Mashg'ulotni o‘tkazash rejasi va konspekti:
t) mashg‘ulot mtzmucicicg dasturi, mtvzucicg tsosiy qismltri, htr bir aismcicg tsosiy vaziftsi, tthiii aiiictyotgtc mutmmoci hal qilish jarayocidt vujudgt keitdigtc tsosiy ziddiyttltr, qtrhot- aarshilialami qtyd qilish (fiastsiytltsh);
dtstuming tsosiy qismltri mtzmucicicg kocspekti; qtrtmt- atrshiliaitr echimici tt’miclovch’ didtktia usulltmi ajrttish, cuqtt’ ctzarltrning isboClacgaciigi vt tsosltcgtcl’g’, muhoaamac’ng guruhiy shaalitrini tt’minlovchi vtziftsi vt ntzariyalami ajratish mtshg‘ulotnicg htr bir bosqichltridt guruhiy koomunikhsiyh vosittlari vt usulltrici strtltsh;
seminar mashg‘uiotiarida m^zuri turlicht shtaldt ouhoktoa qilish yo‘lltri;
semictr mashg'ulot’ o‘tktz’igtcdtc so'ng un’ tthl’l qilish vt yaaucltsh.
Asosiy tushuncha vt atamaiar
Oliy ttilim psixologiyasi, oliy ttilim talabalarining icdividutl- psixologia xususiyttltri, oliy oaktabning bosh mezoci, oliy tt’limdt milliylia mutmoosi, mt’razt, seminar, tmtliy mtshg‘ulotltr, taltbtltrdt milliy g‘oyt, milliy mafaurt shtalltctirish.
Rezyume
Oliy ttiim psixologiytsi ttilim tizimidt o‘zigt xusus’yttltrga egt bo‘lgan jtrayonlardtn biri stctltdi. Shu boisdan oliy tt’lim psixo- logiytsidt t^baltming ps’xolog’a xususiyatlar’, oliy mtattbning bosh mezon’ vt uning юнИу thtmiytti, oliy ttilimdt оИИуИК outooosi, oliy tt’limdt ma’i-uz^ vt seminar mtshg‘uiotlarini tashail etishci o‘z’ga xos psixologia qonuciyttltrgt tosltcgtc holda amtlgt oshirish oliy ta’lim samaradorligini belgilovch’ omilltrdtn h’sobltntd’. Ayn’qst, ol’y tailimdt taihbtlaming ’ndividutl-psixolooik xususiyttiarini hisobga ol’sh, milliyl’a ttmoyilltrigt e’tibor qtrttish muhim jihttltrdan hisoblanadi.
I*u
Bob yuzasidan savol va topshiriqlar
Oliy maktab psixologiyasining umumiy masalalari.
Oliy maktab psixologiyasining predmeti, maqsadi, vazifalari.
Oliy maktab psixologiyasi, oliy o‘quv yurti rahbarlari, o'qituvchi- lari va talabalari faoliyatining psixologik xususiyatlari.
Oliy maktab psixologiyasining asosiy vazifalari va psixologiyasi metodlari.
Oliy ma’lumotli muttaxassis, komil shaxs rivojlanishiga qo‘yi- ladigan talablar.
Oliy maktabdagi ta’lim va tarbiyaning psixologik tavsifi.
OO‘Yu da ta’lim va tarbiyaning o‘ziga xosligi.
Ta’lim va tarbiyada o‘qituvchi bilan talabalaming hamkorligidagi faoliyati.
Talaba asosiy faoliyat turlarining psixologik xususiyatlari.
Talaba ijtimoiy faoliyatining psixologik xususiyatlari.
Talabalar jamoasidagi psixologik muhit.
Oliy maktab o‘qituvchilari faoliyatining psixologik tahlili.
0‘Yu o‘quvchilari faliyati samaradorligini oshirishning hamkor- likdagi asosi.
Oliy maktab o‘qituvchisi mehnatini ilmiy tashk.il qilishning psixologik masalalari.
