2.2. Karolinglar davri ijtimoiy ziddiyatlarning ortishi, sulola inqirozi davri.
Karl Buyuk va uning vorislari zamonida feodallashuv protsessining juda
tezlashib ketayotganligi imperiyaning parchalanib ketishida juda katta ahamiyatga
ega bo‘ldi. Biroq Karl Buyuk imperiyasi “qabila va xalqlarning quramasidan
iborat” bo‘lishi bilan bir vaqtda, feodallashayotgan jamiyat ham edi. Merovinglar
zamonida bo‘lgan hodisa, ya’ni katta yer egaligining o‘sishi, uning mayda erkin
dehqon xo‘jaligini yutishi Karolinglar zamonida davom etdi va zo‘r berib avj oldi.
Prekar munosabatlarining (ko‘proq cherkov yerlarida) rivoj olishi, patronat-
kommendatsiyalarning (ko‘proq dunyoviy yerlarda) keng yoyilishi, erkinlarning
44
qaramlikka tushish hollarining ko‘payayotganligi—bularning hammasi Karl Buyuk
podsholigi zamonida odat tusiga kirganligi imperator qonunida (kapitulyariyalarda)
o‘zining yorqin ifodasini topdi. Karl magnatlar va boshqa “nufuzli odamlar”
tomonidan dehqon yerlarining tortib olinishini cheklashga ancha urindi, biroq
yerdor zodagonlar uning farmoyishlariga qarshilik ko‘rsatganlari uchun bu
farmoyishlar amalda bajarilmay qolaverar edi. Franklar jamiyatining feodallashuv
jarayoni, tabiiy, siyosiy tuzumga ham ta’sir etdi.
61
Fransiya davlati tashkil topgan vaqtda nomigagina yagona davlat bo`lib, aslida u
ko`pgina (aniqrog`i o`n mingga yaqin) xilma-xil senorliklarning yig`indisidan
iborat edi. Bularning ba`zilari qirol hokimiyatini rasman tan olgan, lekin amalda
deyarli mustaqil edi. Boshqa senorlar esa faqat qirolga sodiqlik haqida qasamyod
qilar, biroq hatto rasman bo`lsada unga bo`ysunmagandi. Ular qirolga
bo`ysunishni-vassal bo`lishni tahqirlanish, deb hisoblardilar.
Bu vaqtda Fransiyada milliy birlik ham, yagona til ham bo`lmagan edi. Fransuz
millati ancha keyinroq - XVI asrda gallar, britlar, rimliklar, franklar va boshqa
xalqlarning avlodlaridan shakllangandi.
IX-X asrlarda feodal munosabatlar rivojlanib, hamma yerda hukmron bo`lib
qoldi. Feodallar tomonidan yerlarning to`liq egallab olinishi natijasida erkin
dehqonlar yer egaligi tugatildi. Natural xo`jalik hukmronlik qilib, feodal
senorliklar parokandaligi davom etadi va yangi-yangi pomestelar vujudga kelib,
mamlakatning yagonaligiga putur yetadi.
62
Feodallar o`zlari egallagan yerlar - senoriylarning hajmiga qarab turli
tabaqalarga ajralgan. Katta senoriy egalari: gersoglar, graflar, yirik monastirlarning
abbatlari, yepiskoplar dastlab o`zlarini qirol bilan teng perlar deb yuritganlar.
Ularning vassallari: baronlar, vikontlar, vitsegraflar ikkinchi guruh yer egalari
hisoblangan. Uchinchi guruhdagi yer egalarini ritsarlar tashkil etgandi. Ana shu
uchta toifa feodallar o`rtasida syuzerenitet-vassalitet munosabatlari mavjud edi.
Buni oliy hukmronlik-qaramlik munosabatlari desa bo`ladi. Bunday munosabatlar
61
Тейс Л. Наследие каролингов IX-XI века. М., 1993. –С.67.
62
Haydarali Muhammedov. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. II qism. Toshkent,2005. –B.57.
45
faqat Fransiyada o`zining to`liq shakliga ega bo`ldi. Syuzerenitet-vassalitet
munosabatlari maxsus shartnoma asosida rasmiylashtirilardi. Bunda vassal senorga
sodiqlik haqida qasam ichib, uning oldida tiz cho`kadi. Bu ommaj deb atalardi.
Senor esa vassalga yer (feod) berib, shu bilan birga ramziy tayoqcha yoki o`z
qo`lqopini yoki nayzasini ham uzatardi. Bu investitura deb atalardi.
63
Karolinglar davrida vassal munosabatlarining kuchayganligi haqida Gilermoz
quyidagicha yozadi: “vassal unvoni mavqei o`sa boshladi va unga nafaqat oddiy
kambag`al balkim yer mulkdorlari ham ega bo`lishga intilishar edi”. O`zining
kapitulyariysida Karl vassalning vassalikdan chiqish sabablarni quyidagicha
izohlab bergan: «Bironta vassal o`zining senorini tark etishga haqli emasdir,
quyidagi vassallar bundan mustasno, agar senor vassalni o`ldirmoqchi yoki uning
oila a`zolarini obro`siga putur yetkazsa yoki uning yerini tortib olsa». Bundan
tashqari vassal o`z benefitsiydan maxrum bo`lish holatlari ham ko`rsatib o`tilgan
«Agar bizning vassalimiz jang paytida yordamga boshqa vassalni chaqirsa va bu
vassal yordamga oshiqmasa u benefitsiydan mahrum bo`ladi».
VIII asrning oxiridan–IX asrning boshida vassal munosabalari nafaqat harbiy
sohada balkim frank davlatining siyosiy tuzilishida ham namoyon bo`ldi.
64
Vassallik shartnomalari tomonlarning majburiyatlarini aniq o`rnatib qo`ygandi.
Senor vassalga feodni berish bilan birga vassalni va unga berilgan yerni himoya
qilishi lozim edi. Vassal esa avvalo senorga harbiy xizmat o`tab berish
majburiyatiga ega edi. Vassal, shuningdek, feodallarning sud va boshqa
yig`inlarida senorning raisligida ishtirok etishi lozim edi. Vassal yuqoridagilardan
tashqari, senorni asirlikdan sotib olish, senorning salib yurishlarini moliyaviy
ta`minlash, senorning katta o`g`liga ritsarlik unvoni berilayotganda, katta qizi erga
tegayotganda sovg`a-salomlar bilan kelish kabilarga ham majbur edi. Vassallik
shartnomalari dastlab tomonlarning hayotligi davrida tuziladigan shartnomalar
hisoblanib, personal xarakterga ega edi. Keyin esa u bilan bog`liq majburiyatlar
63
Салимов Т.Ў. Жаҳон тарихи (Европа мамлакатлари V-XV асрларда). Тошкент “Университет”,2014. –Б..64.
64
Тейс Л. Наследие каролингов IX-XI века. М., 1993. –С.43.
46
meros tariqasida o`tadigan bo`ldi. XI asrga kelib feod, ya`ni nasliy urug`chilik
pomestesi asosiy feodal mulkchilik shakli sifatida o`rnatildi.
Agar vassal senorga sodiqlik to`g`risidagi qasamini buzsa va o`z zimmasidagi
majburiyatlarini bajarmasa, feodni qaytarishi lozim edi. Lekin senorlar va vassallar
o`rtasidagi nizolarni hal etishning yuridik mexanizmi juda samarasiz bo`ldi. Yirik
feodallar mustaqil harbiy kuchlarga ega bo`lib, senorlarga itoat etmay, senor sudi
qarorlariga bo`ysunishni istamay qo`ygandi. Bu feodallar o`rtasidagi ko`p sonli
tartibsizliklar va urushlarni keltirib chiqaradi.
X asrda jamiyatning feodallashish jarayoni kuchayib, vassallarning vassallari
paydo bo`ladi. Yuqorida aytilganidek, eng quyi zvenodagi vassallar - ritsarlar
(mayda feodallar) edi. Ritsarlar dastlab ayrim hukmdorlarni xizmatida bo`lishgan.
Keyinchalik ritsar atamasi otliq-jangchi aslzodani anglata boshlagan.
Kelgusida ritsarlikka mansublik unvoni jangdagi jasorati va boshqa harbiy
xizmatlari uchun berilgan, murakkab marosimlar orqali ritsarlikka qabul qilingan.
65
Fransiyada “meni vassallarimni vassali, meni vassalim emas” degan odat amal
qilgan, bu esa vassalni bevosita o`zini senoriga sodiqligini anglatgan. Senor
urushni boshlayotib, o`zining bevosita vassallarini yordamiga umid qilgan, ammo
ular o`zlariga sodiq ritsarlari kuzatuvida kelishlari lozim bo`lgan. Qirolni
vakolatlari, boshqa har qanday feodalning vakolatidan kengroq bo`lgan, u o`zining
domen yerlari va ritsarlariga tayanib mamlakatni boshqargan, boshqa hollarda esa
yirik vassallarni fikri bilan hisoblashishga majbur bo`lgan, chunki ular yuqori
ruhoniylar bilan bir qatorda qirol kengashini tashkil etishgan.
Asosiy feodallar ommasi qirolga bo`ysunmay, o`z senorlari - gersoglar va
graflarga bo`ysunardi. Yuqorida aytilganidek "Vassalimning vassali mening
vassalim emas" degan tamoyil mavjud edi.
Keyinchalik shaharlar o`sib, qirolning ahamiyati kuchayadi. Qirollar
mamlakatda barcha feodallardan sodiqlik haqida qasam olishga va vassal
qaramlikdagi egaliklarini tan oldirishga erishadilar. Bu jarayon vassallarning
65
Салимов Т.Ў. Жаҳон тарихи (Европа мамлакатлари V-XV асрларда). Тошкент “Университет”,2014. –Б.65.
47
vassallari (arer-vassallar)ning bevosita qirol vassallariga aylanishiga olib keladi va
bu immediatizatsiya degan nom oladi.
XII asrda feodal egaliklarga bo`linish jarayoni amalda tugaydi. Feodal
pomestelar tamoman urug`chilik xarakteriga ega bo`ladi. Feodallar sinfiga yangi
shaxslarning kirib kelishi cheklanib, faqat qirol bo`ysunmagan feodallar bilan
urushlar natijasida qo`lga kiritilgan yer uchastkalarini taqsimlab turadi.
66
Feodallashuv imperiyani siyosiy tarqoqlikka va, pirovardida, siyosiy jihatdan
mayda qismlarga bo‘linib ketishiga olib keldi. O‘zining harbiy qudratiga va eng
katta istilochilik shuxratiga qaramay, Karl Buyukning o‘zi ham yerdor
zodagonlarga qaram edi.
67
Bu narsa hammadan burun magnatlar syezdlari
ahamiyatining ortishida ko‘rindi. Bu syezdlar imperator tomonidan odatda har yili
kuzda chaqirilar edi. Unda eng muhim kapitulyariyalarning hammasi muhokama
qilinar edi. Zodagonlarning haqiqiy siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan ana shu kuzgi
syezdlariga qarama-qarshi o‘laroq, may dalalari deb atalmish eski harbiy
yig‘ilishlar — askarlarning yig‘ilishlari (bu yig‘ilishlar qadimgi german xalq
yig`ilishlarining qoldig‘i edi) karolinglar zamonida oddiy bir harbiy ko‘rik bo‘lib
qoldi. Bu ko‘rikda endi imperator tomonidan tasdiqlangan farmonlar ma’lumot
uchungina e’lon qilinar edi.
Karl Buyuk zamonidayoq idora qilish apparatining aniq feodallashganligiga shu
narsani misol qilib ko‘rsatish mumkinki, graflar o‘z mansabini va bu mansab
uchun olgan yerlarini avloddan-avlodga meros bo‘lib qoladigan mulkka
aylantirishga harakat qildilar. Karl Buyuk o‘zining graflar tayinlash huquqini juda
katta mashaqqat bilan arang saqlab qoldi.
Karl Buyuk davlati o‘zining tarkibi jihatidan ham xilma-xil urug‘larning beqaror
siyosiy birlashmasidan iborat edi. Frank imperiyasi omadi yurishgan bir istilochi
tomonidan shoshib-pishib, ko‘p qabila va xalqlardan iborat tuzilgan alohida bir
tarzdagi harbiy monarxiya bo‘lib, unda na umumiy iqtisodiy baza, na umumiy
milliy til, na umumiy madaniyat yo‘q edi. Karl Buyuk imperiyasiga kirgan
66
Haydarali Muhammedov. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. II qism. Toshkent,2005. –B.59.
67
Левандовский А. Карл Великий: Через империю к Европе. М., 1987. –С.72.
48
qabilalarning har biri o‘zining odatdagi qonun-qoidalariga amal qilib kelganini
ko‘rsatib o‘tish kifoya qiladi.
68
Ayrim qabilalar Karl Buyuk podsholigi vaqtidayoq xalq bo‘lib birlasha
boshlagan edilar. Sali va Ripuar franklari galliya-rim aholisi bilan aralashib ketib,
shimoliy roman xalqini (keyinchalik bulardan fransuz xalqi tashkil topdi)
vestgotlar, burgundlar janubiy galliya-rimliklar bilan qo‘shilib janubiy roman
xalqini (bular keyinchalik provansal xalqi deb atala boshladilar) barpo etdilar.
Italiyada langobardlar bilan italyan-rimliklardan bo‘lg‘usi italyan xalqi tashkil
topdi. Germaniyada Reynning narigi tomonidagi qabilalar bir etnik gruppa bo‘lib,
keyinchalik ulardan german (yoki nemis) xalqi vujudga keldi. Xalqlarning tashkil
topishi mahalliy aloqalarni kuchaytirdi, bu hol ham amalga imperiyaning juda
mayda va bir xil davlatlarga parchalanib ketishiga olib keldi.
Karl Buyuk zamonidayoq idora qilish apparatining aniq feodallashganligini
graflarning o`z mansabini va bu mansab uchun olgan yerlarini avloddan-avlodga
meros bo`lib qoladigan mulkka aylantirishga harakat qilganliklarida ko`rish
mumkin. Karl Buyuk o`zining graflar tayinlash huquqini juda katta mashaqqat
bilan arang saqlab qoldi.
Karl Buyuk o`lgandan keyin uning imperiyasi uzoq umr ko`rmadi. Bu ilk o`rta
asr harbiy-feodal monarxiyasi bo`lib, unda chinakam markazlashuv uchun yetarli
darajada iqtisodiy baza yo`q edi. Karl Buyuk zamonida krepostnik pomestelar
egasi bo`lib uzil-kesil qaror topgan va Karl Buyuk olib borgan urushlar natijasida
juda ko`p yangi yerlarga ega bo`lgan feodallarning o`zi mustahkam markazlashgan
hokimiyatdan bezor edi.
Karl Buyukning o`g`li imperator Lyudovik Xudojo`y zamonida (814-840 yy)
bo`linib ketish yo`lidagi intilishlar zo`r berib namoyon bo`ldi. U lapashang bir
qirol bo`lib, ruhoniylarga (uning Xudojo`y degan laqabi ham shuni ko`rsatadi) va
dunyoviy zodagonlarga butunlay qaram edi. Haqiqatda uning butun qirollik davri
uzluksiz g`alayonlar davri bo`ldi. Zodagonlar Lyudovikka qarshi bosh ko`tarib,
68
Кардини Ф. Истоки средневекового. М., 1987. –Б. 46.
49
uning o`z o`g`illari — Lotar Lyudovikni (yoki Lyudovik Nemisni), o`z otasiga
qarshi gij-gijlatdilar. Lyudovik Xudojo`yning uchinchi o`g`li Karl (u keyincha
Yaltiroqbosh deb nom oldi) hamisha otasining yonini oldi.
69
Lyudovik Xudojo`y o`lgandan keyin uning o`g`illari bir – biri bilan yana urush
boshladi. Imperator unvonini olgan katta akasiga — Lotarga qarshi endi ikkala
ukasi — Lyudovik Nemis bilan Karl Yaltiroqbosh bosh ko`tardi. Fontenua shahri
yonida bo`lgan jangda (841-yil) Lotar ikkala ukasining birlashgan qo`shinlari
tomonidan tor-mor qilindi. Bir yildan keyin, 842-yilda Lyudovik bilan Karl
Strasburg shahri yonida bitim tuzib, Lotar ustidan to`la g`alaba qozonguncha unga
qarshi kurashni davom ettirishga ahd qilishdi.
70
Nihoyat, 843-yilda uch aka-uka murosaga keldi va Verden shahrida bitim
imzolashdi. Verden sulhiga ko`ra, Lyudovik Nemisga Reynning sharqdagi va
Alpning shimolidagi hududlar, ya`ni Sharqiy Frank qirolligi, Karl Yaltiroqboshga
esa Shelde, Maas, Sona va Rona daryolaridan g`arbdagi yerlar, ya`ni G`arbiy
Frank qirolligi va nihoyat, Lotarga esa Sharqiy va G`arbiy qirolliklar oralig`idagi
yerlar tegdi. Shu tariqa, Verdenda bo`lgan taqsimot Yevropada keyinchalik
vujudga kelgan uchta katta davlat - Fransiya, Germaniya va Italiyaning tashkil
topishini umumiy bir tarzda belgilab berdi.
71
G`arbiy Frank qirolligining, o`sha paytda Fransiya deb atalgan bu hududning
birinchi qiroli, Lyudovikning kichik o`g`li Karl Yaltiroqbosh bo`ldi. (877-yilda
vafot etgan).
Bu yerdagi aholining asosiy ommasi endi tashkil topayotgan fransuz xalqidan
iborat bo`lib, u alohida bir shimoliy roman tilida, ilk fransuz tilida gapirishar edi.
Bu davlatning poytaxti Parij bo`lib, u Luara daryosi yaqinidagi Sena daryosi
bo`yida joylashgan. "G`arbiy franklar qirolligi"da yoki, oddiy qilib aytganda,
Fransiyada (uni X-XI asrlarda Fransiya deb atay boshlaydilar) Korolinglar X
asrning oxirigacha hokimiyatni o`z qo`llarida saqlab keldi. So`nggi qirol Lyudovik
69
Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973. -Б.60.
70
Ўша асар. -Б.60.
71
Haydarali Muhammedov. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. II qism. Toshkent,2005. –B.56.
50
V Yalqovning vafotidan so`ng (987-yil) Gugo Kapet Fransiya qiroli etib saylanadi.
Shundan boshlab bu davlatni yangi sulola boshqara boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |