BMI tarkibi kirish, ikki bob, to`rt paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar
ro`yxati, ilovalardan iborat.
7
I.BOB. ILK O`RTA ASRLAR G`ARBIY YEVROPADA IJTIMOIY
HAYOTDAGI O`ZGARISHLAR.
1.1.Yangi ijtimoiy munosabatlardagi yangiliklarning shakllaninsh shart–
sharoitlari.
Ilk o`rta asrlarda Yevropa mintaqasida yuzaga kelgan siyosiy va ijtimoiy vaziyat
Rim quldorlik imperiyasini qulashini muqarrar qilib qo`ydi. Rim imperiyasi
hududiga varvar qabilalarining yoppasiga bostirib kirishi mavjud ijtimoiy tuzumni
o`zgartirishni talab qildi. Varvarlar ijtimoiy tuzumi asosan urug` qabilaviy
tuzumga asoslanib, qisman feodal elementlar ham bazan sezilib turgan. Varvar
qabilalari asta-sekinlik bilan Rim imperiyasiga yaqinlasha borgani sayin Rim
imperiyasida kechayotgan ijtimoiy o`zgarishlarni o`zida aks ettira boshladi
4
.
Varvar imperiyaga yoppasiga bostirib kirishi mavjud quldorlik tuzumi o`rnida
undan progressiv bo`lgan feodalizm tuzumining yuzaga kelishiga sabab bo`ldi.
“Feodalizm” iborasi german atamasi “fedum”dan kelib chiqib, yer mulki
ma`nosini anglatadi. Feodalning yer-mulki — feod yoki len bitta pomestedan, bir
nechta pomestedan, butun boshliq bir knyazlik, hatto qirollikdan ham iborat
bo`lishi mumkin edi (o`rta asrlarda vassal qirolliklar ko`p edi). Lekin har bir
feodning quyidagicha o`ziga xos xususiyatlari bor edi: 1) feod, hammadan burun,
“past” dehqonlarga xos majburiyatlarni o`tash bilan bog`liq bo`lgan dehqon
mulkidan farq qilib, dvoryan mulki, “asl” mulk edi; 2) feod, odatda muayyan bir
xizmatni, birinchi navbatda, harbiy xizmatni o`tash bilan bog`langan edi; 3) feod
— yuqori senorga vassal tobelikdagi qaram mulkdir, ya`ni alloddan farq qiladi. 4)
feod — nasldan-naslga meros bo`lib o`tadigan mulk edi (u o`zidan oldingi
benefitsiydan shu bilan farq qilar ediki benefitsiy harbiylarning yer mulki edi-yu,
lekin nasldan-naslga meros bo`lib o`tmas edi)
5
.
Ko`pchilik xalqlar feodalizm jamiyatiga bosqichma-bosqich o`tgan bo`lsa, ba`zi
xalqlar feodalizmga va feodal davlatga bevosita ibtidoiy jamoa tuzumidan
quldorlikni chetlab o`tgan. Bu jarayon kelt, german, slavyan va ko`pgina boshqa
4
Салимов Т.Ў. Жаҳон тарихи (Европа мамлакатлари V-XV асрларда). Тошкент “Университет”,2014. –Б.22
5
Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973. -Б.98.
8
xalqlarda yuz bergan. Mazkur xalqlar mamlakatlarining tabiiy sharoitlari qadimgi
sivilizatsiya mintaqalarinikiga qaraganda ancha noqulay edi. Bu xalqlarda ishlab
chiqaruvchi kuchlar ortiqcha mahsulotning paydo bo`lishini ta`minlash darajasiga
erishgan paytda ularda aholining o`sishi boshlangan, sinfiy jamiyat va davlatning
tug`ilishi sezilib qolgan
6
. Oqibatda imperiya hududida varvar qirolliklari Tuluza
qirolligi (419-yil), Shimoliy Afrikada Vandallar qirolligi (439-yil), Burgundiya
qirolligi (443-457-yillar), Shimoliy Italiyada Langobard qirolliklari (568-yil)
tashkil topdi.
Bosqinchi qabilalar Rimdagi dastlabki feodal munosabatlarga duch kelib unga
moslashib ketgan edi. Feodalizmning vujudga kelishi insoniyat taraqqiyotining
dastlabki davrlarida ishlab chiqaruvchi kuchlarning umumiy taraqqiyotida ijobiy
rol o`ynadi. Lekin jarayonning salbiy tomoni bosqinchi qabilalar tomonidan ishlab
chiqaruvchi kuchlarning ancha izdan chiqarilganligida, natural xo`jalikka
qaytishda, aholining katta qismi umumiy madaniy-ma`rifiy darajasining ancha
pasayganligida namoyon bo`ldi.
Feodal tuzumning elementlari Yevropa hali o`rta asrlar davriga
kirmasdan ancha ilgariyoq, rimliklarning o`zlarida ham, varvarlarda ham
vujudga kela boshlagan edi. Buni shunda ko`rishimiz mumkinki, Rim davlatining
o`zida ham qullardan tashqari kolonlar deb ataluvchi yarim asoratga solingan
qaram dehqonlar mavjud edi. 332-yilda imperator Konstantin katta yer egalarining
manfaatlarini ko`zda tutib, kolonlarning ishlab turgan pomestesini tashlab ketishini
ta’qiqlaydigan va qochib ketgan kolonlarning majburiy yo`l bilan qaytarib olib
kelinishini talab qilinadigan farmon chiqardi. Dastlab kolonlar deb Rim
respublikasida quldorlarning latifundiyalaridan (yirik pomestyelaridan)
yer uchastkalarini ijaraga olib ishlovchi ijarachi erkin mayda dehqonlarga
nisbatan aytilgan
7
.
Davlatning bir qadar qo`llab-quvvatlashiga qaramasdan, rimlik mustaqil
dehqonlar quldorlik tuzumi hukmronlik qilgan sharoitlarda doimiy ravishda
6
Haydarali Muhammedov. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. II qism. Toshkent,2005. –B.3-4
7
Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973. -Б.13.
9
xonavayron va halok bo`la bordi. Dehqonlarning yerlari esa quldorlar qo`liga o`ta
bordi. Lekin quldorlik ishlab chiqarish usulining o`zi inqirozga uchraganligi
sababli latifundiyalarning (zamindorlarga qarashli katta yer-mulk) egalari faqat
qullarni ekspluatatsiya qilish yo`li bilangina o`z yerlaridan foydalanishlari
amri mahol bo`lib qoldi. Yerlarni maydalab ijaraga berish (ijaraga
oluvchilar esa yerdan mahrum etilgan dehqonlarning o`zi edi) yer
egalariga bu yerlardan foydalanish uchun eng qulay usul bo`lib ko`rindi.
Shunday qilib, quldorlik tizimi bilan bir qatorda ma`lum darajada kelgusi
feodal tuzumdan darak beradigan yangi munosabatlar katta yer egaligining
yerlardan maydalab foydalanish usuli bilan birga qo`shilishi, mayda
mustaqil, lekin shaxsan qaram bo`lgan ishlab chiqaruvchi dehqonning
ekspluatatsiya qilinishi ham rivojlana boshladi.
Rim imperiyasi davrida quldorlikning yana bir shakli vujudga kelgan edi. Bu
shakllar ba`zi jihatdan bo`lg`usi feodal tartiblarga o`xshab ketar edi.
Chunonchi, shaharlarda ishlovchi o`rta hol yer egalari, shahar kuriyalarining
a`zolari (kuriallar), ya`ni aholining soliqlarni to`lashi va hokazolar uchun
javobgarlik yuklatilgan, o`z vazifasidan endi mashaqqat chekayotgan
kuriallar majburiy suratda kuriyalarga biriktirib qo`yila boshladi. Hukumat
kuriallik unvonini nasldan-naslga meros bo`lib o`tadigan qilib qo`ydi.
Bunday munosabatlar ularga yoqmagan. Natijada ular shahrini va
kuriyasini tashlab ketishga harakat qilgan. Hukumat bunga yo`l
qo`ymagan. O`z shahari va kuriyasini o`zicha tashlab ketuvchi kuriallar
hukumat yo`li bilan jazolanishi, hatto turmaga qamalishi kerak edi. Shu bilan
bir vaqtda shahar hunarmandlari ham bundan battarroq va og`ir tutqinlikka
solina boshladi, ular majburiy sur’atda maxsus ittifoqlarga-kollegiyalarga
uyushtirildi: hunarmandlar, ya`ni kollegiya a`zolari yashab turgan joyidan
ketish huquqidan mahrum qilindi. Kollegiyalar quldorlik davlatiga o`z hunarining
10
mahsulotlarini topshirishga majbur edi. Bunday vositalar mahalliy xalqni
yanada asoratga solishning ko`rinishlaridan biri edi
8
.
Bundan tashqari Rim imperatori Konstantin tomonidan 313-yilda xristian dinini
davlat dini deb e`lon qilinganidan keyin bu din vakillariga yer va mulklar in`om
qildi.
Konstantinning
quldorlik
tuzumini
mustahkamlashga
qaratilgan
islohotlaridan biri xristian cherkovining davlat dini deb tanilishi bo‘ldi.
9
Bu voqea
so‘nggi Rim imperiyasi tarixida juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi, shuningdek,
kelgusidagi o‘rta asrlar tarixi uchun ham tayyorgarlik daqiqalaridan biri bo‘lib,
juda katta rol o‘ynadi.
Dastavval imperiya tarkibida maxsus iyerarxiyaga («ma’murlar darajasiga»),
katta yer egalariga, kishilar qaramligining yangi shakllariga—cherkov qullari deb
atalgan qullarga (servi ecclesiastici)—bularning ahvoli kolonlarning ahvolidan
o‘zga emas edi—molik bo‘lgan kuchli yangi bir ijtimoiy tashkilot vujudga keldi.
Bu vaqtda (IV asr boshlarida) xristian cherkovi o‘zining ijtimoiy tarkibini juda
ham o‘zgartirib yubordi. Ilgari, I—II asrlarda, xristian cherkovi muxlislarining
asosiy ommasi qullardan, shaharlardagi qashshoqlashgan elementlardan, qisqasi,
ijtimoiy jihatdan ezilgan va haq-huquqdan mahrum qilingan kishilardan iborat
bo‘lgan bo‘lsa, endi xristianlikka o‘rta tabaqalar va hatto aristokratiya vakillari
ham o`tdilar. Cherkov endi mavjud quldorlik tuzumiga qarshi chiqmay qo‘ydi,
balki o‘z tashkilotini ushbu tuzum sharoitlariga moslashtirishga intilib, o‘zi katta
yer egasiga aylana bordi. Xristianlik davlat diniga aylanganidan keyin haqiqatda
mehnatkashlarni ekspluatatsiya qilishga fatvo berdi. Cherkovda e’tiborli
yepiskoplar vujudga kelib, bular tez vaqt ichida boyib ketdi va joylarda siyosiy
ta’sir orttirdi. Chunonchi, shaharlarning yepiskoplari go‘yo himoyachilar
(defensorlar) bo‘lib, shaharlarning himoyachi-homiylari va shaharlar bilan
imperator ma’muriyati o‘rtasida vositachidek edi. Cherkov imperiya
viloyatlaridagi “varvarlar” o‘rtasida “missionerlik” faoliyatini keng suratda qizitib
8
Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973. -Б.15.
9
История Италии, т.1 М., 1970. –С. 76.
11
yubordi. IV asrda va ayniqsa V asrda qo‘shni varvar vabilalarining (ya’ni rimlik
bo‘lmagan qabilalarning) ko‘pi xristianlikni qabul qildi.
10
Eng muhim shaharlar — Rim, Aleksandriya., Konstantinopol, Antioxiya,
Quddus V asrda uzil-kesil patriarx unvonini oldilar (Rim va Aleksandriya
patriarxlari papa deb ham atalar edi). Patriarxlarga mitropolitlar va arxiyepiskoplar
bo‘ysunar edilar, arxiyepiskoplarga esa cherkovga ayrim okruglarni—
iyerarxiyalarni boshqaruvchi oddiy yepiskoplar itoat qilar edi; iyerarxiyalar o‘z
navbatida mahalliy jamoa-qavmlardan tashkil topgan edi, ularning tepasida
ruhoniylar—presviteplar turar edi. Butun imperiya hududidagi davlat dini
tashkiloti ustida turgan cherkov, endi o‘zini katolik yoki butun jahon cherkovi deb
hisobladi. Unga itoat qilmagan oqimlar yoki guruhlarni (sektalarni) yeretik deb,
ularning ta’limotini eres deb e’lon qilindi. Hukmron cherkov manfaatlarini himoya
qilib turgan davlat IV—V asrlardayoq yeretiklarni sistematik ravishda ta’qib qilib,
ularga nisbatan qattiq jazo choralarini ishga soldi. Xristian cherkovining
rivojlanishi va rasmiylashuvi, unga qarashli yerlarning ko‘payib borishi, qullikning
cherkov pomestelaridagi birmuncha yumshatilgan yangi shakli, cherkovning
varvarlar olami bilan aloqa qilishi va ularning asta-sekin xristianlashtirilishi–
bularning hammasi o‘rta asrlardagi yangi tuzumning ma’lum darajada
tayyorlanishi edi. Papalik va Rim-katolik cherkovi g‘arbdagi o‘rta asrlarning
taqdirini hal qilishda keyinchalik juda katta tarixiy rol o‘ynadi. Bularning barchasi
G`arbiy Yevropada kelgusida feodallashuv jarayonlarining vujudga kelishiga
zamin hozirlab bordi
11
.
Ilk o`rta asrlarda varvar qabilalari orasidan Reyn daryosining o`rta oqimida
yashagan frank qabilalari boshlig`i Xlodvig o`zining davlatini tuzishga muvaffaq
bo`ldi (486-yil). Bu davlat tarkibiga Luara va Sena daryolari havzalari,
shuningdek, Goronna daryosigacha bo`lgan hududlar kirardi. Xlodvig vorislari
davrida yangi ijtimoiy munosabatlarni namoyon qiluvchi belgilar shakllana
boshladi. VI asrning ikkinchi yarmidan boshlab franklar jamiyatida keskin
10
Карпова С.П. История средних веков. Т.I. М., “Высшая школа”, 2003. –С.56.
11
Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973. –Б.17.
12
o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Bu vaqtda yer bemalol qo‘ldan-qo‘lga o‘tishi
mumkin bo‘lgan xususiy mulkka (allodga) aylandi, ya’ni mulkdor uni o‘z xohishi
bilan sotar, alishtirar, sotib olar, boshqa birovga taqdim qilar yoki vasiyat qilib
qoldirar edi. VI asrning oxiridan boshlab, ayniqsa VI va VIII asrlarda qilingan bu
xil oldi-sotdilarning barcha xillarini ko‘rsatadigan ko‘pdan-ko‘p ma’lumotlar
hozirgacha saqlanib qolgan. Bunday sharoitda dehqonlarning bir qismi tezlik bilan
o‘z yeridan ajrala bordi. Ocharchilik, mollarning kasallikdan qirilishi va boshqa xil
tabiiy ofatlar, Xlodvigning o‘g‘illari, nevara va evaralari o‘rtasida uzoq vaqt
davom etgan urushlar natijasida mamlakatning xarob bo‘lishi, urug‘chilik
aloqalarining yemirilishi tufayli endi ayrim oilalar bo‘yniga tusha boshlagan sud
jarimalari — mana shularning hammasi mustaqil frank dehqonini xonavayron
qildi.
12
Dehqonlarning mayda yer egaligi yemirilib tushkunlikka uchragan bir
vaqtda, yirik dunyoviy cherkov yer egaligi avj oldi. Xlodvigning vorislari qirol
yerlarini benefitsiy (aynan tarjimasi: “xayr”, “saxovat”) tarzida o‘z drujinachilariga
bo‘lib berdilar, bular asta-sekin votchinachi - katta yer egalariga aylanib bordilar,
ular yerni meros tariqasida o‘z bolalariga qoldirardilar. Cherkov ham qirol
xazinasidan (qirol yer fondidan) in’om (donatio) tariqasida ko‘p yer oldi.
Dunyoviy zodagonlar ham cherkov zodagonlari ham, o‘z yerlarini, qiroldan
tashqari, birinchi navbatda dehqonlar hisobiga kengaytirdilar. Dehqonlar qo‘shni
dunyoviy katta yer egalari homiyligiga (patronat yoki kommendatsiyasiga) o‘tdilar.
Shuningdek, dehqonlar cherkovdan madad olish maqsadida yerlarini shu shaklda
bo‘lar edilarki, cherkov dehqonlarga bir uchastka yerni ma’lum miqdorda obrok
to‘lab turish yoki barshchina o‘tash sharti bilan umrbod foydalanishga berardi, bu
yer uchastkasi prekariy deb atalardi
13
.
“Sali haqiqati”ga ilova qilingan qo‘shimchalarda kambag‘allashgan franklar
to‘g‘risida, qisman hatto butunlay xonavayron bo‘lgan kishilar to‘g‘risida juda
ochiq gapiriladi, bular solingan shtraflarni to‘lashga qurblari yetmay, o‘rmonlarda
daydib, qaroqchilik qilib yurardilar. Ba’zi kambag‘allar esa ovqat uchun o‘zini qul
12
Лебек С. Происхаждение франков V-IX века. М., 1993. –С.45.
13
Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973. –Б.44.
13
qilib sotib, asoratga tushardi va, shunday qilib, shaxsiy erkinlikdan mahrum
bo‘lardi.
Erkin va mustaqil dehqonlarning asta-sekin yo‘qolib, krepostnoy kishilarga
aylanishida ifodalangan feodallashuv jarayoni sobiq Rim imperiyasiga kelib
joylashgan varvarlarning hammasida ham bo‘ldi. Franklarda esa bu jarayon hali
juda mustahkam bo‘lgan baquvvat erkin dehqonlarning (“Sali haqiqati”da
ko‘rsatilgan dehqonlarning) qaramlik krepostnoylik holatiga ochiq, keskin tusda
o‘tishida namoyon bo‘ldi xolos, bunda dehqonlar yuridik jihatdan boshqa kishiniki
bo‘lgan yerda o‘tirib, shu yer egasining foydasiga biron xil “tutqinlik”
majburiyatini o‘tar edi. Lekin shu narsani aytib o‘tish kerakki, erkin dehqonlarning
yo‘qolib borish jarayoni VI va VII asrlarda Frank davlatining hamma viloyatlarida
bir xil bo‘lgan emas. Feodal tarqoqlik avj olishi oqibatida 613-yilda taxtga o`tirgan
Xlotar II yirik yer egalariga yon berishga majbur bo`ldi. U 614-yilda yirik yer
egalarining o`zaro urushlar davrida egallagan yerlari va pomestelarini o`sha
aristokratiya ixtiyoriga qoldiradigan farmon chiqardi.
Franklar davlatida 751-yilda sulola almashinuvi yuz berib, Merovinglar
sulolasining o`rniga Karolinglar sulolasi taxtga o`tirdi. Bu sulolaning dastlabki
qiroli Pipin III Pakana bo`ldi. Avvaldan mavjud bo`lgan ijtimoiy tuzum bular
davrida ham o`zining ahamiyatini unchalik o`zgartirgani yoq. Karl Martel harbiy
sohada o`tkazgan islohoti natijasida harbiy benifitsiylar keng ko`lamda tashkil etila
boshladi.
Bu davrdagi feodal pomestesi - votchina (senoriya) odatda bir qishloqqa to`g`ri
kelib, ba`zan bir necha qishloqdan iborat bo`lar edi, kamdan-kam hollardagina
qishloqning bir qismini tashkil qilar edi, pomeste mazkur davrda asosiy xo`jalik,
ijtimoiy va siyosiy yacheyka edi.
14
Karolinglar zamonidan qolgan hujjatlardan
ma`lum bo`lishicha, IX asrda krepostnoy dehqonlar o`zining chek yerida
dehqonchilik qilar edi va bu yer evaziga xo`jayinining yerini ekib berar yoki
pomeshchikka qisman mahsulot tarzida, qisman pul tarzida renta to`lar edi. VIII-
14
Сказкина.С.Д. История средних веков. Т.1. М., “Высшая школа”, 1977. – С.5.
14
IX asrlarda xo`jayinning (domenial) yeri ortib boratotgan edi. Senor qolgan yerini
ham chek yer qilib bo`lib berishni foydaliroq deb bilar edi. Lekin shu bilan birga u
mahsulot tarzida to`lanadigan rentani ko`paytirdi. Keyinchalik XI asrda ba`zi
joylarda natural rentalar (barshchina shaklidagi ishlab berish rentasi yoki natura
shaklidagi mahsulot rentasi) o`rniga pul to`lash, (pul rentasi) joriy qilina boshlaydi.
Krepostnoy dehqonlar hayotining o`zida ham o`zgarishlar yuz berdi. Karolinglar
zamoniga oid hujjatlarning guvohlik berishicha qullar bilan ilgarigi erkin
kishilardan chiqqan qaram dehqonlar IX asrga keliboq umumiy krepostnoylar
ommasi bo`lib qo`shilib ketgan edi. Biroq krepostnoy dehqonlarning bir qismi bir
oz yengilroq ahvolda bo`lib bir qismi keyingi asrlarda ham ularga qaraganda
og`irroq va huquqsizroq ahvolda edi.
Bu davrdagi qullarning egalari bo`lgan votchina-senoriya siyosiy jihatdan
kichkina bir davlatga o`xshagan narsa edi. Bu davlatning hokimiyati senorning o`zi
— pomeste egasi, yirik mahalliy feodal bo`lib, u mahalliy aholini sud qilar, qatl
etar va afv qilar edi, atrofidagi o`ziga o`xshash pomeshchik-hokimlar bilan urush
olib borar edi. Lekin uning o`zi ham odatda o`zidan kattaroq bir senorga qaram
bo`lib, uning vassali edi. Bu katta feodal - senor ham o`zidan kattaroq bir senorga
qaram bo`lishi mumkin edi va hokazo. Bu qaramlik munosabatlari tizmasi
qirolning o`zigacha tizilib borar edi, shunday qilib, qirol butun feodal pog`onalari
yoki iyerarxiyasining boshlig`i edi. Dunyoviy feodallardan tashqari ruhoniy
feodallar: papalar, arxiyepiskoplar, yepiskoplar, abbatlar va shu kabilar ham
mavjud edi. Feodallar iyerarxiyasi odatda yuqori va quyi tabaqalarga bo`linardi.
Qirol va unga tobe bo`lgan yirik hududiy knyazlar, gersoglar va graflar (“tojdor
feodallar”) feodallarning yuqori tabaqasi edi. Ular urush olib borish, o`z pullarini
zarb qilish huquqiga ega edilar; sud va qonun chiqarish ishlari tamoman ularning
qo`lida edi. Ulardan keyingi o`rinda bir nechta (ba`zan esa bir necha o`n) imeniyesi
bo`lgan baronlar turar edi. Ba`zi mamlakatlarda, masalan, Angliyada baronlarning
ham gersog yoki graflik unvoni bor edi. Feodal pog`onalarining undan pastrog`ida
ritsarlar turardi. Ritsarlarning yaroqbardorlari bo`lib, bular ham asta-sekin kichik
15
ritsarga aylanib bordi. Feodallarning mana shu tabaqalarining hammasi bir bo`lib
turib, imtiyozli tabaqa—dvoryanlar tabaqasini tashkil qildi, bu dvoryanlar
krepostnoy dehqonlar ommasidan, shuningdek, o`sha davrda feodallarga qaram
bo`lgan shaharliklardan yuqori turar edi
15
.
Do'stlaringiz bilan baham: |