Bob yuzasidan savol va topshiriqlar
♦
„Shaxs“ tushunchasining ta’rifi qanday?
Ijtimoiy norma nima?
Ijtimoiy sanksiya nima?
„Men“ obrazi deb nimaga ataladi?
O‘z-o‘ziga nisbatan baho qanday ko‘rinishlarga ega?
Ijtimoiylashuv qanday jarayon?
Shaxs dunyoqqarashi va e’tiqodini o'zgarishiga sabab bo'luvchi о miliar qaysi?
0‘zingizga o'zingiz savol-javoblar tarzida xat yozishga harakat qiling. Yozganda ko*p o'ylanmay, kallaga kelgan savolga, mos tarzda javob yozing. Javoblami sharhlash o‘zingizga havola. 0‘zingiz xolis xulosa chiqaring?
llovada keltirilgan metodikalar orasida o‘z-o‘zini baholash metodikasini toping va o'zingizni tekshiring.
Muloqot qanday amalga oshiriladi?
Muloqotga ehtiyoj qanday sabablaiga asosan yuzaga keladi?
Psixologik ta’sir vositalari qanday?
vui bob
MEHNAT FAOLIYATI PSIXOLOGIYASI
Bobning qisqacha mazmuni
Psixologiya va mehnat. Mehnat faoliyati psixologiyasining asosiy vazifalari. Mehnat. kasb. mutaxassislik, mehnatningpsixologik mazmuni.
Mehnat faoliyatini o'rganish metodiari. Mehnat faoliyatini o'rganish metodlarining klassifikasiyasi. Professiografiya. Pro- fessiogrammani tuzish tamoyillari.
Mehnat faoliyatining klassifikasiyasi. Mehnat turlarining klassifikasiyasi. Kasblar klassifikasiyasi.
Professional shaxsning shakllanishi. Mehnat subyektining professionallashuvi. Shaxs va faoliyat. Yosh va biografik inqirozlar.
Mehnat psixologiyasi
Mehnat psixologiyasi — kishi mehnat faoliyati psixologik xu- susiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o‘rganadigan fan sifatida, bugun lorn ma’noda, mehnat faoliyatining psixologik qonuniyatlarini bilish, mehnat vazifalarini ro'yobga chiqarishda inson shaxsi imkoniyatlarini va chegarasini aniqlash, inson va mehnat shart-sharoitlarining o‘zaro ta'siri hamda moslashuvining qonunlarini o'rganish eng muhim hisoblanadi.
Mehnat faoliyati psixologiyasi — bu psixologiyaning bir sohasi bo'lib, inson shaxsini mehnat subyekti sifatidagi shakllanishi xusu- siyatlarini, mehnatning shart-sharoitlari, yo'llari va usullarini ilmiy jihatdan o'rganadi.
Mehnat faoliyati psixologiyasining asosiy vazifalariga quyidagi muammolar bo'yicha amaliy tavsiyalami o‘iganish va ishlab chiqish kiradi:
Kasbiy faoliyat muayyan turlarining psixologik xususiyatlari (uning vositalari, mazmuni, tashkil etish va shart-sharoitlar, xatolar tahlili, kasblar klasifikasiyasi va boshqalar);
Shaxs individual-psixologik xususiyatlarini mehnat samarasi, muvaffaqiyati va xavfsizligiga ta’siri;
Kasbiy layoqat shakllanishining psixologik qonuniyatlari (kasbga yo'naltirish, tanlov, tayyoigarlik, mehnatga moslashuv);
Mehnat kishisining funksional holati (toliqish, emosional zo‘- riqish, stress, monotoniya va boshqalar) va ulami diagnostika, pro- filaktika va korreksiya qilish usullari;
Inson-texnika munosabatlarining psixologik qonuniyatlari;
Yangi texnikani yaratish va qoMash jarayonining injcner-psixologik ta'minoti (loyihalash, baholash).
Mehnat faoliyati psixoiogiyasi faoliyatni takomilashtirish yoMari, usullari va vositalarini o‘rganishdan tashqari, inson psixikasining fundamental hodisalarini tadqiq etadi (mehnat subyektining shaklJanishi, mehnat sharoitida shaxs xususiyatlarining roli, kasbiy qobiliyatlami shakllanishi va boshqalar).
Atrof muhitni o'zgartiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon sifatida mehnat va psixologiyaning o‘zaro munosabatlari mehnat faoliyati psixoiogiyasi mohiyatining bir qator jiddiy holatlariga tayanadi:
U nafaqat inson mehnatini engillashtirishga, balki mehnatni yanada mahsuldor, jozibali, xavfsiz etib, zavq va iqtisodiy jihatdan naf berishiga qaratilgan;
U mehnatni insonga va insonni mehnatga moslashtirishga qaratilgan (insonning tabiat, texnika, boshqa odamlar ustidan hukmronlik qilishi g‘oyasini munozarali, gohida mavhum etadi);
U mehnat faoliyatida psixikaning shaxsga bog'iiq va o‘zgaruvchan xususiyatlarini turli toifadagi odamlarga xos ekanligini aks ettiruvehidir.
Mehnat, kasb, mutaxassislik
Mehnat — inson ehtiyojini qondirish asosida tashqi olamni o‘zgartirishga qaratilgan maqsadli faoliyat bo‘lib, u inson faollijgining anglangan bir turiga kiradi. Mehnat inson uchun shaxsiy va ijtimoiy hayotida o‘zini ro‘yobga chiqarish va ko‘rsata olish vosita hamda usu- lidir. Bu o‘z navbatida, uning muomalasi, o‘zini va tashqi olamni anglashi, o‘zini shaxs sifatida rivojlantirishi, moddiy va ma'naviy qadriyatlami yaratishida aks etdi. Bu vazifalaming bajarilishi mehnat - ning maqsadini tashkil etadi.
Mehnat funksiyalarining samarali amalga oshishi quyidagi omillarga bog‘liqdir:
muayyan faoliyat uchun layoqatli kishilami tanlash;
kasbiy tayyorgarlik;
mehnat jarayonini tashkil etish va rasional sharoitlar;
mehnat qurollarining qulayligi va samarali ekanligi;
ish ko‘lamiga inson imkoniyatlarining mos kelishi;
mehnat xavfsizligi tizimi, kasbiy salomatlik va ummi saqlash, ishga layoqatlikni psixologik quwatlash.
Mehnat — inson imkoniyatlarining psixologik, fiziologik, kasbiy va boshqa jihatdan namoyon eta olish xususiyati bo‘lib, u turli toifa odamlarda turlicha bo'ladi. Asosan, yoshga ko'rsatkichiga, kasbiy tayyorlik darajasiga, salomatlik holatiga bog‘liq ravishda kechadi.
16-rasm. Mehnat va uning asosiy vazifalari
Mehnat faoliyatini takomillashtirish bo'yicha ko^pgina amaliy vazifalami bajarish, shuningdek, shaxs psixik faolligining asoslarini mehnat faoliyatiga bog'liqlik tomonlarini o'rganish masalasi muhimdir. Unga ko‘ra, mehnat faoliyati tashkil etuvchilarining tizimini ko‘rib chiqish mumkin. Mehnat faoliyati tashkil etuvchilarining tuzilmasi
rasmda aks ettirilgan.
17-rasm. Mehnat faoliyatini tashkil etuvchi komponentlar tuzilmasi
200
Mutaxassislik — faoliyat shakllari birlashmasi bo‘lib, mazmun, vositalar, tashkilotlar, mehnat natijalari hamda mehnat subyektini tayyorlashga qo'yiladigan talablar majmuini tashkil etadi. Bu tushunchada mehnat faoliyatining turli tomonlari va turli darajasi aks ettiriladi:
mehnat ob’ekti va predmeti, uning mazmuni, shartlari hamda tashkiliy jihatlari;
maqsadli vazifa va mehnatning natijaviy xarakteri;
mehnat egasining xususiyatlari — uning bilimlari, malaka, ko‘nikma, qobiliyatlari;
iqtisodiy va ijtimoiy tomonlari — ishga joylashish, moddiy ehtiyojlaming qondirilishi, ijtimoiy mavqeyining tasdiqlanishi;
Mutaxassislik tushunchasi, odatda, konkret faoliyat turi va xususiy xarakterisstikasini ifodalaydi, mehnatning qay darajada bo‘linish imko- niyatini aks ettiradi (masalan, vrach kasbi, mutaxassislik — terapevt, jarroh, ko‘z vrachi, kardiolog va boshqalar).
Mehnatning psixologik mazmuni
Mehnat faoliyatining har bir aniq turi ma’lum darajada normativ tasdiqlangan bo‘ladi. Bunda, albatta, samaraliroq va ixchamroq variant muhim mezon etib olinadi. Inson kasbni o'zlashtirish jarayonida bu yozilgan normalami individuallashtiradi, ya'ni o‘ziga, ungagina xos bo‘lgan shaxsiy fazilatlar va psixologik xususiyatlarni namoyon etadi.
faoliyat motivlari, uni harakatlantiruvchi kuchlari (moddiy, bilish, estetik va boshqalar);
faoliyat maqsadlari, uning mazmunini shakllantiradi va aniq kutiladigan natijalarda ifodalanadi;
rasm. Psixologik faoliyat tizimining tuzilmaviy chizmasi
201
faoliyat dasturi, mazmunning tasawuri va jarayonni aks ettiradi;
faoliyatning axborotga asoslanganligi, ma’lumotlar bazasi, kasbiy bilimlarga oid predmetli va subyektiv sharoitlar, ulami amalga oshirishga oid ma'lumotlar;
qarorlami qabul qilish jarayoni, muammoli vaziyatni ko‘rish, farazni, ilgari surish, bajarish tamoyilini aniqlash, hal etish variantlari baholashni amalga oshirish;
psixomotor jarayonlar;
muhim professional sifatlar, mehnat egasining psixologik xusu- siyatlari, aniq mehnat jarayonida namoyon bo'ladigan individual- psixologik sifatlar, fazilatlar.
Mehnat faoliyatini o‘rganish metodlari
Shaxsning mehnat faoliyatida psixik holati, jarayonlari, mehnatdagi yutuqlarini aniqlash maqsadida turli metodlar qo‘llaniladi. Bunda qaysi mezonlarga ko‘ra shaxs muvaffaqiyatlarga erishishi amalga oshganligi masalasi muhim bo’ladi. Shuning uchun ushbu toifadagi metodikalar qo'llanishi kuzatiladi:
aniq faoliyatning o‘ziga xos tomonlari bilan tanishish uchun ish hujjatlarini tahlil etish;
faoliyat mazmuniga oid ma’lumotni vizual to’plash uchun ish jarayonini kuzatish;
xronometraj, mehnat jarayonining ayrim ko‘rsatkichlarini baholash;
mehnat kishisidan yozma yoki og‘zaki ravishda maiumot olish uchun so‘rov (anketa, suhbat, ekspert baholash) metodi;
mehnat vazifalarini bajarishga oid shaxsiy tasavvur, fikr, kechinmalami o‘zida kuzatish va hisoboti;
mehnat faoliyatiga qo'yilgan eksperimentatordan faoliyatga oid ma’lumotlarni olish uchun mehnat metodi;
shaxsning hayotiy va faoliyatga oid ma’lumotlarini tahlili uchun biograflk metod;
faoliyat sharoitlarini o‘rganish uchun fiziologo-gigiyenik metodlar;
mehnat subyektining psixologik xususiyatlarini o‘rganish uchun tajriba (tabiiy va laboratoriya ) metodi.
Professiografiya metodi
Mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini tahlili olingan sifat. va miqdor ko‘rsatkichlarini har tomonlama o‘rganish hamda sistema- lashtirishga asoslanadi. Professiografiya deb, mehnat subyektining faoliyat tarkiblari (uning mazmuni, vositalari, sharoitlari, tashkilot) bilan o‘zaro munosabati va bog'liqligini o‘rganish va aniqlashga qaratilgan kompleks metodga aytiladi. Faoliyatni o‘rganish natijasida professiogramma, ya’ni kasbning turli ob’ektiv xarakteristikalarining tasnifi va psixogramma, ya’ni faoliyatning psixologik xarakteristikalari tasnifi tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |