Ijtimoiy tasawurlar — shaxsga jamiyat orqali ta’sir etgan narsa va xodisalaming yaqqol obrazi.
Interaktiv — shaxslararo munosabatlarda bir-biriga xulq-atvor ta’sir ko‘rsatish jarayoni.
Introvert shaxs — shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o‘z ichida kechayotgan fikrlarini bayon etish ehtiyojining nihoyatda pastligi.
Yo'nalganlik — ijtimoiylashuv jarayonida shaxs faoliyatini yo‘nal- tirib turadigan va real vaziyatga nisbatan turg‘un, barqaror motivlaming namoyon bo'lishi. Yo‘nalganlik — shaxsda mavjud bo'lgan ehtiyoj, ishtiyoq, berilish, qadriyatlar, e’tiqod manbaida shakllanadi.
Kayfiyat — kishining butun xatti-harakatiga tus berib turadigan umumiy hissiy holat. Kayfiyat shod-xunamlik,qayg‘ulilik, tetiklik, bosiqlik, hayajon. lanjchik, jiddiylik, engiltaklik, jizzakilik, muloyimlik va hokazo tarzda bo‘ladi.
Kasbiy idrok — xodimni kasbiy faoliyat uchun ahamiyat kasb etadigan hodisa, holat, ob’ektlardan predmetli ravishda kerakli narsalami ajratib olib yaxlit holda ongida aks ettirish, oddiy shaxs ko‘ra olmagan holatlardagi narsalami tez va oson ilg‘ash jarayoni. Yaxshi rivojlanmagan kasbiy idrok xodimda illyuzion idrok qilish xususiyatini shakllantiradi.
Kasbiy diqqat — nimaga, qachon, qayerda, nima uchun diqqatni qaratish kerakligini belgilab beruvchi xususiyat hisoblanadi. Kasbiy diqqatning yaxshi rivojlanganligi diqqatning maqsadli va mohirona yo'naltirilganligi bilan belgilanadi.
Kasbiy mahorat — xodimda tezkor xizmat vazifalarini bajarish sifati va samarasini begilovchi bilim va tajribalaming yuqori darajada shakllanganligida namoyon bo'ladi.
Kasb — faoliyat shakllari birlashmasi bo'lib, mazmun, vositalar, tashkilotlar, mchnat natijalari hamda mehnat subyektini tayyorlashga qo'yiladigan talablar majmui.
Kontent-analiz — tekshirilayotgan matnda so‘z, ibora, abzaslami ma’no-mohiyatini takrorlanish darajasiga qarab tahlil etish usuli.
Kuzatish — sinaluvchini aniq maqsad, faoliyat, vaqt, guruh bilan bog‘liq ravishda tekshirish, o'rganish, ma’lumotlar to’plash metodi.
Kommunikativ — shaxslararo munosabatlarda ma’lumot, axborot, g‘oyalar almashinuvi jarayoni.
Kichik guruh — a’zolari birgalikdagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi va bevosita shaxslararo munosabatda bo‘luvchi kishilar guruhi.
Ko‘nikma — odamning ma’lum ishni bajarishga tayyorligida ko'rinadigan qobiliyati. K. mahoratining asosini tashkil etadi.
Longityud tadqiqot — sinaluvchini uzoq muddat va doimiy ravishda o'rganish.
Metod — bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisi.
Metodologiya — tadqiqot, tekshirish usuli bo‘lib, bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisidir.
Motiv — ma’lum ehtiyojlami qondirish bilan bog’liq faoliyatga undovchi sabab.
Motivasiya — odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui.
Malaka — mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarilishining avtomatlashgan usullari.
Mehnat psixologiyasi — kishi mehnat faoiiyati psixologik xusu- siyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o‘rganadigan fan.
Mehnat faoiiyati psixologiyasi — bu psixologiyaning bir sohasi bo'lib, inson shaxsini mehnat subyekti sifatidagi shakllanishi xusu- siyatlarini, mehnatning shart-sharoitlari, yo’llari va usullarini ilmiy jihatdan o‘rganadi.
260
Mehnat — inson ehtiyojini qondirish asosida tashqi olamni o‘zgartirishga qaratilgan maqsadli faoliyat.
Mutaxassislik — faoliyatning aniq shakli bo‘lib, mehnat egasining kasbiy tayyorligi, mehnat vositalari, mehnat jarayoni va maqsadining maxsus xususiyatlari bilan belgilanadi.
Mehnat subyekti (egasi) — bu faol harakat qiluvchi, anglash va o‘zgartirishga layoqatli, ong va iroda bilan ish olib boruvchi individ yoki ijtimoiy guruh.
Muloqot — ikki yoki undan ortiq odamlaming o‘zaro bir-biriga ta’sir etishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |