O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi b. M. Umarov psixologiya



Download 1,62 Mb.
bet46/65
Sana01.02.2023
Hajmi1,62 Mb.
#906632
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65
Bog'liq
Psixologiya (B.Umarov)

Muomalada psxologik aloqa o'rnatish bosqichlari

  1. Bolajak muloqotni bashorat qilish. Psixologik aloqa o‘matishning samarali bo‘lishida dastlabki rejalaming bo‘lishi maqsadga muvo- fiqdir.Buning uchun muloqotga kirishuvchi shaxs to‘g‘risida birlamchi ma’lumotlarga ega bo'lish zarur.

  2. Muloqotni engillashtiruvchi tashqi omillarni (sharoitlarni) yaratish. Nutq madaniyati, mimika, tashqi ko‘rinish psixologik aloqa o‘matishda ijobiy natija beradi. Masalan, suhbat yurituvchining o‘zini tutishiga qarab suhbatdoshda emosional holatlar yuzaga keladi. Suhbatdosh bilan muloqot boshidanoq hamfikr bo‘lishga harakat qilish kerak.

  3. Umumiy va barqaror qiziqishlar doirasini aniqlash. Muloqot boshida shaxs bilan umumiy til topishga harakat qilish darkor, umumiy qiziqishlaming borligi emosional turg‘un holatga olib keladi. Bu o‘z- o'zidan suhbatdoshni samimiy bo'lishga undaydi, psixologik iqlimni mo‘’tadillashtirib mavqeni tenglashtiradi.

  4. Muomaladagi og'ishlarni bartaraf etish psixologik aloqa o'matishning majburiy omili hisoblanadi. Bu muloqotga begona shaxslaming aralashishi, xonada begonalaming borligi muloqotning kechishiga xalaqit beradi va hissiy zuriqishlami keltirib chiqaradi.

  5. Individual (alohida) ta’sir etish. Psixologik aloqa o'matishning yakuniy bosqichi huquqshunosning suhbatdoshiga alohida ta’siri hisoblanadi. Bu ta’siming asosiy maqsadi kerakli, ishonchli ma’lu- motlarni olish.

Muloqot jarayonida psixologik aloqani o(rnatish usullari

  • Notanish shaxslar bilan tez fursat ichida aloqa o‘matish va ularga moslashish.

  • Boshqa shaxslaming gapini eshita olish qobiliyatiga ega bo'lish, ya’ni tinglovchanlik qobiliyati.

  • Insonlarga psixologik ta’sir ko‘rsata olish, bundan tashqari, o‘z ta’sirini o'tkaza olish ham muhim hisoblanadi.

  • Muloqot jaiayonidashaxsdagi psixologik to‘siqlami bartaraf eta olish.

Nutqiy ta’sir etish bo’yicha tavsiyalar

  1. Auditoriya yoki suhbatdoshingizni o'zingizga moslang? (suhbat ishtirokchilari yoki ishtirokchisining salohiyati, kayfiyati va xusu- siyatlarini inobatga oling).

  2. Gapirayotgan yoki tushuntirayotgan paytingizda aytayotgan so‘zlaringizga to'liq ishonchingizni namoyon qilishga harakat qiling.

  3. Suhbatda nigohingizni tinglovchiga yo'naltiring. Bir nuqtaga qarab qolmang, sizga tikilib o'tirgan nigohlardan qochishga o'rganmang, harakat ham qilmang.

  4. Nutqingiz ravonligi va tushunarligiga e’tibor qarating.

  5. Suhbatda sizni sinash, o‘zingizni yo'qotish uchun qilingan har qanday xatti-harakat oldida aslo ojizlik qilmang. Berilgan savolni bilmasangizda o'zingizga qat’iy ishongan holda xohlagan javobingizni berishdan chuchimang.

  6. Suhbatdoshingizning nozik jihatlarini suhbat jarayonida iloji boricha arlashtirmaslikka harakat qiling.

  7. Suhbatdoshni eshiting, tinglang, yordam berishga harakat qiling.

  8. Suhbat jarayonida suhbatdoshingizning ismini aytib murojaat qilishga harakat qiling. Chunk! insonga o‘z ismini eshitish qanchalik yoqishini unutmang.

  9. Suhbatdoshingizning kerakli inson ekanligini, kishilarga foydasi tegishi mumkinligini ko‘rsating.

  10. Suhbatdoshingizning fikriga hurmat bilan qarashga intiling. Hech qachon sizning fikringiz mutloq noto‘g‘ri deya ko‘rmang.

    1. Muloqot va uni o‘rganish muammolari

Oxirgi yillarda ,,professionalizm“ tushunchasi tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Chunki jamiyatda tub islohotlami amalga oshirish, mehnat unumdorligini „inson omiii“ni takomillashtirteh hisobiga oshirish davr talabi bo‘lib qoldi. Ayniqsa, odamlami boshqarish sohasidagi profes- sionalizmga katta e’tibor qaratilmoqda. Juda ko‘pchilik mutaxassislar barcha bajaradigan funksiyalari orasida odamlar bilan til topishish, ularga ta’sir ko‘rsatish, ular faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish va bosh­qarish eng murakkablaridan ekanligini e’tirof etmoqdalar. Odamlar bilan normal munosabatlami o‘mata olmaslik, ayniqsa, biznes sohasida amaliy sheriklaming holatlari, kutishlarini aniqlay olmaslik, o‘z nuqtai nazariga o'zgalami professional tarzda ko’ndira olmaslik, „birov“ ni, uning ichki kechinmalari va o‘ziga bo'lgan munosabatini aniq tasawur qila olmaslik amaliy psixologiyada kommunikativ uquvsizlik yoki diskommunikasiya holatini keltirib chiqaradi. Bunda odamlar oddiy til bilan aytganda, bir-birlarini tushunolmay qoladilar, shuning oqibatida pishib turgan loyiha yoki yaxshi reja amalga oshmasligi, bir necha oylarga cho‘zilib ketishi mumkin.
Shuning uchun ham hozirgi zamon ijtimoiy psixologiyasining tatbiqiy yo‘nalishida, boshqaruv psixologiyasida katta yoshli odamlami kommunikativ bilimdonlikka o‘rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalami hosil qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Har bir korxona, xususiy firma yoki davlat muassasasini boshqaruvchi menejer, rahbar tayyorlash muammosi ana shu rahbarlami, boshqaruvchilami psixologik jihatdan odamlar bilan ishlashga o‘rgatish muammosini chetlab o'tolmaydi. Umuman, hozirgi davrda har qanday mutaxassis - vrach, muhandis, o‘qituvchi, iqtisodchi, agronom, quruvchi, jurnalist, madaniyatshunos yoki boshqalar ham kommunikativ malakalarga ega boHmaguncha, bozor munosabatlari sharoitida tezda jamoaga kirishib, ko'pchilik bilan til topishib, o‘z professional mahoratini ko'rsata olmaydi. Har bir ziyoli inson boshqalar bilan hamkorlik qilish mahorati va san’atiga ega bo‘lishi kerak.

Bu vazifa odamlami muomala va muloqot etikasiga o'rgatishni har qachongidan ham dolzarb qilib qo‘ymoqda. To‘g‘ri, muloqotga kirishish ijtimoiylashuv jarayonida barcha sifatlardan oldinroq shakl- lanadigan qobiliyatlardan, u tabiiy va hayotiy narsa. Bola tili juda yaxshi chiqib ulgurmay, atrofidagilar bilan aktiv muloqotga kirisha boshlaydi. Lekin masalaning paradoksal tomoni ham shundaki, yillar o‘tgan sari ongli, aqlli odam har bir gapini o'ylab gapiradigan, har bir qadamini o'ylab bosadigan bo'lib qoladi, bu uning jamiyatdagi mavqeini belgilovchi vositadir. Bu muloqotga kirishishga ruhan tayyorlanishning ahamiyatini ham odam anglashini taqozo etadi.
Ma’lumki, gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi, eshitadi. Muloqotning samaradoriigi ana shu ikki qirraning qanchalik o'zaro mosligi, bir-birini to'ldirishiga bog'liq ekan. Noto'g'ri tasawurlardan biri shuki, odamni muomala yoki muloqotga o'rgat- ganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so'zlardan foydalanib, ta’sirchan gapirishga o'rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni — tinglash qobiliyatiga deyarli e’tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Kamegi „Yaxshi suhbatdosh — yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir" deganda, aynan shu qobiliyatlaming insonlarda rivojlangan bo'lishini nazarda tutgan edi.
Mutaxassislaming aniqlashlaricha, ishlayotgan odamlar vaqtining 45%i tinglash jarayoniga ketar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda bo'ladiganlar 35—40 % oylik maoshlarini odamlami „tinglaganlari" uchun olarkanlar. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, kom- munikasiyaning eng qiyin sohalaridan hisoblangan tinglash qobiliyati odamga ko'proq foyda keltirarkan.
Shuning uchun bo'lsa kerak, nemis faylasufi A. Shopengauer „Odamlami o'zingiz to'g'ringizda yaxshi fikrga ega bo'lishlarini xohlasangiz, ulami tinglang" deb yozgan ekan. Darhaqiqat, agar siz kuyunib gapirsangizu, suhbatdoshingiz sizni tinglamasa, boshqa narsa bilan ovora bo'laversa, undan ranjiysiz, nafaqat ranjiysiz, balki u bilan aloqani ham uzasiz. O'qituvchi gapirayotgan paytda uni tinglamaslik odobsizlikning eng keng tarqalgan ko'rinishi deb baholanishini bilasizmi?
Nima uchun biz ko'pincha yaxshi gapiruvchi, so'zlovchi bo'la olamiz-u, yaxshi tinglovchi bo'la olmaymiz? Psixologlaming fikricha, asosiy xalaqit beruvchi narsa — bu bizning o'z fikr-o'ylarimiz va xohishlarimiz og'ushida bo'lib qolishimizdir. Shuning uchun ham ba’zan
rasman sherigimizni tinglayotganday bo‘lamiz, lekin aslida xayolimiz boshqa erda bo‘ladi. Tinglashning ham xuddi gapirishga o‘xshash texnikasi, usullari mavjud. Ulaming tun ham ko‘p, lekin asosan biz kundalik hayotda uning ikki usulini qo‘llaymiz: so ‘zma-so ‘ qaytarish va boshqacha talqin etish. Birinchisi, suhbatdosh so'zlarining bir qismini yoki yaxliticha qaytarish orqali, sherikni qo'llab-quvvatlashni bildiradi. lkkinchi usul esa — sherigimiz solzlarini tinglab, undagi asosiy g‘oyani muxtasar, o‘zimizning talqinimizda ifoda etish. Ikkala usul ham sherik uchun muhim, chunki u sizning tinglayotganingizni, hattoki, undagi g‘oyalarga qarshi emasligingizni bildiradi. Bundan tashqari, biz yaxshi tinglayotgan bolib, „Yo‘g‘-e?“, „Nahotki?“, „Qara-ya?“, „Yasha!“ luqmalari bilan ham suhbatdoshimizni gapirishga, yanayam o‘z fikrlarini oydinlashtirishga chaqirib turamiz.
Demak, aslida bizdagi gapirayotgan shaxs etakchi, u suhbatning mutloq xokimi, degan tasawur unchalik to‘g‘ri emas. Yaxshi tinglashda ham shunday kuch borki, u suhbatdoshni Sizga juda yaqinlashtiradi, ishonchni tug’diradi. Chunki muloqot jarayonidagi eng qimmatli narsa — bu axborotning o‘zi. Tinglayotgan odam ma’nili, yaxshi dialogdan faqat yaxshi, foydali ma’lumot oladi. Gapirgan esa aksincha, o‘zidagi borini berib, gapirmaydigan suhbatdoshdan „teskari aloqani“ olib ulgurmay, hech narsasiz qolishi ham mumkin. Shuning uchun muloqotga o'rgatishning muhim yo‘nalishlaridan biri — odamlami faol tinglashga, bunda barcha paralingvistik va noverbal omillardan o‘rinli foydalanishga o‘rgatishdir. Muloqotning samarali faoliyatiga tinglash texnikasi ham o‘ziga xos ta’sir ko'rsatdi.

194
Aktiv holat. Bit — agar krarlo vooi dikan kabi mebel tx/lsb, unga bemalol yastanib yoki yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi harakatlar bilan uning har bir so‘ziga qiziqayotganligingizni bildirishni nazarda tutadi;
15-rasm. Shaxsning suhbatdoshini tinglash texnikasi


Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish