О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 0,65 Mb.
bet113/130
Sana18.01.2017
Hajmi0,65 Mb.
#588
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   130
Qo`qonboy — Qo`qonboy qishlog`ining tashkil topish davri qariyalarning va qishloq ziyolilarining shoxidligi bo`yicha, Qo`qon xonligi davriga to`g`ri keladi. Qishloq Toshkent — Andijon temir yo`li va Xo`jand — Qo`qon karvon yo`llari yoqasiga joylashgan. Qishloqdagi katta-katta, eng hosildor erlar Qo`qonlik boylardan PO`stin-purushboy, Tovoqchiboy, Pichaqchiboy, Olloboy va shu kabilarga qarashli bo`lib, yaqin kunlargacha o`sha boylarning nomi bilan atalib kelar edi. Qariya otaxonlarning aytishicha, qishloq erlari suv boshida bo`lib, eri juda unumli bo`lgan. SHu sababli bu erlarni Qo`qonlik boylar egallab olib, chorikorlarga bo`lib bergan va bu erda asta-sekin aholi to`planib, qishloq paydo bo`lgan. Qishloq asosan Qo`qonlik boylarning eridan iborat bo`lgani uchun Qo`qonboy deb atala boshlagan degan fikr bor.

Savay — 1930 yili tashkil topgan sovxoz nomi. U Farg`ona vodiysining shimoli-sharqidagi Andijon viloyati Qo`rg`ontepa rayonida joylashgan bo`lib, Qirg`iziston Respublikasi bilan chegaradoshdir. Bu er nomining kelib chiqishi quyidagicha bo`lgan. Sovxoz tashkil topmay turib, shu erga yaqin joyda Isavay degan odam yashagan ekan. U o`z tomorqasiga Qoradaryodan bosh oladigan ariqdan suv ochgan. Keyinchalik mana shu joyda davlat xo`jaligi tashkil topgan, xuddi shu ariq o`rnida kanal qazilgan. Odamlar bu kanalni xaligi ariq o`rnidan ochilgani uchun «Isavoy ariq» deb, keyinchalik bu so`z buzilib Savay ariq deb atay boshlangan. «Savay ariq» atrofida tashkil topgan davlat xo`jaligi nomi ham «Savay» bo`lib qolgan. Hozir ham shu nom bilan mashhur. Mo`g`ul urug`laridan biri ham Savay deb yuritilgan deydi B. Ahmedov.

Xo`jand — Tojikiston respublikasidagi shahar. 1936 yilga qadar shu nom bilan atalib kelingan. Nima uchun Xo`jand deb atalganligi to`g`risida bir qancha rivoyatlar mavjud.

Bir vaqt Sirdaryo toshib, kechasi bu shaxarni suv olib ketgan emish. Podsho Nushirvon mamlakatdagi eng yaxshi odamlarni yig`ib, eski shahar o`rnidan sal nariroqda yangi shahar barpo qilishga buyruq bergan ekan. SHunda oldingi shaharning nomi unutilib, XO`bchand (tojik tilida bir so`zi chand, yaxshi so`zi — xo`b) deyilgan, ya`ni bir qancha odam kelib o`rnashgan shaxar degan ma`noni bildiradi. Bora-bora, vaqt o`tishi bilan, XO`bchand so`zi Xo`jand bo`lib ketgan, deyishadi. YAna boshqa bir rivoyatda Xo`jand so`zi bu shaharda «oq suyaklar» ko`p bo`lganligi sababli «Xo`jalar shahri» so`zidan olingan, deyiladi.



SHunday qilib, shaharning nima uchun Xo`jand deb atalganligi to`g`risida ishonchli bir fikr yo`q.


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish