O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana31.12.2021
Hajmi1,01 Mb.
#274026
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
karolinglar sulolasi davrida fransiyada ijtimoiy munosabatlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

51 


 

Xulosa 

Xulosa  qilib  aytganda,  O’rta  asrlar  Yevropa  tarixi  milliy  davlatlar  va 

xalqlarning,  madaniyatlarning  shakllanishi,  tillarning  vujudga  kelishi,  davlatchilik 

munosabatlarining takomillashuvi, madaniyatlarning  yuksalishi kabi holatlar bilan 

izohlanadi.  O’rta  asrlarda  davrning  hukmron  tabaqasi  hisoblangan  feodallar 

tomonida  turib,  xalq  ommasi  uchun  dushmanona  kayfiyatda  bo’lgan.  Shunday 

bo’lishiga  qaramasdan  jamiyatning  rivojida  ayrim  holatlarda  muhim  ta’sir 

ko’rsatdi.  

 

Yevropadagi feodal davlatlar o’rta asrlarning turli bosqichida turli shakllarda 



namoyon  bo’ladi:  ilk  feodal  bosqichda  –  garchi  yirik  bo’lsa  ham,  ammo  tarqoq 

davlatchilik munosabatlari xarakterlidir. 

Mavjud  quldorlik  tuzumining  inqirozga  uchrashi  qadimgi  dunyo  tarixini  o`rta 

asrlar  tarixi  bilan  ajratib  turuvchi  ijtimoiy-iqtisodiy  holat  edi.  Yangi  ijtimoiy 

munosabatlarni  yuzaga  keltiruvchi  shart-sharoitlarning  vujudga  kelishi  tarixi 

insoniyat  sivilizatsiyasining  yana  bir  pog`ona  yuqori  bo`lishini  ta’minlashga 

xizmat  qildi.  G`arbiy  Rim  imperiyasi  inqirozi  oqibatida  yangi  ijtimoiy 

munosabatlar  qaror  topdi.  Bu  jarayon  o`rta  asrlarning  ilk  davrida  G`arbiy 

Yevropada vujudga keldi. Bu tuzumning o`ziga xos xususiyati  yangi yer  egaligini 

tashkil  topishi,  Yevropaning  kichik  feodal  qirolliklarga  bo’linib  ketishi,  feodal 

iyerarxiyaning  yuzaga  kelishida  aks  etadi.  Rim  imperiyasidan  so’ng  vujudga 

kelgan  ilk  frank  qirolliklari,  xususan,  yirik  markazlashgan  imperiya  Karolinglar 

sulolasi  davridagi  Yevropada  mavjud  ijtimoiy  munosabatlarning  o’ziga  xos 

xususiyatlariga a’lohida e’tibor qaratiladi. 

Karolinglar sulolasi hukmronligi yillarida jamiyatda feodal munosabatlar yaqqol 

aks  etishini  ko’rish  mumkin.  Qirollar  bilan  jamiyatni  g`oyaviy  rahnomalari 

ruhoniylar  o’rtasida  vujudga  kelgan  o’zaro  ittifoq  erkin  jamoatchi  dehqonlarning 

qaram  dehqonlarga  aylantirish  jarayonini  tezlatdi.  Shuningdek,  dehqonlarni 

asoratga  solishning  tartibining  kuchayishi,  feodalning  o’zboshimchaligi  sulola 

inqirozini tezlashtirdi, mamlakat birligini xavf ostida qolishiga sabab bo’ldi.  




 

52 


 

Karolinglar  sulolasi  hukmronligi  davriga  kelib  feodal  tuzumi  hukumat 

tomonidan rasmiylashtirilishi o’sha davr yorliqlari, qirollar tomonidan chiqarilgan 

kapitulyariylar,  panfletlarda  o’z  aksini  topgan.  Mavjud  manbalarning  guvohlik 

berishicha karolinglar sulolasi davrida feodalizm mutloq rasmiylashgan. Manbalar 

mazmuni  asosan  yerni  ijaraga  olish,  sotish,  meros  qoldirish,  soliq  undirish  tartibi, 

renta  va  barshchina  kabilarni  namoyon  etadi.  Shuningdek,  huquqiy  hujjatlarda 

majburiyatni bajarmaganligi uchun dehqonlarni jazolash, antik qonunlarni o’rganib 

mavjud ijtimoiy hayotga moslashtirish holatlarini ko’rish mumkin.  

Karl  buyuk  imperiyasi  o‘zining  tarkibi  jihatidan  ham  xilma-xil  urug‘larning 

beqaror  siyosiy  birlashmasidan  iborat  edi.  Frank  imperiyasi  omadi  yurishgan  bir 

istilochi  tomonidan  shoshib-pishib,  ko‘p  qabila  va  xalqlardan  iborat  tuzilgan 

alohida bir tarzdagi harbiy monarxiya bo‘lib, unda na umumiy iqtisodiy baza, na 

umumiy  milliy  til,  na  umumiy  madaniyat  yo‘q  edi.  Karl  Buyuk  imperiyasiga 

kirgan  qabilalarning  har  biri  o‘zining  odatdagi  qonun-qoidalariga  amal  qilib 

kelganini  ko‘rsatib  o‘tish  kifoya  qiladi.  “Varvar  haqiqatlari”,  “Sali,  Ripuar, 

Burgundiya, Bavariya, Saksoniya haqiqatlari”— Karl Buyuk zamonida ham, ayrim 

qabilalar  uchun  sud  qonunlari  to‘plami  bo‘lib  qolaveradi;  ular  qunt  bilan 

ko‘chirilib yozildi va ularga o‘zgarishlar kiritildi, shunday qilib, ular imperiyaning 

ayrim viloyatlari uchun amaldagi qonun bo‘lib qolaverdi. 

Ayrim  qabilalar  Karl  Buyuk  podsholigi  vaqtidayoq  xalq  bo‘lib  birlasha 

boshlagan edilar. Sali  va Ripuar franklari  galliya-rim aholisi bilan aralashib ketib, 

shimoliy  roman  xalqini  (keyinchalik  bulardan  fransuz  xalqi  tashkil  topdi) 

vestgotlar,  burgundlar  janubiy  galliya-rimliklar  bilan  qo‘shilib  janubiy  roman 

xalqini  (bular  keyinchalik  provansal  xalqi  deb  atala  boshladilar)  barpo  etdilar. 

Italiyada  langobardlar  bilan  italyan-rimliklardan  bo‘lg‘usi  italyan  xalqi  tashkil 

topdi.  Germaniyada  Reynning  narigi  tomonidagi  qabilalar  bir  etnik  guruh  bo‘lib, 

keyinchalik  ulardan  german  (yoki  nemis)  xalqi  vujudga  keldi.  Xalqlarning  tashkil 

topishi  mahalliy  aloqalarni  kuchaytirdi,  bu  hol  ham  amalga  imperiyaning  juda 

mayda va bir xil davlatlarga parchalanib ketishiga olib keldi. 




 

53 


 


Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish