Talabalarga topshiriqlar. Seminar mashg'ulotda rivojlanish va ta'lim o'rtasidagi
bog'liqlikni aniqlash bo'yicha quyida keltirilgan tajribani tahlil qilib chiqing.
4-5 yoshli bolalarga ikkita A va В ga bir xiida suv quyilgan idishlarni ko'rsatadi, agarda A
idishdan kattaroq bo'lgan D idishga hamma suvni quyilsa, suvning miqdori o'zgaradimi deb
so'raydilar va uni bolalarga ko'rsatadilar. Ko'pchilik bolalar suv qancha bo'lsa shuncha qoladi
yoki shunday bo'ladi deb javob qaytaradilar, bu yerda suyuqlik miqdori haqidagi savol
ko'rgazmali namoyon etiladi, so'z bilan «faqatgina nazariy» ko'rinishda quyidagicha (agarda
unga quysak), shundan keyin haqiqatdan ham suvni A idishdan D idishga quyildi. Lekin bu
ishni bolalarning ko'zi oldida emas, balki suvni quyish paytida idishlarni mato bilan to'sib turib
bolalarga ko'rsatmay bajaradilar, keyin darhol olib tashladilar. Endi В va D idishlardan suv
bolalar ko'zi oldida yaqqol ko'rinib turar edi. Endi bolalarning ko'pchiligi В idishni ko'rsatadilar
chunki undagi suv balandligi yuqori edi. Nima bo'ldi; nima uchun so'z bilan tushuntirishda
bolalar (xayolida, nazariy manzarani aniq ko'rmay turib) suvni qayta quygan bilan uning
miqdori o'zgarmasligini yaxshi tushunadilar. Uning xatoligini o'zgarsa ham (D idishi kengroq
edi), bu tajribani o'z tadqiqotlarida foydalangan psixologlar buni bolaning tushunchasi
rivojlanayotgani bilan tushuntiradilar. Misol uchun «miqdor» va «sabab» (soni nima uchun
o'zgardi, degan savolga bolalar chunki quydik idishga deb javob qaytardilar) bolalarda
tasavvurida kattalarnikidan farqli umuman boshqacha ma'noga ega bo'lishi mumkin va ular nima
haqida so'rayotganlarini tushunmasligi mumkin.
a)
bu rivojlanish o'z-o'zidan bo'ladigan jarayon deb hisoblagan J.Piaje haq deganimi, bu
ta'limga bog'liq emasmi? Bu o'z-o'zidan o'tib boradigan kerakli rivojlanish darajasini kutib
o'tirmay ta'lim bu rivojlanishga nima yetmayotgan bo'lsa shuni kiritib uning darajasini ko'tarish
kerakligini bildirmaydimi?
b)
nima uchun bolalar suvni so'z bilan (nazariy) quyilganda to'g'ri javob berib haqiqiy
(ko'rgazmali) quyilganda xatoga yo'l qo'yadilar.
133
Talabalarning mustaqil ishlari va ularni seminar mashg'ulotlariga tayyorlashda o'quv
masalalarni tuzishda quyidagi savollardan foydalanish mumkin.
O'quvchilarning yoshi psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib va kerakli o'quv
qo'llanmalarini o'qib chiqib quyidagi ikkita savolga javob bering.
a) qanday qilib o'quvchilar, ota-onalar, maktab rahbarlari yoshi, rivojlanishi har bir davri
uchun xos bo'lgan ta'lim va tarbiyalashda faoliyatning yetakchi turlarini hisobga olishlari kerak
(misollar bilan ko'rsating)?
b) ehtiyojlar doirasidagi rivojlanishdagi qarama-qarshilik birligini, uning operatsion-texnik
imkoniyatlarini, ta'lim va tarbiyada qanday qilib hisobga olish mumkin (javoblarni har bir yosh
davri uchun alohida tayyorlang).
Rivojlantiruvchi ta'limning ma'nosi nima, qanday o'qitishlarni rivojlangan deb aytib
bo'lmaydi (alohida ta'lim amaliyotida)?
Amaliy ta'limda uchraydigan o'qitish motivlarini aytib o'ting va ularning har birning asosida
qanday talablar yotishini tushuntirib bering.
P.Ya.Galperinning bosqichma-bosqich bilan aqliy harakatlarni shakllantirish psixologik
konsepsiyasining ta'limning boshqa hamma konsepsiyalaridan prinsipial farqi nimada?
L.S. Vigotskiyning hozirda uning shogirdlari va izdoshlari tomonidan rivojlantirilayotgan
tarixiy-madaniy nazariyasi ma'nosini yosh va pedagogik psixologiyaga nisbatan qisqacha
qanday ifoda etgan bo'lar edingiz?
An'anaviy o'qitish nazariyasida psixologiyada va pedagogikada bo'lgani kabi xatolar
o'qitishda albatta bo'ladi, ba'zan hatto bu foydali ham bo'ladi. Muammoga to'g'ri munosabatda
bo'lganda deb hisoblash qabul qilingan, chunki «xatolarda o'rganiladi», aqliy harakatlarning
bosqichma-bosqich shakllanish nazariyasi asosida (P.Ya.Galperin va uning izdoshlari) tashkil
qilingan o'qitish xatosiz bo'lishi mumkin deb hisoblaydi. Bu fikrni to'g'riligi bir necha bor
tajribalar bilan isbotlangan, bir necha yuz minglab bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan o'qitish
bo'yicha o'tkazilgan tajribalarga yakun yasab I.F.Talzina shunday yozadi; «o'zlashtirish asta-
sekinlik bilan xatolardan xalos bo'lish sifatidagi tasavvurlarni o'zlashtirishning haqiqiy tabiatiga
to'g'ri kelmaydi deb to'la ishonch bilan aytish mumkin, bilimsizlikdan bilimga yo'l umuman
olsak bexato bo'lishi mumkin».
134
18- mavzu. PEDAGOGIK OLIY O’QUV YURTLARIDA PSIXOLOGIYA
Do'stlaringiz bilan baham: |