Psixologik jurnal. Unda auditoriyadan tashqari turli xil ishlar haqida ma'lumotlar, biror-bir
muammoni muhokama qilish, o'quvchilar savollariga javoblar, turli pedagogik va psixologik
masalalar hamda yangi qiziqarli psixologik faktlar bo'lishi mumkin. Boshqa gazeta, jurnallar,
kitoblar maqolalardan foydalanish mumkin. O'quvchilar qiziqishini jalb etish uchun jurnalning
bir .sonida tushuntirish bermasdan va o'quvchilaiiga ular haqida o'ylab ko'rishni, ularni o'zlari
tushuntirib berishlarini taqlif qilingan faktni keltirish lozim. Jurnaldagi faktlarni tushuntirish
uchun foydalanish mumkin bo'lgan adabiyotlami keltirish kerak. Keyingi sonida talabalarning
o'zlari topgan javoblarini keltirish lozim.
Auditoriyadan tashqari ishlar psixologiya o'qituvchisidan ko'p vaqt talab etib, talabalarning
psixologik bilimlarini o'zlashtirish ishlarida juda samaralidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |