O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana31.12.2021
Hajmi1,01 Mb.
#274026
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
karolinglar sulolasi davrida fransiyada ijtimoiy munosabatlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

32 


 

II.BOB. KAROLINGLAR SULOLASI HUKMRONLIGI DAVRIDA 

IJTIMOIY HAYOT. 

2.1. Karolinglar boshqaruvining huquqiy asoslari. 

Karolinglar sulolasi davri huquqiy asoslari frank qabilalarining ilgaridan mavjud 

bo`lgan  qonunlar  to`plami  ”Sali  haqiqati”  da  o`z  ifodasini  topgan.  “Sali  haqiqati” 

ilk o`rta asrlarga oid eng qadimgi hujjatlardan biri bo`lib, feodal tuzumining paydo 

bo`lishi haqida muhim ma`lumotlar beradi. 

”Varvarlar  haqiqatlari”  orasida  eng  qadimgilaridan  biri  -  ”Sali  haqiqati”  edi. 

”Sali haqiqati” V asrning oxiri VI asrning boshlarida Xlodvig hukmronligi davrida 

tuzilgan.

40

  ”Sali  haqiqati”  “Varvarlar  haqiqatlari”  sirasiga  kirib,  unda  eski 



urug`doshlik  tuzumi  qoldiqlari  saqlab  qolingan  edi.  Ushbu  huquq  yodgorliklarida 

shaxs  jamoadan ajratilmagan,  insonning  huquqiy  layoqati  urug`ga,  jamoaga,  katta 

oilaga  taalluqliligi  bilan  belgilangan  edi.  Bu  jamoalardan  tashqarida  inson  hech 

qanday  huquqlarga  ega  bo`lmasdi.  Jamoadan,  urug`dan,  oiladan  haydab  yuborish 

“Sali  haqiqati”da  nazarda  tutilgan  eng  og`ir  jazolardan  biri  edi.  Bir  shaxs 

tomonidan  sodir  etilgan  u  yoki  bu  huquqbuzarlik  uchun  faqat  o`sha  shaxsning 

o`zigina emas, u taalluqli bo`lgan ijtimoiy guruh - jamoa, urug`, oila ham javobgar 

hisoblanardi. 

”Varvarlar  haqiqatlari”  ilk  feodal  huquqining  yagona  manbasi  emas  edi.  Qirol 

hokimiyatining  mustahkamlanishi  bilan  qirollik  buyruqlari,  farmoyishlari  paydo 

bo`ldi.  Ular  dastlab  ”haqiqatlar”ni  to`ldirib,  so`ngra  alohida  rasmiylashtiriladigan 

bo`ldi.  Bunday  manbalarga,  avvalo,  frank  qirollarining  kapitulyariylari  kiradi. 

Kapitulyariy  –  lotincha  “caput”  degan  so`zdan  olingan  bo`lib,  bob  demakdir, 

farmon  alohida  paragraflarga  bo`linganligi  uchun  shunday  deb  atalardi.  Umuman 

imperatorning yozma farmoyishi kapitulyariy degan nom bilan yuritilgan.

41

 



Birinchi  kapitulyariy  qirol  Xlodvig  davrida  yozilgan.  Kapitulyariylar,  ayniqsa, 

Karolinglar  davrida  tez-tez  chiqarilardi.  Karolinglar  qonunchiligi,  shuningdek, 

                                                             

40

 Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973. -Б.42. 



41

 Қурбангалиева.Р. Ўрта асрлар тарихи. Ўқув методик қўлланма. Т., “Ўқитувчи”,1991. –Б.23. 




 

33 


 

katolik  cherkovning  ta`siri  VIII-IX  asrlarda  franklarning  ilk  feodal  huquqi  yangi 

hududiy tamoyilining o`rnatilishiga olib kelgan.

42

 



Buyuk  Karl  tomonidan  IX  asrning  boshlarida  “Pomestelar  haqidagi 

kapitulyariy” chiqarilgan.

43

 Unda: 


1.Bizning  shaxsiy  ehtiyojimizni  qondirish  uchun  pomestimizni  kimga  belgilab 

bergan  bo`lsak,  u  boshqa  odamlarga  emas,  balki  to`liq  holda  biz  uchun  xizmat 

qilishini istaymiz. 

2.Bizning pomestemizdagi odamlarimiz bilan yaxshi munosabatda bo`lishsin va 

hech kim ularni xonavayron bo`lishga yo`l qo`ymasin. 

3.Boshqaruvchilar 

bizning 

odamlarimizni 

o`zlariga 

xizmat 


qildirishni 

o`ylamasinlar,  ulardan  barshchina,  o`rmonlarni  qirqishni  va  o`z  foydalari  uchun 

boshqa ishlarni bajartirishni talab qilmasinlar. 

4.Hamma  boshqaruvchilar  ehtiyojimiz  uchun  ajratgan,  sarflagani  bergan 

narsalarini  bir  ro`yxatga  va  o`zlari  sarflaganlarini  boshqa  bir  ro`yxatga  yozib 

borishga  buyruq  berishsin,  alohida  ro`yxatga  esa  ortib  qolgan  narsalarning 

ma`lumotini berishlarini istaymiz. 

5.Urush  aslahalari-urushga  boradigan  aravalarimizning  yaxshi  ishlanib,  usti 

charm bilan qoplangan bo`lishi lozim.  

“Pomestelar  haqidagi  kapitulyariy”da  shunga  o`xshash  ko`plab  farmonlarni 

ko`rishimiz  mumkin.  “Pomestelar  haqidagi  kapitulyariy”da  pomestelar  qirolga 

qarashli  bo`lib,  xo`jaligi  ham  to`liq  holda  qirollar  manfaatlarini  qondirish  uchun 

qaratilganligi ifodalanadi. 

 Kapitulyariylar  franklar  davlatining  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotining  ko`p 

tomonlariga  qisman  feodallar  tomonidan  dehqonlarning  ekspluatatsiya  qilish 

masalalariga  ham  taalluqli.  810-811-yilda  chiqarilgan  kapitulyariyda  “  Agar 

qandaydir  erkin  kishi  boshqa  bir  kishiga  zarar  keltirsa,  keyin  uning  uchun  to`liq 

jarima to`laguncha o`zini-o`zi qul qilib garovga topshirsin.”

44

 deb yozilgan. 



                                                             

42

 Haydarali Muhammedov. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. II qism. Toshkent,2005. –B.32 



43

 Қурбангалиева.Р. Ўрта асрлар тарихи. Ўқув методик қўлланма. Т., “Ўқитувчи”,1980. –Б.63-65. 

44

Ўша асар. –Б.56. 




 

34 


 

Shuningdek,  Karl  Buyuk  davrida  uning  faoliyati  tashqi  bosqinchilik  yurishida 

o`tgani  kapitulyariyda  aks  ettirilgan.  Buyuk  Karlga  ko`plab  yerlarni  bosib  olishi 

uchun  qurol-aslaha  bilan  ta`minlangan  kuchli  qo`shin  zarur  edi.  Buning  uchun  u 

harbiy  reforma  o`tkazdi.  Uning  qo`shinida  12  yoshga  to`lgan  har  bir  ozod  erkak 

qatnashishi zarur edi va yosh chegarasini graf belgilar edi. Harbiy xizmatni o`tash 

haqida hamma qarorlarni Karl kapitulyariylarida to`plangan va ularning har birida 

armiyaga  faqat  ozod  odamlar  chaqirilishi  mumkinligi  ta`kidlangan.  Har  bir  erkin 

odam o`zining mablag`iga harbiy qurol aslaha olib, yoki o`zining senori bilan yoki 

o`zining  grafi  bilan  armiya  safiga  kirishi  kerak  edi.  Katta  yer  egalari  og`ir  qurol-

aslaha, 

chavandozlar 

guruhlarini 

shakllantirishardi. 

Qo`shinning 

asosini 


benefitsariylar  tashkil  etardi.  Harbiy  tarixchi  G.  Delbryuk  bir  askar  qurol  aslahasi 

qiymatini  hisoblab  chiqib  shunday  yozadi  “Bosh  niqobi  –  5  sigir,  tana  niqobi  12 

sigir, nayza va qalqon 2 sigir, urush oti – 12 sigir.” Shunday qilib, bir askar qurol 

aslahasi  45  sigir  yoki  15  yilqiga  teng  edi  va  buning  narxi    o`z  navbatida  butun 

qishloq qoramol xarajatlari qiymatiga teng edi. 

Karl  Buyuk  bobosi  qo`llagan  harbiy  reformani  qo`lladi.  Bunda  u  benifitsiydan 

foydalandi.  Karl  kapitulyariyalarida:  “Bizning  odamlar  to`g`risida,  shu  qatorda 

yepiskoplar  va  abbatlarga  kimning  qo`lida  benefitsiylar  bo`lsa  aytaman… 

Shulardan  har  qaysi  harbiy  amaliyotidan  bosh  tortsa,  bahona  qilib  armiyaga  o`z 

vaqtida  kelmasa  jarimaga  hukm  etiladi”  shu  kabi  farmonlarni  uchratamiz.  Karl 

Buyuk  o`zining  811-yilgi  qarorida  kambag`al  dehqonlarning  urushga  qatnashishi 

to`g`risida  aytib  o`tgan.  Unda  kambag`al  dehqonning  kuchsiz  bo`la  turib  urushga 

qatnashishi, kuchlilarning urushdan bosh tortishi qoralangan.

45

 



Har  bir  otliqda  o`zi  bilan  qalqon,  nayza,  qilich,  kamon  va  boshqa  jangda  zarur 

anjomlar  bo`lishi  shart  bo`lgan.  Aravalarda  kerakli  anjomlar:  temirli  belkuraklar, 

boltalar, sekiralar va  yurishlarda kerak bo`lgan boshqa anjomlar ham bo`lishi,  shu 

bilan  birga  aravalarda  uch  oyga  yetadigan  oziq  –  ovqat  va  olti  oyga  yetadigan 

kiyim  kechak  bo`lishi  zarur  bo`lgan.  Harbiy  harakatlar  odatda  yoz  davrida  olib 

                                                             

45

 Левандовский А. Карл Великий: Через империю к Европе. М., 1987. –С.79. 




 

35 


 

borilar edi, shu bois qirol askari uyga qish davrida qaytardi, qishdan oldin qaytgan 

askarlar o`lim jazosiga hukm qilinar edi. 

Harbiy  xizmatda  erkin  kishilar  ishtirok  etishi  lozim  bo`lgan.  Kambag`al 

kishilarning  urush  anjomlari  yomon  ahvolda  bo`lganligini  qirol  hisobga  olib 

quyidagi farmonni chiqaradi: “Kimda uch mans bo`lsa, u bir manslik dehqon bilan 

birlashib  unga  yordam  berishi  kerak  va  jangga  ularning  bittasi  tayorlanadi.    Ikki 

manslik    dehqon  boshqa  ikki  manslik    dehqon  bilan  birlashib  ular  bir-biriga 

yordam  berishi  kerak.  Va  ulardan  bittasi  jangga  tayyorlanadi.  To`rt  dehqonda  

bittadan mans bo`lsa ular birlashib bitta askarni to`liq qurol aslaha bilan  ta`minlab 

jangga  yuborishi  zarur.  Kimda  yarim  mans  yeri  bo`lsa  u  boshqa  yarim  manslik  5 

dehqonlar  bilan  birlashib  bitta  askarni  jangga  yuborsin.  Kimda    6  soliddan  ortiq 

mulk  bo`lmasa    u  o`ziga  o`xshagan  kambag`al  bilan  birlashib  bittasini  jangga 

yuborishi  lozim.  Jangga  boradigan  dehqonlarga  5  soliddan  pul  berilsin.  Katta 

mulkdorlar  otdan  tashqari  jangda  zarur  bo`lgan  hamma  qurol  aslaha  bilan  o`zini 

ta`minlasin  va  og`ir kavaleriyaga qo`shilsin.  Kichik  yer  egalari piyodalar tizimiga 

kirishi  lozim  va  o`zi  bilan  qalqon,  nayza,  kamon  va  12  kamon  yoylari  bo`lishi 

lozim.  Eng  kambag`allari  esa  kamonchi  tizimiga  qo`shilsinlar  va  o`zlarini  kamon 

va  yoylar  bilan ta`minlasinlar.  Graf o`zining qo`lida jang qilayotgan askarlarning 

quyidagi  qurol-aslaha:  nayza,  qalqon,  qilich,  kamon,  2  kamar  va  12  kamon  yoyi  

bilan  jihozlanganligini  doim  nazorat  qilishi  zarur.”  Bundan  tashqari,  har  bir  graf 

etadigan qo`shinlar uchun maxsus oziq- ovqat zaxiralarga ega bo`lishi kerak edi va 

otlarga  beriladigan  yem-xashak  uchdan  ikki  qismi  armiya  muxtojlariga 

mo`ljallangan edi.

46

 

Qo`shinlarni  graflarning  orasidan  tayinlangan  gersoglar  boshqarar  edi.  Gersog 



tituli  vaqtinchalik    faqatgina  urush  paytida    berilar  edi.  Urush  tugaganidan  keyin 

gersog tituli o`z ahamiyatini yo`qotar  va mingboshchi o`z graf  tituliga qaytar edi. 

Harbiy  islohotlarning  asosiy  maqsadi  dehqonlardan  iborat  jangari  guruhlar 

joyiga  yaxshi  tayyorlangan  samarali  qo`shinlarni  yaratish  edi.  Karl  kavaleriyani 

                                                             

46

 Левандовский А. Карл Великий: Через империю к Европе. М., 1987. –С.80. 




 

36 


 

barpo  qilmoqchi  edi.  Otliq  askarlar  sifatida  faqat  yaxshi  moddiy  ta`minlangan 

o`zining  otini  va  qurol  aslahasini  asrab  avalaydigan    mulk  egalari  tayinlanar  edi.  

Bobosi  va  otasidek  Karl  harbiy  xizmatni  o`taydigan  askarlarga  faqatgina  ular 

xizmat  o`taydigan  vaqtga    yer  ajratardi.  Hamma  yer  mulkdorlar  harbiy 

qo`shinlarga  qo`shilishi  zarur  edi.  Benefitsiyga  ega  bo`lganlar  vassal  maqomiga 

aylanardi. Buyuk Karl vassal munosobatlarni qo`llab quvvatlagan. Jang maydonida 

mardlik ko`rsatgan janchilarni Karl o`z  vassalligiga olgan. Shuning natijasida Karl 

atrofida unga sodiq ko`plab vassallar ham birlashdi.  Bu benefitsiylar orasida oddiy 

kambag`al qatlamlardan chiqqan odamlar ham bor edi.

47

 

Qirol  hukmdorligi  feodallarning  hukmronligi  o`sishiga  qarshilik  ko`rsatmadi, 



boz ustiga ularga ko`maklashdi. Qirol cherkov ruhoniylariga  va feodallarga ularni 

davlat  nazoratidan  himoya  qiluvchi  yorliqlarni  taqdim  etar  edi.  Shu  bois  xalq 

ustidagi nazorat, sud-ma`muriy hukumat va avval g`aznaga o`tadigan boyliklar yer 

mulkdorlar  qo`liga  mujasamlashtirildi.  “Biz  yepiskop  iltimosiga  binoan  unga 

imtiyoz  taqdim  qildik,  bu  imtiyozga  ko`ra  cherkov  hududiga  bironta  davlat 

mansabdori  kirmasligi  va  bu  hududda  sud  ijro  ishlarini  o`tkazmasligi  ,  bu  ishlar 

bajarilishi  yepiskop  va  uning  o`rinboslari  zimmasiga  o`tkazilsin.  Qaror  qildik 

bironta  davlat  sud  ijro  namoyandasi  cherkov  hududiga  kirishi  va  u  yerda  sud 

ishlarini  olib  borishi  man  etiladi.  Shu  hududdan  teriladigan  hamma  mablag`lar 

o`sha  hududning  hukmdorining  qo`lida  qoladi”-  deb  yozilgan  kapitulyariyada. 

Immun hududida uning egasi tanho hukmdorga aylandi, o`zining yerlarida  nafaqat 

qaram dehqonlarga hukmdor balkim ozod dehqonlarga ham hukmdor bo`lib qoldi. 

Buyuk  Karl  immun  vositasini  davlat  hokimligining  barqarorligini  ta`milashda 

yagona qurol sifatida ishlatar edi.

48

 

Ilk feodal huquqi manbalariga, shuningdek, qirollar tomonidan yirik feodallarga 



berilgan immunitet yorliqlari va boshqa qoidalar–yorliqlarini ham kiritish mumkin. 

Qoidalar-yorliqlarida  hujjatlar  namunalari  o`rnatilib,  ularning  yordamida  hadya, 

oldi-sotdi singari bitimlar rasmiylashtirilardi. 

                                                             

47

 Лебек С. Происхаждение франков V-IX века. М., 1993. –С.102. 



48

 Левандовский А. Карл Великий: Через империю к Европе. М., 1987. –С.87. 




 

37 


 

Franklar  huquqining  rivojlanishida  qadimdan  boshlab  cherkov  muhim  o`rin 

tutganligini  ko`rishimiz  mumkin.  Dastlabki  asrlardan  boshlab  ko`p  sonli  cherkov 

qonunlari  (kanonlari),  cherkov  soborlari  va  sinodlarning  qarorlari,  alohida 

yepiskoplarning dekretlari va qarorlari yig`ilib borgan. 

Cherkov,  shuningdek,  ko`p  sonli  ”jazolar  haqidagi  tuzuklar”  ham  chiqarib, 

ularda  gunohlar  ro`yxati  va  bular  uchun  belgilangan  jazolar  batafsil  bayon 

qilinardi.  Cherkovga  qarshi  jinoyatlar  uchun  beriladigan  jazolarni  asoslashda 

ko`pincha muqaddas diniy kitobga murojaat qilinardi.

49

  



Dastlab  jazolar  haqidagi  tuzuk  ruhoniylarga  tatbiq  etilgan,  keyinchalik  barcha 

dindorlarga  ham  qo`llanilgan.  Gunohlar  va  jinoyatlarning  tabiatida  aniq  farqlar 

yo`q edi. Har qanday jinoyat gunoh hisoblanardi. Odam o`ldirish, qasamni buzish, 

o`g`rilik eng og`ir gunohlar sifatida ko`rilgan. Bunday hatti-harakatlar uchun VI-X 

asrlarda deyarli butun  G`arbiy Yevropada nisbatan bir xil me`yorlar  o`rnatilgandi. 

Cherkov  jazolar  haqidagi  qonunnomada  qamchi,  kaltak  bilan  savalash  singari 

jazolar  bilan  bir  qatorda,  gunohlar  uchun  omma  oldida  qilmishiga  pushaymon 

qildirishni  ham  nazarda  tutgan.  XI  asrda,  faqat  cherkovning  dunyoviy 

hokimiyatdan  nisbatan  mustaqilligi  o`rnatilgandan  so`nggina  cherkov  gunohlarni 

avf etishni qonunlashtirdi.  

Xristianlik  qasam  ichishni  sudda  isbotlashning  eng  muhim  vositalaridan  biri 

sifatida tan olgan. Qasam ichish cherkovda ham qo`llana boshlangan.  

Diniy me`yorlarning  eski  odatlarga  kirib kelishi juda qiyinchilik bilan  kechgan. 

VIII asrda Suassonda chaqirilgan cherkov soborlarida butlarga sig`inishni taqiqlash 

haqidagi  masala  qayta-qayta  qo`yilgan  edi.  Soborlarning  me`yoriy  hujjatlari  esa 

shundan darak beradiki, soborlarda varvarlarning urf-odatlarini yangi diniy e`tiqod 

va qoidalarga moslashtirishga qattiq turib harakat qilinardi.

50

  



Manbalarda keltirilishicha, ”Varvarlar haqiqatlari” paydo bo`lish vaqtiga qarab, 

yerga nisbatan feodal mulkchilik munosabatlarining, shu bilan birga shartnoma va 

meros huquqining asta-sekin shakllanish jarayonini aks ettirgan. 

                                                             

49

 Haydarali Muhammedov. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. II qism. Toshkent,2005. –B.34 



50

 O`sha asar. – B.35. 




 

38 


 

 “Sali  haqiqati”  paydo  bo`lganidan  so`ng  bir  necha  asr  o`tgach,  xususiy  yer 

egaligi  keng  rivojlana  boshlaydi.  Alleman  va  Bavar  haqiqatlarining  birinchi  va 

ikkinchi  titullari  mazmunan  bir-biriga  aynan  o`xshash  bo`lib,  ular  cherkov  va 

cherkov  yer  egaligiga  bag`ishlanadi.  “Alleman”  va  “Bavar”  haqiqatlari  ham 

“Varvarlar  haqiqatlari”  sirasiga  kiradi.  Bu  titullar  shundan  guvohlik  beradiki, 

cherkov  haydaladigan  katta  yer  uchastkalariga,  o`rmonlarga,  qullarga  egalik 

qilardi. Ikkala haqiqatning birinchi moddalarida aytilganidek, “na qirol, na gersog, 

na boshqa kishi insonning o`z jonini saqlab qolish niyatida cherkovga xudo yo`lida 

uylar, yerlar, qullar yoki pullar in`om qilishini taqiqlab qo`ya olmaydi” (I titul, 1-

modda).  “Alleman  haqiqati”da  ham,  “Bavar  haqiqati”da  ham  cherkovga  hadya 

qiluvchi  kishining  merosxo`rlari  tomonidan  hadyaga  qarshilik  ko`rsatishga 

qaratilgan  har  qanday  urinishlarining  oldi  olinadi  (II  titul,  2-modda).  Bundan 

tashqari,  kishilarning  mulkni  qaytarib  olishga  qaratilgan  urinishi,  bir  tomondan, 

”Xudo  sudi  va  muqaddas  cherkovdan  chetlashtirilishi”ga  olib  kelgan,  ikkinchi 

tomondan,  bunday  kishilarga  jarima  solingan  va  mulk  cherkovga  qaytarilgan  (I 

titul,  2-modda).  Hadya  qilingan  yer  faqat  umrbod  egalik  qilish  sharti  bilan  va 

hadya  qiluvchi  foydasiga  ”tantanali  va`da”  qilingan  hamma  narsalarni  undirish 

orqali qaytarilishi mumkin edi.

51

 



Franklarda xususiy mulk ham shakllana boshlaydi. Avvallari xususiy yer egaligi 

maydonlardan  iborat  bo`lsa,  karolinglar  davrida  yaylovlar,  o`rmonlarni  ham 

qamrab  ola  boshlaydi.  “Bavar  haqiqati”da,  masalan,  bo`lishib  olingan  o`rmon  - 

silva alterus degan tushuncha paydo bo`ldi. Bunda o`rmonlarning alohida oilalarga 

ajratib  berila  boshlanganligi  e`tirof  etilgandi.  O`rmonlarning  feodal  xususiy 

mulkchilikka  o`tkazilishi  haqida  birovning  o`rmonidan  daraxtlarni  kesish 

taqiqlanganligi va buning uchun jarima o`rnatilganligi ham dalolat beradi

52



Oldi-sotdi,  ayirboshlash,  yuk  tashish,  garov,  qarz,  ssuda,  hadya  kabi 

shartnomalarni  tuzishda  tomonlarning  erkin  xohish  bildirishlari  nazarda  tutilgan. 

                                                             

51

Haydarali Muhammedov. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. II qism. Toshkent,2005. –B.39.O`sha asar. 



–B.39. 

52

 O`sha asar. –B.39. 




 

39 


 

Harakatdagi ashyoning haqiqiy egasi uni sotib olganligini yoki ayirboshlaganligini 

isbotlashi lozim edi. Aks holda, u o`g`ri deb e`lon qilinishi mumkin edi. 

Xristian  cherkovining  ta`siri  ostida  VII-IX  asrlarda  franklarning  nikoh-oila 

huquqida  muhim  o`zgarishlar  yuz  berdi.  Buyuk  Karl  tomonidan  (789-yilda) 

tasdiqlangan  744-yilgi  Kapitulyariyda  xristianlik  qonun-qoidalari  bilan  muqaddas 

deb  e`lon  qilingan  nikohning  bekor  qilinmasligi  qoidasi  o`rnatildi.  VII-IX  asrlar 

mobaynida  nikohning  cherkovda  rasmiylashtirilishi  majburiyligini  o`rnatuvchi, 

beva ayollarning qayta nikohga kirishini taqiqlovchi  va boshqa shu kabi dastlabki 

qonun hujjatlari chiqarilgan edi.

53

 

”Varvarlar  haqiqatlari”da  ”cherkovni  tahqirlash”  turkumiga  kiruvchi  jinoyatlar 



ham  ajratib  ko`rsatiladi.  Xristian  cherkovi  jinoyat  va  jazo  tushunchalarining 

o`zgarishiga  katta  ta`sir  o`tkazgan.  ”Cherkovni  tahqirlash  yoki  unga  nisbatan 

hurmatsizlik qilish” kabi tushunchalar “varvarlar haqiqatlari”ga bevosita xristianlik 

cherkovi  ta`siri  ostida  kirganligi  shubhasiz,  albatta.  Masalan,  odam  o`ldirish 

jinoyatining cherkovda  yoki cherkov hovlisida sodir  etilsa, ”cherkovni tahqirlash” 

hisoblangan va  buning uchun jabrlanuvchi va uning qarindoshlari foydasiga emas, 

balki, avvalo, cherkovning foydasiga katta jarima oligan. 

”Varvarlar  haqiqatlari”da  eski  urug`doshlik  tuzumining  qoldig`i  sifatida  jamoa 

javobgarligi  tamoyili  saqlanib  qolganligini  kapitulyariylarda  nazarda  tutilgan 

”Qadimiy  odatga”  havola  qilish  hollaridan  ko`rishimiz  mumkin.  Shuningdek, 

“Sakson  haqiqati”ning  XVIII  titulida  odam  o`ldirgan  litning  o`z  yetti  qarindoshi 

bilan  birgalikda  javobgarlikka  tortilishi  ham  franklarda  saqlanib  qolgan  jamoa 

javobgarligidan darak beradi.

54

 



Buyuk  Karl  doimo  ”mening  vazifam  -  cherkovni  himoya  qilish,  cherkovning 

vazifasi  esa  -  men  uchun  ibodat  qilish”  deb  ta`kidlar  edi.  Shundan  kelib  chiqib 

cherkovga qarshi qaratilgan jinoyatlar uchun ancha og`ir jazolar o`rnatilgan edi  

Jinoyat  va  jazo  masalalarida  “Sali  haqiqati”  bo`yicha  qul  yoki  litning  huquqiy 

holatida  jiddiy  farqlar  bo`lmagan.  Agar  qul  yoki  lit  erkin  kishini  o`ldirsa,  o`lgan 

                                                             

53

 Лебек С. Происхаждение франков V-IX века. М., 1993. –С.98. 



54

 Салическая правда / Пер. Н.П.Грацианского. М., 1950. –С.25. 




 

40 


 

kishining  qarindoshlariga  vergeldning  yarmini  bergan,  vergeldning  ikkinchi 

yarmini uning xo`jayini to`lagan (“Sali haqiqati”, XXXV titul, 5-modda)

55



 “Sali  haqiqati”ga  binoan,  qirol  xizmatida  turgan  shaxsni  uning  uyiga  bir  to`da 

bo`lib  bostirib  kirib  o`ldirganlik  uchun  aybdor  shaxsga  nisbatan  to`qqiz  baravar 

ko`p  miqdorda  vergeld  -  1800  solid  jarima  solingan  (XLII  titul,  1-modda).  Agar 

bunday  holda  o`ldirilgan  odam  qirollik  xizmatida  turmagan  shaxs  bo`lsa, 

vergeldning  miqdori  600  solidni  tashkil  etardi  (XLII  titul,  2-modda).”Varvarlar 

haqiqatlari”da nafaqat shaxsning hayotiga qarshi qaratilgan jinoyatlar uchun, balki 

uning  sog`lig`i,  qadr-qimmati  va  sha`niga  qarshi  qaratilgan  jinoyatlar  uchun  ham 

qattiq  javobgarliklar  o`rnatilgan.  Jumladan,  “Sali  haqiqati”da  tan  jarohatlari 

yetkazish,  urish,  do`pposlash,  so`z  yoki  harakat  bilan  haqorat  qilish  kabi 

jinoyatlarning  turli  ko`rinishlari  batafsil  sanab  o`tilgan.  Tan  jarohatlari 

yetkazganlik  uchun  jarimalarning  miqdori  9  soliddan  200  solidgacha  belgilangan. 

Agar  kimdir  erkin  kishini  axtalasa,  200  solid  jarima,  kimdir  birovning  qo`li  yoki 

oyog`ini  mayib  qilsa,  ko`zi  yoki  burnidan  mahrum  etsa,  undan  100  solid  jarima 

undirilgan.  Agar  mayib  qilingan  qul  joyida  osilib  turgan  bo`lsa,  aybdordan 

olinadigan  jarimaning  miqdori  62,5  solidni  tashkil  etgan  (XXIX  titul,  2-modda). 

Birovning  to`rtinchi  barmog`ini  uzib  olgan  shaxs  9  solid  jarima  to`lashi  lozim 

edi.

56

 



Fanklarda  mulk  huquqi  juda  keskin  choralar  bilan  himoya  qilinganligi 

manbalarda ko`rsatib o`tilgan. Jumladan “Sali haqiqati” ning dastlabki titullariyoq 

aynan  shunday  jinoyatlar  uchun  javobgarliklarni  belgilaydi.  Uning  II  tituli 

”cho`chqalarni  o`g`irlash  haqida”gi,  III  tituli  ”shoxli  hayvonlarni  o`g`irlash 

haqida”gi,  X  tituli  ”qullarni  o`g`irlash  haqida”gi  va  boshqa  qator  titullari  turli 

o`g`riliklar  va  talonchiliklar  haqidagi  jinoyatlarga  bag`ishlanganligi  ham  bejiz 

emas.

57

 O`g`rilik jinoyati uchun jazo tayinlashda, avvalo, uni sodir etgan shaxsning 



ijtimoiy ahvoli, so`ngra o`g`rilikning qanday usulda qilinganligi, qancha miqdorda 

                                                             

55

Салическая правда / Пер. Н.П.Грацианского. М., 1950. –С.37. 



56

 Haydarali Muhammedov. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. II qism. Toshkent,2005. –B.51. 

57

 Қурбангалиева.Р. Ўрта асрлар тарихи. Ўқув методик қўлланма. Т., “Ўқитувчи”,1980. –Б.34-36. 




 

41 


 

bo`lganligi  kabilar  hisobga  olingan.  Albatta,  o`g`irlangan  mulk  kimga  tegishli 

ekanligi  jazo  tayinlashda  muhim  edi.  Agar  kimdir  erkin  kishiga  to`satdan  hujum 

qilib, uning mol-mulkini talonchilik yo`li bilan tortib olsa va bu fosh qilinsa, unga 

62,5  solid  jarima  solingan.  Birovning  uyiga,  omboriga,  qo`rasiga  o`t  qo`yganlik 

uchun ham 62,5 solid jarima ko`zda tutilgan. Erkin kishilar tomonidan sodir etilgan 

barcha hollardagi o`g`rilik uchun tegishli 15, 35 va 45 solid jarima o`rnatilgan edi. 

Agar shunday o`g`rilikni qul sodir etsa, birinchi holda yetkazilgan zarar undirilgan, 

ya`ni o`g`irlangan narsa egasiga qaytarilgan va qulga 120 qamchi urilgan, ikkinchi 

holda  axtalash  yoki  jarima  jazosi  qo`llangan,  uchinchi  holda  esa  -  o`g`ri  qul 

o`limga mahkum etilgan. 

Franklarda  sud  jarayoni  ayblov-tortishuv  xarakteriga  ega  bo`lgan.  Jinoyat  va 

fuqarolik  sud  ishlarini  yuritish  bir  xil  shakllarda  amalga  oshirilgan.  Ish  faqat 

da`vogarning  tashabbusi  bilan  qo`zg`atilgan.  Sud  jarayoni  og`zaki,  oshkora 

bo`lgan va o`ta rasmiyligi bilan ajralib turgan. O`g`irlangan mulkni qidirib topish, 

sudga  javobgarni,  guvohlarni  chaqirish  jabrlanuvchining  majburiyati  hisoblangan. 

Sud  jarayonida  nafaqat  tomonlar,  balki  ish  bo`yicha  guvohlar  ham  muhim  o`rin 

tutgan. Javobgar va guvohning sudga uzrli sabablarsiz kelmaganligi uchun 15 solid 

jarima  belgilaydi.  Javobgar  yoki  guvohning  qirol  xizmatida  bo`lishi,  kasal  bo`lib 

qolishi, qarindoshlaridan birining o`limi, uyiga o`t ketishi tufayli sudga kelmasligi 

uzrli sabab sanalgan.  

“Sali haqiqati” sud jarayonida qo`llaniladigan dalillarning uch turini ko`rsatadi. 

Bular:  guvohlarning  ko`rsatmalari,  qasamxo`rlar  ko`rsatmalari  va  ordaliya  bo`lib, 

ularning ichida guvohlarning ko`rsatmalari katta ahamiyatga ega edi.

58

 

Sudda  guvohlarning  yolg`on  ko`rsatma  berishi,  ish  bo`yicha  bilganlarini 



aytishdan bosh tortishi qattiq jazolangan. Bunday guvohlar qonundan tashqari deb 

e`lon  qilingan  va  ularga  jarima  solingan.  Qul  erkin  kishiga  qarshi  guvohlik  bera 

olmagan.  Shuningdek,  ilgari  yolg`on  ko`rsatma  berganligi  uchun  fosh  qilingan 

shaxslar  ham  guvohlikka  o`ta  olmagan.  “Bavar  haqiqati”  bo`yicha  guvoh  kimga 

                                                             

58

 Haydarali Muhammedov. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. II qism. Toshkent,2005. –B.53. 




 

42 


 

qarshi  guvohlik  berayotgan  bo`lsa, u  bilan  teng  mavqeda  bo`lishi  lozim  edi.  Agar 

yerga  oid  nizo  ketayotgan  bo`lsa,  guvohning  o`sha  jamoadan  bo`lishi  va  hech 

bo`lmaganda  ma`lum  boylikka  (6  solidga)  ega  bo`lishi  talab  qilingan.    Guvohlar 

o`z ko`rsatmalarining to`g`riligini qasam ichish yo`li bilan tasdiqlardilar.

59

 



 Agar ish bo`yicha guvohlar, ”ishonchli dalillar” yo`q bo`lsa va jinoyatni ”lozim 

darajada  isbotlash”  mumkin  bo`lmasa,  sudga  qasamxo`rlar  jalb  qilingan. 

Qasamxo`rlik  institutining  ildizlari  franklarning  uzoq  urug`doshlik  o`tmishiga 

borib  taqaladi.  Qasamxo`rlar-qarindoshlar,  qo`shnilar,  do`stlar  bo`lib,  ular  sudda 

tomonlardan  birining  haqligiga  guvohlik  berish  yo`li  bilan  uni  himoya  qilishlari, 

qo`llab-quvvatlashlari  lozim  edi.  Bunda  qasamxo`rlar  ish  holatlarini  bilganliklari 

uchun emas, balki go`yoki javobgar, ayblanuvchi va boshqalarning ”halol-pokligi, 

xushfe`lligi  hamda  mo`min-qobil  ekanligi  uchun  himoya  qilib  chiqqanlar. 

Qasamxo`rlar,  o`g`rilik  jinoyati  rad  etilgan  hollarda,  o`g`irlangan  narsaning 

qiymatini ham belgilaganlar. 

 “Sali  haqiqati”  jinoyat  qilishda  ayblanuvchi  shaxslarni  ”xudo  sudi”da  sinash 

hisoblangan  ordaliyani  ham  belgilaydi.  Bunga  ko`ra,  ayblanuvchi  shaxsning  qo`li 

qozonda qaynab turgan suvga tiqilgan va kuyib yaralangan qo`l bog`lab qo`yilgan, 

ma`lum  muddat  o`tgach,  yara  yechib  ko`rilganda  yaxshi  bitmagan  bo`lsa,  uning 

aybdor  ekanligi  tasdiqlangan.  Qaynoq  suvda  sinashdan  uni  sotib  olish  yo`li  bilan 

qutulish  mumkin  edi.  Bunday  holda  to`lovning  qiymati  aybdordan  undirilishi 

lozim  bo`lgan  jarimaning  qiymatiga  bog`liq  bo`lgan,  lekin  jarimaning  o`zidan 

ancha  kam  edi.  Masalan,  sodir  etilgan  jinoyat  uchun  15  solid  jarima  nazarda 

tutilgan  bo`lsa,  shunday  jinoyatni  sodir  etgan  yoki  etmaganligini  aniqlash 

maqsadidagi  sinov  (ordaliya)dan  qutulish  evaziga  3  solid,  35  solidli  jarima  uchun 

esa  -  6  solid  to`lov  haqi  belgilangan  edi  (“Sali  haqiqati”,  LIII  titul,  1-3-

moddalar).

60

  Albatta,  sinovdan  qutulib  qolish  imkoniyatiga  faqat  mulkdor  va 



badavlat kishilargina ega bo`lishgan. 

                                                             

59

 Haydarali Muhammedov. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. II qism. Toshkent,2005. –B.55. 



60

 Салическая правда / Пер. Н.П.Грацианского. М., 1950.-С.52-53. 




 

43 


 

Franklarda sinab ko`rish usulining boshqacha turlari ham qo`llanilgan. Masalan, 

kapitulyariylar  bo`yicha  ”qur`a  tashlash”  yo`li  bilan  ham  aybni  isbotlash 

mumkinligi  o`rnatilgan  edi.  Qullarga  nisbatan  ko`pincha  qiynash  usullari 

qo`llanilgan. Qul aybiga iqror bo`lgunicha qiynoqqa solingan. ”Adolatli qiynoqqa 

solish” uchun o`z qulini taqdim etish xo`jayinning majburiyati hisoblangan. Agar 

xo`jayin  uch  marta  ”pand-nasihat”  yo`li  bilan  so`ralgandan  keyin  ham  o`z  qulini 

”adolatli qiynoqqa solish”ga bermasa, undan jarima undirilgan. Shuni aytib o`tish 

kerakki,  hamma  franklarda  ”sinash”,  ”qiynash”  usullari  teng  darajada 

qo`llanilmagan.  Masalan,  gotlarda  suv,  olov  bilan  sinash,  shuningdek,  yakkama-

yakka  olishuv  taqiqlangan  edi.  Tomonlar  sud  qarorini  ixtiyoriy  ravishda 

bajarishdan  bosh  tortgan  hollarda,  uni  grafning  o`zi  ijro  etgan.  Agar  kimdir 

grafning  sud  qarorini  bajarishiga  to`sqinlik  qilsa,  qattiq  jazolangan.  Sudning 

vergeld  undirish  to`g`risidagi  qarori  kafillar  yordamida  ke-chiktirilishi  mumkin 

edi.  Kafillik  alohida  ishonchli  bo`lishi  uchun  sud  majlisida  qatorasiga  to`rt  marta 

tasdiqlanardi.  Karolinglar  davrida  ham  avvalgi  qonunlardan  va  qirol  va 

imperatorlar  chiqargan  farmonlar  hisoblangan  kapitulyariyalar  orqali  sud  ishlari 

olib  borilgan.  Har  qanday  hollarda  erkin  frank  va  boy  zodagonlar,  cherkov 

ruhoniylari  va  yepiskoplar  manfatlari  oddiy  dehqon  va  qullar  manfaatidan  ustun 

turgan. 



Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish