining Mersen qarorida har bitta erkin fuqaro o`ziga senor
tanlashini buyurgan.
31
IX asrda qirol amaldori huzurida turgan kishilarning kim
ekanligini aniqlash kerak bo`lsa odatda, undan uning nomi nima va senyori kim
deb so`raganlar. Shunday qilib, vassal tizimi davlatning asosiy qonuniy ijtimoiy
munosobatlar formasi deb tan olindi, va uning rivojlanishi hukmron feodal qatlami
paydo bo`lishiga, markaziy hokimiyatning zaifalashishiga va feodallarning xususiy
hokimiyatini kuchaytirishiga olib keldi.
IX asr boshlarida yerga feodal mulkchiligini tasdiqlash va ro`yxatdan
o`tkazishda frank davlatining xo`jalik tarmog`ida jiddiy o`zgarishlar ro`y berdi.
Buni mulk munosabatlarining inqilobidan oldin davlat xo`jalik tarmog`ida asosan
erkin dehqon jamoasi–marka hukmronlik qilgan bo`lsa, VIII asr oxirlari va IX asr
boshlarida feodal votchina va uning tasarrufia bo`lgan qaram jamoa uning o`rnini
egallay boshlaganligida ko`rishimiz mumkin.
Feodal yer egaligi nihoyat karolinglar davrida tashkil topdi, lekin u bir xil emas
edi. Katta yer egalari goh oqsuyaklar goh cherkov ruhoniylari hajmi va sifati turli
xil bo`lgan yerlarga ega bo`lganlar. Ularning mulklari orasida xilma xil hajmdagi
maydonlarda joylashgan o`zining ichiga butun qishloqlarni qamrab olgan katta
votchinalar ham bo`lgan. Ushbu turdagi votchinalar asosan Frank davlatining
shimoliy hududlarida Reyn va Luara daryolari oralag`ida joylashgan edi. Lekin
30
Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973. -Б.57.
31
Сказкина.С.Д. История средних веков. Т.1. М., “Высшая школа”, 1977. – С.71.
25
ba`zi joylarda asosan janubiy hududlarda votchinalar bir qancha kichik qishloq
hududlarida ekin katta qishloqning bir qismidan iborat bo`lar edi.
32
Feodal votchinasida yer odatda feodal xo`jaligiga mansub yer-domen (lotin
tilidan dominus-xo`jayin) va qaram dehqonlar tomonidan ishlatiladigan yerlardan
iborat ekanligini ko`rishimiz mumkin. Dominus yerlari tarkibiga–uy va hovli
ba`zan hunarmandlar uylari, poliz, uzumzorlar kirar edi. Xo`jayin hovlisida odatda
tegirmon va cherkov mavjud edi va xo`jayin mulkiga mansub bo`lar edi.
Xo`jayinning haydaladigan yerlar, o`tloqlar va uzumzorlari qaram dehqonlarning
yerlari bilan tutashgan holda joylashgan edi. Ilgari erkin jamoaga–markaga
qarashli o`rmon va yaylovlar keyinchalik feodal mulkiga aylandi. Feodal va qaram
dehqonlarning yerlari tutashganligi sababli dehqonlar votchina(senior yerlari)da
ekin ekishlari, hosil olingandan so`ng chorvalarni o`tloqlarda boqishlari zarur
edi.
33
Dehqonlarga mansub yerlar parchalarga bo`linib berilar edi va ular Frank
davlatining g`arbida “mansa” deb, sharqiy qismida “gufalar” deb atalar edi.
34
Har
bir shunday mansda 1,5 ming nafardan (Sen-Bretan abbatligi) 12,8 ming
(Muqaddas Vandriya) nafargacha qaram dehqon istiqomat qilar edi. Har bir
shunday parchaga uy, hovli, poliz, bog`, uzumzor va hovliga va boshqa
dehqonlarning parchalariga tutashgan dala ekinzorlar kirardi. Shunday qilib erkin
dehqonlar jamoalari, jamoa yerlaridan foydalanish tartiblari feodal munosabatlar
shakllanishi bilan butunlay yo`qolmadi. Biroq ilgari mavjud bo`lgan erkin
dehqonlar jamoasi qaram dehqonlar jamoasiga, va ilgari bo`lgan erkin qishloq
yig`ini endi qaram dehqonlar xo`jayin tomonidan tayinlangan oqsoqol raisligida
o`tadigan yig`inga aylandi. Qaram dehqonlar yerlarda muayyan maqsadlarga
muvofiq, faqat xo`jayin foydasiga to`lanadigan to`lovlar uchun ishlar edilar.
Dehqonlar ishlaydigan votchina yerlarida odatda erkin yerlar saqlanib qolingan
edi, bular orasiga prekariylar, cherkov ruhoniylari, vassallar yerlari kirar edi.
32
История Франции, т.1 М.,1972. –С.25
33
Сказкина.С.Д. История средних веков. Т.1. М., “Высшая школа”, 1977. – С.72.
34
Салимов Т.Ў. Жаҳон тарихи (Европа мамлакатлари V-XV асрларда). Тошкент “Университет”,2014. –Б.44.
26
Karoling davridagi feodal votchinada natural xo`jalik munosabatlari hukmronlik
qilar edi. Bu munosabatlar umumiy ishlab chiqaruvchi kuchlarning past darajasi,
qishloq xo`jaligi va hunarmandchilik o`rtasidagi bo`linishning yo`qligini anglatar
edi.
Karolinglar davridagi feodal votchinasida hunarmandchilik mehnati qishloq
xo`jaligi bilan bog`liq edi, va u feodalni asosiy mehnat vositalari bilan ta`minlab
kelardi. Kiyim-kechak, poyafzal va boshqa kerakli mahsulotlarni ishlab chiqarish
qaram dehqonlar va hovli hunarmandlar zimmasiga yuklatilar edi. Votchinada
ishlab chiqarilgan mahsulotlarning barchasi feodal xo`jaligini kerakli jihozlar bilan
ta`minlashga ishlatilar edi, istisno hollarda kam miqdorda mahsulotlar
votchinaning boshqa ehtiyojlarini qoplar edi. Karolinglar davrida bozorlar
yarmarkalar va pul aylanishi mavjud bo`lgan, lekin ular votchina xo`jalik hayotida
katta ahamiyatga ega bo`lmagan. Faqat ortib qolgan mahsulotlargina sotilar edi,
buning hisobidan jun va votchinada ishlab chiqarishning iloji bo`lmagan, boshqa
davlatlardan olib kelinadigan mahsulotlar: tuz, vino, qurol-aslahalar sotilar edi.
Karolinglar imperiyasida alohida hududlar bilan doimiy savdo-sotiq munosabatlari
mavjud bo`lmagan. Tashqi savdo faqat davlatning oliy tabaqa qatlamlari ehtiyojini
qoplar edi, va umumiy iqtisodiy ahvolga uncha ta`siri sezilmasdi.
Feodal pomestesidagi xo`jalik ishlari to`liq holda qaram dehqonlarning mehnati
bilan bajarilardi. Dehqonlar o`zining kelib chiqishi bo`yicha uchta asosiy guruhga
bo`lingan edi: kolonlar, litlar, va servlar. Karoling davlatida qaram dehqonlarning
aksariyati kolonlardan iborat bo`lgan. Ular o`zlarining ozodligini saqlashgan
bo`lishsada o`zlarining xo`jayinlariga qaram bo`lganlar, o`zlariga meros sifatida
berilgan yerlarni tashlab ketishga jur`at qilmaganlar, va bu yerlardan olinayotgan
daromadga to`laligicha egalik qilolmaganlar. Yerdan ketgan har bir kolon ta`qib
etilgan, jazolangan. Bu davrda kolonlarning aksariyati erkin dehqonlarning
avlodlaridan tashkil topgan edi. Vaqt o`tishi bilan ular o`z shaxsiy erkinliklarini
27
yo`qotib borgan, litlar va yerga berkitilgan qullar bilan qo`shilib, krepostnoy
dehqonlarga aylanardilar.
35
Votchinada yashagan qullar (servlar) ikki guruxga bo`linar edi: yersiz qaram
qullar, va yerlarda yashaydigan qullar. Birinchi guruxga xo`jayin mulki sifatida
qaralar edi, xo`jayining hovli ishlarini bajarib yurar edilar, va ularni sotish va sotib
olish mumkin edi. Ikkinchi tabaqa qullari yerga biriktirilardi va o`zlarning
maqomiga yarasha qaram dehqon qatlamlariga kirar edi. Ular xo`jayindan to`liq
qaram vaziyatda bo`lganlari bilan kolonlardan ajralib turar edilar. Servlarning
aksariyati qadimgi Rim va meroving davrlarida yashagan qullar va kolonlar
avlodlari hisoblanadi.
36
Kolonlar va servlar qatlami orasida lit qatlami bo`lgan, va ular katta feodal erki
cherkov ruhoniylar himoyasida bo`lib irsiy foydalanishga berilgan yerlarda yashar
edilar.
Servlar xo`jayin yerlarida haftaning uch kunida og`ir ishlarni qilishga majbur
edilar. Kolonlar ham xo`jayin yerlarida mehnat qilishga (barshina) haftada soatbay
ishlarini olib borib xo`jayin muayyan yerlarini ishlov berib undan hosil terib berish
ishlariga tortilar edilar.
IX asr boshlaridan kolonlarning xo`jayin foydasiga ishlab beradigan
majburiyatlari tobora oshayotganligi kuzatiladi. Hamma qaram dehqonlar xo`jayin
foydasiga soliq to`lovlarini (obrok) to`lashga, bundan tashqari natural ko`rinishda
bo`lgan hosil mahsulotlarni va hunarmandchilik mahsulotlarini xo`jayinga berishga
majbur edilar. Ba`zan obrok naqd pul bilan olinardi, bir boshdan olinadigan
to`lovlarni xo`jayinga shaxsan qaram bo`lgan dehqonlar to`lardi. Shu bilan birga,
naqd pulda oshiriladigan to`lovlar keng tus olmagan edi. Dehqonlarni yerdan
mahrum etish ularni xo`jayinga qaram qilib qo`yish ularning g`azabini
qo`zg`atishga sabab bo`ladi va bunga qarshilik turli shakllarga ega bo`lar edi.
Ulardan biri dehqonlarning biriktirilgan yerlardan ommaviy qochish holatlari
kuzatilardi. Ochiq dehqon qo`zg`olonlari va to`ntarishlari yo`q emas edi. 821-yilda
35
Қурбангалиева.Р. Ўрта асрлар тарихи. Ўқув методик қўлланма. Т., “Ўқитувчи”,1980. –Б.58.
36
Сказкина.С.Д. История средних веков. Т.1. М., “Высшая школа”, 1977. – С.73.
28
qirol Lyudovik Xudojo`y tomonidan chiqarilgan qarorda dehqonlar tomonidan
Flandriyada tuzilgan maxfiy tashkilotlar haqida aytib o`tilgan.
37
Dehqonlarning ommaviy chiqishlarini 848- va 866-yillarda Maynst yepiskop
yerlarida, 841-842-yillarda Saksoniya yerlarida ko`rishimiz mumkin. Ushbu
dehqon qo`zg`olonlari sakson va frank feodallariga qarshi bo`lib ularning shiori
eski feodal tizimidan oldingi zamonlarga qaytish bo`lgan. Natijada dehqonlar o`z
maqsadlariga erishdilar va xo`jayinlarni quvib eski qonunlar bo`yicha hayotni
boshlashgan. Bu qo`zg`olon “Stelling” deb atalgan va uning tom ma`nosi
«Qadimiy qonun bolalari» ni anglatgan. Isyon feodallar tomonidan katta
qiyinchilik
bilan
bostirilgan.
Dehqon
qo`zg`olonlari
yaxshi
tashkillashtirilmaganligi ularning parchalanganligi sababli mag`lub bo`lardi. Biroq
shunga qaramasdan ular feodallarni majburiy to`lovlarni chegaralashtirishga
majbur qilardi. Bu chegaralashtirish dehqonlarning hayotini muayyan vaqtga
osonlashtirardi va bu qaxri q`attiq sinf kurashishi natijasi bo`ldi.
Karolinglar davridagi feodal pomesteni o`rganishda Buyuk Karlning
“Pomestyelar to`g`risidagi kapitulyariy”si, “Abbat Irminon poliptigi” deb atalgan
hujjat va “Qirol va cherkov yerlari” ro`yxatining namunalari katta ahamiyatga ega.
Shu manbalarga qarab, biz ilk o`rta asrlardagi feodal pomestesining manzarasini
ko`z oldimizga keltira olamiz.
“Pomestelar to`g`risidagi kapitulyariy” qator olimlarning fikricha Buyuk Karl
tomonidan IX asrning boshlarida nashr etilgan. Lekin shunday fikrlar ham borki, u
Buyuk Karlning o`g`li Akvitaniya qiroli Lyudovik Xudojo`y tomonidan tuzilgan
deyiladi. Pomestelar haqidagi kapitulyariyda pomestelar qirolga qarashli bo`lib,
xo`jaligi ham to`liq holda qirollar manfaatini qondirish uchun qaratilganligi
ifodalanadi.
38
Shu davrga xos manbalardan yana biri “Sen-Jermen poliptigi” dir. Sen-Jermen
poliptigi Parij yaqinidagi hozir esa Parijning o`z ichida bo`lgan Sen-Jermen de Pri
abbatligidagi yer mulklari ro`yxati bo`lib, abbat Irminon tomonidan tuzilgan. Sen-
37
Сказкина.С.Д. История средних веков. Т.1. М., “Высшая школа”, 1977.–С.74.
38
Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973. -Б.58.
29
Jermen poliptigining ahamiyati shundaki, u cherkov pomestelari haqida va o`sha
vaqtdagi krepostnoy dehqonlarning tuzulishi haqida to`liq ma`lumot beradi.
Poliptig to`liq ravishda saqlanmagan, bizgacha alohida mulklarning 25 ta ro`yxati
yetib kelgan. Bu manbaga tayangan holda, biz dehqonlarning chek yerlari
(manslari) va ularning egalari tomonidan xo`jayinga to`langan soliqlar haqida
ma’lumot olamiz. Manslar rasmiy holda: erkin, lit va qullar mansiga bo`lingan.
Ularning har biridan (“erkinidan”) ham alohida soliqlar undirilgan. Hujjatdan yana
shuni ham aniqlash mumkinki “erkin” dehqon, qulning mansini, kolon va qul esa,
erkin dehqon mansini ushlab turishi mumkin, lekin ushlab turgan manslarida
qanday soliq turlarini to`lash lozim bo`lsa shuni to`lashlari zarur edi.
39
Karolinglar davridan “Qirol va cherkov yerlari ro`yxatini namunalari” ham
bizning davrimizgacha saqlangan bo`lib, bunda – yirik feodal pomestelarning
ro`yxatini tuzib chiqish haqida ko`rsatma berilgan. “Pomestelar haqidagi
kapitulyariy”, “Qirol va cherkov yerlari ro`yxati namunalari” feodal pomeste
xo`jaligining asosini va pomestedagi boshqarish tartibini o`rganish imkoniyatini
beradi va Frank davlati hududida “Sali haqiqati” davridan buyon iqtisodiy va
ijtimoiy taraqqiyotda qanday siljishlar bo`lganligini ko`rsatadi.
Shunday qilib, G`arbiy Rim imperiyasida feodal munosabatlarining ilk
kurtaklari namoyon bo`la boshlagan edi. Bu davrda qullarga ozgina erkinlik
berilgan bo`lsada, ularning hayotida jiddiy o`zgarishlar bo`lmadi. Faqatgina
atalishida farq bor edi xolos. Xristian dini esa davlat dini bo`lganidan so`ng
o`zining faqirlarni himoya qilish g`oyalaridan voz kechdi va u ham boy
zodagonlarning yonini ola boshladi. G`arbiy Rim imperiyasining kuchsizligidan
foydalangan varvar qabilalari o`zlarining davlatlariga ham asos soldilar (bu haqda
yuqorida aytilgan). Varvarlarning ijtimoiy tuzumida katta o`zgarishlarga sababchi
bo`lgan omillardan yana biri bu G`arbiy Rim imperiyasining qulashi bo`ldi.
G`arbiy Rim imperiyasining qulashi Yevropa xaritasida o`zgarishlar ro`y berishiga
olib keldi. Varvar qabilalaridan bo`lgan Merovinglar sulolasi asoschisi Xlodvig
39
Қурбангалиева.Р. Ўрта асрлар тарихи. Ўқув методик қўлланма. Т., “Ўқитувчи”,1980. –Б.61.
30
boshchiligida franklar o`zlarining davlatlarini barpo etdilar. Bular davrida
xristianlik keng yoyildi, feodal munosabatlar rivojlandi. Bu suloladan so`ng
hukmronlik qilgan Karolinglar sulolasi vakillari davrida feodal munosabatlar
shakllanish davrining eng yuqori pog`onasiga ko`tarildi. Bu sulola davriga kelib
yer egaligining turli ko`rinishlari vujudga keldi. Bunga harbiy benifitsiyni misol
qilib aytishimiz mumkin. Yangi tabaqalar vujudga keldi. Bunga esa ritsarlikni
misol qilish mumkin. Yer egalari feodallarga turli imtiyozlar berildi
(immunitetning berilishi). Lekin, bunday imtiyozlarning berilishi bora-bora bu
davlatning parchalanishiga va yangi davlatlarning vujudga kelishiga olib keldi.
Ilk o`rta asrlar (V-XI) G`arbiy Yevropa jamiyati ijyimoiy munosabatlarini
o`ziga xos xususiyatlari:
––Feodal tuzumni tashkil qilishi;
––Feodal pomestelar vujudga kelishi;
––Feodal tabaqalar va feodal iyerarxiyasini tashkil topishi;
––Yevropada asosiy harbiy kuch bo`lgan katolik cherkovini yoyilishi.
Feodalizm o`zidanoldingi quldorlik tuzumiga nisbatan progressive xarakterga
ega bo`ldi. Feodal ishlab chiqarish usulining negizini o`sha davrdagi ishlab
chiqarishning asosiy vositasi bo`lgan yerga feodalizm egalik qilishi tashkil etadi.
Bu davrda jamiyat hukmron tabaqa feodallar hisoblangan. Jamiyatni asosiy ishlab
chiqaruvchi kuchi dehqonlar hisoblanib, feodalga qarashli yerda istiqomat qilgan.
Dehqonni feodal mudom ekspluatatsiya qilgan. Dehqon feodalga barshchina natura
(mahsulot), pul shaklida obrok to`lagan. O`rta asr dehqoni ishlab chiqarishdan
ma’lum darajada manfaatdorligi bilan qullardan farq qilardi. O`zidan oldin o`tgan
quldorlik tizimiga qaraganda feodalizm iqtisodiy tizimining asosiy afzalligi ham
shundadir; shu vaziyat tufayli yangi feodalizm jamiyatida (quldorlik jamiyatiga
nisbatan) ishlab chiqarish kuchlarini yanada keng miqyosda va yana tezroq
rivojlantirish mumkin bo`ladi, bu feodal jamiyat zaminida kapitalistik tuzum
elementlari rivojlanib bordi.
31
Rim imperiyasi inqirozidan so`ng g`arbiy Yevropadagi dastlabki yirik
markazlashgan imperiyaga franklar asos soldi. Karolinglar sulolasi hukmronligi
davrida katta yer egaligini o`sishi, mayda erkin dehqon xo`jaligini yuritish avj oldi.
Buyuk Karl (768-814-yy) hukmronligi yillarida feodal tuzum (prekariy, patronat,
kommendatsiya, immunitet, benifitsiy) qaror topayotganligi kapitulyariylarda
yorqin o`z ifodasini topgan. Buyuk Karlning “Pomestelar to`g`risidagi
kapitulyariy” sida pomestelarda yetishtirilayotgan mahsulotlarning qirol oilasi va
qirol saroyi ahllari ehtiyojlarini qoplashga sarflanganligi bir necha marta ta’kidlab
o`tilgan. Franklar jamiyatining feodallashuv jarayoni siyosiy tuzumga ham ta’sir
qilgan.
O`zining harbiy qudratiga qaramasdan sulolaning asosiy vakili Buyuk Karl ham
yerdor zamindorlarga qaram edi. Feodallashuv imperiya siyosiy tarqoqlik va
pirovardida, siyosiy jihatdan mayda qismlarga bolinib ketishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |