Uchrashuvlar — kechalari. Bu uchrashuvlar eng yaxshi o'qituvchilar, bolalar uchun teatr
qo'ygan rejissyorlar bilan, bolalar qonunbuzarliklari bilan shug'ullanuvchi prokuratura xodimlari
boiishlari mumkin. Bu uchrashuv kechalari ham oldindan tayyorlanadi. Muhimi talabalarni
qiziqtiradigan savollarni belgilab olish kerak. Suhbat mazmuni bola shaxsi shakllanishi haqida,
bolalar psixikasi xususiyatlari to'g'risida talabalarning psixologik bilimlariga asoslanishi kerak.
Muhokama etiladigan savollar orqali ular suhbatga tayyorlanib borishlari uchun talabalarga
oldindan ma'lum qilgani maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |