XIX asr rus adabiyotini davrlashtirish masalasida turlicha yondoshuvlarning mavjudligi. XX asr rus adabiyotini davrlashtirish masalasi rus adabiyotshunosligida ham bahsli masala hisoblanadi. Rus adabiyotshunos olimlarining bu borada turlicha yondoshuvlari mavjud.
A.N.Pipin, A.S.Vengerov, I.I.Zamotin, A.N.Veselovskiy kabi adabiyotshunoslar xronologik tamoyilga tayanishadi va o`n yilliklar, chorak yoki XIX asr birinchi yarmi, ikkinchi yarmi kabilarga bo`lib o`rganishni tavsiya qilishadi.
Shuningdek, davrlashtirishda shaxslar nomi bilan atash tamoyili ham kuzatiladi.Davrning eng mashhur shoir va yozuvchilar nomi bilan atash, masalan, Karamzin davri, Pushkin davri, Gogol davri kabi;
Sho`rolar adabiyotshunosligidagi tasniflashda V.I.Leninning maqolalari asosida davrlashtiriladi.Tabiiyki, sho`rolar mafkurasi asosida baho beriladi.
XX asrning 80 - yillariga kelib esa adabiy jarayonlar uchun Leninchasiga davrlashtirish to`la javob bera olmay qoldi.XX asrning Rus adabiyoti instituti olimlari esa davrlashtirishda adabiy jarayonda yetekchi bo`lgan adabiy yo`nalishlar asosida ko`rib chiqishni tavsiya qildilar.Ya’ni,
Sentimentalizmdan romantizmga ( XIX asr boshidan 1825 yillargacha)
Romantizmdan realizmgacha (1826 yildan to asr o`rtalarigacha)
Realizmning maydonga kelishi (1856-1881 yillar)
Rus realizmiga o`tish davri (80- yillar)
90-yillar esa 1900 yil kontekstidagi adabiy jarayonlar bilan birgalikda o`rganiladi.
Oxirgi yillarda esa yuqoridagi davrlashtirish masalalarida janr va turlar muammosida keskin burilish tufayli XIX asr rus adabiyotini ikki bosqichda, ya’ni “poeziyaning oltin davri” va uning janrlari (birinchi to`rt onyillik);
Va epik nasrning rivoji, ayniqsa romanlarning rivoj topishi (asrning ikkinchi yarmi) davrlashtirish ommalashmoqda. Biz esa dars soatlaridan kelib chiqib va yana boshqa omillarni hisobga olgan holda xronologik tamoyil asosidagi davrlashtirishni ma’qul ko`rdik.
Adabiyotlar:
1. Russkaya literature XIX veka.-T., “O’qituvchi”,1970.212s.
2. Revyakin A.I.Istoriya russkoy literature XIX veka.-M.: Prosvesheniye,1985.-543 s
3. Ulrix L.N.,Kovalenko A.S..i togda li., Russkaya literature.-T.: Uchpedgiz,1954.-811 s.
4. Eyxenbaum B.M. O proze, O poezii .-Leningrad: -Xudojestvennaya literature,1986.-456 s.
5. Vvedeniye v literaturavedeniye.-M.: Oniks,2005.-416 s.
6. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari.T.: Akademnashr, 2018.-480 b.
7. Hotamov H. Sarimsoqov B. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati T.: O’qituvchi,1979.-366 b.
8. Quronov D.,Mamajonov Z.,Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug’ati.-T.: Akademnashr,2010.-400b.
9. Qosimov A.,Hamroqulov A., Xo’jayev S. Qiyosiy adabiyotshunoslik. –T.:Barkamol fayz mediya, 2019.-160 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |