YAngi mavzuning konspekti
Xorazm X asrda Somoniylar davlati tarkibiga kirardi. Somoniylar davlati bo`linib ketgan vaqtda u o`z mustaqilligini saqlab qolishga va Qoraxoniylar va G`aznaviylar davlatlari tarkibiga kirmay qolishga muvaffaq bo`ldi. Bu davrda Xorazm xo`jalik va madaniy hayotda katta yutuqlarga erishdi. Biroq 1017 yilda Mahmud G`aznaviy qo`shinlarini tor-mor keltirib, uni o`z davlatiga qo`shib oldi. 1240 yilda g`aznaviylar Xurosonni qo`ldan boy bergach, Xorazm Saljuqiylar davlati tarkibiga kiradi. Saljuqiylar bilan qoraxoniylar o`rtasidagi o`zaro urushlar bu davlatlarning kuchsizlanishiga olib keladi va XII asr boshlaridan Xorazm mustaqil davlat sifatida yana taraqqiy eta boshlaydi. Uning hududi unchalik katta bo`lmasada, iqtisodiy jixdtdan kuchli va boy edi. Ko`chmanchi turkmanlar, eron, Volgabo`yi va Uzoq SHarq bilan olib borilgan savdo-sotiq aloqalarining qizg`in rivojlanishi shunga imkoniyat tug`dirgan edi.
Hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish va qishloq xo`jaligi Xorazmda yuqori darajaga ko`tariladi. Bularning barchasi mustaqillik uchun kurashda qulay shart-sharoitlar yaratdi. 1141 yilda Samarqand yaqinida qoraxoniylar qo`shini bilan ko`chmanchi qoraxitoylar o`rtasida jang bo`ladi. Jangda qoraxitoylarning qo`li baland kelib, g`alaba qozonadilar. Bundan foydalangan Xorazm sultoni Otsiz Marvni bosib oladi. Takesh (1172 —1200) hukmronligi davrida Xorazm kuch-qudratga to`lgan davlat edi. Bu vaqtda davlat xududi eron sharqiy qismining bosib olinishi evaziga ikki marta kengaygan edi.
Gurlan — Gurlan so`zining asl ma`nosi hali ma`lum emas. Bu so`zning kelib chiqishi haqida bir rivoyatda shunday deyiladi: bir vaqtlar bu hududga ko`r chol bilan cho`loq kampir ko`chib kelishibdi. Ular juda mohir hunarmand ekanlar. Ular tuzatgan narsalarini bozorga olib chiqib sotar ekanlar. Bozorda hech kimning narsasi o`tmasa ham ularniki bemalol sotilaverarkan. SHunda odamlar ikkalalarida biron sir bor, deb ularning atrofiga kelib joylasha boshlabdilar. O`sha hududni esa «ko`r va lang» deb atay boshlabdilar. Vaqtlar o`tishi bilan bu so`z o`zlashtirilib «Gurlan» bo`lib ketibdi. Xorazm lahjasida k — tovushi ko`pincha «g» shaklida ishlatiladi. SHuning uchun «ko`r» so`zi «gur» shaklida ishlatilib «gurlan» bo`lib ishlatilib kelinmoqda Hozir ham shu nom bilan yuritiladi. YAna bir manbada — «Qadimgi mualliflar O`rta Osiyo haqida» degan kitobda aytishlaricha, qadimgi yunon tarixchisi Gerodot Xorazm haqida ko`p ma`lumotlar yozib qoldirgan. Gerodotning yozishicha, xorazmliklar, girkaniyaliklar, parfiyaliklar bilan bir-biriga yaqin joyda istiqomat qilganlar. YUnon tarixchisi tilga olgan «girkaniya» so`zi qadimgi turkiy yozuvlaridagi «Kurikan» qabilasining nomi bilan uzviy bog`liq bo`lib, ularning asrlar davomida fonetik o`zgarishidan «Gurlan» varianti kelib chiqqan bo`lishi ham mumkin. Ammo bundan Gurlandagi aholining nomi girkanlardan kelib chiqqan ekan, degan xulosaga kelib bo`lmaydi. Kichik bir ovulning nomi ham yoki oila boshlig`i yoki uning bir a`zosi nomi toponimikada asos bo`lib ketaverishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |