O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat


BMI  tarkibi  kirish,  ikki  bob,  to`rt  paragraf,  xulosa,  foydalanilgan  adabiyotlar  ro`yxati, ilovalardan iborat



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana31.12.2021
Hajmi1,01 Mb.
#274026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
karolinglar sulolasi davrida fransiyada ijtimoiy munosabatlar

BMI  tarkibi  kirish,  ikki  bob,  to`rt  paragraf,  xulosa,  foydalanilgan  adabiyotlar 

ro`yxati, ilovalardan iborat. 

 

  

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 



I.BOB. ILK O`RTA ASRLAR G`ARBIY YEVROPADA IJTIMOIY 

HAYOTDAGI O`ZGARISHLAR

1.1.Yangi  ijtimoiy  munosabatlardagi  yangiliklarning  shakllaninsh  shart–

sharoitlari. 

Ilk o`rta asrlarda Yevropa mintaqasida yuzaga kelgan siyosiy va ijtimoiy vaziyat 

Rim  quldorlik  imperiyasini  qulashini  muqarrar  qilib  qo`ydi.  Rim  imperiyasi 

hududiga varvar qabilalarining yoppasiga bostirib kirishi mavjud ijtimoiy tuzumni 

o`zgartirishni  talab  qildi.  Varvarlar  ijtimoiy  tuzumi  asosan  urug`  qabilaviy 

tuzumga  asoslanib,  qisman  feodal  elementlar  ham  bazan  sezilib  turgan.  Varvar 

qabilalari  asta-sekinlik  bilan  Rim  imperiyasiga  yaqinlasha  borgani  sayin  Rim 

imperiyasida  kechayotgan  ijtimoiy  o`zgarishlarni  o`zida  aks  ettira  boshladi

4



Varvar  imperiyaga  yoppasiga  bostirib  kirishi  mavjud  quldorlik  tuzumi  o`rnida 



undan progressiv bo`lgan feodalizm tuzumining yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. 

“Feodalizm”  iborasi  german  atamasi  “fedum”dan  kelib  chiqib,  yer  mulki 

ma`nosini  anglatadi.  Feodalning  yer-mulki  —  feod  yoki  len  bitta  pomestedan,  bir 

nechta  pomestedan,  butun  boshliq  bir  knyazlik,  hatto  qirollikdan  ham  iborat 

bo`lishi  mumkin  edi  (o`rta  asrlarda  vassal  qirolliklar  ko`p  edi).  Lekin  har  bir 

feodning  quyidagicha o`ziga  xos  xususiyatlari  bor  edi:  1)  feod,  hammadan burun, 

“past”  dehqonlarga  xos  majburiyatlarni  o`tash  bilan  bog`liq  bo`lgan  dehqon 

mulkidan farq qilib, dvoryan mulki, “asl” mulk edi; 2) feod, odatda muayyan bir 

xizmatni,  birinchi  navbatda,  harbiy  xizmatni  o`tash  bilan  bog`langan  edi;  3)  feod 

— yuqori senorga vassal tobelikdagi qaram mulkdir, ya`ni alloddan farq qiladi. 4) 

feod  —  nasldan-naslga  meros  bo`lib  o`tadigan  mulk  edi  (u  o`zidan  oldingi 

benefitsiydan  shu  bilan  farq  qilar  ediki  benefitsiy  harbiylarning  yer  mulki  edi-yu, 

lekin nasldan-naslga meros bo`lib o`tmas edi)

5



Ko`pchilik xalqlar feodalizm jamiyatiga bosqichma-bosqich o`tgan bo`lsa, ba`zi 

xalqlar  feodalizmga  va  feodal  davlatga  bevosita  ibtidoiy  jamoa  tuzumidan 

quldorlikni  chetlab  o`tgan.  Bu  jarayon  kelt,  german,  slavyan  va  ko`pgina  boshqa 

                                                             

4

 Салимов Т.Ў. Жаҳон тарихи (Европа мамлакатлари V-XV асрларда). Тошкент “Университет”,2014. –Б.22 



5

 Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973. -Б.98. 




 

 



xalqlarda  yuz  bergan.  Mazkur  xalqlar  mamlakatlarining  tabiiy  sharoitlari  qadimgi 

sivilizatsiya  mintaqalarinikiga  qaraganda  ancha  noqulay  edi.  Bu  xalqlarda  ishlab 

chiqaruvchi  kuchlar  ortiqcha  mahsulotning  paydo  bo`lishini  ta`minlash  darajasiga 

erishgan  paytda  ularda  aholining  o`sishi  boshlangan,  sinfiy  jamiyat  va  davlatning 

tug`ilishi  sezilib  qolgan

6

.  Oqibatda  imperiya  hududida  varvar  qirolliklari  Tuluza 



qirolligi  (419-yil),  Shimoliy  Afrikada  Vandallar  qirolligi  (439-yil),  Burgundiya 

qirolligi  (443-457-yillar),  Shimoliy  Italiyada  Langobard  qirolliklari  (568-yil) 

tashkil topdi. 

Bosqinchi  qabilalar  Rimdagi  dastlabki  feodal  munosabatlarga  duch  kelib  unga 

moslashib  ketgan  edi.  Feodalizmning  vujudga  kelishi  insoniyat  taraqqiyotining 

dastlabki  davrlarida  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  umumiy  taraqqiyotida  ijobiy 

rol o`ynadi. Lekin jarayonning salbiy tomoni bosqinchi qabilalar tomonidan ishlab 

chiqaruvchi  kuchlarning  ancha  izdan  chiqarilganligida,  natural  xo`jalikka 

qaytishda,  aholining  katta  qismi  umumiy  madaniy-ma`rifiy  darajasining  ancha 

pasayganligida namoyon bo`ldi.  

Feodal  tuzumning  elementlari  Yevropa  hali  o`rta  asrlar  davriga 

kirmasdan  ancha  ilgariyoq,  rimliklarning  o`zlarida  ham,  varvarlarda  ham  

vujudga  kela  boshlagan  edi.  Buni  shunda  ko`rishimiz  mumkinki,  Rim davlatining 

o`zida  ham  qullardan  tashqari  kolonlar  deb  ataluvchi  yarim  asoratga  solingan 

qaram dehqonlar mavjud edi. 332-yilda imperator Konstantin katta yer egalarining 

manfaatlarini ko`zda tutib, kolonlarning ishlab turgan pomestesini tashlab ketishini 

ta’qiqlaydigan  va  qochib  ketgan  kolonlarning  majburiy  yo`l  bilan  qaytarib  olib 

kelinishini  talab  qilinadigan  farmon  chiqardi.  Dastlab  kolonlar  deb  Rim 

respublikasida  quldorlarning  latifundiyalaridan  (yirik  pomestyelaridan) 

yer  uchastkalarini  ijaraga  olib  ishlovchi  ijarachi  erkin  mayda  dehqonlarga 

nisbatan aytilgan

7



Davlatning  bir    qadar  qo`llab-quvvatlashiga  qaramasdan,  rimlik  mustaqil 

dehqonlar  quldorlik  tuzumi  hukmronlik  qilgan  sharoitlarda  doimiy  ravishda 

                                                             

6

 Haydarali Muhammedov. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. II qism. Toshkent,2005. –B.3-4 



7

 Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973. -Б.13. 




 

 



xonavayron  va halok bo`la bordi. Dehqonlarning  yerlari  esa quldorlar qo`liga  o`ta 

bordi.  Lekin  quldorlik  ishlab  chiqarish  usulining  o`zi  inqirozga  uchraganligi 

sababli  latifundiyalarning  (zamindorlarga  qarashli  katta  yer-mulk)  egalari  faqat 

qullarni  ekspluatatsiya  qilish  yo`li  bilangina  o`z  yerlaridan  foydalanishlari 

amri  mahol  bo`lib  qoldi.  Yerlarni  maydalab  ijaraga  berish  (ijaraga 

oluvchilar  esa  yerdan  mahrum  etilgan  dehqonlarning  o`zi  edi)  yer 

egalariga  bu  yerlardan  foydalanish  uchun  eng  qulay  usul  bo`lib  ko`rindi. 

Shunday  qilib,  quldorlik  tizimi  bilan  bir  qatorda  ma`lum  darajada  kelgusi 

feodal  tuzumdan  darak  beradigan  yangi  munosabatlar  katta  yer  egaligining 

yerlardan  maydalab  foydalanish  usuli  bilan  birga  qo`shilishi,  mayda 

mustaqil,  lekin  shaxsan  qaram  bo`lgan  ishlab  chiqaruvchi  dehqonning 

ekspluatatsiya qilinishi ham rivojlana boshladi.  

Rim  imperiyasi  davrida  quldorlikning  yana  bir  shakli  vujudga  kelgan  edi.  Bu 

shakllar  ba`zi  jihatdan  bo`lg`usi  feodal  tartiblarga  o`xshab  ketar  edi. 

Chunonchi,  shaharlarda  ishlovchi  o`rta  hol  yer  egalari,  shahar  kuriyalarining 

a`zolari  (kuriallar),  ya`ni  aholining  soliqlarni  to`lashi  va  hokazolar  uchun 

javobgarlik  yuklatilgan,  o`z  vazifasidan  endi  mashaqqat  chekayotgan 

kuriallar  majburiy  suratda  kuriyalarga  biriktirib  qo`yila  boshladi.  Hukumat 

kuriallik  unvonini  nasldan-naslga  meros  bo`lib  o`tadigan  qilib  qo`ydi. 

Bunday  munosabatlar  ularga  yoqmagan.  Natijada  ular  shahrini  va 

kuriyasini  tashlab  ketishga  harakat  qilgan.  Hukumat    bunga  yo`l 

qo`ymagan.  O`z  shahari  va  kuriyasini  o`zicha  tashlab  ketuvchi  kuriallar 

hukumat  yo`li  bilan  jazolanishi,  hatto  turmaga  qamalishi  kerak  edi.  Shu  bilan 

bir  vaqtda  shahar  hunarmandlari  ham  bundan  battarroq  va  og`ir  tutqinlikka 

solina  boshladi,  ular  majburiy  sur’atda  maxsus  ittifoqlarga-kollegiyalarga 

uyushtirildi:  hunarmandlar,  ya`ni  kollegiya  a`zolari  yashab  turgan  joyidan 

ketish  huquqidan  mahrum  qilindi.  Kollegiyalar  quldorlik  davlatiga  o`z  hunarining 



 

10 


 

mahsulotlarini  topshirishga  majbur  edi.  Bunday  vositalar  mahalliy  xalqni 

yanada asoratga solishning ko`rinishlaridan biri edi

8



Bundan tashqari Rim imperatori Konstantin tomonidan 313-yilda xristian dinini 

davlat  dini  deb  e`lon  qilinganidan  keyin  bu  din  vakillariga  yer  va  mulklar  in`om 

qildi. 

Konstantinning 

quldorlik 

tuzumini 

mustahkamlashga 

qaratilgan 

islohotlaridan biri xristian cherkovining davlat dini deb tanilishi bo‘ldi.

9

 Bu voqea 



so‘nggi  Rim  imperiyasi  tarixida  juda  katta  ahamiyatga  ega  bo‘ldi,  shuningdek, 

kelgusidagi  o‘rta  asrlar  tarixi  uchun  ham  tayyorgarlik  daqiqalaridan  biri  bo‘lib, 

juda katta rol o‘ynadi.  

Dastavval  imperiya  tarkibida  maxsus  iyerarxiyaga  («ma’murlar  darajasiga»), 

katta  yer  egalariga,  kishilar  qaramligining  yangi  shakllariga—cherkov  qullari  deb 

atalgan  qullarga  (servi  ecclesiastici)—bularning  ahvoli  kolonlarning  ahvolidan 

o‘zga  emas  edi—molik  bo‘lgan  kuchli  yangi  bir  ijtimoiy  tashkilot  vujudga  keldi. 

Bu  vaqtda  (IV  asr  boshlarida)  xristian  cherkovi  o‘zining  ijtimoiy  tarkibini  juda 

ham  o‘zgartirib  yubordi.  Ilgari,  I—II  asrlarda,  xristian  cherkovi  muxlislarining 

asosiy  ommasi  qullardan,  shaharlardagi  qashshoqlashgan  elementlardan,  qisqasi, 

ijtimoiy  jihatdan  ezilgan  va  haq-huquqdan  mahrum  qilingan  kishilardan  iborat 

bo‘lgan  bo‘lsa,  endi  xristianlikka  o‘rta  tabaqalar  va  hatto  aristokratiya  vakillari 

ham  o`tdilar.  Cherkov  endi  mavjud  quldorlik  tuzumiga  qarshi  chiqmay  qo‘ydi, 

balki  o‘z  tashkilotini  ushbu  tuzum  sharoitlariga  moslashtirishga  intilib,  o‘zi  katta 

yer  egasiga  aylana  bordi.  Xristianlik  davlat  diniga  aylanganidan  keyin  haqiqatda 

mehnatkashlarni  ekspluatatsiya  qilishga  fatvo  berdi.  Cherkovda  e’tiborli 

yepiskoplar  vujudga  kelib,  bular  tez  vaqt  ichida  boyib  ketdi  va  joylarda  siyosiy 

ta’sir  orttirdi.  Chunonchi,  shaharlarning  yepiskoplari  go‘yo  himoyachilar 

(defensorlar)  bo‘lib,  shaharlarning  himoyachi-homiylari  va  shaharlar  bilan 

imperator  ma’muriyati  o‘rtasida  vositachidek  edi.  Cherkov  imperiya 

viloyatlaridagi “varvarlar” o‘rtasida “missionerlik” faoliyatini keng suratda qizitib 

                                                             

8

 Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973. -Б.15. 



9

 История Италии, т.1 М., 1970. –С. 76. 




 

11 


 

yubordi.  IV  asrda  va  ayniqsa  V  asrda  qo‘shni  varvar  vabilalarining  (ya’ni  rimlik 

bo‘lmagan qabilalarning) ko‘pi xristianlikni qabul qildi.

10

 



Eng  muhim  shaharlar  —  Rim,  Aleksandriya.,  Konstantinopol,  Antioxiya, 

Quddus  V  asrda  uzil-kesil  patriarx  unvonini  oldilar  (Rim  va  Aleksandriya 

patriarxlari papa deb ham atalar edi). Patriarxlarga mitropolitlar va arxiyepiskoplar 

bo‘ysunar  edilar,  arxiyepiskoplarga  esa  cherkovga  ayrim  okruglarni—

iyerarxiyalarni  boshqaruvchi  oddiy  yepiskoplar  itoat  qilar  edi;  iyerarxiyalar  o‘z 

navbatida  mahalliy  jamoa-qavmlardan  tashkil  topgan  edi,  ularning  tepasida 

ruhoniylar—presviteplar  turar  edi.  Butun  imperiya  hududidagi  davlat  dini 

tashkiloti ustida turgan cherkov, endi o‘zini katolik yoki butun jahon cherkovi deb 

hisobladi.  Unga  itoat  qilmagan  oqimlar  yoki  guruhlarni  (sektalarni)  yeretik  deb, 

ularning ta’limotini eres deb e’lon qilindi. Hukmron cherkov manfaatlarini himoya 

qilib turgan davlat IV—V asrlardayoq yeretiklarni sistematik ravishda ta’qib qilib, 

ularga  nisbatan  qattiq  jazo  choralarini  ishga  soldi.  Xristian  cherkovining 

rivojlanishi va rasmiylashuvi, unga qarashli yerlarning ko‘payib borishi, qullikning 

cherkov  pomestelaridagi  birmuncha  yumshatilgan  yangi  shakli,  cherkovning 

varvarlar  olami  bilan  aloqa  qilishi  va  ularning  asta-sekin  xristianlashtirilishi–

bularning  hammasi  o‘rta  asrlardagi  yangi  tuzumning  ma’lum  darajada 

tayyorlanishi  edi.  Papalik  va  Rim-katolik  cherkovi  g‘arbdagi  o‘rta  asrlarning 

taqdirini hal qilishda keyinchalik juda katta tarixiy rol o‘ynadi. Bularning barchasi 

G`arbiy  Yevropada  kelgusida  feodallashuv  jarayonlarining  vujudga  kelishiga 

zamin hozirlab bordi

11



Ilk  o`rta  asrlarda  varvar  qabilalari  orasidan  Reyn  daryosining  o`rta  oqimida 



yashagan  frank  qabilalari  boshlig`i  Xlodvig  o`zining  davlatini  tuzishga  muvaffaq 

bo`ldi  (486-yil).  Bu  davlat  tarkibiga  Luara  va  Sena  daryolari  havzalari, 

shuningdek,  Goronna  daryosigacha  bo`lgan  hududlar  kirardi.  Xlodvig  vorislari 

davrida  yangi  ijtimoiy  munosabatlarni  namoyon  qiluvchi  belgilar  shakllana 

boshladi.  VI  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  franklar  jamiyatida  keskin 

                                                             

10

 Карпова С.П. История средних веков. Т.I. М., “Высшая школа”, 2003. –С.56.



 

11

 Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973. –Б.17. 




 

12 


 

o‘zgarishlar  yuz  bera  boshladi.  Bu  vaqtda  yer  bemalol  qo‘ldan-qo‘lga  o‘tishi 

mumkin bo‘lgan xususiy mulkka (allodga) aylandi, ya’ni mulkdor uni o‘z xohishi 

bilan  sotar,  alishtirar,  sotib  olar,  boshqa  birovga  taqdim  qilar  yoki  vasiyat  qilib 

qoldirar edi. VI asrning  oxiridan boshlab, ayniqsa VI  va VIII asrlarda qilingan bu 

xil  oldi-sotdilarning  barcha  xillarini  ko‘rsatadigan  ko‘pdan-ko‘p  ma’lumotlar 

hozirgacha saqlanib qolgan. Bunday sharoitda dehqonlarning bir qismi tezlik bilan 

o‘z yeridan ajrala bordi. Ocharchilik, mollarning kasallikdan qirilishi va boshqa xil 

tabiiy  ofatlar,  Xlodvigning  o‘g‘illari,  nevara  va  evaralari  o‘rtasida  uzoq  vaqt 

davom  etgan  urushlar  natijasida  mamlakatning  xarob  bo‘lishi,  urug‘chilik 

aloqalarining  yemirilishi  tufayli  endi  ayrim  oilalar  bo‘yniga  tusha  boshlagan  sud 

jarimalari  —  mana  shularning  hammasi  mustaqil  frank  dehqonini  xonavayron 

qildi.

12

  Dehqonlarning  mayda  yer  egaligi    yemirilib  tushkunlikka  uchragan  bir 



vaqtda,  yirik  dunyoviy  cherkov  yer  egaligi  avj  oldi.  Xlodvigning  vorislari  qirol 

yerlarini benefitsiy (aynan tarjimasi: “xayr”, “saxovat”) tarzida o‘z drujinachilariga 

bo‘lib berdilar, bular asta-sekin votchinachi - katta yer egalariga aylanib bordilar, 

ular  yerni  meros  tariqasida  o‘z  bolalariga  qoldirardilar.  Cherkov  ham  qirol 

xazinasidan  (qirol  yer  fondidan)  in’om  (donatio)  tariqasida  ko‘p  yer  oldi. 

Dunyoviy  zodagonlar  ham  cherkov  zodagonlari  ham,  o‘z  yerlarini,  qiroldan 

tashqari,  birinchi  navbatda  dehqonlar  hisobiga  kengaytirdilar.  Dehqonlar  qo‘shni 

dunyoviy katta yer egalari homiyligiga (patronat yoki kommendatsiyasiga) o‘tdilar. 

Shuningdek,  dehqonlar  cherkovdan  madad  olish  maqsadida  yerlarini  shu  shaklda 

bo‘lar  edilarki,  cherkov  dehqonlarga  bir  uchastka  yerni  ma’lum  miqdorda  obrok 

to‘lab turish yoki barshchina o‘tash sharti bilan umrbod foydalanishga berardi, bu 

yer uchastkasi prekariy deb atalardi

13

.  


“Sali  haqiqati”ga  ilova  qilingan  qo‘shimchalarda  kambag‘allashgan  franklar 

to‘g‘risida,  qisman  hatto  butunlay  xonavayron  bo‘lgan  kishilar  to‘g‘risida  juda 

ochiq gapiriladi, bular solingan shtraflarni to‘lashga qurblari yetmay, o‘rmonlarda 

daydib, qaroqchilik qilib yurardilar. Ba’zi kambag‘allar esa ovqat uchun o‘zini qul 

                                                             

12

 Лебек С. Происхаждение франков V-IX века. М., 1993. –С.45. 



13

 Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973. –Б.44. 




 

13 


 

qilib  sotib,  asoratga  tushardi  va,  shunday  qilib,  shaxsiy  erkinlikdan  mahrum 

bo‘lardi. 

Erkin  va  mustaqil  dehqonlarning  asta-sekin  yo‘qolib,  krepostnoy  kishilarga 

aylanishida  ifodalangan  feodallashuv  jarayoni  sobiq  Rim  imperiyasiga  kelib 

joylashgan  varvarlarning  hammasida  ham  bo‘ldi.  Franklarda  esa  bu  jarayon  hali 

juda  mustahkam  bo‘lgan  baquvvat  erkin  dehqonlarning  (“Sali  haqiqati”da 

ko‘rsatilgan  dehqonlarning)  qaramlik  krepostnoylik  holatiga  ochiq,  keskin  tusda 

o‘tishida namoyon bo‘ldi xolos, bunda dehqonlar yuridik jihatdan boshqa kishiniki 

bo‘lgan  yerda  o‘tirib,  shu  yer  egasining  foydasiga  biron  xil  “tutqinlik” 

majburiyatini o‘tar edi. Lekin shu narsani aytib o‘tish kerakki, erkin dehqonlarning 

yo‘qolib borish jarayoni VI va VII asrlarda Frank davlatining hamma viloyatlarida 

bir xil bo‘lgan emas. Feodal tarqoqlik avj olishi oqibatida 613-yilda taxtga o`tirgan 

Xlotar  II  yirik  yer  egalariga  yon  berishga  majbur  bo`ldi.  U  614-yilda  yirik  yer 

egalarining  o`zaro  urushlar  davrida  egallagan  yerlari  va  pomestelarini  o`sha 

aristokratiya ixtiyoriga qoldiradigan farmon chiqardi. 

Franklar  davlatida  751-yilda  sulola  almashinuvi  yuz  berib,  Merovinglar 

sulolasining  o`rniga  Karolinglar  sulolasi  taxtga  o`tirdi.  Bu  sulolaning  dastlabki 

qiroli  Pipin  III  Pakana  bo`ldi.  Avvaldan  mavjud  bo`lgan  ijtimoiy  tuzum  bular 

davrida  ham  o`zining  ahamiyatini  unchalik  o`zgartirgani  yoq.  Karl  Martel  harbiy 

sohada o`tkazgan islohoti natijasida harbiy benifitsiylar keng ko`lamda tashkil etila 

boshladi. 

 Bu davrdagi feodal pomestesi - votchina (senoriya) odatda bir qishloqqa to`g`ri 

kelib,  ba`zan  bir  necha  qishloqdan  iborat  bo`lar  edi,  kamdan-kam  hollardagina 

qishloqning  bir  qismini  tashkil  qilar  edi,  pomeste  mazkur  davrda  asosiy  xo`jalik, 

ijtimoiy  va  siyosiy  yacheyka  edi.

14

  Karolinglar  zamonidan  qolgan  hujjatlardan 



ma`lum  bo`lishicha,  IX  asrda  krepostnoy  dehqonlar  o`zining  chek  yerida 

dehqonchilik  qilar  edi  va  bu  yer  evaziga  xo`jayinining  yerini  ekib  berar  yoki  

pomeshchikka  qisman  mahsulot  tarzida,  qisman  pul  tarzida  renta  to`lar  edi.  VIII-

                                                             

14

Сказкина.С.Д. История средних веков. Т.1. М., “Высшая школа”, 1977. – С.5. 




 

14 


 

IX asrlarda xo`jayinning (domenial) yeri ortib boratotgan edi. Senor qolgan yerini 

ham chek yer qilib bo`lib berishni foydaliroq deb bilar edi. Lekin shu bilan birga u 

mahsulot  tarzida  to`lanadigan  rentani  ko`paytirdi.  Keyinchalik  XI  asrda  ba`zi 

joylarda  natural  rentalar  (barshchina  shaklidagi  ishlab  berish  rentasi  yoki  natura 

shaklidagi mahsulot rentasi) o`rniga pul to`lash, (pul rentasi) joriy qilina boshlaydi. 

Krepostnoy dehqonlar hayotining o`zida ham o`zgarishlar yuz berdi. Karolinglar 

zamoniga  oid  hujjatlarning  guvohlik  berishicha  qullar  bilan  ilgarigi  erkin 

kishilardan  chiqqan  qaram  dehqonlar  IX  asrga  keliboq  umumiy  krepostnoylar 

ommasi  bo`lib qo`shilib ketgan edi. Biroq krepostnoy dehqonlarning bir qismi bir 

oz  yengilroq  ahvolda  bo`lib  bir  qismi  keyingi  asrlarda  ham  ularga  qaraganda 

og`irroq va huquqsizroq ahvolda edi. 

Bu  davrdagi  qullarning  egalari  bo`lgan  votchina-senoriya  siyosiy  jihatdan 

kichkina bir davlatga o`xshagan narsa edi. Bu davlatning hokimiyati senorning o`zi 

—  pomeste  egasi,  yirik  mahalliy  feodal  bo`lib,  u  mahalliy  aholini  sud  qilar,  qatl 

etar  va  afv  qilar  edi,  atrofidagi  o`ziga  o`xshash  pomeshchik-hokimlar  bilan  urush 

olib  borar  edi.  Lekin  uning  o`zi  ham  odatda  o`zidan  kattaroq  bir  senorga  qaram 

bo`lib, uning vassali edi. Bu katta feodal - senor ham o`zidan kattaroq bir senorga 

qaram  bo`lishi  mumkin  edi  va  hokazo.  Bu  qaramlik  munosabatlari  tizmasi 

qirolning o`zigacha  tizilib borar  edi, shunday qilib, qirol butun feodal  pog`onalari 

yoki  iyerarxiyasining  boshlig`i  edi.  Dunyoviy  feodallardan  tashqari  ruhoniy 

feodallar:  papalar,  arxiyepiskoplar,  yepiskoplar,  abbatlar  va  shu  kabilar  ham 

mavjud  edi.  Feodallar  iyerarxiyasi  odatda  yuqori  va  quyi  tabaqalarga  bo`linardi. 

Qirol  va  unga  tobe  bo`lgan  yirik  hududiy  knyazlar,  gersoglar  va  graflar  (“tojdor 

feodallar”) feodallarning yuqori tabaqasi edi. Ular urush olib borish, o`z pullarini 

zarb  qilish  huquqiga  ega  edilar;  sud  va  qonun  chiqarish  ishlari  tamoman  ularning 

qo`lida edi. Ulardan keyingi o`rinda bir nechta (ba`zan esa bir necha o`n) imeniyesi 

bo`lgan baronlar turar edi. Ba`zi mamlakatlarda, masalan, Angliyada baronlarning 

ham gersog yoki graflik unvoni bor edi. Feodal pog`onalarining undan pastrog`ida 

ritsarlar  turardi.  Ritsarlarning  yaroqbardorlari  bo`lib,  bular  ham  asta-sekin  kichik 




 

15 


 

ritsarga  aylanib  bordi.  Feodallarning  mana  shu  tabaqalarining  hammasi  bir  bo`lib 

turib,  imtiyozli  tabaqa—dvoryanlar  tabaqasini  tashkil  qildi,  bu  dvoryanlar 

krepostnoy  dehqonlar  ommasidan,  shuningdek,  o`sha  davrda  feodallarga  qaram 

bo`lgan shaharliklardan yuqori turar edi

15




Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish