12-rasm. „Loyiha“ metodining bosqichlari
Kichik guruhlar ish rejalarini taqdimot qiladilar. Ta’lim oluvchilar ish rejasiga asosan topshiriqni bajarish bo‘yicha qaror qabul qiladilar. Ta’lim oluvchilar muhandis-pedagog bilan birgalikda qabul qilingan qarorlar bo'yicha erishiladigan natijalami muhokama qilishadi. Bunda har xil qarorlar taqqoslanib, eng maqbul variant tanlab olinadi. Muhandis-pedagog ta’lim oluvchilar bilan birgalikda „Baholash vara- qasi“ni ishlab chiqadi.
Ta’lim oluvchilar topshiriqni ish rejasi asosida mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ular individual yoki kichik guruhlarda ishlashlari mumkin.
Ta’lim oluvchilar ish natijalarini o‘zlarini tekshiradilar. Bundan tashqari, kichik guruhlar bir-birlarining ish natijalarini tekshirishga ham jalb etiladilar. Tekshiruv natijalarini „Baholash varaqasi"da qayd etiladi. Ta’lim oluvchi yoki kichik guruhlar hisobot beradilar. Ish yakuni quyidagi shakllaming birida hisobot qilinadi: og‘zaki hisobot; materiallami namoyish qilish orqali hisobot; loyiha ko‘rinishidagi yozma hisobot.
Muhandis-pedagog va ta’lim oluvchilar ish jarayonini va natijalami birgalikda yakuniy suhbat davomida tahlil qilishadi. 0‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarida erishilgan ko'rsatkichlarni me’yoriy ko’rsatkichlar bilan taqqoslaydi. Agarda me’yoriy ko‘rsatkichlarga erisha olinmagan bo'lsa, uning sabablari aniqlanadi.
Muhandis-pedagog ,,Loyiha“ metodini qo‘llashi uchun top- shiriqlami ishlab chiqishi, loyiha ishini dars rejasiga kiritishi, topshiriqni ta’lim oluvchilaming imkoniyatlariga moslashtirib, ularni loyiha ishi bilan tanishtirishi, loyihalash jarayonini kuzatib turishi va topshiriqni mustaqil bajara olishlarini ta’minlanishi lozim.
„Loyiha “ metodini amalga oshirishning uch xil shakli mavjud:
yakka tartibdagi ish;
kichik guruhiy ish;
jamoa ishi.
Bumerang texnologiyasini o‘tkazish bosqichlari
bosqich:
— Trening tinglovchilari 4—5 kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘linadi;
— o‘qituvchi har bir guruh va uning har bir a’zosiga mustaqil o‘rganish, fikrlash va yodda saqlab qolish uchun alohida-alohida aniq
131 yozma tarqatma material beradi. Ulaming soni guruhlar va tinglovchilar soniga bog'liq. Agar 4 ta kichik guruh bo‘lsa, u holda umumiy mavzu 4 ta kichik matniarga bo‘linib, har bir guruhga beriladi;
faoliyat samarali bo'lishi uchun har bir guruhga berilgan tekstdan har bir tinglovchiga beriladi. Shunday qilib, 4 ta guruh umumiy mavzu asosida 4 xil matnga, har bir tinglovchi esa o‘z guruhiga tushgan matnga ega bo'ladi.
bosqich:
guruthlarga berilgan matnni guruh a’zolari yakka tartibda alohida o'rganishlari, tekstni eslab qolishlari, keyin esa, kerak bo‘lsa, bosh- qalarga yoki o'qituvchiga gapirib berishlari, iloji boricha tekstni o‘z- lashtirib olishlari kerakligini o'qituvchi uqtiradi va tayyorgarlik uchun matnni katta yoki kichikligiga qarab, 10—15 daqiqacha vaqt beradi. 0‘zi esa guruh va tinglovchilaming ish faoliyatini kuzatadi.
bosqich:
o‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘yilgan raqamlar yozilgan kichik qog'ozlar bilan xar bir guruh yoniga kelib guruh a’zolaridan ushbu qog‘ozlardan bittadan raqam tortib olishlarini so‘raydi (qog'ozlar soni guruhdagi tinglovchilar soniga bog'liq, masalan guruhda 5 kishi bo'lsa, qog'ozdagi raqamlar 1,2,3,4,5, etib tayyorlanadi, agar 4tabo‘lsa ldan 4gachavahokazo). Kichik gunihlardagi barcha tinglovchilar raqamlar yozilgan qog'ozdan olishlari kerak. Nechta guruh bo'lsa, shuncha guruh a’zolari soniga qarab raqamlar yozilgan qog'ozlar tayyorlanadi.
Trener raqamlar bo'yicha tinglovchilardan yangi guruhlar tu- zishlarini so‘raydi. Masalan, hammada 1-raqamini olganlar bitta yangi guruh, 2-raqamlilar ikkinchi, 3-raqamlilar uchinchi guruhni, 4- raqamlilar to'rtinchi guruhni, 5-raqamlilar beshinchi guruhni tashkil etishlarini so'raydi. Guruh a’zolari yangi guruhga o'zlari bilan o'rgangan matnlarini ham olib o‘tishadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |