О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 0,65 Mb.
bet110/130
Sana18.01.2017
Hajmi0,65 Mb.
#588
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   130
Kenagas — bu qishloq mahalliy xalq orasida Kanayas deb yuritiladi, chunki hududdan Kanayas arig`i oqib o`tadi. Qishloqning markaziy qismiga Karaman qal`asi deyishadi. Karaman — Xorazmda o`suvchi ulkan daraxt. Qariyalarning so`zlariga qaraganda, bu erda Xiva xonligi davrida mudofaa vazifasini bajaruvchi kichik, o`ziga xos qal`acha bo`lgan. Kenagas degan qabila ham bo`lgan.

Xadra — Qo`shKo`pir rayonidagi ikkinchi qishloqning nomi. Xadra so`zining ma`nosi qal`a yoki shaharning cheti demakdir. Xadra qishlog`i Xiva qal`asining shimol tomonida joylashgani uchun ham Xadra nomini olgan bo`lishi mumkin.

O`zbekyop — shu rayondagi uchinchi qishloq bo`lib, uning ma`nosini shunday tushuntirish mumkin. O`zbek — shu qishloqda yashovchi xalqning millati. «yop» so`zi xorazmcha bo`lib, ariq yoki kanal ma`nosini bildiradi. Bu qishloq qo`shni Turkmaniston erlariga yaqin bo`lgani uchun ular bu ariqni o`zbekning yopi, ya`ni arig`i deyishgan. O`zbekyop qishlog`ining markazi Qorovul deb ataladi. Bu so`zni mahalliy sheva tili ma`nosida qora va ovul deb tushunish mumkin, u bora-bora Qoravul bo`lib qolgan.

Hayrovot — rayondagi beshinchi qishloq bo`lib, Xiva qal`asining shimoli-g`arbiy tomonida joylashgan. Ma`lumki, rovot — bu darvoza degani. Demak, qishloq Xiva xonligining shimoli-g`arbiy tomondagi darvozasi bo`lgan. Hayrovot balki, odamlar aytganlariday, xayrli darvoza, fayzli darvoza, yaxshi darvoza ma`nolarini bildirishi ham mumkin.

O`rtayop — rayondagi oltinchi qishloq, o`rtayop cho`zilib ketgan ariqning o`rta markaziy qismida joylashgan qishloq ma`nosini ham bildiradi. Qishloq hozir ham shu nom bilan ataladi.

Qatag`on — rayondagi ettinchi qishloqning nomi. SHevada qatag`on so`zi yo`q. Bu so`z fors tilida — yo`qolgan, qurilgan va topib bo`lmaydi, degan ma`noni bildiradi. Urganch, SHovot va Qo`shKo`pir rayonlari hududiga o`xshash qumlik sahrolar shu qishloqning yo`q bo`lib ketishiga, nomi esa Qatag`on bo`lib ketishiga sababchi bo`lishi mumkin. Suv chiqarish qiyin bo`lgan paytlarda qum barxanlari qishloq erlarini ko`mib yuborgan, natijada qurg`oqchilik bo`lib turgan. Qatag`on nom albatta bejiz berilmagan. Mahalliy aholi orasida bu qishloq to`g`risida ma`lumotlar deyarli saqlanmagan.

Qo`shKo`pir — rayondagi sakkizinchi qishloq bo`lib, hozirgi kunda rayon markazidir. Nomining o`zidan ko`rinib turibdi, qo`sh — juft, ko`pir — ko`prik ma`nosini, ya`ni qo`shma ko`prikli, degan ma`noni bildiradi. Marhum akademik Muhammadjon YO`ldoshevning «Xiva xonligida feodal er egaligi va davlat tuzilishi» degan kitobida bu haqda ancha ma`lumotlar bor. eng avval Qo`shKo`pir qo`sh ko`prik deb nomlangan. U erda katta G`azovon arig`i bor. Bu ariqning u tomoni bilan bu tomoniga o`tish uchun ikki joyiga katta ko`prik kurilgan. Qo`shKo`pir degan so`z shundan olingan.

G`azovot — rayondagi to`qqizinchi qishloq nomi. O`rta Osiyoda suv masalasi og`ir bo`lgani uchun Xiva xonlari ming-minglab odamlarni ariq qazishga safarbar qilganlar. Xon amaldorlari mehnatkash xalq ommasini ayamasdan ishlatganlar. Ariq qazish oddiy xalqqa ko`p mashaqqatlar keltirgan. Bu qishloq esa o`sha G`azovot arig`i bo`yida joylashgan bo`lgani uchun ham G`azovot nomini olgan, degan fikrlar bor.

Bog`ot — Xorazm viloyatidagi rayon markazi. Bog`ot etimologiyasini bog`zor, bog`lar, bog` va arabcha ot ko`plik affiksi «arz so`raydigan bog`» so`zi bilan bog`laydilar. Mahalliy xalqning aytishicha «bog`ot» poliz, polizchi degan ma`noni bildiradi.

Amudaryo — uni yunonlar hamda rimliklar Oksus yoki Oqsus, arablar esa «Jayhun» (telba) deb ataganlar. Daryoning hozirgi nomi esa Amuya shahri (XVI asr) nomidan olingan; bu shahdr keyinchalik Amudaryo deb atala boshlagan.


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish