har bir tinglovchiga FSMU texnologiyasining 4-bosqichi yozilgan qog‘ozlar tarqatiladi:
F — fikringizni bayon eting;
S — fikringizning bayoniga sabab ko‘rsating;
M — ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring;
U — fikringizni umumlashtiring.
Har bir tinglovchi yakka tartibda tarqatilgan qog‘ozni FSMU ning 4-bosqichi bo‘yicha o‘z fikrlarini yozma bayon etgan holda to‘latadi.
bosqich:
har bir tinglovchi o‘z qog‘ozlarini to‘latib bo‘lgach, trener ulami kichik guruhlarga bo‘linishlarini iltimos qiladi yoki o‘zi turli guruhlarga ajratish usullarining biridan foydalangan holda tinglovchilami kichik guruhlarga bo‘lib yuboradi;
o‘qituvchi har bir kichik guruhga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qog‘ozlami tarqatadi;
- o‘qituvchi kichik guhihlgiga liar bi rlari yozgan qog‘ozlardazl fikr va dalillami katta formatda umumlashtirgan holda 4 bosqich bo‘yicha yozishlarini taklif etadi.
138
bosqich:
kichik guruhlarda awal har bir tinglovchi o‘zi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh a’zolarini tanishtirib o‘tadi. Guruh a’zolarining barcha fikrlari o'rganilgach, kichik guruh a’zolari ulami umumlashtirishga kirishadi;
guruh a’zolari FSMUning 4-bosqichini har biri bo'yicha umumlashtirib, uni himoya qilishga tayyorgarlik ko'radilar;
fikrlami umumlashtirish vaqtida har bir tinglovchi o‘z fikrlarini himoya etishi, isbotlashi mumkin.
bosqich:
kichik guruhlar umumlashtirilgan fikrlarini himoya qiladilar: guruh vakili hai bir bosqichni alohida o'qiydi (iloji boricha izoh bermagan holda). Ba’zi bo‘limlarni isbotlashi, ya’ni guruhning aynan nima uchun shu fikrga kelganini aytib o'tishi mumkin.
bosqich:
o‘qituvchi mashg‘ulotga yakun yasaydi, bildirilgan fikrlarga o‘z munosabatini bildiradi;
ushbu trening yordamida nimalami bilib oldingiz va nimalarga o'rgandingiz?
ushbu texnologiyaning o‘quv jarayonida qo'llanilishi qanday samara berdi?
ushbu texnologiyaning qo’llanilishi talaba-o'quvchilarda qanday xislatlarni tarbiyalaydi, nimalami shakllantiradi, ularning qanday fazilatlarini rivojlantiradi?
ushbu texnologiyani o'quv jarayonining qaysi bosqichida qo'llash ma’qul va nima uchun?
ushbu texnologiyaning dars jarayonida qo'llanilishi o'quvchi talabalarga nima beradi va nimaga o'lgatadi?
ushbu texnologiyani yana qanday tartibda yoki qanday shaklda o'tkazish mumkin?
ushbu treningda o'qituvchining asosiy vazifasi nimadan iborat. Izoh: yuqorida keltirilgan savollar har bir treningning mazmuni,
maqsadidan kelib chiqib trener (o'qituvchi) tomonidan tinglovchilarga yoki talaba-o'quvchilarga berilishi mumkin.
Tarqatma materialning taxminiy nusxasi:
139
FSMU mexnologiyasi (F) — Fikringizni bayon eting;
(S) — Fikringiz bayoniga biron sabab ko'rsating;
(M) — Ko'rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring;
(U) — Fikringizni umumlashtiring.
BLIS-SO‘ROV mexnologiyasi Blis-pedagogikada tezkor, bir zumlik ma’nosida ishlatiladi.
Bu texnologiyada talaba-o'quvchilarga o'rganilgan butun mavzu yoki uning ma’lum qismining asosiy tushunchalari va tayanch iboralari bo'yicha tuzilgan savollarga javob (og'zaki, yozma, biror jadval yoki diagramma ko‘rinishida) berishlari taklif etiladi. Masalan, genetika fanidan o'tilgan „Hujayra tuzilishi" mavzusining oxirida quyidagi savollar bo'yicha blis-surov o'tkazish mumkin:
Hujayraning irsiyatda qanday ahamiyati bor?
Hujayraning shakli va o'lchami qanday bo'lishi mumkin?
Hujayraning ximiyaviy tarkibi qanday moddalardan tashkil topgan?
Hujayra organoidlari va ulaming vazifalari nimalardan iborat?