VI BOB
SHAXS INSONIY MUNOSABATLAR S1STEMASIDA.
MUOMALA VA SHAXSLARARO MUNOSABATLAR
PSIXOLOG1YAS1
Bobning qisqacha mazmuni
Psixologiyada shaxs tushunchasi. Psixologiyada inson shaxsini o'rganish muammosi, shaxs ijtimoiy ta'sirlar mahsuli sifatida, ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs, shaxs dunyoqarashi va e ’tiqodini o ‘zgartiruvchi omillar, shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar
Insoniy munosabatlar psixologiyasi. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘mi, insoniy muomala va muloqotningpsixologik vositalari, muloqot va uni o ‘rganish muammolari.
1. Psixologiyada shaxs muammosini o'rganilishi
Inson shaxsini o'rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika kabi fanlar shug'ullanadi. Hozirgi davrda inson muammosi aniq va gumanitar fanlaming umumiy tadqiqot ob’ektiga aylanib bormoqda. Shunga qaramasdan, bir tomondan, insonni o'rganishda differensiasiya hodisasi yuz bermoqda, ikkinchi tomondan, inson taraqqiyotining sintetik tavsifi bo'yicha integrasiya holati ko‘zga tashlanmokda. Inson bir qator fanlaming tadqiqot ob’ekti ekanligini yig'iq tarzda tasawur etish uchun uni biososial va sosiobiologik jihatdan o'rganish maqsadga muvofiq.
Ma’lumki, inson hayoti va faoliyatining operasional (O'quv, operasiya, harakat, malaka) mexanizmi uning ontogenezda funksional mexanizmga o'sib o'tadi, binobarin, unda komillik belgisi shakllanadi, natijada u kamolot cho'qqisining muayyan darajasiga erishadi.
Inson — jamiyat — tabiat — turmush munosabatlarini tekshirgan rus olimlari S.L.Rubinshteyn, L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev, B.G. Ananev odamning ular bilan har xil turdagi va ko’rinishdagi kauzal, strukturaviy, funksional, fazoviy va makoniy aloqalar tizimi mavjud- ligini ta’kidlab o'tganlar.
Birinchidan, inson u yoki bu aloqalar tizimiga binoan biologik mahsuli „Homo Sapiens" sifatida o'rganiladi.
Ikkinchidan, tarixiy jarayonning ham ob’ekti, ham subyekti tariqasida shaxs tadqiq etiladi
169
Uchinchidan, individ muayyan koiantda o‘zgaruvchan, taraq- qiyotning genetik dasturiga asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzot tarzida ilmiy jihatdan tekshiriladi. Insonni jamiyat ishlab chiqarishining etakchi tarkibi, bilish, kommunikasiya va boshqaruv subyekti, tarbiya predmeti sifatida tadqiq etilishi muhim ahamiyatga ega. Inson va uning borliq bilan ko‘p qirrali munosabatga hamda aloqaga kirishishi quyidagi tarzda namoyon bo‘lishi mumkin:
tabiatning biotik va abiotik omillari — inson;
jamiyat va uning tarixiy taraqqiyoti — inson;
inson — texnika;
inson — madaniyat;
inson va jamiyat — yer va fazo.
XXI asrda ham odam individ, shaxs, subyekt, komil inson sifatida talqin qilinishda davom ettiriladi, lekin har bir tushuncha mohiyatida sifat o‘zgarishlari yuz berishi mumkin.
Odamga individ sifatida tavsif berishda uning yosh davri, jinsiy va individual-tipologik xususiyatlariga asoslaniladi. Yosh davri sifatlari ontogenetik evolyusiya bosqichlarida izchil ravishda namoyon bo‘ladi va takomillashuv jarayonida o‘z ifodasini topadi, jinsiy demofizm xususiyati esa ularga mos tushadi. Individning individual-tipologik xususiyatiga konstitusion (tana tuzilishi, bioximik individuallik) holatlar, simmetriya va assimelriya juft reseptorlari, elfektorlari funksiyasi kiradi. Bu xususiyatlar va xossalar birlamchi hisoblanib, hujayra va molekulyar tuzilishning barcha darajalarida ishtirok etadi.
Yosh, jinsiy va individual tipologik xususiyatlar sensor, mnemik, verbal va mantiq psixofiziologik funksiyalari dinamikasi hamda organik ehtiyojlar tuzilishini aniqlaydi. Individning bu xususiyatlarini ikkilamchi deb atab, ulaming integrasiyasi temperamentda va tug‘ma mayllarda ifodalanilishini ta’kidlab o‘tish joiz.
Yuqoridagi sifatlar rivojining muhim shakli ontogenetik evo- lyusiyadan iborat boiib, ular filogenetik dasturga asoslanib hukm suradi. Yosh va individual o‘zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-taiixiy taraqqiyoti ta’siri ostida har xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Individning dinamik xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy sifatlari ta’sir etib, uning individual o‘zgaruvchanligi omilini kuchaytiradi.
Insonning shaxs sifatida tavsiflashning muhim lahzasi, uning dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, ya’ni uning jamiyatda egallagan o‘mi) orqali ifodalanadi. Status negizida doimiy o‘zaro aloqalar tizimi yotadi. Rolning 170 ijtimoiy funksiyasi muayyan maqsadlarga va qadriyatlarga yo‘nalganlik shaxsni faollashtiradi. Status, rol, qadriyatga yo‘nalganlik shaxs xu- susiyatlarining birlamchilarini tashkil etadi va uning tuzilishida asos bo'lib xizmat qiladi. Shaxsning ta’rifi xulq motivasiyasi xususiyati va ijtimoiy fe’l-atvor tuzilishini belgilab, uning tarkibidan ikkilamchi alomatlar sifatida joy egallaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi sifatlarining o‘zaro ta’sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari yuzaga keladi. Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi asosiy shakl — uning jamiyatdagi hayot yo'li va ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi.
Individ, shaxs va subyekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi holatlarga e’tibor qilishi zarur:
inson rivojining asosi hisoblangan omillar va shart-sharoitlar (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, maikuraviy, pcdagogik va yashash muhiti omillari);
insoning o‘ziga taalluqli, asosiy tavsiflar, uning ichki qonuniyatlari, mexanizmlari, evolyusiya bosqichi, barqarorlashuvi va evolyusiya;
inson yaxlit tuzilishning asosiy tarkiblari, ulaming o‘zaro aloqalari, shaxsning tashqi ta’sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida ulaming takomillashuvi kabilar.
Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy qismlari insonning amaliy va nazariy faoliyatining mezonlari hisoblanadi. Chunki faoliyatda yashash muhiti tarixiy tajribani egallashda interiorizasiya va eksteriorizasiya amalga oshadi.
Odamning maqsadga qaratilgan ijtimoiy foydali faoliyati prosessida hayotiy deb ataladigan mexanizmlari va ongli faoliyatining funksional sistemasi prosesslari yuzaga keladi. Ana shular tufayli odam bilimlami, ko‘nikma va malakalami, kishining sosial tajribalarini o‘zlashtiribgina qolmay, balki, o‘zining idroki, tafakkuri, xayoli, hissiyotlari va iro- dasini bir so‘z bilan aytganda, voqelikka bo‘lgan ongli munosabatini hamda o‘z harakatlari va xulq-atvorining motivlarini tarkib toptiradi.
Shaxsning barcha xususiyatlari, munosabatlari va xatti-harakatlari shaxsning hayoti faoliyatida ma’lum rolni bajaruvchi va har bin murakkab qurilmadan iborat bo‘lgan hamda shartli ravishda to‘rtta o‘zaro mustahkam bog‘langan funksional bosqichlarga birlashtiriladi: Birinchisi — boshqaruv tizimi;
Ikkinchisi — stimullashtirish tizimi;
Uchinchisi — stabilizasiyalash tizimi;
To‘rtinchisi — indikasiyalash tizimi.
171
Shaxsning ana shu sosial ahamiyatga ega bo‘lgan barcha sifatlari ijtimoiy taraqqiyotning yuksak ongli faoliyatchisi sifatidagi shaxsning xulq-atvori va xatti-harakatlarini belgilaydi.
Birinchi tizimning hosil bo'lishida analizatorlar o‘rtasidagi doimiy tabiiy aloqani aks ettiruvchi filogenetik mexanizmlar katta rol o‘ynaydi. Biroq, bu ilgari yuqorida ta'kidlab o‘tganimizdek, ontogenez pro- sessida filogenetik analizatorlar o‘rtasidagi aloqa vaqtli aloqalar bilan organik jihatdan qo‘shilib keladilar. Bunda, mazkur tizimning ichida perseptiv tizimiga o‘tib ketadigan yuksak darajada integrasiyalangan ma'lum ichki sensor komplekslami hosil qiladi. Bunday komplekslar qatoriga nutq, eshitish, ko'rish hamda sensomotor komplekslami kiritish mumkin. Mana shu komplekslaming hammasi odamning hayot- faoliyati jarayonida o‘zaro bir-biri bilan doimiy aloqaga kirishib, sen- sor-perseptiv uyushishning yagona funksional dinamik tizimini yaratadi. Insonning sensor-perseptiv jihatlari doimo takomillashib boradi.
Ikkinchi tizim barqaror psixik holatlami o‘z ichiga oladi. Bu ho- latlar bolaning aniq maqsadni ko'zlovchi va foydali faoliyatning ongli subyekti sifatida bola boshlagan ilmlarining dastlabki yillaridayoq shakllana boshlaydi. Temperament, intellekt, bilim va munosabat ana shunday xususiyatlar jumlasiga kiradi.
Uchinchi tizim — shaxsni arbob sifatida stabilizasiyalash tizimidir. Yo‘naltirilganlik, qobiliyat, mustaqillik va xarakter uning tarkibiy qismini tashkil etadi.
Yo‘naltirilganlik bilim, munosabatlaming hamda shaxsning xulq- atvori va xatti-harakatlarida ijtimoiy ahamiyat etakchilik qilgan motiv- laming bir butun ekanligida o‘z ifodasini topadi. Bu xususiyat odamning dunyoqarashi, qiziqishlari va ma’naviy ehtiyojlarida namoyon boiadi.
Yo‘naltirilganlik strukturasida g‘oyaviy e'tiqod katta rol o'ynaydi. G‘oyaviy e’tiqod — bu bilimning, o‘sha shaxsga xos boigan intellektual, emosional va iroda sifatlarining sintezi, g‘oyalar va xatti-harakatlar bir butunligining negizidir.
To‘rtinchi tizim o‘z ichiga shunday xususiyatlar, munosabatlar va xatti-harakatlami oladiki, ularda real shaxslaming ijtimoiy „o‘y fikrlari va his-tuyg‘ulari“ aks ettiriladi. Ular bu shaxslaming siyosiy jihatdan ongli, ijtimoiy taraqqiyotning mas'ul arboblari sifatida xulq- atvorini belgilab beradi. Bunga gumanizm, kollektivizm, optimizm va mehnatsevarlik fazilatlari kiradi.
Shaxs ijtimoiy ta’siriar mahsuli sifatida
,.Shaxs" tushunchasi psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o‘rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo‘lgan aloqasi masalasini chetlab o‘tolmaydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, „Homo sapiens“ — „aqlli zot“ tushunchasini o'zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo'lganiga taxminan 40 ming yildan oshibdi. Bu davrda olimlaming e’tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan emish. Darvin ta'biri bilan aytganda, tabiiy tanlanish jarayonida er yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlaming keyingi davrdagi taraqqiyoti ko‘proq biologik omillardan ko‘ra, ijtimoiy-sosial omillar ta’sirida ro‘y bermoqda. Shuning uchun ham har bir individni yoki shaxsni o‘rganish masalasi uning bevosita ijtimoiy muhiti va uning ijtimoiy normalari doirasida o'rganishni taqozo etadi.
Sosial yoki ijtimoiy muhit — bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko‘rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo‘ladi.
Psixologiya ilmining namoyondalari bolmish olimlaming butun bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr Farobiy, A. Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab Sharq allomalari ham bu o‘zaro bog'liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga o‘zlarining eng durdona asarlarini bag‘ishlaganlar. Barcha qarashlarga umumiy bo'lgan narsa shu bo‘lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun awalo, uning shu jamiyatda to‘tgan o‘mi va mavqeini bilish zarur. Shaxsni o‘rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning ijtimoiy mavqei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o‘mi bilan belgilanishi kerak.
Demak, inson jamiyat a’zosi sifatida uning normalariga bo‘ysunadi, uning kutishlariga javob berishga harakat qiladi va o‘z xulqini uning talablariga monand qilishga intiladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, shaxs fenomeniga ta’rif berish mumkin.
Shaxs — ijtimoiy va shaxslararo munosabatlaming mahsuli, ongli faoliyatningsubyekti bo'lmish individdir. Shaxsga taalluqli bo'lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabat- larga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob’ekt, ham subyekt bo‘lishligidir.
Shaxsga taalluqli bolgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, ijtimoiy ta’sirlami o‘z ongi va idroki hilan qabul qilib (ob’ekt- ni), so‘ngra shu ta’sirlaming subyekti sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanoq „mening hayotim“, „bizning dunyo“ degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit o‘sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq olamidir. Bu muhit — kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an’analar, udumlar, turli xil tillar olami bo‘lib, undagi ko‘plab qoidalarga ko'pchilik mutloq qo‘shiladi, ba’zilar qisman qo‘shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo‘ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi, ta’qiblanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxsjamiyatga nisbatan barcha tartib-qoidalarni qabul qiluvchi subyekt bo‘lsa, jamiyat — ijtimoiy intizom va tartibning, madaniyatning mufassai ko ‘rinishidir.
Shaxs ijtimoiy xulqiga turli tashqi kuchlar ta’sir qiladi: siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy va boshqalar. Bu ta’sirotlar mohiyatan, aslida jamiyat a’zolari bo‘lmish shaxslar o‘rtasidagi o’zaro munosabatlaming ayrim alohida yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Shunday qilib, shaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta’sirida bo‘ladi va ko‘plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o‘quv maskan- lari, mehnat kollektivlari, norasmiy tashkilotlar, din, san’at, mada- niyat va boshq.) bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, shaxsdagi turli g‘oyalar, fikrlar va mafkura, mafkuraviy munosabatlar tizimi ta’sirida shakllanib, ular bevosita oila, bog‘cha, maktab, boshqa o‘quv va tarbiya muas- sasalari orqali ongga singdiriladi. Agar bu ta’sir uning e’tiqodi darajasiga ko‘tarilsa, va unda yana yangidan-yangi fikrlar va g‘oyalaming paydo bo‘lishi, o‘sishiga olib kelsa, shaxs taraqqiyoti jarayonida shunday faoliyat sohasini tanlaydiki, o‘z qobiliyatlari, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantira borib, ziyoli sifatida yo o‘qituvchi, yoki vrach, yoki o!im, kashfiyotchi, muhandis bo‘lib, elu yurtiga xizmat qiladi.
Iqtisodiy munosabatlar ham shaxs ongi va uning insoniy xususiyatlari shakllanishida katta rol o‘ynaydi. Masalan, bosqichma- bosqich bozor munosabatlariga o‘tayotgan 0‘zbekiston sharoitini oladigan bo‘lsak, yangicha iqtisodiy o‘zgarishlar, bozor, raqobat, legalizasiya va shunga o‘xshash yangiliklar har bir shaxsning moddiy boyliklar va ularga bo'lgan shaxsiy munosabatlarida aks etib, uning iqtisodiy ongi, tafakkuri va iqtisodiy xulqi normalarini belgilaydi.
Shaxs xulq-atvori normalari va sanksiyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |